Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.85K subscribers
1.32K photos
64 videos
1 file
491 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
📝 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

📍Qabul davomida ko‘rib chiqilgan murojaatlarning aksariyati:

◽️bolaning ajrim jarayonida bo‘lgan ota-onalardan qay biri bilan yashashi masalasi;

◽️ajrim jarayonidagi onaning farzandiga jismoniy zarar qilishi va g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligi;

◽️maktabda o‘qituvchi tomonidan bolaga nisbatan tazyiq harakatlari va boshqa masalalarga oid bo‘lib, bu boradagi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi va boshqa choralar ko‘rildi.

📌 Shuningdek, Turkiya davlatida turmush o‘rtog‘i qotilligi oqibatida vafot etgan ayolning farzandini O‘zbekistonga qaytarishni so‘rab shu bolaning buvisi bergan murojaati ko‘rib chiqildi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani TIV va IIV bilan birgalikda bolani Vatanga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rishni boshladi☑️.

🖇️ Ma’lumot uchun: Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo’yicha vakili (Bolalar ombudsmani) jamoasi bugungi ulug‘ ayyom – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ko‘p millatli xalqimizni samimiy qutlaydi.

Tinch va osuda hayot uchun jonini fido etgan mard ajdodlar qatori jasoratli zamondoshlarimiz xotirasi abadiy bo‘lsin.
Ona yurtimiz hamisha ozod va farovon bo‘lsin!

Telegram|Facebook|Instagram|X
⚡️OAVlarda "Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi ona bo‘ldi" mazmunidagi xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi

📌 Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan (2009-yilda tug‘ilgan) P.Z. 2023-yil avgust oyida o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, 2006-yilda tug‘ilgan Sh.E. bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. 2024-yil 6-may kuni shifoxonada P.Z. chaqaloq dunyoga keltirgan.

Mazkur holat yuzasidan (voyaga yetmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan bo‘lsada) tuman IIB tomonidan JKning 128-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

🖇 Shu bilan birga, bunday toifadagi jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan jabrlanuvchi shaxsiga oid bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish va tarqatish qonunan taqiqlangan hamda bola manfaatlariga zid ekanligini eslatib o‘tamiz.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Alfraganus universiteti hamda MY5 telekanali hamkorligida “Gravitatsion idrok” loyihasiga start berilmoqda.

Ushbu intellektual shou 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Har bir dasturda yurtimizning 3 ta hududidan 5 nafardan jami 15 nafar bitiruvchilar ishtirok etadi.

Mazkur loyihada g‘olib bo‘lgan 5 nafar o‘quvchilar Alfraganus universitetiga grant asosida 4 yil bepul tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

❗️ “Gravitatsion idrok” shousida eng iqtidorli o’quvchilarimiz tomonidan yangi marralar zabt etiladi!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘smir qiz o‘z otasi tomonidan turli shakldagi zo‘ravonlikka uchraganligi haqida xabar bergan edik.

Shu kunlarda Bolalar ombudsmani kotibiyati, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Qashqadaryo viloyati IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi vakillaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan M.Sh va N.Sh (qiz bolalar) larga nisbatan sodir etilganligi bildirilgan jismoniy va ruhiy tazyiq holatlari atroflicha o‘rganildi

🖇 Joriy yilning 25-mart kunidan boshlab, M.Sh. va N.Sh. lar ijtimoiy-huquqiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lganligi sababli Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanib kelgan.

Ishchi guruh tomonidan qizlarning kelgusida qaysi qarindoshlari bilan yashashni istashi bo‘yicha fikrlari o‘rganildi.

Jumladan, M.Sh. va N.Sh. bilan suhbat jarayonida ular otasi R.N. bilan yashashni mutlaqo istamasligini bildirdilar. Qizlarga ko‘ra, otasi R.N. ularni maktabga yuborishni istamay, ta’limga to‘sqinlik qilishi, turli qattiq jismlar bilan urib kelganligi, zaruratsiz og‘ir mehnatga majburlashi (ro‘zg‘orda kir yuvish mashinasi bo‘lsada, barcha kirlarni faqat qo‘lda yuvishga majburlashi) ni aytdilar.

📍Shu bilan birga, qizlarning aytishicha, buvisi L.N. ham ularga turli tazyiq o‘tkazgan bo‘lib, agar aytganini qilmasa, otasiga urdirtirish bilan tahdid qilib kelgan.

M.Sh. va N.Sh. lar vafot etgan onasining opa-singillari bo‘lgan 2 nafar xolasi ularni yaxshi ko‘rishini aytib, kelgusida ana shu xolalaridan biri bilan yashashga istak bildirdilar☑️.

Aytish kerakki, qizlar kelajakda o‘qishni davom ettirib, jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega mutaxassis bo‘lib yetishiga intilmoqdalar.

🏛 Hozirda voyaga yetmagan M.Sh. va N.Sh. larning eng ustun manfaatlarini ta’minlash uchun va ijtimoiy vaziyatini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida ularning Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida saqlanish muddati tegishlicha uzaytirildi.

Bugungi kunda ishchi guruh tomonidan qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta'lim olish sharoitini ta’minlay olishi har tomonlama o‘rganilmoqda.
Shunungdek, qizlarga bo‘lgan nomaqbul munosabatga huquqiy baho berish masalasi huquqni muhofaza qilish organlariga o‘rganish uchun kiritildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Avvalroq, Yangi Namangan tumanida yashovchi 68-yoshli erkak 7 yoshlik qizga uyatsiz buzuq harakatlar qilgani, ayblanuvchiga nisbatan JKning 129-moddasi 1-qismi bilan joriy yilning 5-aprel kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

📍Dastlabki tergov davomida o‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida joriy yilning 1-may kuni B.I. qilmishi JKning 119-moddasi 4-qismi bilan qayta malakalandi va u protsessual tartibda ushlanib, sudga kiritilgan iltimosnoma asosida sud tomonidan B.I. ga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Bugungi kunda jinoyat ishi yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda

🖇️ Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mazkur ish yuzasidan kuzatuvni davom ettiradi.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Qashqadaryo viloyatida yashovchi opa-singil M.Sh. va N.Sh. larga nisbatan sodir etilgan jismoniy va ruhiy tazyiq holatlari tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Mazkur guruh tomonidan qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta’lim olish munosib sharoitlarini ta’minlay olishi masalasi har tomonlama o‘rganildi☑️.

Qarshi shahar hokimining tegishli qarori bilan M.Sh. va N.Sh. lar vafot etgan onasining opasi bo‘lgan Q.D. (qizlarning xolasi) qizlarga vasiy etib tayinlandi.

Q.D. o‘z homiy va vasiyligidagi voyaga yetmagan M.Sh. (2008-yilda tug‘ilgan) va N.Sh. (2010-yilda tug‘ilgan) larni tarbiyalashi, ularning ta’minoti, sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishi, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mas’ulligi tegishlicha yuklatildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛Respublikamiz ta’lim muassasalarida 2023-2024 o‘quv yili tamomlanishiga ham oz fursat qoldi.

🧠 Farzandlarimiz yozgi ta’tilga chiqishdan avval, tabiiyki muayyan fanlardan imtihon topshiradilar.

Imtihonlarga tayyorgarlik bo'yicha Bolalar ombudsmani tavsiyalari bilan yuqoridagi slaydlarda tanishing✔️.

Telegram|Facebook|Instagram|X