Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
2.9K subscribers
800 photos
42 videos
1 file
326 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

☑️ Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid turli murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

Xususan,

🔷 xorijiy davlat fuqarosi bilan nikohidagi 4 nafar farzandini xorijdan O‘zbekistonga olib kelish to‘g‘risidagi murojaati masalasi yuzasidan;

🔶 bog‘chada bolaga nisbatan uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlashga oid;

🔷 bola muntazam ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq va bullingga uchrayotganligi va maktab ma’muriyatining bunga befarqligi yuzasidan;

🔶 tashlab ketilgan 2 nafar egizak bolalarni parvarish qilayotgan vasiyga moddiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish zarurati yuzasidan;

🔷 avval vasiylikka olingan bolaga nisbatan farzandlikni bekor qilishi da’vosi bilan bog‘liq nizoli vaziyatlarga oid;

🔶 voyaga yetmagan qizning jinsiy daxlsizligi buzilishiga oid mazmundagi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
📌 Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma’muriyatidan murojaat kelib tushdi.

📃 Murojaatda 2009-yilda tug‘ilgan M.Ya. (qiz bola) ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga joylashtirilgani, lekin bugungi kunda u faol davolanishga muhtoj emasligi, hozirda M.Ya. dan hech kim xabar olmasligi, onasi bilan telefon orqali gaplashilganda u qizini olib ketolmasligi bayon qilingan.

Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan M.Ya. oilasining ijtimoiy vaziyati baholanishi va uning shifoxonadan chiqarilib, sog‘lom hayotga moslashuvi yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga so‘rov yubordi.

Agentlik tomonidan mazkur holat atroflicha o‘rganildi.

Jumladan, Agentlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan voyaga yetmagan M.Ya. ning oilasi ijtimoiy vaziyati o’rganilib, uning onasi bilan uchrashildi va tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, farzandi M.Ya. joriy yilning 19-mart kuni Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanseridan chiqarilib, yashash manziliga olib ketildi.

✔️ Bundan tashqari, M.Ya. hozirda o’qishini Buxoro shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta maktabda davom ettira boshladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar_murojaati #bulling #qonuniy_chora_korish

📌 Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabuliga 3-aprel kuni 2010-yilda tug‘ilgan, Bo‘stonliq tumanida yashovchi E.O. (qiz bola) kelib, murojaat qildi.

🖇 E.O. o'z murojaatida maktabda sinfdoshlari tomonidan muttasil tazyiq va bullingga uchrayotganligi, bu holatga maktab ma’muriyati ham, boshqa mas’ullar ham e'tiborsiz ekanligini bildirdi.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Ichki ishlar organlari mazkur holatni o‘rgandi.

Bo‘stonliq tumani MMT bo‘limi o‘rganishi davomida joriy yilning 18-mart kuni informatika darsida E.O, S.M., M.K., K.V. lar (barchasi qizlar) o‘zaro gap talashib qolishgani, dars mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng nizoni xal qilishni kelishib, dars tugaganidan keyin maktab sinf xonasida yig‘ilib o‘zaro janjallashgani va 3 nafar qiz birgalikda E.O. ni urishgani, uni turli haqoratli so‘zlar bilan kamsitishgani ma’lum bo‘ldi.

Bo'stonliq tumani, “Markaziy” MFY profilaktika inspektori tomonidan bolalar o‘rtasidagi bu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan o‘quvchi qizlar E.O. va K.V. ga sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va ularning yengil tan jarohati olganliklari aniqlangan.

🔴Mazkur bulling holati yuzasidan K.V., S.M., M.K. larning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1- qismi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosida ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qizlar bilan maxsus psixologik korreksion ish olib borish uchun psixolog biriktirildi.

Maktab rahbariyati va inspektor-psixolog bolalar o‘rtasida bu kabi bulling holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishlicha ogohlantirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi magistrantlari Bolalar ombudsmani faoliyati bilan tanishdilar.

🗣 Akademiyaning “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” yo‘nalishi magistrantlariga bilan Bolalar ombudsmani instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, yaqinda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati, mazkur Qonun doirasida Bolalar ombudsmaniga taqdim etilgan vakolatlar va boshqa muhim masalalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, suhbat davomida Bolalar ombudsmanining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bosqichlari, mutasaddi idoralar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik real keyslar misolida tushuntirildi☑️.

🖇 Erkin muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda magistrlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, ayrim magistrantlar esa bola huquqlari yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borishni maqsad qilganliklarini bildirdilar.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat #qonuniy_chora_korish #Bolalar_ombudsmani

📌 Bolalar ombudsmaniga Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi D.M. dan murojaat kelib tushdi.

📄 Murojaatda D.M. voyaga yetmagan farzandi O.T. (7-sinf o‘quvchisi, o‘g‘il bola) 2023-yilning 26-dekabr kuni farzandi tahsil oladigan maktab o‘qituvchisi S.M. bolaning yuz qismiga bir necha bor tarsaki urib, uni turli nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganini bildirgan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri mazkur holatni atroflicha o‘rgandi.

Jizzax viloyati Zomin tumani MMT bo‘limining tegishli mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilib, mazkur umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorining buyrug‘iga asosan S.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, joriy yilning 23-yanvardagi jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudida o‘qituvchining harakatlariga huquqiy baho berilib, S.M. ga nisbatan MJTKning 41-moddasi (Haqorat qilish) va 52-moddasini (Yengil tan jarohati yetkazish) sodir etgan deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barovari miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Yana bir bor ta’kidlaymiz, ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan nomaqbul muomala va zo‘ravonlik holatlari javobsiz qolishi mumkin emas.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#bayram_muborak

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) jamoasi butun musulmon ahlini Eid al-Fitr Ramazon Hayit ayyomi bilan samimiy qutlaydi🌙.

Ushbu muqaddas oyda qilgan barcha ezgu amallaringizni Yaratgan dargohida qabul aylasin.
Har bir xonadonda fayzu-baraka, qalblarda esa tinchlik va hotirjamlik hukmron bo‘lishiga tilakdoshmiz

Telegram|Facebook|Instagram|X
#murojaat #Bolalar_ombudsmani

📌 Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabulida bo‘lgan fuqaro M.M. (ayol) o‘z murojaatida sobiq turmush o‘rtog‘i S.M. sport bo‘yicha milliy terma jamoada ishtirok etayotgan qizi Ya.M. (2011-yil) xalqaro musobaqaga tayyorgarlik va Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi uchun xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishda hamda qizini xorijga chiqishiga to‘sqinlik qilayotganligi yuzasidan murojaat qilgan.

Mazkur masalada Bolalar ombudsmani mutasaddi idoralar bilan birgalikda ko‘rgan choralari natijasida qizning istiqboli va kelgusi imkoniyatlari otaga tushuntirilib, S.M. farzandining xorijga sport musobaqalarida ishtirok etish uchun chiqishiga rasmiy ravishda ruxsat berdi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda “defektolog” D.J. ga tegishli “Ovoz” markazi tashkil etilganligi haqida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mutasaddi idoralar bilan birgalikda mazkur holatni o‘rgandi.

Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida fuqaro D.J. ga tegishli “Ovoz” nomli hech qanday ta’lim muassasa qayd etilmagan bo‘lib, mazkur hududda so’nggi vaqt mobaynida ham bunday turdagi hech bir nodavlat ta’lim muassasa ochilmagan.

Аniqlanishicha, “Ovoz” MCHJga tegishli “Ovoz akademiyasi o‘quv markazi” Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ushbu markaz Namangan shahrining Yangi Namangan tumanida ijara shaklida o‘z faoliyatini boshlagan.
D.J. esa ushbu maskanni ochilish marosimida tashkilotchilar tomonidan reklama maqsadida taklif etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27-fevral kuni D.J. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Hozirda jinoyat ishi tergovi davomida D.J.ning bolalar duduqlanishi muammosiga oid har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi to‘xtatilgan bo‘lib, u bunday xizmat ko‘rsatishni davom ettirmaslik yuzasidan tegishli tartibda ogohlantirilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur ish bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xavfsizlik #internet #tavsiyalar

💻 Raqamli texnologiyalar rivojlangan hozirgi davrda internet tarmog‘ida bolalarga turli xil taxdidlar ham ko’payib bormoqda.

🔖Quyidagi suratlarda ota-ona o’z farzandini internetdagi xavf-xatarlardan qanday himoya qilishi mumkinligi yuzasidan tavsiyalar bilan tanishing.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM