BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.38K subscribers
18.3K photos
4.99K videos
1.51K files
4.71K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
Download Telegram
#Abdurauf_Fitrat
#adiblar_xiyoboni
#buxdu_besh_tashabbus
#adabiyotga_etibor_manaviyatga_kelajakka_etibor
#eng_yaxhi_parcha
#fakultet_1oʻrin
-------------------------------------------------

" Qodiriyning olib ketganlari"


San'atshunoslik fakulteti
"Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish" yoʻnalishi 1- kurs talabasi
Mamatalimova Farangiz.

@buxdu_5tashabbus
FITRAT XOTIRASIGA

Turk elida azal tarix qoldi o'chmas nishonasi,
Yurt deb yongan bobolarning buncha achchiq peshonasi.
Qonga to'lib ketgan edi ne zolimning koshonasi,
Qatag'ondan to'lib ketdi Fitratingning paymonasi!

Quzg'unlarning o'chog'ida ne kitoblar yonib ketdi,
Yurtim deya yonganlarning nolalari fig'on etdi.
Qayda edi erklik, hurlik, qayda edi to'g'riso'zlik,
Qatag'onning shamollari Fitratingni olib ketdi!

Jadid yurak ko'rsatardi yurti deb o'z himmatini,
Yo'qotmadi yozganlari elda qadr- qimmatini.
Unutmaydi o'z Vatani farzandining xizmatini,
Asrlarkim nomin asrar qadri buyuk Fitratini!

Bugun sizlar ozod yurtning baxtli, erka farzandlari,
Bilim oling, o'qing kitob, yurtimizning dilbandlari,
Yashang erkin, hur diyorda, baxtiyorlik hissin tuying,
Sizku axir shu Vatanning ko'ksi qalqon Fitratlari!



#Abdurauf_Fitrat
#adiblar_xiyoboni
#buxdu_besh_tashabbus
#adabiyotga_etibor_manaviyatga_etibor
#Eng_yaxshi_she'r
#Fakultet_1orin


Shodiyeva Gulhayo Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti 12-1 Cholg'u 19 guruh talabasi

@buxdu_5tashabbus