Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
4.11K subscribers
1.26K photos
63 videos
1 file
473 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
📌 Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga joriy yilning 29-mart kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi M.H. (erkak kishi) murojaat qilgan.

📃 Murojaatda M.H. turmushidan ajrashgani, 2 nafar farzandi borligi, ular onasining qaramog‘ida ekanligi, 2021-yilda tug‘ilgan qizi M.X. oyog‘idagi kasallik tufayli Toshkent shahridagi shifoxonalarda davolatganligi, hozirda qizi yurishda qiynalayotganligi, uni Toshkent shahrida davolanishiga sobiq turmush o‘rtog‘i va uning qarindoshlari qarshilik qilayotganligini, M.H. kasalligi tufayli yurolmay qolishidan xavotirda ekanligini bildirib, sobiq turmush o’rtog’ini bunga ko’ndirib, qizining sog‘lig‘ini tekshiruvdan o‘tkazish va davolashda amaliy yordam berilishini so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi mazkur holatni atroflicha, har tomonlama o‘rgandi

🔷 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari o‘rganishi davomida bolaning onasi M.K. farzandiga hozirda zaruriy tibbiy muolajani viloyat darajasida ko‘rsatilayotganligi, qizini qayta tibbiy ko‘rik va davolash uchun respublika markaziy tibbiy muassasalarga olib borishga qarshi emasligi, lekin farzandi bir necha bor rentgen qilinganligi sababli, yana ortiqcha nurlanish uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qilishi tufayli bolani qayta rentgen qilinishiga rozi emasligi aniqlangan.
Bolalar ombudsmani Kotibiyati xodimlari ham ona bilan suhbatda uning mazkur vajlarini o’rgangan.

SSV tomonidan tuzilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi) malakali mutaxassislar komissiyasi joriy yilning 13-aprel kuni bergan xulosasiga ko‘ra, bola bugungi kunda olayotgan konservativ davolanish muolajalarini davom ettirishga muhtojligi ma’lum qilingan.

Bu borada Bolalar ombudsmani kotibiyati xodimlari tomonidan M.H. ga bir necha marotaba huquqiy tushuntirish berilgan. O‘z navbatida, M.H. tashkilot bergan ko‘mak uchun o‘z minnatdorligini bildirgan bo‘lsada, jamoatchilik faollari va ayrim OAVlarga murojaat qilib, uning mutasaddilarga so‘rovi javobsiz qolayotganligini bildirishda davom etgan❗️

Qayd etish kerakki, qachonki ota yoki onaning harakatlari bolaning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf solmasa, sobiq er-xotin o‘rtasidagi nizolar faqatgina sud tomonidan hal etilib, bu Bolalar ombudsmani vakolati doirasidan tashqarida. Nizodagi taraflar mazkur masalani sud tartibida hal qilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘zi bilan yashashni xoxlamagan o‘g‘lini kaltaklayotgan ota” sarlavhasi ostida video tarqalganligi bo‘yicha ma’lumot bergan edik.

Aniqlanishicha,
2024-yilning 23-mart kuni Surxondaryo viloyati, Denov tumanida tug‘ilgan voyaga yetmagan E.Ya. Toshkent shahar, Chilonzor tumanidagi tog‘asiga tegishli qurilish mollari do‘konida bo‘lgan vaqtida otasi M.X. (1981-yilda tug’ilgan) kelib, E.Ya. ni o‘zi bilan olib ketishini aytgan vaqtida E.Ya. u bilan ketishni xohlamasligini, otasi bilan onasining o‘zaro janjallari sabab ular bilan birga yashamasligini ma’lum qilganida, otasi zo‘rlik ishlatib olib ketmoqchi bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, bu oilada er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik holatlari muntazam ravishda kuzatilganligi sababli joriy yilning 2-fevral kuni O‘rtachirchiq tumani IIB tomonidan M.X. ni tazyiq harakatlarini cheklash maqsadida uning turmush o‘rtog‘i S.M. ga himoya orderi berilgan.

O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, materiallar qonuniy hal etilishi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga yuborilgan.

2024-yilning 27-aprel kuni M.X. sud tomonidan MJtKning 183 (Mayda bezorilik) va 185 (2) moddalari (Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) bo’yicha aybdor deb topilib, unga 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
📌 Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga Buxoro viloyati Romitan tumanida yashovchi fuqaro Sh.M. (ayol kishi) dan murojaat kelib tushdi.

