Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.85K subscribers
1.32K photos
64 videos
1 file
489 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
📌 Kuni kecha Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasida boʻldik. Bu yerda voyaga yetmaganlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, taʼlim olish, kasbga oʻrgatish va tarbiyaviy jarayon qanday tashkil etilgani bilan yaqindan tanishdik, bolalar bilan suhbatlashdik.

Soʻng, bolalarning oʻzlari uzoq tayyorlagan Yangi yil konserti tadbirida ishtirok etdik🪩

Quvonarlisi, bolalar juda katta ishtiyoq va ijodkorlik bilan puxta tayyorlagan qiziqarli chiqishlar barcha yigʻilganlarni, ayniqsa bolalarning ota-onalarini nihoyatda shod etdi.

Bayram oʻzgacha quvonch va samimiy kayfiyatda oʻtdi. Hayot yoʻlida xatoga yoʻl qoʻygan bolalarni jamiyatga uygʻun qaytishi va ijtimoiylashuvida bunday tarbiyaviy tajribalarning ahamiyati katta.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from 67 studio
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Халқаро пресс клубнинг “Ўзбекистон - 2030” стратегияси: устувор йўналишлар ва вазифалар мавзусидаги сессияси

Савол. Болалар омбудсмани томонидан йил давомида бола хуқуқларини ҳимоя қилишда қанақа натижаларга эришилди?

TelegramFacebookInstagramYouTube
Bayramlarni hech bir narsa bolalar kulgusidek bezab, unga o‘zgacha shukuh bera olmaydi.

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) jamoasi Sizni samimiy qutlar ekan, 2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣-yil muvaffaqiyatlar yili bo‘lishini tilaydi!

Yil davomida ko‘tarinki kayfiyat, mustahkam sog‘lik, baxt-omad va yangi tashabbuslar hamrohingiz bo‘lsin!

🥳Kirib kelayotgan Yangi yilda bolajonlar huquq va manfaatlari har birimiz uchun oliy qadriyat bo‘lsin! Farzandlarimiz quvonchiga olam to‘lsin!

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда педофилия жиноятлари динамикаси ошиб кетаётгани йўқ – Сурайё Раҳмонова

Батафсил 👇👇👇

https://qalampir.uz/n/95421

Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг:
RASMIY | LIVE | SPORT | FM | ENGLISH
⚡️⚡️OAVlarda e’lon qilingan “Qarshida olti yoshga ham to‘lmagan bola qiynoqqa solinayotgani aytilmoqda” nomli videomaterialda aks etgan holat yuzasidan fuqaro A.U ning murojaati Bolalar ombudsmaniga kelib tushgan va hozirda har tomonlama o‘rganish jarayonidadir.
 
Videomaterialda bayon etilgan voqea 2020-yilda turmushdan ajrashgan L.J. va A.U larning farzandi 2018-yilda tug‘ilgan A.Q. ota-onasidan qay biri bilan yashashi masalasiga oid o‘zaro nizodagi ota-onalarga tegishli vaziyatdir.

Shuningdek, mazkur nizo doirasida otaning farzandiga onasi tomonidan zo‘ravonlik va turli jarohat yetkazganligi to‘g‘risidagi arizasi asosida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida A.Q ga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. 2023-yil 6-noyabrda berilgan ekspertiza xulosasida bolaning tanasida “o‘ng boldirni o‘rta oldingi yuzasida qontalash” ko‘rinishidagi tan jarohati borligi aniqlanib, mazkur tan jarohati sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelmagan yengil tan jarohati ekanligi e’tirof etilgan va  bunga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rad qilingan.

Bundan so‘ng ham qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijasida 2023-yil 29-dekabr kuni jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad qilingan.
 
Shuningdek, 2023-yil 30-noyabrda Qarshi shahar tumanlararo fuqarolik sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qaroriga ko‘ra, bola o‘z onasi bilan yashashi belgilangan.
Bugungi kunda ota U.A. sudning mazkur mazmundagi qarori ustidan norozi bo‘lib, yuqori instansiyaga apellyatsiya shikoyati bergan va bolaning o‘zi bilan yashashini belgilashni talab qilmoqda.
Nizo hozirda ham davom etmoqda va Bolalar ombudsmani ushbu holat bo‘yicha bola manfaatlari ustunligi nuqtai nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.
 
Ommaviy axborot vositalari tomonidan ana shunday bahsli vaziyat yoritilayotganida ota-onaning o‘zaro nizosi va bir-biriga nisbatan ilgari surayotgan da’volari natijasida, birinchi navbatda, ularning farzandi jabr ko‘rayotgani, ikkala ota-ona o‘rtasida sarson bo‘layotganligini alohida e’tiborga olinishini so‘raymiz

Jumladan, bolaning bevosita ishtirokidagi lavhalarni ochiqlash (hatto bunga ota-onasi rozi bo‘lsa ham), uni savolga tutish, murakkab vaziyat bo‘yicha fikrini so‘rash bola manfaatlariga mutlaqo muvofiq emas.

Ayniqsa, mazkur videomaterialda aks etgan ayrim holatlar, xususan, 5 yoshli bola bilan ichki ishlar organlari xodimi va jurnalist psixolog yoki mutaxassis-pedagog ishtirokisiz suhbatlashishi prosessual qonunga hamda bola manfaatlariga oid qonun normalariga zid bo‘lib, bunday harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz❗️

Telegram|Facebook|Instagram
Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning ayrim kafolatlari bilan tanishing👆🏻

Telegram|Facebook|Instagram
⚡️⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolayotgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.

Aniqlanishicha, ushbu video tasvirdagi holat yakka tartibdagi tadbirkor, pedagog bo‘lib faoliyat yurituvchi J.D. tomonidan 2023-yilning dekabr oyida Jizzax shahrida o‘tkazilgan seminar davomida olingan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv harakatlari Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni🛡!

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) jamoasi adolat va qonuniylik posboni bo‘lgan prokuratura organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan chin dildan qutlaydi va olib borayotgan mas’uliyatli va sharafli faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar tilaydi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, u yerdagi bolajonlar bilan suhbatlashdik.

Bolalarning yashashi, ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi va ijodiy qiziqishlari uchun yaratilgan shart- sharoitlar bilan tanishdik

Quvonarlisi, ushbu maskanda Yangi yil bayrami shukuhi davom etmoqda, bolalar maktab ta’tili vaqtida turli madaniy va ijodiy tadbirlarda ishtirok etmoqda. Farzandlarimiz yuzidan kulgu arimasin!

Telegram|Facebook|Instagram