Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.62K subscribers
1.19K photos
57 videos
1 file
444 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
📌 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan "Ombudsman soati" loyihasining navbatdagi soni doirasida Bolalar ombudsmani kotibiyati vakillari ham ishtirok etdilar.

Yangihayot tumanidagi 329-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan bo‘lgan muloqot davomida bolalar o‘z huquqlarini qay darajada bilishi, huquqlari buzilganda qanday yo‘l tutishi zarurligi borasida suhbatlashildi🗣.

Aytish kerakki, bunday ochiq va do‘stona muloqotlar maktab o‘quvchilarning huquqiy savodxonligi hamda ularning o‘z huquq va erkinliklari borasida xabardorligi darajasini oshishiga xizmat qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baland ovozda va do‘q qilish ohangida gapirishning bola rivojlanishiga qay darajada ta’sir qilishini bilasizmi

🎥 150 nafar go‘dak ishtirok etgan eksperiment tafsilotlari bilan mazkur video orqali tanishing.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi maktabda tahsil olayotgan 1-sinf o‘quvchilari stul ko‘tarib turganliklari aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi

📌 Aniqlanishicha, shu yilning 22-aprel kuni Zarbdor tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabda 1-"A" sinfga o‘tilayotgan ingliz tili darsida o‘qituvchi R.T. (1999-yilda tug‘ilgan) o‘quvchilardan uyga berilgan vazifalarni so‘ragan. 6 nafar o‘g‘il va 7 nafar qiz bolalarini darsga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganliklari tufayli go‘yoki tarbiyaviy chora deb sinf xonasidagi o‘zlari o‘tirgan stullarni ko‘tarishga majbur qilgan. Ushbu holatni o‘zining telefon apparatida video tasvirga olib, telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali shu maktabning ota-onalar guruhiga yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bolalarga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlikka tayangan tarbiya choralarini, jumladan, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash qonunan taqiqlangan va tegishli javobgarlikka asos bo‘ladi.

Bolalar ombudsmani bu holat bo‘yicha bolalar manfaatlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumanidagi maktab o‘quvchisiga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, 2009-yilda tug‘ilgan, 7 "V" sinf o‘quvchisi U.A. (qiz bola) ga qo‘lining ko‘karish holati borligi haqida uning sinfdoshlari shu yilning 19-aprel kuni xabar topib, ushbu maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Sh.Sh. ga aytishgan, lekin o‘qituvchi bolaga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik yuzasidan tegishli ravishda xabar bermagan va bu borada chora ko‘rmagan.

🖇 Hozirda Payariq tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

📌 Mazkur vaziyat kompleks ravishda tuman prokuraturasi, maktab inspektor-psixologi va tumanning «Inson» ijtimoiy himoya markazi xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida:

☑️ muttasil ravishda bolasiga jismoniy tazyiq o’tkazib kelayotgan, farzandi kasal bo‘lmasada, uni nogironligi bo’lgan bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus muassasaga joylashtirgan onadan farzandini otasiga olib berish nizosi yuzasidan;

☑️ Kasb-xunar ta’lim muassasida o‘quvchilarga muttasil tazyiq o‘tkazib kelayotgan direktorga nisbatan chora ko‘rish masalasiga oid;

☑️ bolaga nisbatan otasi tomonidan qilingan jismoniy zo‘ravonlik va bolani yashash joyini belgilash nizosi yuzasidan;

☑️ tashlab ketilgan 2 nafar egizak bolalarni parvarish qilayotgan vasiyga moddiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish zarurati mazmunidagi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

🖇 Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganib, har bir holat yuzasidan tegishli idoralar bilan birgalikda chora ko‘rish jarayoni boshlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Bugun Xalqaro Nordik universitetida bolalar ta’lim-tarbiyasiga oid qator masalalar yuzasidan amaliy uchrashuv o‘tkazdik.

👫Bolajonlarimiz aksariyat vaqtini ta’lim maskanlarida o‘tkazadilar. U yerdagi muhit bolaning shaxs sifatida shakllanishiga, har tomonlama kamol topishidagi birlamchi maydon bo‘lib, nafaqat bilim, balki hayotiy ko‘nikmalar manbai sanaladi.
Afsuski, ayrim hollarda ta’lim va tarbiya olish o‘rniga bolalar ta’lim maskanlarida turli tazyiqlarga uchrayotganligi kuzatilmoqda.

📌 Aynan shu nuqtai nazardan bugungi kunda yuqori malakali pedagog kadrlarga, zamonaviy ta’lim kompetensiyalariga ega mutaxassislarga ehtiyoj nihoyatda katta.

Ushbu ta’lim maskanida pedagogika va psixologiya mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim xalqaro talablarga mos ravishda yo‘lga qo‘yilganligi ham ayni muddaodir✔️.

Muloqot davomida:

☑️ Bola huquqlari bo‘yicha milliy barometr mexanizmini ishlab chiqish;

☑️ Bolalarni ilm va ijodga bo‘lgan intilishlarini tanlov va tashabbuslar platformalari orqali qo‘llab-quvvatlash;

☑️ Milliy bolalar adabiyotini rivojlantirish va bolalar media kontentini yaratish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish;

☑️ Nuqsoni bor bolajonlar uchun do‘stona muloqot markazini yaratib, ularni jamiyatga integratsiyalashuvini yaxshilash;

☑️ "Bola bolaga" tamoyili asosida maktab o‘quvchilari uchun o‘zaro bilim va ko‘nikmalar almashuvi platformasini yaratish;

☑️ Universitetda psixolog va pedagoglarni tayyorlovchi yo‘nalishlarni yanada maxsus ixtisoslashtirish kabi amaliy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Finlyandiya va boshqa Skandinaviya mamlakatlarining bolalar ta’limiga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganish va oqilona joriy qilish yuzasidan kelishib olindi🤝.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 24-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro O.Yu. dan murojaat kelib tushdi.

📌 Murojaatda Chiroqchi tumanida yashovchi voyaga yetmagan qiz B.B. (2006-yilda tug‘ilgan) ga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilinib, bu videoga olinganligi va tasvirni tarqatish bilan tahdid qilinayotganligi bildirilgan.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi

🖇 Aniqlanishicha, 2023-yil iyul oyida B.B. ga Sh.X. tomonidan jinsiy tegajog‘lik qilinib, bu holat boshqa shaxs - J.M. tomonidan telefon orqali videotasvirga olingan. Keyinchalik J.M videotasvirni tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, qizdan tovlamachilik yo‘li bilan pul olgan, ammo shundan keyin ham videotasvirni tarqatish bilan tahdidni davom ettirib, tovlamachilik qilib kelgan.

Mazkur holat bo‘yicha B.B. (2006-yilda tug‘ilgan) 2024-yilning 30-mart kuniga kelibgina tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Tergovga qadar tekshiruv doirasida sudga oid tibbiyot, kriminalistika va biologiya ekspertizalari tayinlangan.

Joriy yilning 8-aprel kuni JKning 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (Nomusga tegish) va 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyat ishi Qashqadayo viloyati prokuraturasi nazoratida, Bolalar ombudsmani bu borada o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.

‼️ O‘z navbatida, OAVda internet orqali voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan zo’ravonlikka oid jinoyat yoki huquqbuzarliklar yuzasidan foto yoki videotasvirlarni ochiq holda tarqatish shaxs, shu jumladan, bola manfaatlariga mutlaqo zidligini eslatamiz. Buning uchun qonunchilikda tegishli javobgarlik ko‘zda tutilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi ota uy-joy yuzasidan oila a'zolari bilan nizolashib, turmush o‘rtog‘i va farzandlarini uydan haydab chiqarish bilan tahdid qilayotganligi va farzandini shafqatsizlarcha urib do‘pposlayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi

Bu borada ko‘rilgan choralar yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga joriy yilning 29-mart kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi M.H. (erkak kishi) murojaat qilgan.

📃 Murojaatda M.H. turmushidan ajrashgani, 2 nafar farzandi borligi, ular onasining qaramog‘ida ekanligi, 2021-yilda tug‘ilgan qizi M.X. oyog‘idagi kasallik tufayli Toshkent shahridagi shifoxonalarda davolatganligi, hozirda qizi yurishda qiynalayotganligi, uni Toshkent shahrida davolanishiga sobiq turmush o‘rtog‘i va uning qarindoshlari qarshilik qilayotganligini, M.H. kasalligi tufayli yurolmay qolishidan xavotirda ekanligini bildirib, sobiq turmush o’rtog’ini bunga ko’ndirib, qizining sog‘lig‘ini tekshiruvdan o‘tkazish va davolashda amaliy yordam berilishini so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi mazkur holatni atroflicha, har tomonlama o‘rgandi

🔷 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari o‘rganishi davomida bolaning onasi M.K. farzandiga hozirda zaruriy tibbiy muolajani viloyat darajasida ko‘rsatilayotganligi, qizini qayta tibbiy ko‘rik va davolash uchun respublika markaziy tibbiy muassasalarga olib borishga qarshi emasligi, lekin farzandi bir necha bor rentgen qilinganligi sababli, yana ortiqcha nurlanish uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qilishi tufayli bolani qayta rentgen qilinishiga rozi emasligi aniqlangan.
Bolalar ombudsmani Kotibiyati xodimlari ham ona bilan suhbatda uning mazkur vajlarini o’rgangan.

SSV tomonidan tuzilgan (Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi) malakali mutaxassislar komissiyasi joriy yilning 13-aprel kuni bergan xulosasiga ko‘ra, bola bugungi kunda olayotgan konservativ davolanish muolajalarini davom ettirishga muhtojligi ma’lum qilingan.

Bu borada Bolalar ombudsmani kotibiyati xodimlari tomonidan M.H. ga bir necha marotaba huquqiy tushuntirish berilgan. O‘z navbatida, M.H. tashkilot bergan ko‘mak uchun o‘z minnatdorligini bildirgan bo‘lsada, jamoatchilik faollari va ayrim OAVlarga murojaat qilib, uning mutasaddilarga so‘rovi javobsiz qolayotganligini bildirishda davom etgan❗️

Qayd etish kerakki, qachonki ota yoki onaning harakatlari bolaning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf solmasa, sobiq er-xotin o‘rtasidagi nizolar faqatgina sud tomonidan hal etilib, bu Bolalar ombudsmani vakolati doirasidan tashqarida. Nizodagi taraflar mazkur masalani sud tartibida hal qilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM