BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.38K subscribers
19.8K photos
5.21K videos
1.51K files
5.08K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus
https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_OITSga_qarshimiz
#Xorijiy_tillar_fakulteti 🇺🇿
#Chellendj ⚡️

📣𝙓𝙤𝙧𝙞𝙟𝙞𝙮 𝙩𝙞𝙡𝙡𝙖𝙧 𝙛𝙖𝙠𝙪𝙡𝙩𝙚𝙩𝙞 𝙔𝙤𝙨𝙝𝙡𝙖𝙧 𝙄𝙩𝙩𝙞𝙛𝙤𝙦𝙞 𝙆𝙚𝙣𝙜𝙖𝙨𝙝𝙞 𝙖'𝙯𝙤𝙡𝙖𝙧𝙞 𝙨𝙞𝙯𝙡𝙖𝙧𝙣𝙞 𝙤𝙜𝙤𝙝𝙡𝙞𝙠𝙠𝙖 𝙙𝙖'𝙫𝙖𝙩 𝙚𝙩𝙖𝙙𝙞!

t.me/
#BuxDU
#Xorijiy_tillar_fakulteti
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi

Ózbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Xorijiy tillar fakulteti 11.3 chi 20 guruh talabalari va guruh murabbiyi Niyazova Mohichehra Xayatovna boshchiligida
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
shiori ostida ótkazilgan tadbirdan fotolavhalar.

@buxdu_5tashabbus
#BuxDU_Besh_Tashabbus
#Tórtinchi_tashabbus
#Xorijiy_tillar_fakulteti_nigohida

BuxDU TTJ da Xorijiy tillar fakulteti kuni munosabati bilan Nemis va fransuz tillari kafedrasi professor- o'qituvchilari boshchiligida

,,Kitob va kitobxonlik- inson manaviyati kuzgusi,, 📚

mavzusida tadbir o'tkazildi.

@buxdu_5tashabbus🇺🇿
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Chellej_davom_etadi
#Xorijiy_tillar_fakulteti
#BuxDu_yoshlarni_sevadi!
#Mardlar_qóriqlaydi_Vatanni!

BuxDu Xorijiy tillar fakulteti 11-6GHTF 20 guruh talabasi Xolmamatova Namunaning 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni"ga bağishlangan bayram tabrigi!
#Biz_bilan_qoling!😇
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

""Murojaat""

Sanchilgan suyak oxir suyakka yetdi
Yurt boshimiz ta'limni etirof etdi
Bu qilgan ishinglar jahonga yetdi
Boshqa sarson bölmaymiz, yurmaymiz-da bas
Talabalar sizlarga öyinchoq emas

Maktab, bog'cha bolasi emasmiz axir
Vokzalga boraverib böldik-ku faqir
Qani Oliy ta'limga atalgan faxir
Har kun yangi qaror lek aniq emas
Talabalar sizlarga öyinchoq emas

G'amxörlik uchun rahmat aytmoqlik kerak
Oliy dargoh axir emasdur ermak
Qilishsa bölmaydimi bir kunni darak
Hech kim bu holatga bir söz deyolmas
Talabalar sizlarga öyinchoq emas

Eng alam qilgani mustaqil yurtmiz
Aytgan har qaroriga hop deb yuribmiz
Ösha kunni sabr qilib kutib turibmiz
Tayyor turing döstlarim körishmoqlikka
Kutib ol Universitet! Biz bir vagonmiz

Xorijiy tillar fakulteti, 11-2 NEM-22
SHAROBIDDINOV SHOHRUX
(kamchiliklari bo‘lsa uzr)
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

Kursdoshlarim

Nega she'rlar yozmayin ul zotlarga
Ahli yigitlar-u, gözal qizlarga
Andijondan to Xorazmliklarga
Kursdoshlarim doim omon bölsa bas

Köhna Buxoro-yu, Qoraqalpoqdan,
Azim Samarqand-u, Qashqadaryodan,
Vodiy-u, SIrdaryo, Surxandaryodan,
Öqimishli döstlarim sog' bölsa bas.

Bir joyda jam böldik ertamiz uchun
To qiyomatgacha bölgaymiz butun
Yaratgan egamdan sörayman har kun,
Allohim panohida asrasalar bas.

Oilamiz ishongan, tog'i bizlarmiz
Yurtimizning gullagan, bog'i bizlarmiz
Mening eng sevimli yaqinlarimsiz
Kursdoshlarim yonimda bölsangizlar bas

Xorijiy tillar fakulteti, 11-2 NEM-22
SHAROBIDDINOV SHOHRUX
(kamchiliklar uchun uzr)
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

INSONLAR (2)

Oʻzimning bir sheʼrimdan koʻnglim hech toʻlmadi
Qayta tahrirlashga biroz vaqtim boʻlmadi
"Pul uchun doʻstlarni sotib qochadi"
Oʻzim shuni hoxladim hech kim yoʻlmadi
_ _ _
Menga yaqin insonlarga ishonchim yoqdim
Yaqinim dep xattoki dushmang boqdim
Asl yuzin kun kelib koʻrsatar ekan
Insonlarni yurakka mahluq dep qoqdim

Koʻpga mehr berdim mehr bolin totishni
Muddati oʻtgach soʻng oxir yuzga otishdi
Buni kutmagandim ular yana kutishdi
Javob ololmagach sekingina ketishdi

Bu yolgʻon dunyoda koʻp narsani angladim
Insonlarga ishonish kerak deb oʻyladim
Oldingiday insoflik gʻururlilar qayda
Oʻzlik qoʻriqchisini vijdon etib sayladim

Mashina olsang qimmat harom topganda deydi
Ogʻir qora ish qilsang oʻqish kerakda deydi
Ishi tushsa pul bering soʻng ogʻzini yopar
Pul uchun vijdonin hatlab ortidan chopar

Yoningda doʻstona jilmayib ham turadi
Oʻgʻir ishinga goh sherik boʻlib keladi
Eh! Insonlar qanday-a tushinmayman hech
Biroz oʻtib ortdan gʻiybatingni qiladi

Qiyomat yaqinmi yoki Alloh jazosi
Amallarimizning qilinmagan qazosi
Insoniylikdan uzoqlashish mumkinmi
Yoki shaytonning bizdan olgan qasosi

Burni yerga tekkanni inson dep atash mumkin
Haqiqiy banda dep Allohga maqtash mumkin
Havasga arzigulik yaqinlar topish kerak
Ul zotlarga mehrni ayamay sochish kerak

Xorijiy tillar fakulteti, 11-2 NEM-22
SHAROBIDDINOV SHOHRUX
(kamchiliklar uchun uzr)
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

MEHNAT

Har kuni ishda ishlab
Mehnatdan charchamaymiz
Halol nonimiz tishlab
Özgaga hech zor bölmaymiz

Bekorchidan Hudo bezor
Halloliga yetmasin ozor
Kun-u tun charchamas inson
Gar duoda bölsada har on

Tanish bilish sörashar holing
Yaqinlardan olishar xabar
Gar urib tursa bu ojiz joning
Seni deya ursa naqadar

Kelajagimiz qölimizdadir
Halol mehnat qilishlik darkor
Ertangi kunimiz oldimizdadir
Allohimning özi madadkor

Xorijiy tillar fakulteti, 11-2 NEM-22
SHAROBIDDINOV SHOHRUX
(kamchiliklar uchun uzr)
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

BIR KUNI...

Erta sahar turdim men
Yuz qo'limni yuvdim men
Nonushtani tez qilib
Maktab tomon yurdim men
Chiqayotgandim uydan
Sekingina jilmayim
To‘satdan, ro‘paramdan
Bir it chiqdi irshayib
Yegan nonim qayerga
Ketganini bilmadim
Yuzim cho'mildi terga
Qay yurarim bilmadim
Itdan juda qo‘rqardim
Oq doka bo‘ldi aftim
Yurak ushlab o‘tardim
Yuzim urar o‘ng kaftim

Mashaqqatdan o'tdim so‘ng
Oxir manzilga yetdim
Ilk soatga urdi bong
Maktabga bazo'r yetdim
Muhabbatim ko‘rdim-u
Barchasi esdan chiqdi
Ovozini eshitdim-u
Qabim uyg'onib ketti
'Menchi bu go‘zalni
Yurak yurakdan sevdim
O‘zi ojiz bu jonni
Tilib-tilib tashladim'

Shunday qilib ilk soatni
Tugaganin bilmabman
Ona tili ustozni
Kitganini sezmabman
'Ey Uyquchi! Tong otdi'
Tursammikan bosh qotdi
Bir amallab turg'azdi
Yuzimga savol otdi
'Iting o‘lib qoldimi'
Yuragim to‘xtay dedi
'Yuzingni yuvmadingmi'
Hamma kulib yubordi
Endi unutgandima
Anavi daydi itni
Endi qanday qaytdim-a
Kutsammikin do'stimni

Mendan bir yosh kichkina
'Do'st' degani bor edi
Bu yigit qo'shnigina
Hurmatchasi bor edi
Sabab ota boy edi
Menga ming so'm berardi
Ko'pincha non-choy yerdi
Eng arzon taom derdi
Chiqayotib onamdan
Ikki yuz so‘m olardim
Ketayotib uyimdan
Bir bo‘lak non solardim
Berkitib pul to'plardim
Bir so‘m ham ishlatmasdim
Sinfdagi bollar bilan
'PLAY STATION' o‘ynardim

Uyga qaytayotgandim
Do'stlarim ushlab oldi
'Qayerga?' Dep so‘radim
-'futbolgada'  uy qoldi...

Shunday qilib bir kunim
Shu yain o‘tar edi
Bolalikning har onin
Oz bo‘lsa ham baxt edi

Xorijiy tillar fakulteti, 11-2 NEM-22
SHAROBIDDINOV SHOHRUX
(kamchiliklar uchun uzr)
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

ABAD EMASDURMAN QOLAR SHE'RLARIM

Hayotda bur sirdosh topib yashaymiz
Do'stlarning oyog'idan hech chalmaymiz
Taqdirning zarbasidan nechun tolmaymiz
Eng yaqin sirdoshim bu she'rlarim
Abad emasdurman qolar she'rlarim

Gunoh qilmagan odam qolmadi
Taqdir boshimizga nelar solmadi
Inson bergan mehrga ko'ngil to'lmadi
Tilda aytolmagan ojiz she'rlarim
Abad emasdurman qolar she'rlarim

Sevgan insonimiz afsus sevmadi
Yurakda yashab so'ng unut bo'lmadi
Xiyonat qilsa ham sevgi o'lmadi
Qalbimda yashagan dardli she'rlarim
Abad emasdurman qolar she'rlarim

Ajal kelsa titrab qolar tillarim
Gunohlardan nochor yig'lar dillarim
Allohning yo'lida bosgan izlarim
Yaratganni yod olgan ixlos she'rlarim
Abad emasdurman qolar she'rlarim

Ota-onamga mehr bermasam bo'lmas
Jannat eshiklarin ochmasam bo'lmas
Oz mehrni qizg'ongan chiroyli o'lmas
Har lahzada mehrga muhtoj she'rlarim
Abad emasdurman qolar she'rlarim

Qilgan niyyatimiz o'zimizga xos
G'alabaga erishib qilsakda parvoz
Hayot tarzimiz bo'lar beqiyos
Kelajakni yorug' qilgan she'rlarim
Abad emasdurman qolar she'rlarim

Yaqinlarimga goh betayin bo'ldim
Goh yaxshi axloqli yigitcha bo'ldim
Yoshlikda tortgan azobga ko'ndim
Hayotimni so'zlar mungli she'rlarim
Abad emasdurman qolar she'rlarim

Beshavqat hayotni so'ylar she'rlarim
Allohning kalomini suyar she'rlarim
Sevgi va do'stlikni qumsar she'rlarim
Erta ne bo'lishin bilmaydi hech kim
Abad emasdurman qolar she'rlarim

Xorijiy tillar fakulteti, 11-2 NEM-22
SHAROBIDDINOV SHOHRUX
(kamchiliklar uchun uzr)
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

SEVGI

Noiloj yurakka asirman har on,
Yuragim sevgiga ishonar hamon.
Ne qilay yurakdan sevilolmadim,
Baribir sevgimni unutolmadim.

Töģri uni sevib qildim men xato
Ötdi umrim soģinchda böldim-ku ado.
Nima qilay sevardim yurak-yurakdan,
U esa xattoki bermas bir sado.

Unga atab har kun she'rlar yozardim,
Menga atab xatto bir söz deyolmas.
Öqishni tanladi mayli xop dedim,
Lekin kechib kechishin aslo bilmasdim.

Yurak sendan iltimos boshqa soģindim dema,
Qalbim sendan itimos boshqa sevaman dema,
Hayol sendan iltimos boshqa uni öylama,
Jonim sendan iltimos qaytib yonimga kelma.

Bedor o'tkazgan ösha tunlarga,
Har birga bölgan baxtli kunlarga,
Raxmat aytaman közimni ochdi,
Sevgi tuyģusi yurakdan öchdi.

Hayot hikoyasin qaytadan quray,
Yangi hayot boshlab barin unutay.
Faqat ota-onam uchungina yashab,
Har on yashayotganimga shukurlar qilay.
____

Ey oshiqlar sizlarga ishonch bilan aytaman,
Kerak bölsa jonim tikib shu sözlarni aytaman:
Shukurki sevgi ertagin, tarixda qoldi.
Shukurki аzobli kunlar, ötmishda qoldi.

Baxtli yashash kafolatin özimga özimga beraman,
Sevgimni kömdim dep sözimga javob qilaman.
Shu sözdan söng bilaman mani yomon körasiz,
Bilib qöyin kun kelar azoblanib o'lasiz.

Bu bilan sevgini yomon tuyģu demayman,
Xiyonatkor oshiqlarni hech nazarga ilmayman.
Sevgi qandayligin faqat sevgan biladi,
Menga öxshash oshiqlar yurak bilan sevadi.

Ayriliq azobin totganlar sevgini yomon demang,
Özini aybdor bilganlar sevish gunoh demang.
Kun kelar ishoning baxtli bölamiz,
Peshonaga yozilganini vaqti kelsa köramiz.

Xorijiy tillar fakulteti, 11-2 NEM-22
SHAROBIDDINOV SHOHRUX
(kamchiliklar uchun uzr)
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

HAYOT ISHLARI

Nega hayot beshavqat ekan
Kimnidur suysang azob berarkan
Yaxshilik qilsang odam zotiga
Yaxshilikni ba'zan qaytarmas ekan

Shunday kunlarni ko'rdim odam itday quturgan
Pul uchun yaqinin ortdan pichoq urarkan
Bunday insonlarni ko'rib o'zimni chetga oldim
Zero qutirgan itlar zaharin yuqtirarkan

G'iybatu gaplar ne karak o‘zi
Yaqinlarni yomonlab ajratar so‘zi
Shunday kunlar ham tushsa boshiga
Lekin afsus baribir ochilmas ko'zi

Bobolarimiz yashagan chog'da
Mehr oqibat bebaho edi
Buvilarimizning yoshlik chog'ida
Sevgi muhabbat muqaddas edi

Hozirgi kunda farzandlar ikki xil yo‘lda
Biri kuch bilan erishar o'z maqsasiga
Yengib ötar bilib deya turli tösiqni
Bu yoshlar kerakli inson bo‘lur Vatanga

Yana bir toifali farzandlar bordir
Gar shunday ketishsa bo'lar holi harobdir
Ota-ona puliga öynab kulib yurishar
Iymon, insof bo‘lmasa afsus xarom o'lishar

Bu hayot ishlari tushinarsiz jumboqdir
Bunda yaxshi, yomonlar azaldan kurashdadir
Yaxshilar savob uchun har kun, hardam kurashar
Yomon esa gunoh ketidan yana gunoh qilishar

Hech kim dunyoga yomon bo‘lib kelmagan
Ota-ona bolaga yomon bo‘l dep aytmagan
Insonlarni buzuvchi yomon illatlardir
Tavba qilsak Allohga bo'lar oliy himmatdir

Asli dunyo ishlari murakkab bo'lur
Ketma-ket to‘siqlar yo‘limiz to'sur
Sabr qildik kutdik qachon kelar dep
O‘sha armon bo‘lgan orzular erur

Hayot ishlari tugamaydi hech qachon
Insonlarga berilar huddi bir sinovdek
Tayyor turishimiz kerak bunga har on
Allohim bandalariga berar bir tuxfadek

Xorijiy tillar fakulteti, 11-2 NEM-22
SHAROBIDDINOV SHOHRUX
(kamchiliklar uchun uzr)
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

Ayriliq kuyi

Ilk salomda bir-birimiz tanimas edik
"Men bilan do'st boʼlasanmi?" ey oshna dedik
Bu hayotda bir insonni ilk bora sevdik
Ey sinfdosh! Nega ayrilmoqdamiz
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

Birinchi oʼqituvchimizni ona dep bildik
Besh baho olish uchun yuzlarin oʼpdik
"Круски"ning ta'mini bir bor yeb bildik
Ey sinfdosh! Nega ayrilmoqdamiz?
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

Ilk muhabbatimizga ko'plab xatlar yozdik
Uning uchun gulzordan bir atirgul uzdik
Osmonlarda goʼyoki bulut boʼp suzdik
Ey sinfdosh! Nega ayrilmoqdamiz?
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

11 yil qanday oʼtdi hech kim sezmay qoldi
Tanbehlar beraverib ustozlar ham toldi
"Yaqinda bitiramiz" dep qallarbga anduh soldi
Ey sinfdosh! Nega ayrilmoqdamiz?
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

Bugun ul insonlar bilan so'ngi bora uchrashdik
Quvonch-u hayojon birla yurak pora uchrachdik
Ojiz ko'ngil yig'lasa ham koʼz yosh bilan kurashdik
Ey sinfdosh! Nega? Ayrilmoqdamiz
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

Nechuk koʼz yoshlarim toʼxtagisi kelmaydi
Nechuk ilk muhabbatim hech sevgisi kelmaydi
Maktabda oʼtkan onlar hech hayoldan ketmaydi
Ey sinfdosh! Nega ayrilmoqdamiz?
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

Moʼjizaviy davr boshqa qaytmasa kerak
Partalarda, sherik bilan oʼtmasa kerak
Maktabdan bizning nom hech oʼchmasa kerak
Ey sindosh! Nega ayrilmoqdamiz?
Ayriliq kuyin birga kuylamoqdamiz

Allohimdan soʼrayman sinfdoshlar sogʼ boʼlsin
Qolgusi ishlari bu Jannatdan bir bogʼ boʼsin
Maktab ham bizdan keyin gul-u, rayhonga toʼlsin
Ey sinfdosh! Afsus ayrilmoqdamiz
Ayriliq kuyin yonib kuylamoqdamiz

Sharobiddinov Shohrux
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

MUSOFIR NODON

Tushinaman demang tushinolmaysiz
Uham oddiy odam oʻylaysiz gohi
Bazida bir bora dardin olmaysiz
Dard cheksa falakka yetadi ohi

Bilmaysiz u kabi qadr himmatni
Yaqinlar yonida yurasiz shodon
Boʻyniga olib ogʻir qismatni
Uyidan yiroqda musofir nodon

Taqdir xatosi u emas aybdor
Yoshligin taqdirga tutqazdi behos
Uyqusiz o'tkazgan tunlari bedor
Musofir bo'lmoqlik musulmonga xos

Oila hurjunini yelkaga osib
Allohga tavakkal o'tar kunlari
Musofir etigin tikolmas kosib
Yurtidek bo'lolmas bug'doy unlari

Yurt uchun jonini fido qilmish kim?
Tinchligi yo'lida fido qilur jon
Allohga eng yaqin banda emish kim?
Shukrona timsoli musofir nodon

Ey do'stim! Meni eshitsangiz gar
Aytajak so'zimni iltimos biling
Yuzlansangiz bir bor Allohga agar
Musofirlar uchun bir duo qiling😊

✍🏻Sharobiddinov Shohrux
Xorijiy tillar fakulteti 11-2NEM-22
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

TASHVISH

Rejadek boʻlmas ekan gohida ishlar
Yakunda sabr soʻngi manzilga yetar
Biz xohlamasak ham kutar qilmishlar
Bizdan oldin buyerdan ruhimiz ketar

Muammolar bir vaqtga toʻplangan chogʻi
Hech kimsaga aytmaymiz topib vaziyat
Yelkamizdan tushmagay yoʻqchilik togʻi
Aytamizda "chekmasin ular aziyat"

Armonlar egalladi orzular oʻrnin
Kelajakni hal qildi bir parcha qogʻoz
Hamyonlari toʻlib koʻtaribla burnin
Soqovlar ham asta chiqardi ovoz

To'qson to'qqizi bo'lib birni yo'q bilib
Shukur qilmay Allohga nolidik har on
Yaqinlar ishonchini sirtmoqqa ilib
Bizga bergan ishonchni bilmadik hamon

Onamizga maqtadik undan zo'ri yo'q
Eng yaxshi maqtovlar unga atalgan
Hech bo'lmasa Allohdan bir ozgina qo'rq
Alloh nomidan sevib Allohga solgan

Sevgan axir biz edik yomon bo'lgan ham
Chinakkam azobning bolidan totdik
Afsus taqdir bariga bo'larkan hakam
Muhabbat botqog'iga jimgina botdik

Do'stlik niqobidan ham charchadik rosti
Ishi tushsa jilmayib jigarim deydi
Inson g'iybatida bo'lsak oyoq-osti
Kamchilikni ayb bilib g'amimiz yeydi

Beayb parvardigor tushinar kim axir
Kim adashmaydi ayting hamma gunohkor
Kambag'allik aybmi totsakda taxir
Shu kungacha bir bora bo'lmadik nonko'r

Allohga zorlanamiz tashvish kelsa zumda
Xatto ko'zimizga ko'rinar goh o'lim
Iymonimiz titraydi yonar bir zumda
Aytamizda "bu mening yagona yo'lim"

Quli bo'lib qolmaylik zolim tog'udning
Tashvishlarga bosh egib qolib zulmatga
Mahbusi bo'lamiz bir kun tobutding
Ozodlik kuni kirarmiz abad Jannatga

✍🏻Sharobiddinov Shohrux
Xorijiy tillar fakulteti 11-2NEM-22
#buxdu_besh_tashabbus
#talabalar_ijodidan
#xorijiy_tillar_fakulteti

TASHVISH

Rejadek boʻlmas ekan gohida ishlar
Yakunda sabr soʻngi manzilga yetar
Biz xohlamasak ham kutar qilmishlar
Bizdan oldin buyerdan ruhimiz ketar

Muammolar bir vaqtga toʻplangan chogʻi
Hech kimsaga aytmaymiz topib vaziyat
Yelkamizdan tushmagay yoʻqchilik togʻi
Aytamizda "chekmasin ular aziyat"

Armonlar egalladi orzular oʻrnin
Kelajakni hal qildi bir parcha qogʻoz
Hamyonlari toʻlib koʻtaribla burnin
Soqovlar ham asta chiqardi ovoz

To'qson to'qqizi bo'lib birni yo'q bilib
Shukur qilmay Allohga nolidik har on
Yaqinlar ishonchini sirtmoqqa ilib
Bizga bergan ishonchni bilmadik hamon

Onamizga maqtadik undan zo'ri yo'q
Eng yaxshi maqtovlar unga atalgan
Hech bo'lmasa Allohdan bir ozgina qo'rq
Alloh nomidan sevib Allohga solgan

Sevgan axir biz edik yomon bo'lgan ham
Chinakkam azobning bolidan totdik
Afsus taqdir bariga bo'larkan hakam
Muhabbat botqog'iga jimgina botdik

Do'stlik niqobidan ham charchadik rosti
Ishi tushsa jilmayib jigarim deydi
Inson g'iybatida bo'lsak oyoq-osti
Kamchilikni ayb bilib g'amimiz yeydi

Beayb parvardigor tushinar kim axir
Kim adashmaydi ayting hamma gunohkor
Kambag'allik aybmi totsakda taxir
Shu kungacha bir bora bo'lmadik nonko'r

Allohga zorlanamiz tashvish kelsa zumda
Xatto ko'zimizga ko'rinar goh o'lim
Iymonimiz titraydi yonar bir zumda
Aytamizda "bu mening yagona yo'lim"

Quli bo'lib qolmaylik zolim tog'udning
Tashvishlarga bosh egib qolib zulmatga
Mahbusi bo'lamiz bir kun tobutding
Ozodlik kuni kirarmiz abad Jannatga

✍🏻Sharobiddinov Shohrux
Xorijiy tillar fakulteti 11-2NEM-22

Yoritildi facebook