Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
4.55K subscribers
1.04K photos
49 videos
1 file
397 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

☑️ Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid turli murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

Xususan,

🖇️ voyaga yetmagan qizning jinsiy daxlsizligi buzilishiga oid;

🖇️ bola asrab olgan ota-onaning nikohdan ajrashishi tufayli bolaning kim bilan yashash masalasiga oid;

🖇️ maxsus ta’lim muassasasini bitirgan nogironligi bo‘lgan bolalarni band qilish va ijtimoiylashtirish masalasiga oid;

🖇️ voyaga yetmagan bolalarning fuqaroligi masalasiga oid nizo yuzasidan;

🖇️ voyaga yetmagan qiz xorijda yashab kelayoygan onasi bilan ko‘rishish uchun Koreya Respublikasiga borish yuzasidan ota roziligini ololmayotganligi masalasiga oid;

🖇️ O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirligida yashab kelgan paytida bola boqib olganligi, hozirda O‘zbekistonga qaytib kelganida bolani shaxsiga oid hujjatlarini rasmiylashtirish masalasi yuzasidan;

🖇️ onaning 3 nafar farzandida “epileptik ensefalopatiya” kassaligi bo‘lib, ularning muntazam davolanishida ko‘mak ko‘rsatilishi masalasida va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

📍Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelganligi to‘g‘risida ma’lumot bergan edik.

Tergovga qadar tekshiruv natijasida 2016-yilda tug‘ilgan Y.M. va Sh.U. larning qo‘llarini kaft qismini ustki qismiga burama mix (samorez) ni bir necha marta tiqib kelib, o‘quvchilarni qiynab, ularga tan jarohatlari yetkazganligi aniqlangan.
Joriy yilning 18-aprel kuni Sergeli tumani IIO TB tomonidan S.R. ga (2002-yilda tug‘ilgan) nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov doirasida qo‘liga igna sanchilganligi aytilgan 1-sinf o‘quvchilariga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda☑️.

Bolalar ombudsmani mazkur ishda bola manfaatlari nuqtai nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖇️ Bugun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida amaliy seminar o‘tkazdik.
Ichki ishlar organlarining hududlardagi rahbarlik lavozimlaridagi xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv qizg‘in va muhokamalarga boy bo‘ldi.

Bolalar ombudsmanining huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud bilan hamkorligi hozirda amalda qanday olib borilayotganligi, Bolalar ombudsmaniga kelib tushayotgan murojaatlar real keyslar misolida tushuntirildi✔️.

O‘z navbatida, amaliyotchilar ham bolalar sohasidagi bugun dolzarb bo‘lgan ayrim masalalarga e’tibor qaratdilar, jumladan:

☑️ Xorijda qolib ketgan bolalarni O‘zbekistonga qaytarilishi algoritmi qanday yo‘lga qo‘yilganligi;

☑️ Bolalarga nisbatan sodir etilayotgan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlikni yanada qat’iylashtirish zarurati;

☑️ yo‘l-transport hodisalari oqibatida nobud bo‘layotgan bolalar soni oshib borayotganligi fojeasi;

☑️ mediamakonda bolalar uchun unikal milliy kontent - multiplikatsion va badiiy filmlar yaratish, shuningdek, bolalar adabiyoti asarlarini rivojlantirish ahamiyati;

☑️ voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazlaridagi bolalar uchun onlayn maktab ta’limini yo‘lga qo‘yish ehtiyojiga oid va boshqa masalalar muhokama qilindi.

🤝 IIV tizimidagi rahbar kadrlar bilan bunday konstruktiv muloqot joylarda bola manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ishni samarali tashkil etishda nihoyatda muhimdir.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

🖇 Kuni kecha Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bo‘lib o‘tgan seminarimiz doirasida ushbu ta’lim maskani rahbari Rustam Xotamov bilan uchrashdik.

☑️ Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, bolalar huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy-tahliliy tadqiqotlar olib borish, bolalar va yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan materiallar tayyorlash yuzasidan fikr almashdik.

Telegram|Facebook|Instagram|X