Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.62K subscribers
1.19K photos
57 videos
1 file
444 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
📌 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan "Ombudsman soati" loyihasining navbatdagi soni doirasida Bolalar ombudsmani kotibiyati vakillari ham ishtirok etdilar.

Yangihayot tumanidagi 329-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan bo‘lgan muloqot davomida bolalar o‘z huquqlarini qay darajada bilishi, huquqlari buzilganda qanday yo‘l tutishi zarurligi borasida suhbatlashildi🗣.

Aytish kerakki, bunday ochiq va do‘stona muloqotlar maktab o‘quvchilarning huquqiy savodxonligi hamda ularning o‘z huquq va erkinliklari borasida xabardorligi darajasini oshishiga xizmat qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baland ovozda va do‘q qilish ohangida gapirishning bola rivojlanishiga qay darajada ta’sir qilishini bilasizmi

🎥 150 nafar go‘dak ishtirok etgan eksperiment tafsilotlari bilan mazkur video orqali tanishing.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi maktabda tahsil olayotgan 1-sinf o‘quvchilari stul ko‘tarib turganliklari aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi

📌 Aniqlanishicha, shu yilning 22-aprel kuni Zarbdor tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabda 1-"A" sinfga o‘tilayotgan ingliz tili darsida o‘qituvchi R.T. (1999-yilda tug‘ilgan) o‘quvchilardan uyga berilgan vazifalarni so‘ragan. 6 nafar o‘g‘il va 7 nafar qiz bolalarini darsga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganliklari tufayli go‘yoki tarbiyaviy chora deb sinf xonasidagi o‘zlari o‘tirgan stullarni ko‘tarishga majbur qilgan. Ushbu holatni o‘zining telefon apparatida video tasvirga olib, telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali shu maktabning ota-onalar guruhiga yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bolalarga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik yoki zo‘ravonlikka tayangan tarbiya choralarini, jumladan, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash qonunan taqiqlangan va tegishli javobgarlikka asos bo‘ladi.

Bolalar ombudsmani bu holat bo‘yicha bolalar manfaatlari yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda Payariq tumanidagi maktab o‘quvchisiga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, 2009-yilda tug‘ilgan, 7 "V" sinf o‘quvchisi U.A. (qiz bola) ga qo‘lining ko‘karish holati borligi haqida uning sinfdoshlari shu yilning 19-aprel kuni xabar topib, ushbu maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Sh.Sh. ga aytishgan, lekin o‘qituvchi bolaga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik yuzasidan tegishli ravishda xabar bermagan va bu borada chora ko‘rmagan.

🖇 Hozirda Payariq tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

📌 Mazkur vaziyat kompleks ravishda tuman prokuraturasi, maktab inspektor-psixologi va tumanning «Inson» ijtimoiy himoya markazi xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida:

☑️ muttasil ravishda bolasiga jismoniy tazyiq o’tkazib kelayotgan, farzandi kasal bo‘lmasada, uni nogironligi bo’lgan bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus muassasaga joylashtirgan onadan farzandini otasiga olib berish nizosi yuzasidan;

☑️ Kasb-xunar ta’lim muassasida o‘quvchilarga muttasil tazyiq o‘tkazib kelayotgan direktorga nisbatan chora ko‘rish masalasiga oid;

☑️ bolaga nisbatan otasi tomonidan qilingan jismoniy zo‘ravonlik va bolani yashash joyini belgilash nizosi yuzasidan;

☑️ tashlab ketilgan 2 nafar egizak bolalarni parvarish qilayotgan vasiyga moddiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish zarurati mazmunidagi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

🖇 Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganib, har bir holat yuzasidan tegishli idoralar bilan birgalikda chora ko‘rish jarayoni boshlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍Bugun Xalqaro Nordik universitetida bolalar ta’lim-tarbiyasiga oid qator masalalar yuzasidan amaliy uchrashuv o‘tkazdik.

👫Bolajonlarimiz aksariyat vaqtini ta’lim maskanlarida o‘tkazadilar. U yerdagi muhit bolaning shaxs sifatida shakllanishiga, har tomonlama kamol topishidagi birlamchi maydon bo‘lib, nafaqat bilim, balki hayotiy ko‘nikmalar manbai sanaladi.
Afsuski, ayrim hollarda ta’lim va tarbiya olish o‘rniga bolalar ta’lim maskanlarida turli tazyiqlarga uchrayotganligi kuzatilmoqda.

📌 Aynan shu nuqtai nazardan bugungi kunda yuqori malakali pedagog kadrlarga, zamonaviy ta’lim kompetensiyalariga ega mutaxassislarga ehtiyoj nihoyatda katta.

Ushbu ta’lim maskanida pedagogika va psixologiya mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim xalqaro talablarga mos ravishda yo‘lga qo‘yilganligi ham ayni muddaodir✔️.

Muloqot davomida:

☑️ Bola huquqlari bo‘yicha milliy barometr mexanizmini ishlab chiqish;

☑️ Bolalarni ilm va ijodga bo‘lgan intilishlarini tanlov va tashabbuslar platformalari orqali qo‘llab-quvvatlash;

☑️ Milliy bolalar adabiyotini rivojlantirish va bolalar media kontentini yaratish, ularning huquqiy bilimlarini oshirish;

☑️ Nuqsoni bor bolajonlar uchun do‘stona muloqot markazini yaratib, ularni jamiyatga integratsiyalashuvini yaxshilash;

☑️ "Bola bolaga" tamoyili asosida maktab o‘quvchilari uchun o‘zaro bilim va ko‘nikmalar almashuvi platformasini yaratish;

☑️ Universitetda psixolog va pedagoglarni tayyorlovchi yo‘nalishlarni yanada maxsus ixtisoslashtirish kabi amaliy masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Finlyandiya va boshqa Skandinaviya mamlakatlarining bolalar ta’limiga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganish va oqilona joriy qilish yuzasidan kelishib olindi🤝.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM