Ali’s BrandCraft
16 subscribers
2 photos
1 file
🚀 Marketing va brandingni oddiy, amaliy va qiziqarli tarzda o‘rganamiz 📊
Download Telegram
Assalomu alaykum, siz Ali’s BrandCraft kanalidasiz 👋
Bu yerda biz marketing va brandingni oddiy, amaliy va qiziqarli tarzda o‘rganamiz.

🔹 Nimalarni topasiz?
• Marketing asoslari 📊
• Reklama va SMM bo‘yicha lifehacklar 💡
• Mashhur brendlarning case study’lari 📣
• Foydali resurslar va maslahatlar 🚀

Savol va takliflaringiz bo’sa ushbu usernamega yozishingiz mumkin @fudzy16
🔥2
🚀 Marketing – faqat reklama emas!

Siz “marketing” deganda nima tasavvur qilasiz? Reklama berish? Bannerlar? Video reklamalar?

Haqiqiy marketing bunchalik oddiy emas. Marketing – bu mijozni tushunish, ularga qiymat yaratish va brendingizni ularga yetkazish san’ati. Oddiy so‘z bilan aytganda, marketingsiz hatto eng zo‘r mahsulot ham sotilmaydi.

Misol: Apple telefonlarini nima uchun hamma xohlaydi? Nafaqat sifat, balki to‘g‘ri marketing strategiyasi tufayli!

Sizningcha, marketingning eng muhim elementi nima: mahsulot, narx, reklama yoki mijozlarni tushunish? Kommentda yozing! 👇
🔥2
Coca-Cola brendi ilk bor logotipini qachon yaratgan? 🤔
Anonymous Poll
73%
1886
20%
1901
7%
1920
🔥1
To’g’ri javob va izoh ertaga e’lon qilinadi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
Ali’s BrandCraft
Coca-Cola brendi ilk bor logotipini qachon yaratgan? 🤔
To‘g‘ri javob: 1886-yil
Coca-Cola brendining ilk logotipi kompaniya asoschisi farmatsevt John Pemberton tomonidan emas, balki uning buxgalteri Frank Robinson tomonidan chizilgan!

Qiziq fakt:
Coca-Cola logotipi yaratilgandan beri hech qachon tubdan o‘zgartirilmagan, faqat biroz modernizatsiya qilingan. Shu sababli u dunyodagi eng tanilgan brend ramzlaridan biriga aylangan.
🔥1
🎯 Marketingdagi eng muhim tushuncha: Target Audience (TA)

Target Audience — bu sizning mahsulotingiz yoki xizmatingizni sotib olish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan odamlar guruhi.

Misol:
🍕 Bolalar uchun pitsa → ota-onalar
📱 iPhone → yoshlar va texnologiyaga qiziqadiganlar
💄 Kosmetika → ayollar

👉 Agar mahsulotingizni hamma uchun qilsangiz, aslida hech kim uchun qilmaysiz.
Shuning uchun birinchi vazifa — kimga sotayotganingizni aniqlash.
🔥1
Marketing termini: USP (Unique Selling Proposition)

USP — bu sizning mahsulotingizni boshqalardan ajratib turadigan va odamlarni xarid qilishga undaydigan o‘ziga xos taklif.

Misollar:
🍕 Domino’s Pizza – “30 daqiqada yetkazib beramiz yoki bepul.”
🛒 Amazon – “Eng katta tanlov + tezkor yetkazib berish.”
💻 Apple – “Oddiylik va mukammal dizayn.”

👉 Agar mahsulotingizda USP bo‘lmasa, mijozning savoli tayyor:
Nega aynan sizdan olay, boshqadan emas?
🔥2
🌍 Marketing termini: Brand Awareness

Brand Awareness — bu odamlarning sizning brendingizni tanishi va eslab qolishi darajasi.

Misollar:
🔴 Qizil rang va oq yozuvni ko‘rsangiz — Coca-Cola yodingizga tushadi.
📱 Telefon ustida tishlangan olma belgisi — Apple.
👟 Uch chiziq — Adidas.

💡 Kuchli brand awareness shuni anglatadiki, odam sizning reklamangizni ko‘rmasa ham, mahsulotni darrov tanib oladi.

👉 Demak, marketingning asosiy vazifalaridan biri — brendni odamlar ongiga joylash.
Siz qaysi logoni ko‘rsangiz, darrov brendni tanib olasiz?
🔥2
🔻 Marketing Funnel — mijoz qanday xaridchiga aylanadi?

Marketingda “funnel” (voronka) deganda, mijozning yo‘li tushuniladi: siz haqingizda bilishdan to xaridgacha bo‘lgan jarayon.

Bu yo‘l 4 bosqichdan iborat:

1️⃣ Awareness (bilish) – odam siz haqingizda birinchi marta eshitadi.
2️⃣ Interest (qiziqish) – u sizning postlaringizni, saytni, narxlarni ko‘radi.
3️⃣ Desire (istak) – mahsulotingiz unga yoqadi, solishtira boshlaydi.
4️⃣ Action (harakat) – xarid qiladi yoki yozadi.

💡 Sizning marketing strategiyangiz shu yo‘lni silliq va qisqa qilish uchun xizmat qiladi.

Sizningcha, eng ko‘p mijozlar qaysi bosqichda yo‘qoladi? Awarenessda yoki Actionda
🔥2
Marketingda har bir rang — bu oddiy dizayn emas, his-tuyg‘u tili.

🔴 Qizil – diqqatni tortadi, ochlik va harakatni uyg‘otadi.
🍔 Shuning uchun McDonald’s, KFC, Coca-Cola shu rangda.

🔵 Ko‘k – ishonch va barqarorlik ramzi.
🏦 Banklar va texnologiya kompaniyalari (Visa, Facebook) ko‘k rangni tanlaydi.

🟢 Yashil – tabiat, tinchlik va sog‘lomlik.
🥗 Starbucks, Whole Foods, Spotify — yashil orqali “tabiiylik”ni ko‘rsatadi.

🟡 Sariq – quvonch va energiya.
💡 IKEA va Snapchat shuning uchun bu rangda.

💬 Ranglar odamlarning ongida siz haqingizda so‘zsiz fikr uyg‘otadi.
🔥3
Marketingda eng katta xato — mahsulot haqida gapirish.
Lekin odamlarni bu qiziqtirmaydi. Ular “men bundan nima olaman?” degan savolni o‘ylaydi.

Misol uchun:
🚫 “Bizda eng yaxshi kamera.”
“Siz hayotingizdagi eng muhim lahzalarni sifatli saqlab qolasiz.”

Farqni sezdingizmi?
Biri mahsulotni sotadi, ikkinchisi natijani.

🔹 Saboq:
Mahsulotning xususiyatlarini emas, foydasini soting.
Odam sizning mahsulotingizni emas, his qiladigan tuyg‘usini sotib oladi.
🔥5
🚀 Red Bull — Reklama emas, tarix yaratgan brend

2012-yil Red Bull dunyoni hayratda qoldirdi.
Felix Baumgartner 39 km balandlikdan kosmos chegarasidan sakradi.
Bu reklama emasdi — bu brend falsafasi edi.

🎯 Ma’no nima edi?
Red Bull ichimlik emas, “chegarasiz energiya” timsoliga aylandi.
Ular mahsulotni reklama qilishmadi — hissiyot va jasoratni sotishdi.

💰 Qiziqarli fakt:
Red Bull bu loyihaga taxminan 30–50 million dollar sarflagan.
Lekin reklama qiymati yarim milliard dollardan oshgan!
Ya’ni, ular tarixdagi eng samarali marketing loyihalaridan birini qilishgan.

📌 Saboq:
Ba’zida eng kuchli reklama — bu reklama emas, hikoya.
Odamlar sizning logotipingizni emas, his qilgan energiyasini eslab qoladi.
🔥2
🎬 Reklama haqida qisqa ma’lumot
• Kampaniya 2024-yilda Buyuk Britaniyada UEFA Euro 2024 ochilish o‘yinida namoyish etilgan — KFC eng katta brend kampaniyalaridan birini ishga tushirgan.
• Ong-ostida: dunyodagi noto‘liqlik, ayniqsa “nega ishonch topolmayapmiz?” degan his. Reklama shu haqiqatga javob sifatida: “Siz hali ham bitta narsaga ishonishingiz mumkin — tovuqqa.”



🧠 Nima uchun bu reklama ishlagan?
1. Aniq g‘oya: Reklama mahsulotni emas, “ishonch”ni sotadi. Qayta-qayta “Believe in Chicken” deyish orqali oddiy tovuqni brend ramziga aylantiradi.
2. Katta voqea + hissiyot: Dystopik olam, g‘ayritabiiy sahnalar, muammoli zamon — bularning ortida KFC “siz hali ham bitta narsaga tayanishingiz mumkin” degan xabar beradi.
3. Ko‘p platformali tarqatish: Televidenie, kino reklamasi, tashqi reklama (billboard), ijtimoiy tarmoqlar — barcha kanal orqali tarqatilgan.
4. Brend o‘zicha turgan: Raqobatchilari bilan ochiq narx urushiga kirishmasa ham, KFC o‘z o‘rnini saqlagan — ya’ni, qiymat + imij orqali.



📌 Marketing saboqlari
• Mahsulotni emas — qaysi hissni sotayotganingizni aniqlang. KFC buni tovuq va ishonch shaklida qildi.
• Jamiyatdagi “katta” mavzularni (masalan, ishonch yo‘qolishi) tuting — bu reklamaning esda qolishini oshiradi.
• Reklama bir kanal bilan cheklanmasin — turli platformalarda tarqatish orqali kattaroq ta’sir yaratiladi.
• Brend imijiga sodiq bo‘ling, bir marotaba kampaniya emas — barqaror ovoz va uslub bo‘lsin.
🔥1
Bir reklama 2 soatda 100 mingta mashina sotdi.

Bu — Tesla Cybertruck’ning birinchi reklama videosi.
Hech qanday televizor reklama yo‘q, faqat bir live tadbir va Elon Musk’ning xatosi — oynani sindirgani.

Lekin shunday ham, 2 soat ichida $10 milliondan ortiq oldindan buyurtma tushgan.

Marketingda ba’zida xato ham virusga aylanadi.
🔥1
☕️ Nega Starbucks stakanlarga ism yozadi?

Bu shunchaki qulaylik emas.
Bu — marketing psixologiyasi.
Ismingiz aytilganda siz o‘zingizni shaxsiy mijozdek his qilasiz.
Natijada — iliq hissiyot, brendga bog‘lanish, va… yana qaytish istagi. 💚

Eng kuchli marketing — shaxsiy e’tiborni his qildiradi.
🔥1
🔥2
📱 Nega Apple reklamalarida vaqt doim 9:41 bo‘ladi?

Chunki 2007-yil Steve Jobs birinchi iPhone’ni taqdim etgan paytda soat 9:41 bo‘lgan.
Shundan beri bu raqam — Apple tarixining ramziga aylangan.

Brend uchun detallar ham identitetning bir qismi.
🔥1
Bazi manbalarga ko’ra Apple do‘konlarida barcha ekranlar 70 darajada qiyshaytirilgan bo‘ladi.

Bu ataylab qilinadi.
Nega?
Chunki odam ekranni ko‘rish uchun uni qo‘liga olib, tekislashga majbur bo‘ladi.
Bu esa:
👉 teginish
👉 sinab ko‘rish
👉 qiziqish
👉 xohish paydo bo‘lishi
degan psixologik zanjirni ishga tushiradi.
🔥2
🟣 FACT: Uzum Market’ning 80% dan ortiq buyurtmalari — 24 soatdan kam vaqt ichida yetkaziladi

Uzumning eng katta ustunligi — logistika tizimi. Ular shunchaki marketplace emas, balki o‘ziga xos “yashin tezligidagi yetkazib berish fabrikasi”.

Ular buning uchun:
🚚 Shahar bo‘ylab kichik “mikro-omborlar” ochgan
🤝 Mahalliy yetkazib beruvchilar bilan real vaqt integratsiya qilgan
📍 Buyurtmalarni eng yaqin hubdan avtomatik yo‘naltiradi

Natija: foydalanuvchi “kutilmagan tezlik” oladi — shu tajriba odamlarni platformaga qayta-qayta olib keladi.
1🔥1