Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.63K subscribers
1.18K photos
57 videos
1 file
443 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar ombudsmanining bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo qo‘llashning oldini olishga doir faoliyati qay tarzda yo‘lga qo‘yilgan

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖇️ Bugun Bolalar ombudsmanining bola manfaatlari masalalari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

🔎 Qabul davomida quyidagi masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi:

🔸 uydan chiqib ketgan 14 yoshli qizni turli g‘ayriijtimoiy harakatlarga jalb qilgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish, qizga psixologik yordam ko‘rsatish hamda jamiyatga integratsiyalashuviga ko‘maklashish yuzasidan;

🔹 farzandlariga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik sodir etayotgani tufayli ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasiga oid;

🔸 bolaning yashash sharoiti va atrofidagi shaxslar uning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz emasligi yuzasidan;

🔹 bolaga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat yuzasidan chiqarilgan hukmni yuqori instansiyada ko‘rilishida Bolalar ombudsmani sud majlisida ishtirok etishini so‘rashga oid;

🔸 bolaning hayoti uchun jiddiy xavf-xatarli sharoit hamda turli qonunbuzarlik sodir etgani sababli onani onalik huquqini cheklashga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Yuqoridagi murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganib, har bir holat yuzasidan tegishli idoralar bilan birgalikda chora ko‘rish jarayoni boshlandi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram
📍Bugun Samarqand shahrida Inson huquqlari bo‘yicha IV-Samarqand forumi o‘z faoliyatini boshladi. Bu yilgi mavzu “Ekologik muammolar: o‘zgaruvchan dunyoda inson huquqlari kelajagi uchun barqaror yechimlar topish” masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, tadbirda 200 nafardan ortiq xalqaro, mintaqaviy, xorijiy va milliy tashkilot vakillari offlayn va onlayn formatda ishtirok etmoqda.

🗣️ Fursatdan foydalanib, forum doirasida qator xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari bilan yaqindan muloqot qildik.

Iqlim o‘zgarishi va ekologiyaning ifloslanishi bolalar hayotiga kattalarga nisbatan ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatadi

🌳 Aynan atrof-muhit global o‘zgarishi - harorat keskin o‘zgarishi, havo ва suv sifati, ovqatlanishdagi o‘zgarishlar bolalar salomatligi, rivojlanishi hamda farovonligiga jiddiy ta’sir qiladi.

📌 Iqlim o‘zgarishi ko‘lamini hisobga olgan holda, uning zaif guruhlarga, ayniqsa bolalarga ta’sirini yumshatish uchun bolalarning barcha huquqlarini ta’minlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar - oziq-ovqat xavfsizligi, suv ta’minoti, havo sifati masalalariga alohida e’tibor qaratish va bu omillar bilan bog‘liq holda atrof-muhitning buzilishi oqibatlarini milliy va global darajada bartaraf etish choralarini ko‘rish zarur.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar #dam_olish_huquqi

🖇 Kuni kecha Adliya vazirligida bo‘lib o‘tgan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari. Muammolar va takliflar” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdik.

📌 Uchrashuvda bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilinishning amaldagi holati, qonunchilikdagi bo‘shliqlar, amaliyotdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildik.

Davra suhbatiga 20 ga yaqin tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti hamda 🇺🇳UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdilar.

👫Xususan, muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar ichida bolalarning dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi kafolatlari muammosiga alohida e’tibor qaratdik.

🧩 O‘yin va ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bolalar salomatligi va farovonligi uchun zarur bo‘lib, bu ularda ijodkorlik, tasavvur, o‘ziga ishonch, jismoniy, ijtimoiy, kognitiv va hissiy qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

🏡Bu o‘rinda hududlarda jamoat bog‘lari, ko‘ngilochar joylar va har bir ko‘chada bolalar o‘yingohlari mavjud bo‘lishi bolaning madaniy huquqlarini ta’minlashda nihoyatda muhimdir.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM