Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.53K subscribers
34.9K photos
4.19K videos
17 files
15.1K links
Download Telegram
#bildirish

Chirchiq shahar elektr ta’minoti korxonasi shuni ma’lum qiladiki,
2024-yil 9-iyul kuni yuqori kuchlanishli havo liniyasini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Bobur" MFY hududida 8:00  dan 18:00 gacha vaqtincha elektr energiyasi o’chiriladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, elektr energiyasi taʼminoti qayta tiklanadi.

Murojaat uchun telefonlar:
+998707165712
+998707163947

Chirchiq shahar elektr ta’minoti korxonasi yuzaga  kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#об_ҳаво

☀️🌥🌧 Бугун Тошкент вилоятида ҳаво ҳарорати +39 даражагача кўтарилиши кутилмоқда

Гидрометеорология марказининг хабар беришича, бугун, 9 июль куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади.

Ҳарорат кечаси 20-25 даража илиқ, кундузи 34-39 даража иссиқ бўлади.  

✔️Тезкор янгиликларни биз билан кузатинг!
@haqiqatonline_24
#Subsidiya #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, Umumiy qurilish ishlarini bajarish faoliyati bilan shug'ullanayotgan hamda kamida 3 nafar xodimni yollagan yakka tartibdagi tadbirkorga mehnat qurollari va asbob-uskunalar sotib olishga subsidiya ajratilishi belgilangan.

Bunda, subsidiya miqdori bitta xodim uchun BHMning 15 baravaridan (5 mln 100 ming so'mdan) oshmasligi lozim.

☑️ Shuningdek, YTTlarga umumiy qurilish ishlarini bajarish uchun 5 nafargacha xodim yollashga ruxsat etilgan.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Hurmatli hamshaharlar
‼️

📌 Chirchiq shahar hokimligi mutasaddilari tomonidan sizning taklif va muammolaringiz doimiy tarzda oʻrganilib, yechimi topib kelinmoqda. Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida shahar hokimining murojaatlar uchun kanali yoʻlga qoʻyilgan.

🔈 Oʻz murojaatlaringizni 👉 https://t.me/murojaathokimlik 👈 ga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllashingiz mumkin. Sizning masalangiz tegishli mutasaddilarga yoʻnaltiriladi va koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanadi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“MAXAM-CHIRCHIQ” AJNING
RASMIY BAYONOTI

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJda ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻit mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlanganligi holati yuzasidan “Maxam-Chirchiq” AJquyidagilarni maʼlum qiladi.
“Maxam-Chirchiq” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻit mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (hozirda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi) 2018-yil 17-yanvardagi 319/03-151-1-son xatiga asosan tovar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan korxonalarning Davlat roʻyxatidan chiqarilgan. Amaldagi meʼyoriy hujjatlarga (Vazirlar Mahkamasining 05.02.1999-yildagi 54-son, 28.02.2018-yildagi 149-son, 29.03.2021-yildagi 162-son qarorlariga) asosan mineral oʻgʻitlarning boshlangʻich narxlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan mustaqil ravishda tashkilotning samarali faoliyatini taʼminlovchi rentabellik darajasini inobatga olgan holda belgilanib birja savdolari orqali realizatsiya qilinmoqda.
Shuningdek, “Maxam-Chirchiq” AJ oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonuni talablari doirasida yuritib kelmoqda va bugunga qadar “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun talablari buzilishi holati tasdiqlanmagan.
Bundan tashqari, mineral oʻgʻit bozorida sogʻlom raqobat muhiti yaratilgan boʻlib, isteʼmolchilarga tanlov huquqi berilgan. Xaridorlar “Maxam-Chirchiq” AJdan tashqari “Navoiyazot” va “Fargʻonaazot” AJlari tomonidan ishlab chiqarilgan azotli mineral oʻgʻitlarni belgilangan tartibda birja savdolari orqali xarid qilish imkoniyatiga ega.
Maʼlumot uchun, “Maxam-Chirchiq” AJ tomonidan 2023-yilda birja savdolariga qoʻyilgan 790 ming tonna ammiakli selitraning 297,4 ming tonnasi (37,6%), 117,2 ming tonna karbamidning 108,1 ming tonnasi (92,2%), 203,1 ming tonna sulfat ammoniyning 152,9 ming tonnasi (75,3%) hamda 2024-yil 6 oyi davomida 345,2 ming tonna ammiakli selitraning 158,7 tonnasi (45,9%), 52,5 ming tonna karbamidning 51,8 ming tonnasi (98,7%) va 152,9 ming tonna sulfat ammoniyning 117,8 ming tonnasi (77,0%) sotilgan.
Bugungi kunda jamiyat tomonidan azotli mineral oʻgʻitlar boshlangʻich narxlarini 3 foizdan 10 foizgacha tushirilgan holda birja savdolariga qoʻyish amaliyoti joriy qilingan.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida birja savdolarida sotilgan ammiakli selitraning boshlangʻich narxi 2 793,3 ming soʻm boʻlsada, amaldagi oʻrtacha sotish narxi 2 668 (-4%) ming soʻmni tashkil etgan. Karbamid 3 513,7 ming soʻmdan amalda 3 799,8ming soʻmga (+8%) va sulfat ammoniy 2 117,3 ming soʻmdan amalda 2 126,1 ming soʻmga (+0,4%) oʻzgargan.
Shuni ham taʼkidlab oʻtish lozim, “Maxam-Chirchiq” AJ har qanday vaziyatda, isteʼmolchilar, mamlakatimiz fermerlari, klasterlar hamda tadbirkorlarni sifatli mineral oʻgʻitlar va kimyoviy mahsulotlar bilan oʻz vaqtida taʼminlashga intilgan.
Shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2024-yil 3-iyuldagi 1-01-2024/62-son ajrimiga koʻra bugun, ya’ni 9-iyul kuni Raqobat, tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzilishi yuzasidan ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya hamda “Maxam-Chirchiq” AJ vakillari ishtirokida mazkur qoʻzgʻatilgan ish yuzasidan muhokamalar oʻtkaziladi va ish batafsil koʻrib chiqiladi.
Yakuniy natija va xulosa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi.  
 
“Maxam-Chirchiq” AJ Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент вилоятининг бош имом-хатиби Жасур домла Раупов масжидларга ташриф буюрувчи фуқароларга пиёда келишни тавсия қилди.

Телеграм 📸 Instagram
#Sayyor_qabul

4-sektor hududiga qarashli "Tinchlik" va "Kabutar" mahallalar aholisi bilan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xamdamov, shahar Xalq qabulxonasi mudiri A.Isayev va shahar Xalq deputatlari kengashi deputati F.Axmedovlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Fuqarolardan boshqaruv servis kompaniyasining faoliyati, bolalar maydonchasi qurish, issiqlik tizimi tarmog‘idagi nosozliklar, ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar, tibbiy yordam ko‘rsatilishi va aholi orasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga oid masalalarda 12 tadan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Mas’ul tashkilot mutasaddtlariga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев мамлакатимизда амалий ташриф билан бўлиб турган Халқаро меҳнат ташкилоти бош директори Жильбер Унгбони қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Международной организации труда Жильбера Унгбо, находящегося в нашей стране с рабочим визитом.

#Mirziyoyev #qabul #XMT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев геология соҳасидаги ишлар ва инвестиция лойиҳалари ижроси билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с отчетом о проводимой работе и ходе реализации инвестиционных проектов в сфере геологии.

#Mirziyoyev #hisobot #geologiya #investitsiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Мурожаат_ва_ечим #Oбращение_и_решение

Меҳнат мигранти Ватанга қайтарилди

Чирчиқлик меҳнат мигранти Юлдуз Ибрагимова бир неча йиллардан буён чет элда қолиб, шахсий ҳужжатларидаги камчиликлар туфайли Ватанга қайтолмай келаётган эди.

У мазкур ҳолат юзасидан Тошкент вилояти ҳокими Зойир Мирзаевга мурожаат қилди.

Тафсилотлар билан видеолавҳада танишинг.
_____________

Трудовая мигрантка возвращена на Родину

Трудовая мигрантка из Чирчика Юлдуз Ибрагимова в течение нескольких лет была лишена возможности возвратиться домой из-за границы вследствие того, что у неё были проблемы с документами, удостоверяющими личность.

Она обратилась по этой проблеме за помощью к хокиму Ташкентской области Зойиру Мирзаеву.

С подробностями можете познакомиться в видеосюжете.

📱 Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube📱 Facebook  | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#об_ҳаво

❗️Бугун Тошкент вилоятида қандай об-ҳаво кузатилади?

Гидрометеорология хизмати марказининг хабарига кўра, бугун, 10 июль куни Тошкент вилоятида ҳаво бироз булутли бўлади, айрим жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик бўлмайди. Шарқдан секундига 7-12 метр тезликда шамол эсади.

Ҳарорат кечаси 21-26 даража илиқ, кундузи 33-38 даража иссиқ бўлади.

@haqiqatonline_24
Forwarded from E-auksion_Toshkent_viloyat (🇺🇿)
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 440 dan ortiq bo'lgan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 282 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 9 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 14 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 12 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 16 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 22 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 12 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube