#yangi_tahrirdagi
#Konstitutsiya
#yangi_kafolat
🇺🇿 Bugun tarixiy sana. Mamlakatimizda 1 yil avval - 2023-yil 30-aprelda referendumda umumxalq ovoz berish orqali yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Yangilangan Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi – ijtimoiy davlat qurish ekanligi e’tirof etilib, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi☑️.
Har bir vatandoshimizni mazkur sana bilan samimiy tabriklab, bugun bola huquqlariga oid yangi konstitutsiyaviy kafolatlar borasida eslatib boramiz❕
Telegram|Facebook|Instagram|X

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_tahrirdagi
#Konstitutsiya
#yangi_kafolat
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 77-modda:
Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 78-modda:
Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 79-modda:
Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.
Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi❕
Yangi Namangan tumanida yashovchi F.O. (ayol) ichki ishlar organlariga o‘z arizasida 2024-yil 27-mart kuni voyaga yetmagan qizi (2017-yilda tug‘ilgan) J.S. ko‘chada o‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan vaqtida shu yerdan o‘tib ketayotgan I.B. (erkak, 1956-yilda tug‘ilgan) qizni o‘z avtomashinasiga chiqarib, unga uyatsiz buzuq harakatlar qilganligini bildirgan.
Ushbu voqea yuzasidan joriy yilning 5-aprel kuni Namangan shahar IIO TB tomonidan I.B. ga nisbatan JKning 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirga tergov harakatlari olib borilmoqda❗️
Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
Ma’lumot uchun:
📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com
Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.

#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani
📍May oyining ilk kunida Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid murojaatlar bilan tanishdi.
📃Qabul davomida bugun quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🖇 Ayol turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshlari tomonidan 3 nafar kichik yoshdagi farzandi bilan uydan xaydab chiqarish bilan muttasil tahdid qilinayotganligi yuzasidan;
🖇 Oilaviy ajrimdan so‘ng otaning o‘z farzandi bilan uchrashish huquqi ona tomonidan cheklanayotganligiga oid;
🖇 Voyaga yetmagan qizni aldab, noqonuniy ravishda uchinchi davlat orqali Turkiyaga olib ketilganligi masalasi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, avvalgi qabulda ota-onaning ajrimidan so‘ng onasi va buvisi tomonidan sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mehnatga jalb qilinayotganligi yuzasidan murojaat qilgan bolaning buvisi kelib, o‘z vajlarini bayon etdi.

📍Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy Agentligi tashabbusi bilan “O‘zekspomarkaz” pavilyonida tashkil etilgan “Inson uchun” nomli respublika savdo ko‘rgazmasida qatnashdik.
🔹Ushbu ko‘rgazmada 200 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlar mebel, tekstil mahsulotlari, poyabzal, sport, oziq-ovqat, texnika, poligrafiya va boshqa turdagi tovarlar bilan ishtirok etmoqda. Ular orasida o‘ziga xoslikka ega bolajonlar tomonidan yaratilgan ijod mahsullari ham bor.
🎨Bolalar ijodining har bir namunasidagi yorqinlik, hayotga, san’atga bo‘lgan cheksiz muhabbatning guvohi bo‘ldik. Va albatta, bolajonlarni ijod qilishda davom etishi uchun rag‘batlantirish maqsadida jamoamiz bilan ular tayyorlagan yumshoq o‘yinchoqlar, turli applikatsiya va tasviriy suratlar xarid qildik.
"Hech kim ortda qolmasligi kerak" tamoyili asosida insoniylik va jasorat mujassam bo‘lgan bunday ijod maydonini yuksak darajada tashkil etgani uchun Ijtimoiy himoya milliy Agentligiga nihoyatda minnatdormiz.