Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.83K subscribers
1.33K photos
65 videos
1 file
495 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#rasmiy_munosabat #Xorazm #bola_huquqlari

⚡️Xorazm viloyati, Xonqa tumanida yashovchi R.A. tomonidan go‘dak farzandiga nisbatan baqirib tazyiq o‘tkazishi va urishi holati Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

‼️ Mazkur holat bo‘yicha Xonqa tumani Ichki ishlar bo‘limi tergovga qadar tekshiruv boshlagan bo‘lib, uning doirasida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Bugun "Yoshlar" oromgohida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi "Kamalak" bolalar tashkilotining Sardorlar forumi doirasida IX Rayosat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova bolalar orasida bullingni oldini olishda jamoat tashkilotlari, ayniqsa bolalar tashkilotining o‘rni xususida Sardorlar bilan muloqot qildi.

Bu borada ayrim global statistik ma’lumotlar ham keltirildi📊.

"YUNESKOning rasmiy hisob-kitoblariga ko‘ra, har yili 246 million nafar voyaga yetmaganlar maktabdagi zo‘ravonlikning muayyan shakliga duch kelishmoqda. Maktabdagi zo‘ravonlik faqat bolalarning ruhiy holati buzilishiga, nosog‘lom sharoitda tarbiyalanishiga sabab bo‘libgina qolmasdan, balki mamlakat iqtisodiy o‘sishining eng asosiy omili bo‘lgan inson kapitali darajasiga jiddiy zarar keltiradi. Zero, bunday shakldagi zo‘ravonlik bolalar taqdirida izsiz o‘tib ketmaydi", - dedi Bolalar ombudsmani.

Yurtimizning barcha hududlaridagi maktablardan to‘plangan Sardorlar respublika bolalar harakatining tayanch kuchi, uning faol salohiyatidir. Aynan ularning bullingga qarshi say’i-harakatlari nihoyatda muhim va albatta tengdoshlari uchun ko‘proq ta’sirchandir.

🖇 Ma’lumot uchun: “Bulling” - ingliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, “ta’qib va zo‘ravonlik” ma’nosini bildiradi. Bu tushuncha bolalarning boshqa bolalar tomonidan qasddan va doimiy ravishda ta’qib qilinishini anglatadi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizmi

🇰🇷Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya🇬🇧 va Avstraliyada 🇦🇺 jamoat tartibi va xavfsizligiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar (bulling) yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qulay tarzda xabar berishga mo‘ljallangan portal tashkil etilgan. Ushbu Portal o‘quvchilarning maktab hududida yoki boshqa ta’lim muassasasida sodir etgan huquqbuzarliklari yuzasidan ham huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish imkonini beradi.

🇭🇺Vengriyada o‘qituvchi va o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalarida “maktab posbonlari” tayinlanadi.

🇦🇷 Argentinada ta’lim muassasalaridagi bulling holatlari yuzasidan xabar berishga mo‘ljallangan milliy telefon tarmog‘i tashkil etilgan.

🇨🇦 Kanadada maktablarda o‘quvchilar o‘rtasidagi bullingga qarshi kurashish guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, maktab o‘qituvchilari ularning faoliyatini nazorat qilishadi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimizning har bir kichik fuqarosi, har bir bola unga kafolatlangan barcha huquq - imkoniyatlardan teng va to‘la foydalana olishi zarur.

Telegram|Facebook|Instagram
#bola_huquqlari #Konvensiya #bolalar_ombudsmani

📃BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasining 16-moddasi:

Birorta bola uning shaxsiy hayot, oilaviy hayot, uy-joy daxlsizligi yoki pochta orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyligiga bo'lgan huquqi amalga oshirilishiga o'zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha’ni va obro'siga g'ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo'lishi mumkin emas.

___________________

📃 Статья 16 Конвенции ООН о правах ребёнка:

"Ни один ребенок не может быть объектом произвольного или незаконного вмешательства в осуществление его права на личную жизнь, семейную жизнь, неприкосновенность жилища или тайну корреспонденции, или незаконного посягательства на его честь и репутацию".

Telegram|Facebook|Instagram
#rasmiy_munosabat #Andijon #bola_huquqlari

⚡️ Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan Muruvvat uyida himoyaga muhtoj bolalarga nisbatan tazyiq o‘tkazish va kaltaklash holati Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

📌 Ushbu holat Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi hamda tuman IIB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida o‘rganilib, "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyi tarbiyalanuvchisi 01.02.2014-yilda tug‘ilgan A.Yu. internat uyida 2012-yildan buyon kichik tibbiyot xodimi enaga bo‘lib ishlovchi M.D. tomonidan kaltaklanganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari davom etmoqda

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️Qator internet resurslarida va ijtimoiy tarmoqlarda xonadon hovlisida yosh bolani ayovsiz kaltaklayotgan ayol aks etgan video tarqaldi.

Holat bo‘yicha zudlik bilan Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB tezkor tergov guruhi voqea joyida hozir bo‘lgan. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Aniqlanishicha, 2023-yil 4-noyabr kuni Yangi Namangan tumani, “Yoshlik” MFY, Islomobod ko‘chasida yashovchi fuqaro K.X. yashash xonadonida o‘z farzandi 2013-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan S.M ni qattiq kaltaklagan.

🛡Mazkur holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, voyaga yetmagan M.S. olgan tan jarohati yuzasidan tegishli tartibda sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hozirda Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan fuqaro K.X.ning harakatlariga huquqiy baho berilishi yuzasidan tegishli tartibda tergov surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bolalarga nisbatan o‘z ota-onalari tomonidan ham bunday muomalada bo‘lish qonunan taqiqlangan. Unutmang, bolaning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati qonun himoyasidadir!

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Bola huquqlarini ishonchli himoyalash sohasidagi muhim institut - Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarning turli platformalari orqali kuzating!

⚡️Endilikda bola huquqlarini ta’minlashga oid so‘nggi yangiliklar, tashabbuslar, rasmiy bayonotlar, bola huquqlari bilan bog‘liq muayyan holatlarga nisbatan tezkor munosabat, bola huquqlari sohasidagi monitoringlar natijalarini sahifalarimizga obuna bo‘lib, kuzatib borishingiz mumkin. Faoliyatimiz haqida xolis va ochiq gapirishga tayyormiz!

___________

🌐 Детский омбудсман открыл свои официальные страницы в социальных сетях! Теперь вы можете подписаться и быть в курсе последних новостей, событий и инициатив, связанных с защитой прав детей.

⚡️Приглашаем вас присоединиться к нашим страницам в Facebook, Instagram и X. Мы намерены своевременно публиковать официальные заявления и незамедлительные реакции на те или иные события, связанные с реализацией прав ребёнка, а также результатами проводимой мониторинговой деятельности.
Мы готовы объективно и открыто освещать различные аспекты нашей деятельности.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
‼️Qator internet resurslarida va ijtimoiy tarmoqlarda xonadon hovlisida yosh bolani ayovsiz kaltaklayotgan ayol aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha zudlik bilan Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB tezkor tergov guruhi voqea joyida hozir…
#bola_huquqlari #Konvensiya #bolalar_ombudsmani

📃BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasining 19-moddasi:

Bolani jismoniy va ruhiy zo’ravonlikning turli shakllaridan, xaqoratlash va suiiste’molliklar, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo‘lish, qo‘pol muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan ekspluatatsiya qilishdan, jumladan, shahvoniy suiiste’molliklardan himoyalash maqsadida davlat tomonidan barcha zarur qonuniy, ma’muriy, ijtimoiy va ma’rifiy chora-tadbirlar ko‘rilishi zarur.

____________________

📃Статья 19 Конвенции ООН о правах ребёнка:

Государство обязано предпринять законодательные, административные, социальные и просветительные меры с целью защиты ребенка от всех форм физического или психологического насилия, оскорбления или злоупотребления, отсутствия заботы или небрежного обращения, грубого обращения или эксплуатации со стороны родителей, законных опекунов или любого другого лица, заботящегося о ребёнке.

Telegram|Facebook|Instagram
📌 Bugun Inson huquqlari bo‘yicha vakil - Ombudsman, Finlyandiya hukumati🇫🇮 va BMTning Taraqqiyot Dasturi 🇺🇳bilan hamkorlikda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoyalash va targ‘ib qilish" mavzusidagi ikki kunlik treningga start berildi.

Treningda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi; tenglikka erishish borasidagi xalqaro yondashuvlar; mehnat qilish huquqi; ta’lim olish huquqi; nogironlar huquqlarini himoya qilishda Ombudsman institutlarining roli kabi masalalar muhokama qilindi📝.

Seminarda Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) ham ishtirok etdi.
BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risida Konvensiyasining asosiy tamoyillaridan biri - nogiron bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatlarini hurmat qilish va nogiron bolalarning o‘ziga xosligini saqlashini hurmat qilish tamoyilidir.  
 
Muayyan xususiyatga ega bolajonlarimizni alohida muhitda, izolyatsiyada parvarishlash emas, balki aksincha, umumiy ta’lim muhitida bunday bolalar uchun zarur bo‘lgan barcha maxsus shart-sharoitni yaratishimiz lozim. Mazkur ijtimoiy majburiyat konstitusiyaviy darajada davlat zimmasidadir

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bola #huquq #Konvensiya

📃 BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasining 13-moddasi:

"Bola o‘zining fikrini erkin ifodalash huquqiga ega: bu huquq har qanday turdagi axborotni og‘zaki, yozma yoki bosma shaklda, san’at asari ko‘rinishida yoki bolaning tanloviga ko‘ra boshqa vositalar yordamida izlash, olish va uzatish erkinligini o‘z ichiga oladi".

____________________

Статья 13 Конвенции ООН о правах ребёнка:

"Ребенок имеет право свободно выражать свое мнение; это право включает свободу искать, получать и передавать информацию и идеи любого рода, независимо от границ, в устной, письменной или печатной форме, в форме произведений искусства или с помощью других средств по выбору ребёнка".

Telegram|Facebook|Instagram
⚡️O‘zbekiston Respublikasining bolalar huquqlarini himoya qilish sohasidagi siyosati BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi va bola huquqlari to‘g‘risidagi boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlarning qoidalariga tayanadi.

O‘zbekiston tomonidan BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi va bola huquqlari bo‘yicha boshqa xalqaro shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi yuzasidan maxsus Strategiya ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

🖇 Ushbu Strategiya o‘z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:
  
 
🔹bolalarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish va ularning salomatligini nazorat qilish tizimini takomillashtirish;
 
🔹yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni, nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash;
 
🔹bolalar uchun adolatni ta’minlash va ularni kattalarning nojo‘ya xatti-harakatlaridan himoya qilish;
 
🔹bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini suddan tashqari vositalar orqali himoya qilishning samarali tizimini yaratish va bolalar huquqlarini mustaqil himoya qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash;
 
🔹ta’lim tizimida bolalarning huquq va manfaatlarini amalga oshirish kafolatlarini kuchaytirish;

🔹bolalar uchun adolatni ta’minlash va ularni kattalarning nojo‘ya xatti-harakatlaridan himoya qilish.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat #Chilonzortumani #bola_huquqlari

⚡️Qator internet resurslarida va ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar o‘quvchini ayovsiz kaltaklayotgan maktab direktori aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan aniqlanishicha, 217-sonli umumta’lim maktabning 8 “V” sinf o‘quvchisi A.M. sinfdoshi bilan sinf xonasida o‘zaro janjallashgani bo‘yicha maktab direktori Sh.Ya. o‘quvchilarni o‘z xizmat xonasida ularning yuzi va tanasining boshqa joylariga qo‘li va oyog‘i bilan urib tan jarohati yetkazgan‼️

🛡Yuqoridagilarga ko‘ra, 217-sonli maktab direktori Sh.Yа. ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.

Bundan tashqari, 217-sonli maktab direktori Sh.Yа. ga nisbatan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga, maktab direktorining ushbu hatti-harakatlarini to‘xtatish choralarini ko‘rmaganligi uchun Chilonzor tuman IIO FMB profilaktika inspektoriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolning 3 nafar kichik yoshdagi bolalarga nisbatan shavqatsiz muomalada bo‘lib, ularni yoqib yuborish bilan bevosita tahdid qilishi aks etgan video tarqaldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat Xorazm viloyati, Urgench shahrida bo‘lgan. Hozirda bu holatni to‘la aniqlash bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan zudlik bilan surishtiruv ishlari olib borishga kirishildi.

📌 Mazkur hodisa Bolalar ombudsmanining alohida nazoratiga olindi.

Bolalarga nisbatan bunday jinoiy harakatlar ularning ota-onasi yoki boshqa yaqin qarindoshlari tomonidan sodir etilishidan qat’iy nazar, aybdor shaxslarni qonunda ko‘zda tutilgan javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishi ta’minlanadi. Bolaning hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasidadir

Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.