Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.83K subscribers
1.33K photos
65 videos
1 file
496 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

🗣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Jumladan,

🔹ota-ona nikohidan ajralganidan so‘ng bolani kim bilan yashashi masalasini sud belgilagan bo‘lsada, bolaning otasi bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi hamda bola onaning qarindoshlari tomonidan majburiy og‘ir mehnatga jalb qilinayotganligi yuzasidan;

🔸bolani rasmiy tarzda farzandlikka olgach ko‘p o‘tmay, go‘dakni o‘z qarindoshlari tarbiyasiga topshirib ketib, 7 yil o‘tib hozirda bolani olib ketgan va uning hayoti, sog‘lig‘iga xavf solayotgan vasiyning harakatlari yuzasidan;

🔹O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirligida yashab kelgan paytida bola boqib olganligi, hozirda O‘zbekistonga qaytib kelganida bolani shaxsiga oid hujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammo yuzasidan;

🔸Nabirasiga onasi tomonidan tan jarohati yetkazilganligi, shu sababli bolaning onasini onalik huquqini cheklashga oid;

🔹mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetganligi, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan;

🔸sud ajrimidan so‘ng bolaning otasi o‘z vaqtida aliment to‘lamayotganligi, sobiq turmush o‘rtog‘iga farzandini undan olib qo‘yishi bilan muntazam ravishda tahdid qilayotganligi sababli bola otasi bilan uchrashgan paytida psixolog yoki vasiylik organi vakili ishtirok etishi so‘rovi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

💬 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
Photo
#ikkinchi_kun #Qoraqalpogiston #Bolalar_ombudsmani

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi monitoringimizning ikkinchi kunida Nukus shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 4-sonli maktab-internatida bo‘ldik.

👫 250 nafar bolaga mo‘ljallangan bu maskanda bugungi kunda 218 nafar bola tarbiyalanib kelinmoqda.

Internat o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, xalqaro hamkorlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, ular ko‘magida eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun nutqni rivojlantirishga mo‘ljallangan maxsus mashg‘ulot uskunalari va boshqa zamonaviy moslamalar bilan jihozlangan.

🖥 Jumladan, ushbu maskandagi bolalar ehtiyojlari inobatga olinib, 2 ta maxsus kompyuter xonasi, qo‘shimcha yuvinish xonalari yo‘lga qo‘yilgan.

E’tiborlisi, bu maskan mutaxassislari ham sohadagi zamonaviy texnologiya va uslublarni egallash, bolalar bilan yanada samarali ishlash maqsadida doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar.

📚Internat ma’muriyatining tashabbusi va faolligi natijasida muassasa kutubxonasidagi o‘zbek tilidagi maxsus kitoblarning aksariyati qoraqalpoq tiliga o‘girilib, chop etilmoqda.

🌈 Bolalar tomonidan turli yo‘nalishlarda yaratilgan ijod namunalari bilan tanishar ekanmiz, shunga amin bo‘ldikki, qanday xususiyatli bo‘lishidan qat’iy nazar har bir bola noyob iste’dodga ega, uni to‘g‘ri namoyon qilish esa faqat va faqat biz - kattalarga bog‘liqdir.

Shuningdek, monitoring davomida maktabda yuvinish xonalari yetarli emasligi, faollar zali tashkil etish zarurati borligi aniqlandi va hudud mutasaddilariga mazkur masalalar yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📍Shuningdek, monitoring doirasida 10-sonli ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus “Nurli maskan” maktab-internatida bo‘ldik. Bu yerda hozirda 164 nafar voyaga yetmagan bola tarbiyalanmoqda.

🔗 Aytish kerakki, ushbu muassasada respublikada tiflotexnika bo‘yicha yagona vosita mavjud bo‘lib, uning ko‘magida tarbiyalanuvchilar uchun qator qulayliklar yaratilgan.
Brayl alifbosiga moslashgan bosmaxona ishlashi jarayoni, sinfxonalardagi zamonaviy I-5 rusumli kompyuterlarni, zamonaviy maxsus oftalmologik uskunalarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, oxirgi 2 yil ichida maskanda jiddiy ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini guvohi bo‘ldik.

🗣 Shu bilan birga, maktab-internatdagi qator muammoli masalalarda mutasaddilar bilan muloqot qildik.
Jumladan, oshxonaning kichikligi sababli tarbiyalanuvchilar 3 ta smenaga ajratilgan holda ovqatlanishi, yotoqxonadagi yotoqlar soni mavjud ehtiyojga nisbatan yetarli emasligi oqibatida xonalarga standartdan tashqari yotoq joylari o‘rnatilganligi muammo tug‘dirmoqda.

Mazkur masalalar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish uchun Bolalar ombudsmani tegishli mas’ul idoralarga o‘z taklif va ko‘rsatmalarini berdi. Hozirda bu borada tegishli ta’sir hujjatlari kiritilishi ta'minlanmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

Bolalar ombudsmani shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida qanday huquqlarga ega

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #aniqlangan_kamchiliklar #Bolalar_ombudsmani

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bolalar ombudsmani tomonidan joriy yilning 18-19-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan monitoringi davomida mazkur hududda joylashgan 2-sonli tergov hibsxonasida bo‘lib, muassasada saqlanayotgan 2 nafar voyaga yetmagan X.X. va R.T. lar sharoitlari ko‘zdan kechirildi va ular bilan alohida suhbatlashildi.

Monitoring davomida mazkur voyaga yetmaganlar katta yoshli maxbuslar bilan bir kamerada saqlanayotganligi aniqlandi.
Qachonki xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka ko‘ra, hibsxonalarda voyaga yetmaganlar kattalardan ajratilgan tarzda saqlanishi shart bo‘lib, alohida holllardagina bunga prokuror roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Bolalar ombudsmani monitoring doirasida aniqlagan ushbu qonun buzilishi yuzasidan yo‘llagan alohida so‘rovi asosida hibsxonadagi mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganildi☑️.

🟡 O‘rganishda aniqlanishicha, tergov hibsxonasi ma’muriyatining mutasaddi mansabdor shaxslari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2011-yildagi "Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida"gi Qonunning 41-moddasi talablariga rioya qilinmasdan, prokuror roziligini olmasdan turib, voyaga yetmaganlarni katta yoshli shaxslar bilan bir kamerada saqlanganligi uchun bu qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlarga "qattiq hayfsan" intizomiy jazosi qo‘llanildi.

📌 Tekshiruvda katta yoshli mahbuslar tomonidan voyaga yetmaganlar huquqlariga zarar yetkazish faktlari aniqlanmay, ayni paytda voyaga yetmaganlar katta yoshli shaxslardan alohida kameraga joylashtirilgan bo‘lib, hibsxona ma’muriyati qonun talablariga qat’iy rioya qilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Bolalar ombudsmani monitoring natijasida aniqlangan bola huquqlari buzilishi holatlari bartaraf etilishi ustidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hal_etilgan_murojaatlar #Bolalar_ombudsmani

📃Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahrida yashovchi I.N. va B.N. (ota-ona) murojaat etdi.

🖇 O‘z murojaatida ota-ona 2021-yilda tug‘ilgan farzandi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanishini, joriy yilning 29-iyun kuni navbatchi tarbiyachi Sh.K. (ayol) farzandini urib, haqoratlaganini bildirgan.
I.N. ning aytishicha, holat yuzasidan muassasa mudirasiga murojaat qilib, videotasvir nusxasini olmoqchi bo‘lganida mudira tomonidan ruxsat berilmagan va tarbiyachiga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan.

Bolalar ombudsmanining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rovi asosida mazkur holat vazirlik mutasaddilari tomonidan o‘rganildi☑️.

🟢O‘rganish natijasida bog‘cha tarbiyachisi Sh.K. ga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, muassasaning keyingi faoliyati davomida bolalarga tazyiq holatlariga yo‘l qo‘ymaslik ustidan vazirlik tizimli nazorat qilishi bildirildi

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

🗓️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan yoz oyidagi so‘nggi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🗣️ Qabul davomida:

1️⃣ bolaga onasi tomonidan sodir etilayotgan g‘ayriqonuniy harakatlar, xususan, mutassil qiynash, urish, haqoratlash kabi holatlarga chek qo‘yish maqsadida onalik huquqini cheklashga oid;

2️⃣ bolaga noto‘g‘ri tashhis bo‘yicha tibbiy davolash kursi o‘tkazilgani oqibatida uning ahvoli yomonlashib borayotganligi yuzasidan;

3️⃣ qizining vafotidan so‘ng ayol voyaga yetmagan nevaralarini ularning yaqin qarindoshi sifatida o‘z qaramog‘iga olishga oid nizo yuzasidan;

4️⃣ mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetib, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda qator muammolarga duch kelayotganligiga oid;

5️⃣ ota-ona ajrimidan so‘ng bolaning otasi va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi, bola nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotganligi va yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmasligiga oid;

6️⃣ bolalarga ona tomonidan mutassil ravishda maishiy zo‘ravonlik o‘tkazib kelinganligi, sudda 12 va 13 yoshdagi bolalarning kim bilan yashash masalasi yuzasidan fikrlari inobatga olinmayotganligi yuzasidan;

7️⃣ davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qituvchi va direktor tomonidan 1-sinf o‘quvchilariga ruhiy zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi, shuningdek, maktab ma’muriyati tomonidan go‘yoki maktab sharoitini yaxshilash maqsadida ota-onalardan muttasil pul yig‘ilayotganligiga oid;

8️⃣ oilaviy nizo sabab ayol farzandi otasiga va uning yaqin qarindoshlariga ko‘rsatmayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🖇️ Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#bola #homiy #muolaja #Bolalar_ombudsmani

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyatida yashovchi M.T. (ayol) murojaat qildi.

📄 O‘z murojaatida M.T. va turmush o‘rtog‘i O.N. Rossiya Federatsiyasida bo‘lish muddati tugaganligi sababli 2024-yilning 28-aprel kuni O‘zbekistonga qaytib kelishga majbur bo‘lganligi, ammo 3 oylik farzandi M.Z. (joriy yilning 25-yanvarda tug‘ilgan qiz bola) Sankt-Peterburg shahridagi bolalar shifoxonasida ota-ona g‘amxo‘rligisiz yolg‘iz qolganligini bildirgan.

🖇️ Shuningdek, hozirda davolash jarayoni tugagan bo‘lsada, ayol farzandini O‘zbekistonga olib kelish moddiy imkoniga ega emasligini bildirib, bolani O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘ragan.

📍Aytish kerakki, M.T.ning farzandi tug‘ilish vaqtidan avval va juda kichik vaznda bir necha yurak kasalliklari bilan tug‘ilib, shu sababdan tug‘ilganidan beri Sankt-Peterburgdagi mazkur muassasada shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan va davolash jarayonida yuragiga operatsiya qilingan.

📌 Shu bilan birga, kasalxona ma’muriyati bildirishicha, bolaning 8 oy davomida davolanishi muolajalari va operatsiya uchun ota-ona tomonidan to‘lov amalga oshirilmagan.

🔍 Ma’lum bo‘lishicha, Sankt-Peterburg shahridagi o‘zbek diasporasi qizaloqni davolanishi uchun kasalxonaga to‘lanishi joiz bo‘lgan mablag‘ning bir qismini to‘plagan bo‘lsada, zarur mablag‘ni to‘plashga hali ancha vaqt kerak bo‘lishi mumkin.

Quvonarlisi, bunday murakkab vaziyatga ham yechim topilib, bolaning shifoxonada tibbiy muolajalari uchun to‘lov qisqa fursatda O‘zbekiston yirik tadbirkorlaridan bo‘lgan homiy tomonidan to‘lab berildi☑️.

🔸Bolalar ombudsmani Sankt-Peterburgdagi qizaloqni O‘zbekistonga tez fursatda qaytarilishi yuzasidan zarur choralar ko‘rish uchun TIV va IIVga so‘rov kiritdi.

Shuningdek, davolanishdan keyin bola hali to‘liq tiklanmaganligi va aviaqatnov paytida sog‘lig‘ida muammolarni oldini olish maqsadida Bolalar ombudsmani Sog‘liqni saqlash vazirligiga bolani O‘zbekistonga olib kelishda maxsus shifokor hamrohlik qilishida amaliy ko‘mak berilishiga oid so‘rov yubordi hamda mazkur jarayon yuzasidan kuzatuv olib borib, bolaning oilasi bilan doimiy aloqada bo‘ldi.

🟡 Kecha, 1-sentyabr kuni, Sankt-Peterburg shahridan vatanga qaytarilgan 14 nafar bola qatorida M.Z. Ichki ishlar vazirligi vakillari va shifokorlar hamrohligida O‘zbekistonga olib kelindi va ota-onasiga topshirildi.
Endilikda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan bolaning sog‘lig‘ini saqlashga va oilaga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishga oid choralar ko‘riladi.

🔷 Qizaloqning oilasi mazkur masalada muhim amaliy ko‘mak ko‘rsatib, qizaloqning davolanishi to‘lovini amalga oshirishda beg‘araz ko‘mak ko‘rsatgan tadbirkorga va bolani O‘zbekistonga qaytarilishida ishtirok etgan barcha mas’ul idoralariga o‘zining chuqur minnatdorligini bildirmoqda.

O‘z navbatida,
Bolalar ombudsmani bola bilan bog‘liq bu murakkab hayotiy voqeaga bee’tibor bo‘lmagan va faol ishtirok etgan har bir insonga o‘z tashakkurini bildiradi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan kuz oyidagi ilk shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🖇 Qabul davomida:

▫️ona vafotidan so‘ng voyaga yetmagan qiz Rossiya Federatsiyasida buvisi qaramog‘iga topshirilganligi, lekin qizning o‘zi O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan otasi bilan yashashni istayotganligi yuzasidan;

▪️nabirasini maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun onlayn ro‘yxatga qo‘yilib, navbati kelgan bo‘lsada, elektron bazada navbati ancha pastga tushib qolganligi tufayli bolani bog‘chaga berish kechikayotganiga oid;

▫️bir necha yil avval ona o‘z farzandidan voz kechib, bolani otasiga tashlab ketganligi, endilikda farzandini o‘z qaramog‘iga olmoqchi bo‘layotganligi yuzasidan;

▪️oilaviy nizo tufayli ota 3 nafar farzandini onasi bilan uydan haydab yuborgani, bolalarning uy-joyga bo‘lgan huquqlari buzilayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

📝 Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli idoralar tomonidan chora ko‘rish va bolaning buzilgan huquqlari tiklanishiga oid amaliy jarayon boshlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat #tekshiruv #bolalar_manfaati #Bolalar_ombudsmani

📃 Bolalar ombudsmaniga Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi MCHJ rahbari B.B. ning murojaati kelib tushdi.

🖇️ Murojaatida 2022-yilda yakka tartibdagi tadbirkor E.M. (ayol) bilan MCHJga tegishli binoning bir necha xonalarini nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi sifatida foydalanish uchun ijaraga olish shartnomasi tuzilganligini, lekin tadbirkor o‘z faoliyatida belgilangan talablarga rioya etmayotganligini bildirgan.

◽️Xususan, tarbiyalanuvchi bolalar soni muassasa sig‘imidan ortiqligi, bolalar uchun yotoqxona, hojatxona va oshxona sanitariya normalariga muvofiq emasligi, ayniqsa bolalar yuqori bosimdagi elektr toki mavjud bo‘lgan xonada saqlanayotganligi va bu xonada deraza mavjud emasligi, oqibatda esa bolalarning sog‘lig‘i xavf ostida qolayotganligini ma’lum qilib, MTMda tarbiyalanayotgan bolalar manfaatlarini himoya qilishni so‘ragan.

📌 Mazkur holat Bolalar ombudsmanining nazorat so‘rovi asosida Toshkent viloyati prokuraturasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganildi.

⚪️ Jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rganishi asosida Vazirlar Mahkamasining “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi tegishli Nizomi talablariga zid ravishda manzili (joylashuv geolokatsiyasi) bitimda ko‘rsatilgan manzildan boshqa joyda faoliyat olib borganligi sababli mazkur oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga subsidiya to‘lovlari to‘xtatildi.

☑️ Shuningdek, Biznes-ombudsman bilan kelishilgan holda mazkur muassasada SSV huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.

🔷 Tekshiruvda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan MJtKning 53-moddasi (Sanitariya qonunchiligini buzish) bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudiga yuborildi. Hozirda tashkilot faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#memorandum #hamkorlik #Istiqbolli_avlod #Bolalar_ombudsmani

📑 Bugun Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladik.

🖇️ Aytish kerakki, 2001-yilda tashkil etilgan mazkur tashkilot bugungi kunda O‘zbekistondagi odam savdosi va zo‘ravonlikning boshqa turlariga qarshi kurashish sohasida yetakchi nodavlat notijorat tashkilotlardan biri hisoblanadi.

✏️ Memorandum doirasida:

1️⃣ alohida ijtimoiy zaif guruhga mansub va e’tiborga muhtoj oilalarda bolalarga nisbatan odam savdosi, majburiy mehnat, noqonuniy migratsiya, zo‘ravonlik, tazyiq ostida sodir etiladigan jinoyatlar profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish;

2️⃣ odam savdosi, majburiy mehnat, noqonuniy migratsiya va zo‘ravonlikning boshqa shakllari bilan to‘qnash kelgan bolalarni aniqlash va ularga kechiktirib bo‘lmaydigan ijtimoiy-huquqiy yordamni tashkillashtirish;

3️⃣ bolalarga nisbatan sodir etilgan bu kabi jinoyatlar oqibatlarini minimallashtirish, jabrlanuvchilarni himoyalash borasida hamkorlikni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

📌 Aytish kerakki, Bolalar ombudsmani hozida ham «Istiqbolli avlod» NNT bilan murakkab vaziyatlarga duch kelgan bolalarga turli shakldagi ko‘mak ko‘rsatish yo‘nalishida amaliy hamkorlik olib bormoqda.

Ishonch bilan aytish mumkinki, bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan olib borilayotgan bu hamkorlik o‘zining samarasi va ijobiy natijasini beradi🤝.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #bolalar #AQSH #Bolalar_ombudsmani

🇺🇸 Bugun Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik va diplomatik vakolatxona xodimlari bilan uchrashdik.

📣 Muloqot davomida diplomatik missiya vakillariga Bolalar ombudsmanining asosiy funksiyalari va bugungi kundagi faoliyati yuzasidan ma’lumot berildi.

☑️ Xususan, janob Henik Bolalar ombudsmanining murojaatlar bilan ishlash mexanizmi, fuqarolik jamiyati institutlari va media vakillari bilan hamkorligi hamda voyaga yetmaganlar saqlanayotgan yopiq muassasalaridagi monitoringlar masalalariga alohida qiziqish bildirdi.

🤝Shuningdek, uchrashuv davomida AQSH elchixonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.
Xususan, bola huquqlarini ta’minlash borasida AQSH samarali tajribaga egaligidan kelib chiqib:

1️⃣ kibermakonda bolalarga nisbatan onlayn-tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish yuzasidan ekspertlik ko‘magi;

2️⃣ bolalarga nisbatan oiladagi zo‘ravonlik holatlarini bartaraf etish bo'yicha mutaxassislar uchun maxsus kurslar tashkil etish;

3️⃣ o‘quv muassasalarida bullingni oldini olishga oid pedagoglarda maxsus ko‘nikmalarni shakllantirish hamda bullingga qarshi targ'ibot preventiv mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;

4️⃣OAV vakillari uchun bola manfaatlariga oid ma’lumotlar bilan ishlash va ularni yoritish yuzasidan maxsus treninglar tashkil etish kabi masalalarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #mahalliy_Kengashlar #Bolalar_ombudsmani

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bugun Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini nazorat qilishda mahalliy Kengashlarning roli” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

🖇 Aytish kerakki, hududlarda bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda mahalliy vakillik organlarining roli katta.

Xususan, mahalliy Kengashlar hokim, prokuror, Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlari, sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi☑️.

📈Shu o‘rinda tahlillar ko‘rsatmoqdaki, joriy yilning 7 oyi davomida (mart – sentyabr) Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ichki ishlar organlarining respublikada bolaga qarshi sodir etilgan jinoyatlarga oid 400 dan ortiq xabarnomasi kelib tushgan bo‘lib, uning deyarli 1/3 qismini yo‘l-transport hodisasi natijasida voyaga yetmaganlarga tan jarohati yetkazilishiga oid holatlar tashkil etgan.

⚪️ Bundan kelib chiqib aytish muhimki, mahalliy kengashlar hududiy davlat organlarining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitish bilan cheklanib qolmasdan, davlat organlarining faoliyatida bola manfaatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi masalasiga alohida e’tibor qaratishi hamda xato va kamchiliklarni bartaraf etishga oid choralar ko‘rishi lozim.

🗣Seminar davomida yuqoridagi tahlillardan tanqidiy xulosa qilgan holda bola huquqlarini himoyalashga oid ushbu qonunning hududlarda ijrosi deputatlar tomonidan nazorat qilib borilishi muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar_vaziyati_tahlili #UNICEF #Bolalar_ombudsmani

🎥 O‘zbekistondagi bolalar va o‘smirlar vaziyatining tahlili natijalari taqdimoti tafsilotlari "Sevimli" telekanali nigohida.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #bola_manfaatlari #Bolalar_ombudsmani

🖇️ Kuni kecha Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar bilan kelgan fuqarolarning navbatdagi qabulini o‘tkazdi.

📍Qabulga kelganlar quyidagi masalalar yuzasidan murojaat qildilar:

🔸9 yosh o‘quvchining xulqida jiddiy og‘ishlar bo‘layotganligi, sinfdoshlariga nisbatan nojo‘ya harakatlar qilayotganligi,
uning oilaviy muhiti barqaror emasligi, oqibatda esa boshqa o‘quvchilarning ta’limiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan;

🔹sud ajrimidan so‘ng ham bolaning otasi o‘z vaqtida aliment to‘lamayotganligi, otalik majburiyatlarini bajarmayotganligi, mutassil ichkilikbozlikka mubtalo bo‘lganligi sababli uni otalik huquqidan mahrum qilish masalasini o‘rganishga oid;

🔸8-sinf o‘quvchisi darslarni o‘zlashtirmaganligi sababli sinfdan sinfga o‘tmay qolganligi va shu sababli diskriminatsiyaga uchrayotganligidan ruhiy tushkunlikda ekanligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

💬 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X