Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.84K subscribers
1.32K photos
64 videos
1 file
492 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
🖇️ Bugun Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasiga navbatdagi monitoring tashrifimizni amalga oshirdik.

📝 Monitoring davomida bu yerdagi voyaga yetmaganlar saqlanishi sharoitlari, xususan, ta’lim olish, kasbga o‘rgatish va tarbiyaviy jarayon belgilangan standartlar doirasida qay tarzda tashkil etilganini atroflicha o‘rgandik.

📍 Shu bilan birga, monitoringda bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, ovqatlanish, yotoq, sanitariya-gigiyena hamda sport mashg‘ulotlari, yaqinlar bilan uchrashuvlar uchun yaratilgan sharoitlar minimal standartlarga rioya etgan holda tashkil etilganligi darajasi o‘rganildi.

📌 Monitoring o‘tkazar ekanmiz, muassasada bugun Yoshlar kuni arafasida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining guvohiga aylandik. Bolalar bu musobaqada nihoyatda faollik ko‘rsatib, jamoa bo‘lib fikrlash, hozirjavoblik, eruditsiya kabi muhim ko‘nikmalarni namoyish etdilar.

O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar hamda koloniyadagi shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi☑️.

📚 Shu bilan birga kutubxona fondini bolalar uchun lotin alifbosidagi zamonaviy kitoblar bilan to‘ldirish, muassasaning kompyuter sinfini yangilash bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatishga kelishildi.

🔎 Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida qish mavsumida mavjud sharoitlar bilan tanishish maqsadida mazkur tarbiya koloniyasiga Bolalar ombudsmanining monitoring tashrifi amalga oshirilgan edi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣️ Shuningdek, monitoring davomida bolalar bilan o‘tkazilgan jamoaviy va individual suhbatlar orqali ularning ehtiyojlari o‘rganildi.

Xoli uchrashuvda bolalar o‘z kelgusi hayoti bilan bog‘liq bir necha masalalar bo‘yicha murojaat qildilar. Jumladan, hozirda koloniyada bo‘la turib, onlayn tarzda universitetning II-kursida ta’lim olayotgan talaba keyingi o‘qish yiliga oid ayrim tashkiliy muammoda, boshqa bola o‘qishga kirish yuzasidan tayyorgarlik ko‘rishda, yana bir voyaga yetmagan esa ota-onasi bilan muloqot bilan bog‘liq masalada ko‘mak so‘radi.

📨 Aytish kerakki, Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasida Bolalar ombudsmani qutisi o‘rnatilgan bo‘lib, bolalar har qanday mazmundagi murojaatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bolalar ombudsmaniga yo‘llashlari mumkin.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kichik yoshdagi bolani kamar bilan kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan kuzatuvga olindi 📌 Aniqlanishicha, joriy yilning 23-iyun kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi Sh.N.…
📌 Samarqand viloyati Toyloq tumanida bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilgan shaxsga nisbatan bugun, 28-iyun kuni Jinoyat Kodeksning 110-moddasi 2-qismi "a" bandi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda.

Bolaga nisbatan bu kabi zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yganlar kim bo‘lishidan qat’iy nazar tegishli javobgarlikka tortilishi shart. Bola davlat va qonun himoyasida.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar #kelajak_egalari #bayram_muborak

👫Aziz yoshlar!
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) kotibiyati sizlarni 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy qutlaydi!

Sizlar Vatanimiz ertangi kuni egalari, umidimiz va tayanchimizsiz!

🧠 Barcha kuch va sa’y-harakatni bilim va salohiyatingizni yuksaltirishga yo‘naltiring, rivojlanishga chanqoqlik Sizni hech tark etmasin.

Zero, har biringiz orzu va intilishlaringiz ro‘yobida mamlakatimiz ravnaqi va taraqqiyoti mujassam
🇺🇿

Kelajak tanlovi Sizning qo‘lingizda!
Bayram muborak!

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daydjest

👶Iyun oyida Bolalar ombudsmani tomonidan asosiy qilingan ishlar borasida daydjestda tanishing.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📄Vazirlar Mahkamasining 148-son “Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga binoan, joriy yilning 1-iyul kunidan boshlab:

1️⃣ yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida;

2️⃣ kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida;

3️⃣ hamda yo‘l-transport hodisalar o‘choqlarida bosqichma-bosqich qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalar o‘rnatiladi.

Bolalar ombudsmani yo‘l bo‘yidagi maktablar oldida yo‘l transport xavfsizligini ta’minlashga oid mazkur chorani qo‘llab-quvvatlaydi☑️.

🔶 Bu, avvalo, maktab o‘quvchilarining xavfsizligini kuchaytirib, maktablar oldida tezlikni oshirish oqibatida yuz berayotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda samarali vosita bo`lib xizmat qiladi.

Ta’kidlash kerakki, bolalarning ta’lim maskaniga qatnovi xavfsizligi masalasi bugungi kunda jamiyatimizning og‘riqli muammolaridan biriga aylandi

🛣️ Yo‘llarda bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan choralar izchil va qat’iy bo‘lishi shart.
Bu millat kelajagi uchun nihoyatda muhim.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda yoshi katta erkak bolani yuz qismiga urayotgani holati aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganmoqda.

📌 Aniqlanishicha, joriy yilning 30-iyun kuni Mirzo-Ulug‘bek tumanida yashovchi nafaqadagi M.A. 2020-yilda tug‘ilgan nabirasi A.A. (o‘g‘il bola) bilan sayr qilish uchun ko‘chaga chiqqan vaqtida nabirasi A.A. yugurib uzoqqa ketib qolgan, bobosi esa nabirasidan xavotir olib, bolani qidirgan.
So‘ng, uyidan olisroq bo‘lgan maktab oldida topib, jahl ustida nabirasini bir necha bor qattiq urgan.

🟢Hozirda tergovga qadar tekshiruv doirasida bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Yaqin kunlarda Parij Olimpiada o‘yinlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi tarixda ilk bor ishtirok etishi har bir o‘zbekistonlik uchun cheksiz faxr va g‘ururdir.

🎥 Uzbekistan’s Club tomonidan Milliy jamoamizning «Men O‘zbekistonlikman — qonimda g‘alaba» shiori ostidagi madhiyasi suratga olindi.

🏆 O‘zbekiston ertasi egalari bo‘lmish terma jamoamiz va barcha olimpiyadachilarimizga bo‘lajak musobaqada ulkan zafarlar tilaymiz!

Vatanimiz bayrog‘i yanada yuksaklarga ko‘tarilaversin!

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda voyaga yetmaganlarning to‘y marosimi aks etgan video tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olindi

📌 O‘rganish davomida aniqlanishicha, 2008-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan A.A. (o‘g‘il bola) 2007-yilda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan R.N. (qiz bola) ning o‘rtasida ikkala voyaga yetmaganning oilalari o‘zaro kelishuvi asosida joriy yilning 29-iyun kuni Buxoro shahrida nikoh to‘yi bo‘lib o‘tgan.

🔴 Mazkur holat yuzasidan Qorakul tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi.

🔘 Bugun, 2-iyul kuni voyaga yetmaganlarning ota-onalari N.S. va N.Q. larni MJtKning 47-3 moddasi
(Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

🖇 O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga asosan, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan.
Bu qonuniy talabning buzilishi bolaning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy, aqliy va ma’naviy uyg‘un ravishda kamol topishi huquqlariga mutlaqo ziddir.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda voyaga yetmaganlarning to‘y marosimi aks etgan video tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olindi 📌 O‘rganish davomida aniqlanishicha, 2008-yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan A.A. (o‘g‘il bola) 2007…
⚡️Buxoroda voyaga yetmaganlarning to‘y marosimi yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun voyaga yetmagan A.A. ning otasi N.S. hamda voyaga yetmagan N.R. ning onasi Q.N. lar nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish (uylantirganlik) uchun MJtK ning 47-3 moddasi 2-qismi (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan ma’muriy javobgar bo‘lib, tegishli jarimaga tortildilar.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

🗣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Jumladan,

🔹ota-ona nikohidan ajralganidan so‘ng bolani kim bilan yashashi masalasini sud belgilagan bo‘lsada, bolaning otasi bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi hamda bola onaning qarindoshlari tomonidan majburiy og‘ir mehnatga jalb qilinayotganligi yuzasidan;

🔸bolani rasmiy tarzda farzandlikka olgach ko‘p o‘tmay, go‘dakni o‘z qarindoshlari tarbiyasiga topshirib ketib, 7 yil o‘tib hozirda bolani olib ketgan va uning hayoti, sog‘lig‘iga xavf solayotgan vasiyning harakatlari yuzasidan;

🔹O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirligida yashab kelgan paytida bola boqib olganligi, hozirda O‘zbekistonga qaytib kelganida bolani shaxsiga oid hujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammo yuzasidan;

🔸Nabirasiga onasi tomonidan tan jarohati yetkazilganligi, shu sababli bolaning onasini onalik huquqini cheklashga oid;

🔹mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetganligi, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan;

🔸sud ajrimidan so‘ng bolaning otasi o‘z vaqtida aliment to‘lamayotganligi, sobiq turmush o‘rtog‘iga farzandini undan olib qo‘yishi bilan muntazam ravishda tahdid qilayotganligi sababli bola otasi bilan uchrashgan paytida psixolog yoki vasiylik organi vakili ishtirok etishi so‘rovi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

💬 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X