Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.84K subscribers
1.32K photos
64 videos
1 file
492 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
Forwarded from NHRC | НЦПЧ
«Инсон ҳуқуқлари болалар нигоҳида» танлови ғолиблари тақдирланди

1 декабрь куни Инсон ҳуқуқлари бўйича Ўзбекистон Республикаси Миллий марказида «Tong yulduzi» ва «Класс!» республика болалар нашрлари таҳририятлари билан ҳамкорликда ўтказилган «Инсон ҳуқуқлари болалар нигоҳида» танлови ғолибларини тақдирлаш маросими бўлди.

Батафсил | Batafsil | Подробнее

🌐 www.nhrc.uz | Telegram | Facebook | Twitter | YouTube
UNICEF, Bolalar huquqlari bo‘yicha Ombudsmani, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, JIDU yuridik klinikasi va UNODC bilan hamkorlikda o‘smirlar uchun seminar tashkil qilindi📝.

Ekspertlar odil sudlov tizimlarini bolalar uchun yanada tushunarli va qulay bo'lishini ta'minlash bo'yicha o'z takliflari bilan bo’lishishdi.

“Bolalarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlari borasida so‘z ketganda, birinchi navbatda shuni unutmasligimiz kerakki, kattalardan farqli ravishda bolalar o‘z huquqlarini himoya qilishda va o‘z qonuniy manfaatlariga rioya etilishini talab qilishda nihoyatda zaifdir.
Har qanday sud jarayoniga kirishayotgan bolalarga o‘z huquqlarini himoyalash instrumentlari ishonchli ta’minlanmas ekan, chinakkam odil sudlovga erishish haqida gapirish qiyin, - dedi Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.

“Buning uchun esa odil sudlov jarayonlarida u hoh jinoyat, hoh fuqarolik yoki boshqa yurituv bo‘lsin, bolalarga samarali yuridik yordam, vakillik va qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati to‘liq ta’minlanishi zarur”.

Telegram|Facebook|Instagram
☘️Parlament Ombudsmanlari jamoalari “Yashil makon” aksiyasida faol ishtirok etishdi.

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani), Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) jamoalari “Yashil makon” Umummilliy aksiyasiga qo‘shilishdi. Ombudsmanlar boshchiligida Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasidagi bo‘sh yer maydoniga 100 tadan ortiq mevali daraxtlar ekilib, bog‘ barpo etildi. Ushbu aksiyada Toshkent davlat yuridik universitetidagi “Ombudsman klubi” a’zolari hamda jamoatchilik vakillari ham uyushqoqlik bilan ishtirok etishdi.

Telegram|Facebook|Instagram
#rasmiy_munosabat #bola_huquqlari

⚡️⚡️ Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan «Logo bilim» ta’lim markazida, pedagog 2019-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi M.B ni urgan holda olib borayotgan mashg‘uloti yuzasidan Bolalar ombudsmaniga bolaning onasi X.D.ning murojaati kelib tushdi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi va u yuzasidan tuman IIB tomonidan bugun 5-dekabr kuni tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi.

O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bolaga nisbatan bunday pedagogika zid harakatlarga yo‘l qo‘ygan mutaxassis hozirda ishdan bo‘shatilgan bo‘lib, uning harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda

Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan bunday nomaqbul muomalada bo‘lish holatlari Bolalar ombudsmani nazoratida va ular yuzasidan qonuniy tartibda chora ko‘rish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda tizimli ravishda ish olib borilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from ZAMON | RASMIY
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21:00 05.12.2023

YOSH BOLANI URIB TA'LIM BERAYOTGAN "PEDAGOG"

#Toshkent vil.

muxbir: Sohiba Akromova

https://t.me/zamon_lavhalar
🖇 2023-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Parlament palatalari, Hukumat, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan bir qatorda Bolalar ombudsmani ham ishtirok etdi. 

Mazkur yig‘ilishda sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqildi.

📌 Konstitutsiyaviy sud o‘z axbororotida konstitutsiyaviy huquqlarni ta’minlashga oid alohida e’tibor qaratgan dastlabki masala - bu bola manfaatlarini ta’minlash masalasi bo‘ldi.

Jumladan, bola huquqlari buzilishi holatlari kuzatilayotganligini inobatga olib, bolalarni turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklardan himoya qilish, bu borada ota-onalar, ta’lim muassasalari, boshqa mutasaddi idoralar mas’uliyatini oshirish, tegishli qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq, deb ta’kidlandi.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Yashnobod tumanidagi 103-sonli maktab-internat negizida yaratilgan kasb-hunarga yo‘naltirish va logoped markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar prokuraturasi va tuman hokimiyati sa’y-harakatlari bilan bu maskanda yaratilgan shart-sharoitlardan, ayniqsa yangi kutubxona ochilishidan bolajonlarimiz qanchalik xursand ekanliklarining guvohi bo‘ldik.

Muhimi, bu maktabda bolajonlarni o‘z qiziqishlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib hunarga o‘rgatish, ularda ijodiy-kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish “Hech kim ortda qolmaydi” g‘oyasi asosida tashkil etilgan. Bolajonlar o‘z qo‘llari bilan yaratgan turli ijod namunalari esa buning yaqqol isbotidir.

Albatta, bunday ta’lim yondashuvi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bolalarning salohiyatini oshirishga va kelgusida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashda nihoyatda ahamiyatlidir.

Telegram|Facebook|Instagram