Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.98K subscribers
1.37K photos
68 videos
1 file
508 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#bayram_muborak

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) jamoasi butun xalqimizni muqaddas ayyom - Qurbon Hayiti bilan samimiy qutlaydi🌙.

Ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat va olijanoblik ramzi bo‘lmish ushbu ulug‘ ayyomda har bir xonadonda fayzu-baraka, qalblarda esa tinchlik va xotirjamlik hukmron bo‘lsin

Telegram|Facebook|Instagram|X
📌 Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 30-may kuni Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida yashovchi N.U. (ayol kishi) dan murojaat kelib tushdi.

📃Murojaatida ayol voyaga yetmagan qizi A.Sh. joriy yilning 18-aprel kuni Bo‘ka tumanida joylashgan 5-bog‘chada krovatning yuqori qavatidan yiqilib tushganligi, hozirda davolanishiga qaramasdan ahvoli yaxshi emasligi, holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘llagan murojaati e’tiborsiz qolayotganligidan norozi bo‘lib, qizi A.Sh. ning buzilgan huquqlari tiklanishida amaliy yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmanining Maktabgacha ta’lim agentligiga so‘rovi asosida mazkur holat Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan atroflicha o‘rganildi

🖇 Ishchi guruh o‘rganish davomida aniqlashicha, voyaga yetmagan A.Sh. haqiqatdan ham maktabgacha ta’lim muassasasida krovatning yuqori qavatidan yiqilib tushganligi, bundan so‘ng Bo‘ka tumani markaziy shifoxonasida 3 kun davolangan, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan bolaning ahvolidan xabar olib turilgan va davolash xarajatlari qoplab berilgan.

☑️ Onaning tasdiqlashicha, hozirda qizi A.Sh. ning ahvoli ijobiy bo‘lib, sog‘lig‘i uchun hech bir xavf mavjud emas.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaatlari #bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

📍Bugungi qabul davomida:

1⃣ ona bolani tarbiyalashda yetarli imkoniyatlarga ega emasligi, otaning bola tarbiyasida ishtirok etishiga muttasil qarshilik ko‘rsatib kelayotganligi hamda bolani yashash joyini belgilash masalasi yuzasidan;

2⃣ ona o‘zining voyaga yetmagan sog‘lom farzandini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizganligi, bir necha yil avval bolaga pichoq bilan jarohatlagani va hozirda bolani tilanchilikka majburlayotgani tufayli uni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi yuzasidan;

3⃣ tashlab ketilgan 2 nafar egizak bolalarni parvarish qilayotgan vasiyni patronaj shaklidagi vasiylikka o‘tkazish orqali uni qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mutasaddi idoralar bilan birga tizimli ravishda o‘rganishni boshladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Kuni kecha MDHga a’zo davlatlarning bola huquqlari bo‘yicha vakillari komissiyasining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etdik.

📃 Tadbir kun tartibidagi masalalar ichida:

🔸imkoniyati cheklangan bolalar huquqlarini ta’minlash;
🔹maktab-internatlarda tahsil olayotgan bolalarning ta’lim sifati darajasi;
🔸bolalarning kiberxavfsizligi masalasi;
🔹bolalarni zo‘ravonlik va bullingdan himoya qilish kabi mavzular o‘rin oldi.

Aytish kerakki, bu vazifalarning barchasi "O‘zbekiston-2030" strategiyasida alohida belgilangan va tizimli amalga oshirilmoqda☑️.

Yig‘ilishda komissiya a’zolari (Armaniston🇦🇲, Qirg‘iziston🇰🇬, Qozog‘iston🇰🇿, Tojikiston🇹🇯, Belarus🇧🇾, Rossiya Federatsiyasi🇷🇺) o‘z mamlakatlarida mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar bilan bo‘lishdilar.

◻️Shubhasiz, bunday muloqot davlatlarimizning eng yosh fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda tajriba almashish va o‘zaro tezkor aloqani o‘rnatish borasida unikal platforma vazifasini o‘taydi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM