BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.81K subscribers
17.9K photos
4.86K videos
1.51K files
4.63K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
Download Telegram
Meni oshiq etgan fasl.

Fasl oʻzgaruvchanlik ifodasi.
Insonlarni oʻzgaruvchan tabiatiga monand o'zgaruvchi ketma-ketlik.
Inson oʻz tabiatidan kelib chiqib biror faslni sevadi.
Tanasiga, qalbiga, ruhiga orom beruvchi ketma-ketlikni izlaydi. Ushbu moʻjizalarni oʻzida jamlagan faslida qalbi orom topadi.
Mening bu adabiyotga oshiq qalbim esa bahorning yomgʻiri-yu betakror gullariga oshiq. Qishdan toliqib chiqqan yerlarga issiq mehr olib keladigan shoshqaloq yomgʻiriga oshiq. Toliqqan yer bagʻridan insonlar uchun otilib chiqadigan murgʻak maysalar-yu gullariga oshiq.
Sovuqning qahraton mehridan toliqqan yerlarga qaynoq mehr hadya qiladigan bahor fasli meni ham oʻziga mubtalo qilgan.
Sizni ham oʻz bagʻriga olib suygan oʻsha yomgʻir. Har safar yogʻganda shoshqaloqlik ila mehr ulashuvchi o'sha betakror tomchilar shaydosiman..
U endi ochilgan, endi hayotni koʻrgan ammo sevgi ulashib yer bag'riga oshiqqan o'sha jajji gulning xaridoriman.

Boshqa fasllarni yomon deya bilmayman. Ammo bahor faslini ulardan quyi qoʻya olmayman.
Menga erkinlikni hissini hadya etgan bu fasl singari qolganlar ham biror fasl shaydosi ekanligiga aminman.

Xo'sh, meni kuzatuvchi aziz kitobxon siz qaysi faslni xush koʻrasiz?

🎄
#7_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

Filologiya 6 11 rus20
Imomova Madina

@Buxdu_5tashabbus
O‘lkamizda kumush qish. Daraxtlar,yon-atrof ham uyquda. Ko‘kda erinibgina nur sochayotgan quyosh ham boshqacha,go‘yoki mayusgina jilmayiib turganday. Haa to‘g‘ri qish tinch - oppoqqina beg‘ubor fasl.Yilning sarhisob davri. Qish mo‘minning bahoridir.Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam bu faslning fazilati haqida:-,,Qish mo‘minning bahoridir, Kunduzi qisqa bo‘ladi ro‘za tutib oladi,kechasi uzun bo‘ladi tahajjudga turadi ‘‘ degan edilar.Mana nima uchun aynan kumush qishni yoqtiraman.
Qishni birinchi qor(garchi bizda kam yog‘gan bo‘lsa ham shukur bor🙂) va yangi yil bayramlarisiz tasvvur qilib bo‘lmaydi. Bir necha kun yog‘gan birinchi qor hammaga shodlik ulashdi. To‘g‘ri unchlik ko‘p yog‘madiyu insonlarni bir biriga mehr ulashishiga bir bahona bo‘ldi.Bir-biriga ulashilgan qorxatlar buning isbot dalilidir.Sharimizning har bir ko‘chalarida yangi yil shukuhi. Yangi yil kirib kelib eshik qoqishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bayram tarovati bar bir o‘zgachadaaa🙂Yaqinlar bilan bir dasturxon atrofida to‘planish, ayniqsa hammamizni qalbimizdan joy egallab ulgurgan ,,UYDA YO‘G‘IZ " filimi va boshqa bir qancha bayramona dasturlarni popkorin yeb tamosha qilish maroqli-aaaa to‘g‘rimi?😌😇 . 2022-yil barchamizga baxt-omad, quvonch olib kelsin. 🤲🤲Baxtdan o‘zmizga qasr qurib, poydevorini esa ishonchdan mustahkam qilaylik. Yangi yilni tabassum, dadillik, yangi g‘oya va orzular bilan qarshi olaylik.Faqat orzular armon bo‘lib qolmasin☝️☝️☝️Yangi yilni yangi orzular bilan boshlashlik barchamizga nasib qilsin☃️🥰⛄️

🎄
#8_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

🎄# Qurbonova Lobar
🎄# Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim fakulteti 14-2BTK-20 guruh talabasi

@Buxdu_5tashabbus
KUTILGAN BAYRAM

Yangi yil bu biz kutgan
eng katta bayram. Yangi yil degani bu hayotimizga yangi hayot kelganini anglatadi . Albatta yangi yilda orzularimiz yangilanadi va koʼpayadi. Har bir orzu albatta ushaladi, men bunga ishonaman. Orzularimizni bizlar sabr toqat bilan kutamiz, ular albatta roʼyobga oshadi, bizlar orzularimiz ushalgandan soʼng yana yangi orzu topamiz va uni ushalishini kutamiz va u albatta yangi yil bayramida ushaladi . Bolalar esa juda umid qilib kutsalar albatta ushaladi, chunki yangi yil bu orzular ushaladigan makon orzularsiz oʼtib ketmaydigan bayram. Chunki xamma xattoki kattalar xam orzu qiladilar, yangi yilda ushalganda esa ular juda xursand boladilar orzularsiz- yangi yil yoʼq, yangi yilsiz- orzular yoʼq.

