Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.98K subscribers
1.37K photos
68 videos
1 file
508 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
🖇 Bugun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida "Ichki ishlar organlarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatining dolzarb masalalari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazdik.

📍Tadbirda Kriminologiya tadqiqot instituti, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etishdi.

📌 Aytish kerakki, Bolalar ombudsmanining IIV tizimi bilan bola manfaatlarini himoya qilish borasida hamkorligi keng qamrovli bo‘lib, Bolalar ombudsmani faoliyatining asosiy vazifalari, monitoring funksiyasi, bugungi kundagi o‘zaro hal etilishi muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qildik.

🔸Shuningdek, konferensiyada Respublikada voyaga yetmaganlar viktimologik profilaktikasi yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish zarurati, voyaga yetmaganlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha milliy mexanizmi, bola huquqlari himoya qilish sohasida ichki ishlar organlari kadrlarini tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari borasida ma’ruzalar qilindi.

📃 Konferensiya yakunida Bolalar ombudsmani instituti va Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda Bolalar ombudsmani instituti va Kriminologiya tadqiqot instituti o‘rtalarida o‘zaro hamkorlik va anglashuv Memorandumlari imzolandi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Internet OAVlarda “11 yoshli bolani devor bosib qoldi” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda.

📌 Aniqlanishicha, joriy yilning 29-may kuni Xiva shahar Gulshan-2 mahallasida yashovchi voyaga yetmagan Sh.K. (2013-yil, o‘g‘il bola) M.M. ga tegishli bo‘lgan, qurilishi tugallanmagan bino tagida o‘ynab yurgan vaqti ushbu binoning bir tomon devori bolani ustiga yiqilib ketgan.

🖇 Mazkur holat yuzasidan Xiva shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Hozirda Sh.K. tos suyagi sinishi tashxisi bilan tibbiyot birlashmasida davolanmoqda.

📍Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan

⚡️Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab kelganligi yuzasidan S.N. ga nisbatan JKning 110-moddasi, "a,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, so‘ng tergov davomida ayblanuvchiga JKning 104 -moddasi bo‘yicha (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topilib (Bolaga “o‘ng son suyagining yuqori uchligi qismidan ko‘ndalang yopiq sinib siljishi” kabi hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazilganligi) qo‘shimcha ayb e’lon qilinib, bu jinoyat ishi sudga yuborilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

🖇 Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudi ishni mazmunan ko‘rib chiqib, joriy yilning 2-may kuni chiqarilgan sud hukmiga ko’ra S.N. JKning 104-moddasi 2-qismi, “v” bandi 3 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Bugungi kunda Shofirkon tumani “Inson” ijtimoiy markazi tomonidan 2018-yilda tug'ilgan S.F. ga dastlabki tarzda vasiy sifatida B.Z. (ayol) tayinlanib, bola uning qaramog‘iga topshirildi.

📌 Hozirda vasiylik va homiylik organi tomonidan S.N. ni farzandiga nisbatan bo‘lgan onalik huquqidan mahrum qilish masalasi bilan bog‘liq tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Bolalar ombudsmani bolaning kelgusi taqdirini belgilash jarayonlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar ombudsmanining bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo qo‘llashning oldini olishga doir faoliyati qay tarzda yo‘lga qo‘yilgan

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖇️ Bugun Bolalar ombudsmanining bola manfaatlari masalalari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

🔎 Qabul davomida quyidagi masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi:

🔸 uydan chiqib ketgan 14 yoshli qizni turli g‘ayriijtimoiy harakatlarga jalb qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish, qizga psixologik yordam ko‘rsatish hamda jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashish yuzasidan;

🔹 farzandlariga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik sodir etayotgani tufayli ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasiga oid;

🔸 bolaning yashash sharoiti va atrofidagi shaxslar uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz emasligi yuzasidan;

🔹 bolaga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat yuzasidan chiqarilgan hukmni yuqori instansiyada ko‘rilishida Bolalar ombudsmani sud majlisida ishtirok etishini so‘rashga oid;

🔸 bolaning hayoti uchun jiddiy xavf-xatarli sharoit hamda turli qonunbuzarlik sodir etgani sababli onani onalik huquqini cheklashga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Yuqoridagi murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganib, har bir holat yuzasidan tegishli idoralar bilan birgalikda chora ko‘rish jarayoni boshlandi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram