🗓️ Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim va bolalar huquqlarini himoya qilishning milliy va xalqaro huquqiy asoslari" mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirok etdik.
📍Mazkur tadbir universitet huzuridagi yuridik klinika va bir qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi mamlakatimizda inklyuziv ta’lim va odil sudlovda bolalar imkoniyatlarini real ta’minlash jarayoniga salohiyatli yoshlarni faol jalb qilishdir.
📌 Aytish kerakki, bolalar uchun xavfsiz va inklyuziv ta’lim muhitini yaratish respublika rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlaridandir.
Bu vazifa 2020–2025-yillarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.
🖇️ Davra suhbati davomida universitet talabalari tomonidan “Barcha bolalar muvaffiqiyatli” xalqaro dasturdagi umumta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni joriy etishga yo‘naltirilgan loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda maktab o‘quvchilariga asosiy ko‘nikmalar berish orqali inklyuziv, sifatli va teng huquqli ta’lim muhitini yaratish mexanizmlari e’tirof etilgan.
🔍 Yoshlarning jamiyatimizning mazkur dolzarb masalasiga befarq emasligi va loyihani amalda tatbiq etilishida faolligi nihoyatda quvontiradi.
📖 Ayniqsa ularning mazkur yo‘nalishlarda maxsus o‘quv dasturlari hamda ingliz va o‘zbek tillaridagi yuridik surdolug‘at yaratishni ustida ishlayotganini alohida e’tirof etish kerak.
Muhokamalarga boy bo‘lgan bunday muloqot maydonlari inklyuziv ta’lim va bolalar uchun odil sudlov imkoniyatlarini kengaytirishda, muhimi esa pirovardida jamiyatda barchaga teng imkoniyatlar makoni va ijtimoiy adolat sari muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi✔️.
Telegram|Facebook|Instagram|X

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖇️ Bolalar ombudsmanining Qozog‘iston Bolalar ombudsmani bilan birgalikda samarali hamkorligi natijasida voyaga yetmagan I.A. va S.R. larga Olmaota shahri adaptatsiya markazida barcha zaruriy ijtimoiy-psixologik ko‘mak ko‘rsatildi.
Jinoyat ishi doirasidagi ular bilan bog‘liq barcha tergov harakatlari o‘tkazilib bo‘lganidan so‘ng joriy yilning 24-avgust kuni qizlar O‘zbekistonga qaytarildi va Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi☑️.
📑 Shu kunlarda qizlarning opasi A.A. ni ularga vasiy etib belgilashga oid hujjatlar rasmiylashtirilishi jarayoni ketmoqda.
⚪️ Shuningdek, hozirda R.R. ga nisbatan dastlabki tergov tamomlanib, materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli tuman sudiga yuborildi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #bolalar_ehtiyojlari
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 Joriy yilning 28-iyun kuni Bolalar ombudsmani Toshkent viloyati
Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasida o‘tkazgan monitoring doirasida muassasa ma’muriyati, shuningdek, voyaga yetmaganlarning shaxsan o‘zlari bilan suhbatlashgan edi.
🗣 Voyaga yetmaganlar bilan muloqot chog‘ida bolalar ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Bolalar ombudsmaniga bir necha so‘rov bilan murojaat qildilar.
🖥 Xususan, koloniyada respublikaning bir qator oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta’lim olish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lsada, o‘quv jarayoni samarali tashkil etilishi uchun kompyuter texnikasini yangilash zarurati borligi, koloniyada atigi 9 ta kompyuter bo‘lib (ma'naviy eskirgan), mavjud ehtiyoj uchun bu yetarli emasligi bildirilgandi.
📌 Bolalar ombudsmani bu masalada amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga murojaat qilib, kuni kecha 24-sonli tarbiya koloniyasiga Jamg‘arma ko‘magi bilan 20 ta zamonaviy kompyuter texnika vositalari yetkazib berildi va muassasada 2 ta yangi ixtisoslashtirilgan kompyuter xonalari tashkil etildi.
🖇 Koloniya ma’muriyati va bolalar mazkur masalada muhim ko‘mak ko‘rsatib, muassasada ta’lim olish sharoitlarini yaxshilashga katta hissa qo‘shgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasida o‘tkazgan monitoring doirasida muassasa ma’muriyati, shuningdek, voyaga yetmaganlarning shaxsan o‘zlari bilan suhbatlashgan edi.
🗣 Voyaga yetmaganlar bilan muloqot chog‘ida bolalar ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Bolalar ombudsmaniga bir necha so‘rov bilan murojaat qildilar.
🖥 Xususan, koloniyada respublikaning bir qator oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta’lim olish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lsada, o‘quv jarayoni samarali tashkil etilishi uchun kompyuter texnikasini yangilash zarurati borligi, koloniyada atigi 9 ta kompyuter bo‘lib (ma'naviy eskirgan), mavjud ehtiyoj uchun bu yetarli emasligi bildirilgandi.
🖇 Koloniya ma’muriyati va bolalar mazkur masalada muhim ko‘mak ko‘rsatib, muassasada ta’lim olish sharoitlarini yaxshilashga katta hissa qo‘shgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani
🗓️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan yoz oyidagi so‘nggi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
🗣️ Qabul davomida:
1️⃣ bolaga onasi tomonidan sodir etilayotgan g‘ayriqonuniy harakatlar, xususan, mutassil qiynash, urish, haqoratlash kabi holatlarga chek qo‘yish maqsadida onalik huquqini cheklashga oid;
2️⃣ bolaga noto‘g‘ri tashhis bo‘yicha tibbiy davolash kursi o‘tkazilgani oqibatida uning ahvoli yomonlashib borayotganligi yuzasidan;
3️⃣ qizining vafotidan so‘ng ayol voyaga yetmagan nevaralarini ularning yaqin qarindoshi sifatida o‘z qaramog‘iga olishga oid nizo yuzasidan;
4️⃣ mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetib, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda qator muammolarga duch kelayotganligiga oid;
5️⃣ ota-ona ajrimidan so‘ng bolaning otasi va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi, bola nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotganligi va yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmasligiga oid;
6️⃣ bolalarga ona tomonidan mutassil ravishda maishiy zo‘ravonlik o‘tkazib kelinganligi, sudda 12 va 13 yoshdagi bolalarning kim bilan yashash masalasi yuzasidan fikrlari inobatga olinmayotganligi yuzasidan;
7️⃣ davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qituvchi va direktor tomonidan 1-sinf o‘quvchilariga ruhiy zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi, shuningdek, maktab ma’muriyati tomonidan go‘yoki maktab sharoitini yaxshilash maqsadida ota-onalardan muttasil pul yig‘ilayotganligiga oid;
8️⃣ oilaviy nizo sabab ayol farzandi otasiga va uning yaqin qarindoshlariga ko‘rsatmayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
🖇️ Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.