Yangi yil.

Mana kirib kelmoqda, yana yangi yil,
Quvonchdan porlasin, sof boʻlsin koʻngil.
Archa bezagini niyat qilib il,
Niyatlar ezgusi -ushalar bilgil.

Yangi yil bezagi, boʻladi archa,
Qoʻgʻirchoqlar ilinib, taqilar zarcha.
Atrofida toʻplanib sheʼr aytar barcha,
Osmondan sochilar, yogʻib qor parcha.

Ikki ming yigirma ikki kirib kel tezroq,
Koʻngillar,orzular, sendayin oppoq.
Ezgulik gʻolibdir,gʻolibdir har yil,
Yaxshiliklar koʻpaysin,koʻpaysin bu yil.

Yangi yil bizlarga bagʻrini ochsin,
Qalblar ham quvonchga limmo-lim toʻlsin.
Niyat qilgan insonlar roʻyobin koʻrsin,
Barchangizga yangi yil muborak boʻlsin!!!

🎄
#9_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

#Yodgorova_Gulchehra
#Tarix va madaniy meros fakulteti talabasi.


@Buxdu_5tashabbus
Qishning ko’rki!!! 🌨️🌨️🌨️
Olam naqadar go’zal,
Ertakdaman shu mahal.
Osmonlardan yog’ar qor,
Atrofga sochib chiroy.
Qish mening
eng yoqtirgan faslim deyolmayman. Chunki har bir faslning o’z zahmati va tarovati bor. Men uchun har bir fasl qadrli va yoqimlidir. Bilasizmi, shunday insonlar borki, qishni, qorni yoqtiraman deyishadi-yu, sovuq va bo’ronli kunlarda: ”Uf! Zerikib ketdim;😌 Sovuq qotdim;😨 Internet yaxshi ishlamayapdi;😠Musqaymoq yegim kelyapdi;🍦Qaniydi, shu la’nati qish ⛈️tezroq o’tib ketsa-yu, yoz kelsa🏖️”- deyishadi. Yozda esa aksincha…🙃
Qish- mo’jizali fasl! Qishdagi sokinlik, yog’duli tunlar, laylak qor-u qiziqarli ertaklar men uchun ajoyibdir. Ammo bu hammasi emas. “Yangi yil” bazmi qishning asosiy ko’rkidir🌲🌲🌲. Kelinglar,bir tasavvur qilib ko’raylik… Siz issiqqina uyingizda,🌃oila a’zolaringiz bilan mashhur bola ,KEVIN🙋, qatnashgan filmni tomosha qilyapsiz. Bu orada Coca cola reklamasi bo’ldi. Siz deraza tomon yurdinggiz va oynadagi muzli naqshlarga ko’ziz tushdi. Jilmayib qo’ydinggiz. Derazani ochib, oppoq qorga burkangan atrofga nazar soldinggiz. Ko’kdan haliyam laylak qor tushmoqda.❄️❄️❄️ Osmonga qaradinggiz. Samoning rangi oq, binafsha va ko’k ranglarining qorishig’idan hosil bo’gandek. To’yib nafas oldinggiz va yana hayratlandinggiz!
Xulosa qiladigan bo’lsak, qishdagi hodisalar va oppoq laylak qorlar hayratlanishimizga sababchidir. Xona o’rtasidagi jimjimador bezaklar bilan bezatilgan katta archa🌲🌲🌲, soat 12:00 da bong urganida osmonni yoritib, insonda ajib hislarni uyg’otuvchi salyutlar🎆🎇🎆🎇 bazmi kishilarni zavqlantiradi, menimcha!!!

🎄
#10_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

6-3 Uzb-20- guruh talabasi Fayzullayeva Nilufar


@Buxdu_5tashabbus
​​🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲

Buxoro davlat universitetining har sohada ilg'or, shijoatli talabalari!
Yangi mega loyihani e'tiboringizga taqdim qilamiz!
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Kumush qishning betakror manzaralari sizni zavqlantiryaptimi?

Unda ushbu tanlov siz uchun!⬇️⬇️

Qish fasli va yangi yil bayrami haqida o'zingizning hech kimnikiga o'xshamaydigan fikrlaringiz muhrlangan ijodiy ishlaringizni 📝
@ShaxloAzamatovna telegram manziliga yuboring va tanlov ishtirokchisiga aylaning!

❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️

#eng_yaxshi_esse
#ism_familiya
#fakultet ko'rinishida 5ta screenshot bilan yuborishingiz talab qilinadi!

🌲❄️🎄❄️🌲❄️🎄❄️🌲❄️🎄❄️🌲

Tanlov g'oliblari -
eng yaxshi ijodiy ish mualliflari hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi.

📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌
Boshqa tanlovlardan farqli ravishda bu tanlovda kuchli 3 lik emas.
Eng yaxshi 10 talik aniqlanadi.‼️

Barcha g'oliblar diplomlar bilan taqdirlanadi.Kuchli 3 lik esdalik sovg'alari bilan mukofotlanadi!

🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊
Shoshiling qabul 19-dekabr sanasidan 29-dekabr 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉

Har biringiz iste'dodli va iqtidorlisiz!O'zingizni sinab ko'ring va yangi qobiliyatingizni kashf eting!Olg'a!


@Buxdu_5tashabbus
🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄Xush kelding Yangi yil!!!
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

Yangi yil bu barchamiz orziqib kutadigan bayram. Archa bezatishni haligacha yaxshi ko‘raman. Yangi yil kelsa hamma ishni o‘zim qilib, tashkillashtirib yuraman. Esimda bir yili maktabimizda karnaval bo‘lgan edi. O‘shanda shamollab bora olmagan edim. Rosa alam qilgan edi.
Bizning maktab ihod maktabi bo‘lgani uchunmi rosa ko‘p san‘atkorlar kelgandi. Ana o‘shanda muzday gazli ichimlik ichib, tomog‘im og‘rib qolgan edi. O‘sha kuni yangi yilda hech qachon muzdek narsa ichmayman deb o‘zimga so‘z bergan edim.
Men asli ijodkorman. Yangi yilga atab she‘r ham yozganman. Qani bir baholang-chi!
☃️☃️☃️☃️☃️☃️☃️☃️☃️

Soat chiqqilar hech to‘xtovsiz,
Ko‘chamizda zo‘r qor guppillar.
Uyimiz skunat tovushsiz,
O‘n ikkida yangi yil kelar.
🌨🌨🌨🌨🌨🌨🌨🌨🌨

Yangi yil kelar salomlashib,
Eski yil ketar xayrlashib.
Kutib olinglar ey, do‘atlarim,
Qo‘shiq aytamiz birgalashib.
🎅🎅🎅🎅🎅🎅🎅🎅🎅

Oila davrasida archa,
Yonida tilak aytar barcha!
Qorbobojon kelar "Xo-xo" lab,
Bir qop to‘la sovg‘a orqalab.
🦌🦌🦌🦌🦌🦌🦌🦌🦌🦌

She‘rim sizga yoqqan umiddaman. To‘g‘ri hayotdda qorbobo yo‘q lekin,
tilaklarimizni bajaruvchi ota-onamiz va Xudo bor.
Yangi yil ajoyib bayram. Undagi oliviye, mayda mandarin va boshqa noz- ne‘matlar... Voyey ishtaxam ochilib ketti. Qani endi tezroq yangi yil kirib kelsa. Oila davrasida o‘tirish mazada. Ularning mehri sovuq qorlarni eritib yuboradi!!!
AZIZLAR, QADIRDONLAR BARCHANGIZGA YANGI 2022-YIL MUBORAK BO‘LSIN! SIZLARGA BAXT, SOG‘IK TILAB QOLAMAN!

#11_ishtirokchi
#eng_yaxshi_esse
#Javohir_Keldiyorov
#Sirdaryo_viloyati_Oqoltin_tumani
Qish faslining birinchi bayrami "Birinchi qor ilk bor qor yog'ganda boshlangan" birinchi kuni "O'z vaqtida yoqqan qorning qadri bo'ladi" deyishadi.Darhaqiqat vaqtida yoki kuttirib yoqqan qor o'lkamizni oq libosga o'rab xalqimizga olam-olam quvonch olib keladi.Qor yoqqan kuni dalalarda qor otish bólib o'yin kulgu qilinadi.Qor sovuq bo'lsa ham, oq bo'lgani uchun e'zozlanadi.Qorboboning sovg'asi, Qor qiz tabrigi,Yangi yil archasi, insonlar bir-biriga ulashadigan sovg'alar,tabriklar paydo bo'ladi.Bolalarni ko'zlarida qorbo'ron o'ynash,kanki uchish kabi o'yinlarni juda sog'inib kutishganligi ko'rinib turadi.
Ushbu bayramda bizning ózbek oilalarida katta dasturhon tuzaladi, oila davrasida, ota-onalari,farzandlari bilan yoki qarindosh-urug'lari bilan birgalikda hursandchilik qiladilar.Shu bahona yaqinlardan xabar olinadi,bayram bilan tabriklab ko'ngillari olinadi.
Niyatimiz 2022- yilni ko'nglimizda kimgadir alam,nafrat bilan emas,balki quvnoq,xotirjam va omadli kutib olishdir.Yangi yil hammaga yangicha orzular va xayrli amallar bilan boshlashingizga tilakdoshman.

#12_ishtirokchi
🌲#eng_yaxshi_esse☃️

34IQT20 talabasi Jumayev Muxriddin
@Buxdu_5tashabbus
🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄Xush kelding Yangi yil!!!
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

Yangi yil bu barchamiz orziqib kutadigan bayram. Archa bezatishni haligacha
yaxshi ko‘raman. Yangi yil kelsa hamma ishni o‘zim qilib, tashkillashtirib yuraman. Esimda bir yili maktabimizda karnaval bo‘lgan edi. O‘shanda shamollab bora olmagan edim. Rosa alam qilgan edi.
Bizning maktab ihod maktabi bo‘lgani uchunmi rosa ko‘p san‘atkorlar kelgandi. Ana o‘shanda muzday gazli ichimlik ichib, tomog‘im og‘rib qolgan edi. O‘sha kuni yangi yilda hech qachon muzdek narsa ichmayman deb o‘zimga so‘z bergan edim.
Men asli ijodkorman. Yangi yilga atab she‘r ham yozganman. Qani bir baholang-chi!
☃️☃️☃️☃️☃️☃️☃️☃️☃️

Soat chiqqilar hech to‘xtovsiz,
Ko‘chamizda zo‘r qor guppillar.
Uyimiz skunat tovushsiz,
O‘n ikkida yangi yil kelar.
🌨🌨🌨🌨🌨🌨🌨🌨🌨

Yangi yil kelar salomlashib,
Eski yil ketar xayrlashib.
Kutib olinglar ey, do‘atlarim,
Qo‘shiq aytamiz birgalashib.
🎅🎅🎅🎅🎅🎅🎅🎅🎅

Oila davrasida archa,
Yonida tilak aytar barcha!
Qorbobojon kelar "Xo-xo" lab,
Bir qop to‘la sovg‘a orqalab.
🦌🦌🦌🦌🦌🦌🦌🦌🦌🦌

She‘rim sizga yoqqan umiddaman. To‘g‘ri hayotdda qorbobo yo‘q lekin,
tilaklarimizni bajaruvchi ota-onamiz va Xudo bor.
Yangi yil ajoyib bayram. Undagi oliviye, mayda mandarin va boshqa noz- ne‘matlar... Voyey ishtaxam ochilib ketti. Qani endi tezroq yangi yil kirib kelsa. Oila davrasida o‘tirish mazada. Ularning mehri sovuq qorlarni eritib yuboradi!!!
AZIZLAR, QADIRDONLAR BARCHANGIZGA YANGI 2022-YIL MUBORAK BO‘LSIN! SIZLARGA BAXT, SOG‘IK TILAB QOLAMAN!

🎄
#14_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

#Javohir_Keldiyorov
#Sirdaryo_viloyati_Oqoltin_tumani
....QISH....
Atrofga qarasangiz hammayoq oppoq libos kiyibdi,daraxtlarni qarang oq zarli qog‘ozlarga o‘ranib olib yalt-yult tovlanadi,qaranglar xuddi kechasi ayozbobo kelganday derazalarimizga chiroyli har xil bezaklar chizib ketibdi. Bolalarning vijir-vijiri olamni oladi,ularning chang‘i uchishi-yu qorbobo yasab☃️☃️☃️mazza qilib atrofida o‘ynab,raqs tushib kuylashlarini ko‘rib ko‘zimiz quvnaydi. Ko‘chamizdan shundoq yurib kelaversangiz hammani eshigini oldida chiroyli yam-yashil archa,derazasidan mo‘ltillab har xil rangda tovlanib lampalar yaraqlaydi. Kimdir shoshib archa olishga bozorga chiqsa,kimdir yangi yil uchun turli xil noz-ne‘matlardan olishga chiqqan. Ko‘cha shunday zavqli-ki odamlarni ko‘rib bir-bir bayram oldi tabriklab hol-ahvol so‘rashgingiz,chin dildan suhbat qurib madaniy hordiq chiqargingiz keladi. Bayram oldi kunlar hamma bilan xursandchilik ulashib,yaqinlarimiz davrasida bo‘lgimiz keladi. Qish fasli judayam ajoyib quvonchlar taqdim etadigan fasl.......

🎄#13_ishtirokchi❄️
🌲#eng_yaxshi_esse ☃️

#Bafoyev_Bekzod
BuxDU Tabiiy fanlar fakulteti 2-1 eko 20 guruh talabasi

@Buxdu_5tashabbus
Fasllar ichida eng chiroylisi bòlmish qish🌨🌨 fasli ham òlkamizga kirib keldi. Hamma fasllar juda ajoyib, biroq qish fasli òzgacha. Hamma yoq oppoq qor. Axir bu naqadar gòzal.
Qish faslini yanada sevimliligiga sabab bu -☃️☃️YANGI YIL. Yangi yil -yangi hayot. Inson òzini qayta dunyoga kelgandek his qiladi. Axir bu naqadar ajoyib. Havo sovuq bòlib, hammaning ikki yonoģi qizarib turishi, qorbòronlar òynab quvlashish bularning barchasi nihoyatda gòzal. Buxoroda qor🌨🌨 juda ham kam yoģadi. Bu bizni biroz xafa qiladi. Lekin baribir qish fasli òzgacha.
Men hammaga YANGI YIL ni xursandchilikda va oila davrasida kutib olishlarini tilab qilaman.
Yangi yilda yangicha òzgarishlar bilan kayfiyatlari a'lo darajada boshlashlariga tilakdoshman. Va albatta hamma sessiyalarni hamma 5 bahoga topshirishiga ishonaman.


