Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.53K subscribers
34.9K photos
4.19K videos
17 files
15.1K links
Download Telegram
Audio
🟦🟦🟩🟩

Seshanba – Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni. Bugun shu mavzu atrofida soʻz yuritamiz.

🔘
Bekobod tumani. “Oqtepa” mahallasi ahlini toʻliq toza ichimlik suvi bilan taʼminlash harakatlari jadal davom etmoqda.

🔘Toshkent tumani. “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida tumanning 2-sektor hududiga qarashli “Sabzavot”, “Tutzor”, “Iqbol” mahallalari yoshlar yetakchilari hamkorligida “Biznesga birinchi qadam” tadbiri tashkil qilindi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Istiqlol” mahallasi hokim yordamchisi Dilshod Nosirov 2022-yil qilingan ishlar xamda 2023-yilda qilinadigan ishlar yuzasidan hudud ahli va mutasaddilarga hisobot berdi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Toshkent viloyati hokimi taklifiga asosan, Yangiyoʻl tumani “Darxon” mahallasiga Boʻstonliq tumanida faoliyat olib borayotgan 40 nafar hokim yordamchilari tajriba almashish uchun kelishdi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. “Toʻqboy” mahallasi hududida joylashgan issiqxonada viloyat Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi masʼullari boshchiligida qulupnaychilik boʻyicha amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimining 44 ta mahallaga biriktirilgan yordamchilarining mahalla ahli uchun 2022-yil yakuni boʻyicha hisoboti hamda 2023-yilda rejalashtirilgan istiqbolli rejalari taqdimoti oʻkazilmoqda.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimligida oʻtgan yigʻilishda ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va tashkilotlarda energiyaga boʻlgan talabni 30 foizga qisqartirish uchun quyosh panellarini oʻrnatish masalasi muhokama etildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#об_ҳаво

☀️🌥🌧Бугун Тошкент вилоятининг айрим ҳудудларида ёмғир ёғиб, момақалдироқ бўлиши кутилмоқда

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 8 февраль куни Тошкент вилоятида ҳаво ўзгариб туради, баъзи жойларда ёмғир ёғиб, момақалдироқ бўлиши мумкин. Шарқдан эсаётган шамол ўз йўналишини ўзгартириб, ғарбдан секундига 7-12 метр тезликда эсади. Айрим жойларда шамолнинг тезлиги секундига 17-22 метргача кучайиши мумкин.

Ҳарорат кечаси 2-7, кундузи 10-15, айрим жойларда 17-20 даражагача илиқ бўлади.

✔️Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!
Telegram I Facebook I Instagram
ChIRCHIQ SPORT MAKTABI FUTZALCHILARI YETAKCHI JAMOALAR QATORIDA

Bugun 7-fevraldan Chirchiq shahridagi ikkinchi sektor hududida joylashgan "Kimyogar" sport majmuasida Chirchiq sport maktabi Yoshlar ishlari agentligi Chirchiq shahar bo'limi bilan hamkorlikda mini-futbol bo'yicha mahallalardagi o'smirlar va yoshlar o'rtasida turnir bellashuvlariga start berildi. Chirchiqdagi mahallalardan yig‘ilgan 80 nafarga yaqin yoshlar jamoalarga bo'linib, g'oliblik uchun kurash olib borishmoqda.
O‘ziga xos va ko'taringki ruhda o'tayotgan mazkur turnir 10-fevral kuniga qadar davom etadi. Shuningdek, Chirchiq sport maktabining yosh futbolchilaridan iborat jamoa Yuqorichirchiq tumani sport maktabida o'tkazilayotgan mini-futbol bo'yicha sport maktablari ligasining hududiy bosqich bahslarida ishtirok etib, yetakchi jamoalar qatorida e'tirof etilmoqda. Ushbu futzalchilar o'rtasidagi bellashuv g'oliblari ertaga aniqlanadi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌐 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Toshkent viloyati statistika boshqarmasi (TOSHVIL.STAT Axborot xizmati)
❇️ Toshkent viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot qanchani tashkil etdi?

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 31 499,2 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 3,3 % ga o‘sdi.

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Туркияга етиб борган Ўзбекистон ФВВ бўлинмалари томонидан 8 февраль соат 08.00 ҳолатига кўра вайроналар остидан 9 киши (5 нафар эркак ва 4 нафар аёл) тирик ҳолда қутқарилди ҳамда 12 кишининг жасади олиб чиқилди.

Расмий саҳифаларимиз 👇

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Turkiya Respublikasiga yetib borishlari bilan zilzila yuz bergan hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini boshlab yubordilar.

Bugun, 8 fevral kuni soat 8:00 ga qadar 132 m.kv. maydonda 430 metr.kub vayronalarni tozalash ishlari bajarilib, natijada 9 nafar inson turli xildagi tan-jarohatlari bilan qutqarildi va ularga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek,12 nafar qurbonning jasadi vayronalar ostidan olib chiqildi.

https://t.me/AOKBToshvil
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳри ерусти метросини қуриш лойиҳасининг иккинчи босқичи доирасида амалга оширилаётган ишлар билан танишади, трансформаторлар ишлаб чиқариш корхонасига ташриф буюради. Масъуллар ва жамоатчилик вакиллари иштирокида долзарб масалаларни муҳокама қилиш ҳам режалаштирилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с проводимой работой в рамках второго этапа проекта строительства надземного метро города Ташкента, посетит предприятие по производству трансформаторов. Запланировано также обсуждение актуальных вопросов с участием ответственных лиц и представителей общественности.

Facebook|Instagram|Twitter
#ehtirom

⚡️ SOʻZ MULKINING SULTONIGA EHTIROM

👉 Bugun shahrimizdagi Alisher Navoiy hiyobonida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

⬜️ Tadbirda shahar hokimi Davron Xidoyatov, Toshkent viloyati hokimining ma’naviy – ma’rifiy ishlar samarodorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Xo‘jayeva, Chirchiq davlat pedаgogika universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Xamza Jumayev va Davlat tilida ish yuritish asoslarini o’qitish va malaka oshirish markazi Toshkent viloyati hududiy bo’limi rahbari Abdurashid To’ychiyev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Chirchiq shahar boʻlinmasi rahbari N.Umarova hamda boshqalar ishtirok etdi.

⬜️ Tadbirning badiiy qismida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari tomonidan tayуorlagan sahna ko‘rinishlari, xavaskor xonanda Behruz Baxtiyorovning shoir g‘azallari bilan ijro etgan qo‘shiqlari tadbirga yanada fayz kiritdi.
Tadbir so‘ngida haykal poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌐 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
Ҳурматли юртдошлар!

🇹🇷Туркиянинг жануби-шарқий вилоятларида рўй берган кучли зилзила оқибатида кўплаб инсонлар қурбон бўлгани ва катта талофатлар кўрилгани туфайли Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси ҳамда «Ёшлар — келажагимиз» жамғармаси томонидан қардош турк халқига Ўзбекистондаги икки давлат ишбилармонлари UTID, TOBB ETÜ TASHKENT, DEIK, MUSIAD номидан инсонпарварлик ёрдами юборилиши ташкил қилинмоқда.

‼️ Зарур бўлган маҳсулотлар РЎЙХАТИ

Гуманитар ёрдам бериш истагида бўлганлар, қуйидаги манзилга ташриф буюришлари сўралади:

Манзил: Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институти технопарки. Тошкент шаҳри Яккасарой тумани Бобур кўчаси 30-уй.
📍ЖОЙЛАШУВ

Вақт: 08 февралдан бошлаб ҳар куни соат 10:00 дан 20:00 га қадар.

☎️ Батафсил маълумот учун:
(78) 150 60 06, 1094
🕊 https://t.me/uzbturkfriendship
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Ilm saodat kaliti" shiori ostida olima ayollar bilan davra suhbati o‘tkazildi

2023-yilning 6-fevral kuni Chirchiq shahar XTB tasarrufidagi 12-sonli umumta‘lim maktabida 9-11-sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida "Ilm saodat kaliti" shiori ostida olima ayollar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatiga Chirchiq shahar hokimi o‘rinbosari Yulduz Jumayeva, CHDPU Gumanitar fanlar kafedrasi professori G.Gaffarova, Chirchiq shahar Xalq ta‘limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari Sh.Mo‘minova, Umid MFY raisi G.Yusupovalar tashrif buyurishdi.

Tadbir yakunida 11-fevral "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" munosabati bilan "Bilim aql chirog'i" mavzusidagi yozilgan insholar ko‘rik-tanlovining hududiy bosqich 12, 13, 14, 18 hamda 25-sonli umumta‘lim maktabining g‘olib o‘quvchilari shahar Xalq ta‘limi bo‘limi mudirining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌐 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha Umid qanotlari jamoasi yetakchisi Maksim Gyulahmedov o'z tashabbuslik, fidoyilik hamda aholiga yordam ko'rsatgani uchun Toshkent viloyati hokimining tashabbusi bilan viloyat hokimining yoshlar siyosati bo'yicha o'rinbosari Otabek Sultonbekov tomonidan rag'batrilindi. Shu bilan birga Umid qanotlari jamoasiga ayrim zarur bo'lgan texnika jihozlari topshirildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐Facebook
🌐 Instagram 🌐 Web-site
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM