Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
2.86K subscribers
909 photos
47 videos
1 file
369 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
📃 Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilarning jamoaviy arizasi kelib tushdi.

🏫 O‘z murojaatida bolalar maktabda ta’lim uchun barcha shart-sharoit mavjudligi, lekin dars jarayonida ularning tinch va osuda o‘qishlariga maktab yaqinida joylashgan charxchi-tunukachi do‘konlarning shovqini halaqit berayotganligi, ayrim paytda esa payvandlash chog‘ida zaxarli tutunlar oynadan sinf xonalariga kirib, ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini bildirishgan.

📍Mazkur vaziyatni joyida o‘rganish maqsadida bugun, 5-iyul kuni Bolalar ombudsmani Toshkent shahar prokuraturasi, tuman hokimiyati, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, Qurilish vazirligi vakillari bilan birgalikda ushbu ta’lim muassasaga tashrif buyurdi.

🖇️ Maktab mutasaddilari bilan suhbat qilinganida ular ham mazkur vaziyat haqiqatan ham bolalarni ta’limiga qiyinchilik tug‘dirayotganligini tasdiqladilar.

Maktab o‘qish xonalari va tashqi obyektlar o‘rganildi hamda monitoring natijasiga ko‘ra, holatni chuqur tekshirish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi☑️.

🟢 Ishlab chiqarish obyektlari va maktabning sinf xonalari o‘rtasidagi masofa belgilangan standartlarga muvofiqligi, tarqalayotgan shovqinning darajasi va vaziyatga bog‘liq boshqa holatlarga ekspertlik baho berilib, bolalarning ta’limiga ta’sir qiluvchi salbiy omillarni bartaraf etishga oid tegishli choralar ko‘rilishi (o‘quv yili boshlanishiga qadar) ta’minlanadi.

Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro Bolalar muruvvat internatida bolalarga nisbatan turli jismoniy zo‘ravonlik holatlari to‘g‘risidagi xabar tarqaldi.

🟡 Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda. Hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

📌 Muassasa xodimlariga oid mehnat munosabatlarini tashkil etilishi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi☑️.

🖇 Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarga jismoniy zarar yetganligini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, uning natijasiga ko‘ra holatga huquqiy baho beriladi.

📍Tergovga qadar tekshiruv
Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar qayerga murojaat qilishlari mumkin?

Qabul qilingan reglamentga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar
- "Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari;
- ijtimoiy xodim;
-“112” yagona dispetcherlik xizmati;
-"1146" qisqa raqamli “ishonch telefoni”;
- Ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqami;
-profilaktika inspektorlariga murojaat qilishlari mumkin.

👮‍♂️ “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda "1146" qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushganda, mutaxassislar tomonidan xotin-qizlarga ijtimoiy, psixologik, huquqiy hamda boshqa masalalarda maslahat berish va axborot taqdim etish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi.

❗️ Barcha murojaat qilganlarning shaxslari sir saqlanadi.

🔮Patronaj hamshirasi tomonidan xonadonlarga tashrif buyurish jarayonida kuzatilgan tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlari zudlik bilan majburiy ravishda ichki ishlar organlariga xabar qilinadi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OAVlarda Navoiyda voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat yuzasidan xabar tarqaldi.

🔸Mazkur holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani kuzatuv olib bormoqda.

📌Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128−1-moddasi (O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.

Ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan N.J. ga nisbatan joriy yilning 14-may kuni “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan☑️.

Mazkur ish jinsiy jinoyatga oid ekanligi hamda voyaga yetmaganning shaxsiy hayoti, sha’ni va qadr-qimmatiga daxldorligi munosabati bilan jinoyat ishi tafsilotlarini oshkor
etilishi, shu jumladan, OAVda keng yoritilishi bola manfaatlariga muvofiq emas.

🖇 Ish yuzasidan Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida kuzatuv olib bormoqda va bola manfaatlari nuqtai nazaridan ishning sudda ko‘rilishida ham o‘z kuzatuvini davom ettiradi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 12-iyun kuni Toshkent shahrida yashovchi fuqaro G.X. (ayol kishi) dan murojaat kelib tushdi.

📃 Murojaatida G.X. ning 2008-yilda tug‘ilgan qizi A.T. Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi maktabda o‘qishini, maktabda unga ruhiy zo‘ravonlik qilinayotganligini, buni bartaraf etish bo‘yicha maktab ma’muriyatiga qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilib, aksincha maktab direktori tomonidan qiziga bosim o‘tkazilganligini bildirib, direktor va sinf rahbariga chora ko‘rilishini so‘ragan.

Bolalar ombudsmani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborgan so‘rovi asosida mazkur holat o‘rganilib, Toshkent shahar MMTB tomonidan maktab mas’ul xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

☑️ Hozirda tekshiruv natijasiga muvofiq sinf rahbari E.U. (ayol kishi) ga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi, maktab direktori R.N. esa maktabda yuz bergan bunday vaziyatni boshqara olish malakasi yetarli emasligi sababli malaka oshirish uchun maxsus o‘quv kurslariga yo‘naltirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan
#bola_manfaatlari_qonun_himoyasida

Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumanida yashovchi ayol N.A. o‘zining uyida voyaga yetmagan Ch.T. ni 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zo‘rlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura mazkur holatni nazoratga olgan bo‘lib, viloyat prokuraturasi tomonidan tuzilgan tergov guruhi jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergovni olib borgan.

🖇 Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida voyaga yetmagan (2009-yilda tug‘ilgan qiz) ga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

📍Joriy yil 8-aprel kuni sud ishni har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda, mavjud dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchilarni aybli deb topdi.

❗️Jumladan, sudlanuvchi N.A. (ayol) JKning 135-moddasi 3-qismining “a,g” bandlari (Odam savdosi) hamda 127- moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

❗️Sudlanuvchilar A.F. (erkak) va Sh.U. (erkak) JKning 118-moddasi 3-qismining “a” bandi (Nomusga tegish), 135-moddasi 3-qismining “a,g” bandlari (Odam savdosi), 127-moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan aybli deb topilib, ularga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.

📌 Mazkur hukm yuzasidan sudlanuvchilar tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati sudi apellyatsiya tartibida mazkur shikoyatlarni ko‘rib chiqdi va birinchi instansiya sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

🔸Ta’kidlash joizki, bu toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm bo‘yicha mahkumlarga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va jazo to‘liq o‘taladi.
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi Ch.T. ga jinoyat ishi yurituvi davomida va hozirda Bolalar ombudsmani va tegishli tashkilotlar tomonidan zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Bugungi qabul davomida:

1️⃣ egizak farzandlarining birida nevrologik kasallik borligi sababli onada moddiy ko‘makka ehtiyoj yuqori ekanligi, bolalarning otasi aliment to‘lamayotganligi hamda qizlarning uy-joyga egalik qilish huquqi buzilayotganligi yuzasidan;

2️⃣ o‘gay ota tomonidan bola maishiy zo‘ravonlikka uchrayotganligi, sud qarorisiz bola familiyasi o‘gay otasi tomonidan noqonuniy tarzda o‘zgartirilganligi yuzasidan;

3️⃣ bolalar orasida qizamiq oqibatida kelib chiqqan kam uchraydigan og‘ir kasallikdan bolalarning ahvoli yomonlashayotganligi uchun mutaxassislardan iborat maxsus ishchi guruh tuzilib, kasallik asoratlarini oldini olish bo‘yicha tezkor choralar zarurligi masalasiga oid;

4️⃣ yaqin qarindoshi go‘dakni ayolga topshirib ketganligi va u bolani tarbiya qilayotgani, hozirda ayol rasmiy vasiy etib tayinlanishida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan;

5️⃣ 15 yoshli bolaga noto‘g‘ri tashhis qo‘yilishi natijasida qabul qilingan dorilar oqibatida bola hozirda nutqi yo‘qolganligi, ruhiyatida jiddiy buzilishi va xotirasi keskin yomonlashganligi, hozirda esa malakali shifokorlarni jalb qilib, bolani tezkor davolatish zarurligiga oid;

6️⃣ sud ajrimidan so‘ng bolaning otasi o‘z vaqtida aliment to‘lamayotganligi, sobiq turmush o‘rtog‘iga farzandini undan olib qo‘yishi bilan muntazam tahdid qilayotganligi sababli bola otasi bilan uchrashgan paytida psixolog yoki vasiylik organi vakili ishtirok etishi so‘roviga oid;

7️⃣ voyaga yetmagan qizga nisbatan turli uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan o‘gay otaga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi, shuningdek, qizga psixologik yordam ko‘rsatishga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani tegishli idoralarni jalb qilgan holda tizimli ravishda o‘rganishni boshladi

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM