Ali’s BrandCraft
16 subscribers
2 photos
1 file
🚀 Marketing va brandingni oddiy, amaliy va qiziqarli tarzda o‘rganamiz 📊
Download Telegram
Channel created
Assalomu alaykum, siz Ali’s BrandCraft kanalidasiz 👋
Bu yerda biz marketing va brandingni oddiy, amaliy va qiziqarli tarzda o‘rganamiz.

🔹 Nimalarni topasiz?
• Marketing asoslari 📊
• Reklama va SMM bo‘yicha lifehacklar 💡
• Mashhur brendlarning case study’lari 📣
• Foydali resurslar va maslahatlar 🚀

Savol va takliflaringiz bo’sa ushbu usernamega yozishingiz mumkin @fudzy16
🔥3
🚀 Marketing – faqat reklama emas!

Siz “marketing” deganda nima tasavvur qilasiz? Reklama berish? Bannerlar? Video reklamalar?

Haqiqiy marketing bunchalik oddiy emas. Marketing – bu mijozni tushunish, ularga qiymat yaratish va brendingizni ularga yetkazish san’ati. Oddiy so‘z bilan aytganda, marketingsiz hatto eng zo‘r mahsulot ham sotilmaydi.

Misol: Apple telefonlarini nima uchun hamma xohlaydi? Nafaqat sifat, balki to‘g‘ri marketing strategiyasi tufayli!

Sizningcha, marketingning eng muhim elementi nima: mahsulot, narx, reklama yoki mijozlarni tushunish? Kommentda yozing! 👇
🔥3
Coca-Cola brendi ilk bor logotipini qachon yaratgan? 🤔
Anonymous Poll
75%
1886
19%
1901
6%
1920
🔥2
To’g’ri javob va izoh ertaga e’lon qilinadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Ali’s BrandCraft
Coca-Cola brendi ilk bor logotipini qachon yaratgan? 🤔
To‘g‘ri javob: 1886-yil
Coca-Cola brendining ilk logotipi kompaniya asoschisi farmatsevt John Pemberton tomonidan emas, balki uning buxgalteri Frank Robinson tomonidan chizilgan!

Qiziq fakt:
Coca-Cola logotipi yaratilgandan beri hech qachon tubdan o‘zgartirilmagan, faqat biroz modernizatsiya qilingan. Shu sababli u dunyodagi eng tanilgan brend ramzlaridan biriga aylangan.
🔥2
🎯 Marketingdagi eng muhim tushuncha: Target Audience (TA)

Target Audience — bu sizning mahsulotingiz yoki xizmatingizni sotib olish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan odamlar guruhi.

Misol:
🍕 Bolalar uchun pitsa → ota-onalar
📱 iPhone → yoshlar va texnologiyaga qiziqadiganlar
💄 Kosmetika → ayollar

👉 Agar mahsulotingizni hamma uchun qilsangiz, aslida hech kim uchun qilmaysiz.
Shuning uchun birinchi vazifa — kimga sotayotganingizni aniqlash.
🔥2
Marketing termini: USP (Unique Selling Proposition)

USP — bu sizning mahsulotingizni boshqalardan ajratib turadigan va odamlarni xarid qilishga undaydigan o‘ziga xos taklif.

Misollar:
🍕 Domino’s Pizza – “30 daqiqada yetkazib beramiz yoki bepul.”
🛒 Amazon – “Eng katta tanlov + tezkor yetkazib berish.”
💻 Apple – “Oddiylik va mukammal dizayn.”

👉 Agar mahsulotingizda USP bo‘lmasa, mijozning savoli tayyor:
Nega aynan sizdan olay, boshqadan emas?
🔥3
🌍 Marketing termini: Brand Awareness

Brand Awareness — bu odamlarning sizning brendingizni tanishi va eslab qolishi darajasi.

Misollar:
🔴 Qizil rang va oq yozuvni ko‘rsangiz — Coca-Cola yodingizga tushadi.
📱 Telefon ustida tishlangan olma belgisi — Apple.
👟 Uch chiziq — Adidas.

💡 Kuchli brand awareness shuni anglatadiki, odam sizning reklamangizni ko‘rmasa ham, mahsulotni darrov tanib oladi.

👉 Demak, marketingning asosiy vazifalaridan biri — brendni odamlar ongiga joylash.
Siz qaysi logoni ko‘rsangiz, darrov brendni tanib olasiz?
🔥3
🔻 Marketing Funnel — mijoz qanday xaridchiga aylanadi?

Marketingda “funnel” (voronka) deganda, mijozning yo‘li tushuniladi: siz haqingizda bilishdan to xaridgacha bo‘lgan jarayon.

Bu yo‘l 4 bosqichdan iborat:

1️⃣ Awareness (bilish) – odam siz haqingizda birinchi marta eshitadi.
2️⃣ Interest (qiziqish) – u sizning postlaringizni, saytni, narxlarni ko‘radi.
3️⃣ Desire (istak) – mahsulotingiz unga yoqadi, solishtira boshlaydi.
4️⃣ Action (harakat) – xarid qiladi yoki yozadi.

💡 Sizning marketing strategiyangiz shu yo‘lni silliq va qisqa qilish uchun xizmat qiladi.

Sizningcha, eng ko‘p mijozlar qaysi bosqichda yo‘qoladi? Awarenessda yoki Actionda
🔥3
Marketingda har bir rang — bu oddiy dizayn emas, his-tuyg‘u tili.

🔴 Qizil – diqqatni tortadi, ochlik va harakatni uyg‘otadi.
🍔 Shuning uchun McDonald’s, KFC, Coca-Cola shu rangda.

🔵 Ko‘k – ishonch va barqarorlik ramzi.
🏦 Banklar va texnologiya kompaniyalari (Visa, Facebook) ko‘k rangni tanlaydi.

🟢 Yashil – tabiat, tinchlik va sog‘lomlik.
🥗 Starbucks, Whole Foods, Spotify — yashil orqali “tabiiylik”ni ko‘rsatadi.

🟡 Sariq – quvonch va energiya.
💡 IKEA va Snapchat shuning uchun bu rangda.

💬 Ranglar odamlarning ongida siz haqingizda so‘zsiz fikr uyg‘otadi.
🔥3
Marketingda eng katta xato — mahsulot haqida gapirish.
Lekin odamlarni bu qiziqtirmaydi. Ular “men bundan nima olaman?” degan savolni o‘ylaydi.

Misol uchun:
🚫 “Bizda eng yaxshi kamera.”
“Siz hayotingizdagi eng muhim lahzalarni sifatli saqlab qolasiz.”

Farqni sezdingizmi?
Biri mahsulotni sotadi, ikkinchisi natijani.

🔹 Saboq:
Mahsulotning xususiyatlarini emas, foydasini soting.
Odam sizning mahsulotingizni emas, his qiladigan tuyg‘usini sotib oladi.
🔥5