📝 Murojaatda Sh.M. 2018-yilda tug‘ilgan qizi M.M. Respublika bolalar onkologiya va gematologiyasi markazida davolanayotganligini, bolaning otasi T.J. qizni davolatishdan bosh tortib, moddiy ta’minot bermaganligini, aksincha ota bolaning davolanishi uchun "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan ajratilgan pulni o‘zlashtirganligini bildirgan.

Bundan tashqari, ayol ota farzandi va unga ruhiy tazyiq o‘tkazayotganligi, bu esa bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilganligini bildirib, uni va farzandini otasining tazyiqlaridan himoya qilishda yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmanining Ijtimoiy himoya milliy Agentligi va Ichki ishlar vazirligiga kiritgan so‘roviga asosan mazkur holat G'ijduvon tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman IIB tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish natijasida fuqaro Sh.M. va voyaga yetmagan M.M. ga 1 oy muddatga himoya orderi rasmiylashtirilib, otaning ruhiy zo‘ravonlik harakatlariga chek qo‘yildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_murojaat #bola_manfaatlari

📌 Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) nomiga joriy yilning 9-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Bolalar ombudsmanining murojaati kelib tushdi.

📃 Murojaatda O‘zbekiston fuqarosi N.Q (ayol) 20 yil avval doimiy yashash uchun Rossiya Federatsiyasining Qozon shahriga kelganligi, yong‘in oqibatida uning fuqarolik pasporti yonib ketganligi va RFda hech qanday hujjatlarsiz yashaganligi, N.Q. da bu vaqt davomida 6 nafar farzandi tug‘ilganligi, Qozon shahri tuman sudining qarori bilan u farzandlari bilan shu yilning 5-mart kuni RFdan majburan chiqarib yuborilganligi aytilgan.

Shu bilan birga, Tatariston Bolalar ombudsmani hozirda N.Q. 6 nafar farzandi bilan Toshkent shahrida boshpanasiz va pulsiz og‘ir ahvolda ekanligini va bu oila ijtimoiy hamda boshqa turdagi yordamga nihoyatda muhtojligini bildirgan.

Bolalar ombudsmani xorijiy so‘rovda bayon etilgan holatni atroflicha o‘rganib, vaziyat yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilishi uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va IIVga so‘rov yubordi.

Agentlik tomonidan ushbu murakkab holat kompleks ravishda atroflicha o‘rganilib, N.Q. va uning 6 nafar farzandiga qator muammoli masalalarda manzilli ko‘mak ko‘rsatildi.

🖇 Jumladan, joriy yilning aprel oyida ayol va uning farzandlari uchun eng zaruriy birinchi navbatdagi ko‘mak ko‘rsatilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa maishiy ehtiyojlari ta’minlandi hamda bugungi kunda bu borada ko‘mak davom ettirilmoqda.

📍Muhimi, Agentlik sa’y-harakatlari bilan 26-aprel kuni oila vaqtincha boshpana uy-joyga joylashtirildi.

Shuningdek, IIV tomonidan 24-aprel kuni N.Q. ga va uning voyaga yetgan farzandi I.Q. (2006-yilda tug‘ilgan) ga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirib berildi📑.

N.Q. farzandlari bilan RFning Tatariston Respublikasiga tez kunda qaytish va farzandlari u yerda o‘z ta’limini davom ettirishi istagida ekanligidan kelib chiqib, hozirda uning barcha farzandlariga (2009-yilda tug‘ilgan L.Q., 2011-yilda tug‘ilgan R.Q., 2015-yilda tug‘ilgan I.Q., 2017-yilda tug‘ilgan I.K., 2022-yilda tug‘ilgan A.Q.) xorijga chiqish pasportlari rasmiylashtirish jarayonidadir.

O‘z navbatida, Bolalar ombudsmani xorijiy hamkasbi bilan N.Q. ning RF Qozon shahri sudining deportatsiyaga oid qarorining yuqori instansiyada qayta ko‘rilishida N.Q. va uning RFda tug‘ilgan farzandlarining qonuniy manfaatlarini himoyalash yuzasidan huquqiy ko‘mak ko‘rsatilishiga oid muzokaralar olib bormoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_konferensiya #Konvensiya

🖇 Kuni kecha “MDHga aʼzo davlatlar hududlarida bola huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarni qoʻllash amaliyoti" mavzusida Xalqaro onlayn-konferensiya boʻlib oʻtdi.

MDH davlatlari Bola huquqlari boʻyicha vakillari bilan xalqaro hujjatlar va shartnomalarning milliy qonunchilikda tatbiq etilishi amaliyotiga oid tajribalarni muhokama qildik🗣.

📍Muloqotda ishtirok etgan har bir davlat bola manfaatlarini taʼminlashga oid xalqaro standartlarni milliy implementatsiyasiga oid oʻzining noyob va ilgʻor tajribasini taqdim etib, sohadagi istiqbol rejalari yuzasidan qiziqarli maʼlumotlar bilan boʻlishdi.

📌 Bola huquqlari boʻyicha tayanch xalqaro hujjat - BMTning bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyasi yuzasidan Oʻzbekiston oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni tizimli va izchil ravishda bajarib kelmoqda.

Xususan, mazkur Konvensiya qoidalari bajarilishiga oid Oʻzbekiston Respublikasining beshinchi davriy hisobotidan soʻng “BMTning bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha 2023-2027-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasi”qabul qilinganganligi ham buning yaqqol namunasidir.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_tahrirdagi
#Konstitutsiya
#yangi_kafolat

🇺🇿 Bugun tarixiy sana. Mamlakatimizda 1 yil avval - 2023-yil 30-aprelda referendumda umumxalq ovoz berish orqali yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Yangilangan Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi – ijtimoiy davlat qurish ekanligi e’tirof etilib, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi☑️.

Har bir vatandoshimizni mazkur sana bilan samimiy tabriklab, bugun bola huquqlariga oid yangi konstitutsiyaviy kafolatlar borasida eslatib boramiz

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_tahrirdagi
#Konstitutsiya
#yangi_kafolat

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 77-modda:

Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#yangi_tahrirdagi
#Konstitutsiya
#yangi_kafolat

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 78-modda:

Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#yangi_tahrirdagi
#Konstitutsiya
#yangi_kafolat

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 79-modda:

Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.
Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda “7 yoshlik qizga 60 yoshlik erkak tahdid qilib, o‘zining g‘arazlik niyatini amalga oshirmoqda" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi

Yangi Namangan tumanida yashovchi F.O. (ayol) ichki ishlar organlariga o‘z arizasida 2024-yil 27-mart kuni voyaga yetmagan qizi (2017-yilda tug‘ilgan) J.S. ko‘chada o‘rtoqlari bilan o‘ynab yurgan vaqtida shu yerdan o‘tib ketayotgan I.B. (erkak, 1956-yilda tug‘ilgan) qizni o‘z avtomashinasiga chiqarib, unga uyatsiz buzuq harakatlar qilganligini bildirgan.

Ushbu voqea yuzasidan joriy yilning 5-aprel kuni Namangan shahar IIO TB tomonidan I.B. ga nisbatan JKning 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirga tergov harakatlari olib borilmoqda❗️

Bolalar ombudsmani o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daydjest

🎥 Bolalar ombudsmanining aprel oyidagi faoliyatidan qisqacha videolavha.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

📍May oyining ilk kunida Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid murojaatlar bilan tanishdi.

📃Qabul davomida bugun quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

🖇 Ayol turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshlari tomonidan 3 nafar kichik yoshdagi farzandi bilan uydan xaydab chiqarish bilan muttasil tahdid qilinayotganligi yuzasidan;

🖇 Oilaviy ajrimdan so‘ng otaning o‘z farzandi bilan uchrashish huquqi ona tomonidan cheklanayotganligiga oid;

🖇 Voyaga yetmagan qizni aldab, noqonuniy ravishda uchinchi davlat orqali Turkiyaga olib ketilganligi masalasi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, avvalgi qabulda ota-onaning ajrimidan so‘ng onasi va buvisi tomonidan sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mehnatga jalb qilinayotganligi yuzasidan murojaat qilgan bolaning buvisi kelib, o‘z vajlarini bayon etdi.

Telegram|Facebook|Instagram|X