Qandayin sòz topay tasvirlash uchun
Maysalar rangini qor yoqqan kuni.
Qordan chiqib turgan maysalar uchin,
Yulduzlar sovuqdan muzlagan tunni.

🎄
#15_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

1.1mat_21 guruh talabasi
Temirova Saida

@Buxdu_5tashabbus
🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄
Tevarak-atrof oppoq qor bilan burkangan, ayoz qish oʻz toʻnini allaqachon kiyib olgan,doʻkon rastalarida archa bezaklari-yu ,har xil turdagi bayramona liboslar....

Bularning bari yangi yildan darak berayotgani hech birimizga sir emas.Shoʻx-shodon bolajonlar qorboʻron oʻynash-u,qorbobolar yasash bilan ovora.Hamma yangi yilni kutib olishga shaylanmoqda🎄
Goʻyoki hayvonlar ham oʻz yemishlarini ğamlab,issiq pech yonida yangi yilni kutayotgandek.Maktablar-u, oliygohlarda bayram shukuhi , tantanali karnavallarga tayyorgarlik ishlari ketmoqda.🥳
Bir soʻz bilan aytganda, hamma xursand...
Bizku xursand.Yangi yilni orziqib kutmoqdamiz , ammo onajonlarimiz , buvijonlarimiz yana 1 yilga qariyotgani , koʻz nuri ketayotgani , oyoq-qoʻllari tunlari zirqirrab oğrib qiynayotgani bizning e'tiborimizdan chetda . Ularniku qoʻying , mana shu bir yil davomida biz nima qildik?
Qanday masalalarni koʻzlagan edik-u , ulardan qay birlariga erishishga muyassar boʻldik.Bu savollarni har bir inson oʻziga berib koʻrishi aniq , albatta.Kamina ham bu yilni sarhisob qilib koʻrdim😊
Eng katta yutuqlarimdan biri(garchi ba'zilar uchun unchalik ham katta yutuqdek tuyulmas,ehtimol) Buxoro davlat universitetining talabalari qatoridan mening ham ismim oʻrin olgani boʻldi.Koʻp yillar davomida tinimsiz harakatlarim natijasi besamar ketmagani men uchun unutilmas voqea boʻldi.
2021-yil hayotimning unutilmas sahifalaridan biri boʻldi desam mubolagʻa boʻlmaydi.
Yangi yil bayrami Oʻzbekistonda qanday nishonlanishi-yu , yangi yil she'rlarini qoʻya turaylik.Keling , bugun hammamiz eskirib borayotgan 2021-yilda erishgan yutuqlarimiz-u, qilgan kamchilik-xatolarimizni sarhisob qilaylik🥰😊

🎄
#16_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti 6-4Uzb21 guruh talabasi Saidova Mohinur

@Buxdu_5tashabbus
​​🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲

Buxoro davlat universitetining har sohada ilg'or, shijoatli talabalari!
Yangi mega loyihani e'tiboringizga taqdim qilamiz!
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Kumush qishning betakror manzaralari sizni zavqlantiryaptimi?

Unda ushbu tanlov siz uchun!⬇️⬇️

Qish fasli va yangi yil bayrami haqida o'zingizning hech kimnikiga o'xshamaydigan fikrlaringiz muhrlangan ijodiy ishlaringizni 📝
@ShaxloAzamatovna telegram manziliga yuboring va tanlov ishtirokchisiga aylaning!

❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️

#eng_yaxshi_esse
#ism_familiya
#fakultet ko'rinishida 5ta screenshot bilan yuborishingiz talab qilinadi!

🌲❄️🎄❄️🌲❄️🎄❄️🌲❄️🎄❄️🌲

Tanlov g'oliblari -
eng yaxshi ijodiy ish mualliflari hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi.

📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌
Boshqa tanlovlardan farqli ravishda bu tanlovda kuchli 3 lik emas.
Eng yaxshi 10 talik aniqlanadi.‼️

Barcha g'oliblar diplomlar bilan taqdirlanadi.Kuchli 3 lik esdalik sovg'alari bilan mukofotlanadi!

🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊
Shoshiling qabul 19-dekabr sanasidan 29-dekabr 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉

Har biringiz iste'dodli va iqtidorlisiz!O'zingizni sinab ko'ring va yangi qobiliyatingizni kashf eting!Olg'a!


@Buxdu_5tashabbus
​​🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲

Buxoro davlat universitetining har sohada ilg'or, shijoatli talabalari!
Yangi mega loyihani e'tiboringizga taqdim qilamiz!
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Kumush qishning betakror manzaralari sizni zavqlantiryaptimi?

Unda ushbu tanlov siz uchun!⬇️⬇️

Qish fasli va yangi yil bayrami haqida o'zingizning hech kimnikiga o'xshamaydigan fikrlaringiz muhrlangan ijodiy ishlaringizni 📝
@ShaxloAzamatovna telegram manziliga yuboring va tanlov ishtirokchisiga aylaning!

❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️

#eng_yaxshi_esse
#ism_familiya
#fakultet ko'rinishida 5ta screenshot bilan yuborishingiz talab qilinadi!

🌲❄️🎄❄️🌲❄️🎄❄️🌲❄️🎄❄️🌲

Tanlov g'oliblari -
eng yaxshi ijodiy ish mualliflari hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi.

📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌
Boshqa tanlovlardan farqli ravishda bu tanlovda kuchli 3 lik emas.
Eng yaxshi 10 talik aniqlanadi.‼️

Barcha g'oliblar diplomlar bilan taqdirlanadi.Kuchli 3 lik esdalik sovg'alari bilan mukofotlanadi!

🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊
Shoshiling qabul 19-dekabr sanasidan 29-dekabr 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉

Har biringiz iste'dodli va iqtidorlisiz!O'zingizni sinab ko'ring va yangi qobiliyatingizni kashf eting!Olg'a!


@Buxdu_5tashabbus
ESSE
QISH
Mana o'lkamizga qish fasli ham kirib keldi.Kunlar esa ancha qisqardi.Quyosh hamma yoqni yoritadi-yu,lekin qizdirmaydi.Biz esa qorni intizorlik bilan kutayapmiz .Qor yog'masa ,qish faslining qizig'i ham yo'qday go'yo .Allaqachon chana,chang'i va konkilarni tayyor qilib qo'yganmiz.Qordan esa hamon darak yo'q.Boshqa davlatlarda bolalar mazza qilib chana uchishyapti .Nega bizda qor kam yog'ar ekan -a?
Hammasi oddiy.Janubga yaqin o'lkalarning havosi ham issiqroq bo'ladi . Qor-bu suv tomchilarining yaxlagan holati hisoblanadi .Suv bug'i osmonda sovuq havo oqibatida muzlaydi va mayda muz parchalarga aylanadi.Keyin esa muz parchalari pastga ya'ni yerga tushayotganda shaklini o'zgartirib ,qor parchalariga aylanadi .Qanchalik sovuq bo'lsa qor parchasining hajmi ham kichrayib boradi. Qor parchalari bir biriga aslo o'xshamaydi .
Agar ob-havo iliq bo'lsa ,qor o'rniga yomg'ir yog'adi.Bizning O'zbekistonimiz janubga yaqin bo'lgani uchun qish fasli qisqa bo'ladi . Qor ham kamroq yog'adi . Shimoliy davlatlar qatorida turadigan Norvegiyada qor kuz faslidan boshlab bahorgacha yog'ishi mumkin. Ko'chalarda kuchuklar kishilarni chanada tortib ketayotganini uchratishingiz mumkin. Afrika davlatida esa qish bu iyun ,iyul va avgust oylariga to'g'ri kelar ekan, yoz fasli bo'lsa dekabr ,yanvar ,fevral oylari hisoblanadi .Bu yerda yil bo'yi quyosh porlab turadi. Hech qanday sovuq bo'lmaydi .Afrika xalqi qorni faqatgina muzlatgichlarda ko'rishlari mumkin.
*******************
Sanoqli kunlardan soʻng barchamiz uzoq kutgan Yangi yil kirib keladi.Nafaqat bizlar ,balki ota onalarimiz ham bu bayramga oʻzgacha tayorgarlik koʻrishmoqda.Ayniqsa 31-dekabr kuni uyqudan turushimiz bilan oshxonadan kelayotgan shirinliklar hidi,turli tuman mevalar,har xil noz-u-nematlarning yoqimli ifori kimni quvontirmaydi deysiz. Uyning bir chetida katta qilib bezatilgan archa,unga ilingan oʻyinchoqlarning goʻzalligi ,rang-barang archa chiroqlari yonganda esa quvonganimizdan,sakrab chapak chalib yuboramiz bu bayramning naqadar zavqli ekanligini bildiradi .Yana Qorbobo va Qorqizning sovgʻa-salomlar bilan uyga kirib kelgandagi quvonchimizni tariflab ham boʻlmaydi.Shunday goʻzal bayram qayerdan kelgan?Birinch boʻlib kim boshlab bergani bilan qiziqdim.Keling sizga ham aytib beray......
Yangi yilni kutush odati hamma xalqlarda bor.Koʻpchilik xalqlarda yangi yilda archa chiroqlarini yoqish odati uzoq zamonlardan yetib kelgan ekan.Bu odat qadim zamonlarda Germaniyada istiqomat qilgan xalqlarda paydo boʻlgan.Oʻsha uzoq oʻtmishda odamlar qish vaqtida doyimo yashil archa atrofida toʻplanishib gulxan yoqishgan.qoʻshiq kuylab ,oʻyin -kulgu qilishgan.Bilasizmi doʻstlar yangi yil hamma xalqlarda birday 1-yanvarda boshlanmas ekan.Oʻrta Osiyo va yaqin sharq halqlarda Navroʻz bayrami qadimiy a'anaviy qadimiy yangi yil hisoblanadi,chunki bu vaqtda dala ishlari boshlangan.Yil 10oydan iborat boʻlgan,keyin oylar soni ikkitaga koʻpaygan

🎄
#20_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

#Baxshullayev_Husniddin
#BuXDU_talabasi


@Buxdu_5tashabbus
​​🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲

Buxoro davlat universitetining har sohada ilg'or, shijoatli talabalari!
Yangi mega loyihani e'tiboringizga taqdim qilamiz!
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Kumush qishning betakror manzaralari sizni zavqlantiryaptimi?

Unda ushbu tanlov siz uchun!⬇️⬇️

Qish fasli va yangi yil bayrami haqida o'zingizning hech kimnikiga o'xshamaydigan fikrlaringiz muhrlangan ijodiy ishlaringizni 📝
@ShaxloAzamatovna telegram manziliga yuboring va tanlov ishtirokchisiga aylaning!

❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️

#eng_yaxshi_esse
#ism_familiya
#fakultet ko'rinishida 5ta screenshot bilan yuborishingiz talab qilinadi!

🌲❄️🎄❄️🌲❄️🎄❄️🌲❄️🎄❄️🌲

Tanlov g'oliblari -
eng yaxshi ijodiy ish mualliflari hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi.

📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌
Boshqa tanlovlardan farqli ravishda bu tanlovda kuchli 3 lik emas.
Eng yaxshi 10 talik aniqlanadi.‼️

Barcha g'oliblar diplomlar bilan taqdirlanadi.Kuchli 3 lik esdalik sovg'alari bilan mukofotlanadi!

🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊
Shoshiling qabul 19-dekabr sanasidan 29-dekabr 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉

Har biringiz iste'dodli va iqtidorlisiz!O'zingizni sinab ko'ring va yangi qobiliyatingizni kashf eting!Olg'a!


@Buxdu_5tashabbus
O‘lkamizda kumush qish. Daraxtlar,yon-atrof ham uyquda. Ko‘kda erinibgina nur sochayotgan quyosh ham boshqacha,go‘yoki mayusgina jilmayiib turganday. Haa to‘g‘ri qish tinch - oppoqqina beg‘ubor fasl.Yilning sarhisob davri. Qish mo‘minning bahoridir.Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam bu faslning fazilati haqida:-,,Qish mo‘minning bahoridir, Kunduzi qisqa bo‘ladi ro‘za tutib oladi,kechasi uzun bo‘ladi tahajjudga turadi ‘‘ degan edilar.Mana nima uchun aynan kumush qishni yoqtiraman.
Qishni birinchi qor(garchi bizda kam yog‘gan bo‘lsa ham shukur bor🙂) va yangi yil bayramlarisiz tasvvur qilib bo‘lmaydi. Bir necha kun yog‘gan birinchi qor hammaga shodlik ulashdi. To‘g‘ri unchlik ko‘p yog‘madiyu insonlarni bir biriga mehr ulashishiga bir bahona bo‘ldi.Bir-biriga ulashilgan qorxatlar buning isbot dalilidir.Sharimizning har bir ko‘chalarida yangi yil shukuhi. Yangi yil kirib kelib eshik qoqishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bayram tarovati bar bir o‘zgachadaaa🙂Yaqinlar bilan bir dasturxon atrofida to‘planish, ayniqsa hammamizni qalbimizdan joy egallab ulgurgan ,,UYDA YO‘G‘IZ " filimi va boshqa bir qancha bayramona dasturlarni popkorin yeb tamosha qilish maroqli-aaaa to‘g‘rimi?😌😇 . 2022-yil barchamizga baxt-omad, quvonch olib kelsin. 🤲🤲Baxtdan o‘zmizga qasr qurib, poydevorini esa ishonchdan mustahkam qilaylik. Yangi yilni tabassum, dadillik, yangi g‘oya va orzular bilan qarshi olaylik.Faqat orzular armon bo‘lib qolmasin☝️☝️☝️Yangi yilni yangi orzular bilan boshlashlik barchamizga nasib qilsin☃️🥰⛄️

🎄
#22_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

Oybekova Barchinoy
Buxoro viloyati Romitan tumani 27-maktab oʻquvchisi


@Buxdu_5tashabbus
Qish.
Qish oʻlkamizga oʻzining sovuq nafasi ila kirib keldi.Har faslning oʻz xislati bor boʻlganidek,qish ham sovuq havosi va qor bilan gʻoʻzaldir!Dekabr oyining boshlarida qor yoʻgʻdi-yu, ammo yerga tushmasdanoq erib ketdi.Qish tugashiga hali ancha vaqt bor ungacha qor yogʻishini intiqlik bilan kutib qolamiz.Tongda uyqudan koʻz ochib deraza oynasida xuddi mohir rassom chizgandek nashqlarni koʻramiz.Insonda ajib his uygʻonadi. Ma'lumotlarga qaraganda dunyo aholisining qariyb yarmi qorni umrida koʻrmagan ekan.

Qish faslida nishonlanadigan ajoyib bayramlardan biri bu-Yangi yil bayrami! Yangi yilda hamma oilasi davrasiga shoshiladi.Uy toʻrida har xil oʻyinchoqlar bilan bezatilgan archa, noz neʼmatlar toʻla dasturxon atrofida yaqinlarimiz bilan yangi yilni kutib olishning zavqi oʻzgachadir! Kirib kelayotgan yangi yil barcha yurtdoshlarimizga soʻgʻlik,omad va baxt olib kelsin.Yangi yil bayrami muborak boʻlsin aziz yurtdoshlar.

🎄
#23_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

#Fakultet\_San'atshunoslik_Sadriddinova_Nigora


@Buxdu_5tashabbus
Derazadan ko'chaga boqaman...Sekingina derazani ochib, qishning sovuq ,biroq musaffo va tanga rohat havosidan tòyib nafas olaman.Kayfiyatim o'z -òzidan kòrarilganligini his ketaman...
Mana kumush qish òzining oq choyshabini o'lkamiz uzra yozib, o'zgacha shukuh ila kirib keldi.🎄☃️🎄⛄️🎄⛄️🎄☃️Qishning ko'rki bo'lgan qorni kutmaydigan,xuddi mo'jiza yuz bergan kabi "Birinchi qor muborak "deya o'z yaqinlarini ham kònglini kòtarmaydigan inson topilmasa kerak.❄️❄️❄️❄️❄️ .
Har bir uyning tòrida joylashib,bu uyning ķòrkiga aylangan gòzal archalar kishida bayram kayfiyatini yanada oshiradi.🎄🎄🎄🎄🎄🎄.Yangi yilning òzgacha bir mo'jiza ila kirib kelishiga har bir inson ich-ichidan ishonadi,bu kunni orziqib kutadi.
Mening
eng ezgu tilagim -yangi yilda har kim òzi kutgan niyatlarga va orzu qilgan baxtlarga erishsin!⭐️❄️⭐️❄️⭐️❄️⭐️.Chin dildan qilingan yaxshi niyatlar albatta, ushalmasdan qolmas......

🎄
#24_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️
Qobilova Dilshoda,Filologiya fakulteti talabasi


@Buxdu_5tashabbus
Qish...
Bu fasl meni beg‘ubor, betashvish bolaligim tomon yetaklaydi. Shirin xotiralar meni sovuq yomg‘irli yoxud qorli kunlarda ko‘rpa ostida isinib multfilmlar ko‘rgan kunlarim tomon olib boradi...
Bu fasl o‘z ziynati bilan barchaning qalbidan , bolalik xotiralaridan joy egallagani shubhasiz. Biror inson yo‘qki , qishda qo‘lqoplarsiz qor o‘ynab qo‘llari sovuqdan qotib qolgan bo‘lmasa, muz ustida sirpanchiq uchaman deb yiqilmagan bo‘lsa...
Qish faslining yana bir esda qolarli jihati yangi yil bayramining shu faslda nishonlanishidir. Bolalarning qorbobodan sovg‘a olish maqsadida she‘rlar yodlashlari, uning qora ro‘yxatiga tushib qolmaslik uchun yil davomida
yaxshi bola bo‘lishga harakat qilishlari insonda ajib tuyg‘ularni uyg‘otadi.Shunday faslda bayram arafasida barchani yangi yil bayrami bilan tabriklab, sog‘lik ,baxt, omad va atroflarini yaqinlari o‘rab turishini tilab qolaman😊😊🙃

🎄
#25_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

#Dilorom\_Norqulova
#Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim fakulteti


@Buxdu_5tashabbus
🎄❄️🎄Diqqat,diqqat!🎄❄️🎄
🎗Assalomu aleykum!
🎗#eng_yaxshi_esse yònalishi bòyicha talabalar doirasida òtkazilgan tanlov natijalarini e'lon qilamiz!!
🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊
🥇1-òrin--Hasanov Yorqin
🥈2-òrin--Husenova Nilufar
🥉3-òrin--Elova Shahrinoz
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉
🎗Eng kuchli 10 likka kira olgan ishtirokchi talabalar:
🏅Raimova Aziza
🏅Eshqulova Gulhayo
🏅Imomova Madina
🏅Vayisova Dilnurabonu
🏅Saidova Mohinur
🏅Norqulova Dilorom
🏅Baxshullayev Husniddin
🎗Barcha ģoliblar diplomlar bilan kuchli 3 lik esa esdalik sovģalari bilan ham taqdirlanadi!
🎗Diplomlar 6-yanvar kuni 12:00ga qadar kanalga joylanadi!
🎗Esdalik sovģalari va diplomni òrin sohiblari 11-yanvar kuni offline tarzda Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat bo'limidan qabul qilib olishlari mumkin bòladi.

🎗Tanlovdagi faol ishtirok uchun tashakkur!
🎗Har biringiz iste'dodli va qobiliyatlisiz!
🎗Maģlubiyat -ģalabaning debochasidir!
🎗Hech qachon òqish,izlanishdan tòxtamang!

Murojaat uchun:@ShaxloAzamatovna

Bizdan uzoqlashmang!Biz siz uchun harakatdamiz!
@buxdu_5tashabbus
Fikrlaringizni kutamiz!