BOLAJON PARVARISHI
7.31K subscribers
448 photos
172 videos
5 files
378 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
Mana bolani qanday qilib ovqat yeyishga qiziqtirish mumkin.

Onajonlardan ozroq ijodkorlik talab qilinadi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolalar uchun massajning foydali jihatlari

📌Bolaning o‘sish rivojlanishini tezlashtiradi.

📌Bola mushaklarini mustahkamlaydi. Ularning tonusini kamaytiradi.

📌Hazm tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Qorinda og‘riq va dam bo‘lishi kamayadi.

📌Butun tana bo‘ylab qon aylanishi yaxshilanadi. Kislorod kelishi ko‘payadi.

📌Immun tizimini mustahkamlanishiga va ishtahasini yaxshilanishiga sabab bo‘ladi.

📌Ayrim kasalliklarni davolash va oldini olishda foydalaniladi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari

Ikki yoshga to'lgan bolaning tili chiqishi kerak. O'zining uchinchi tug'ilgan kuniga qadar bola o'rtacha 300 ta so'zni bilishi, tushunishi, gapira olishi lozim. Bolaning tili vaqtida va ravon chiqishi uchun ota-ona yordam berishi mumkin ekan, deb ta'kidlaydi mashshur Rossiyalik pediatr Komarovskiy.

Buning uchun:
1. Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.
Homiladorlikning 3 trimestrida bola tovushlarga juda ta'sirchan bo'ladi. Aynan bu davrdan boshlab ona yoki ota o'z farzandi bilan muloyim gaplashishni, klassik musiqalarni qo'yib berishni odat qilishi kerak.

2. Yangi tug'ilgan chaqaloq bilan doimo suhbatlashib yuring.
chaqaloqligidan ravon nutqni eshitgan bolani tili chiqishi oson bo'ladi.

3. Bolaning ko'zlariga qarab gapiring.
Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo'l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.

4. Bolaga ko'p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning. Savolingizga javob berish niyatida uning aqliy va nutqiy rivojlanishi kuchayadi.
Telefon va kompyuter o'yinlari bolani tili chiqishini keskin sekinlashtiradi.

5. Bolaga ko'p ertak o'qing.
Kitobdagi yangi so'z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.

6. Bola bilan birga yoki bola uchun qo'shiq ayting.
Musiqa va qo'shiq nutq apparatini rivojlantriadi.

7. Bola bilan doimiy ravishda muloqotda bo'ling.
Ovqat qilish davomida ham bolani sabzavotlarni rangini, soni aytishga undasa bo'ladi. Ko'chada atrfodagi buyum va manzaralarni bola bilan birgalikda tahlil qilsa bo'ladi.

8. Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o'tgach u bilan og'izni cho'chchaytirib "shiringina" gapirishning foydasi yo'q. Bolaning tili chiqishida bu qiyinchilik tug'diradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3-yoshdan oshgan bolajonlar uchun Neyrogimnastika!

Bunday "Aql gimnastikasi" bolalar miyasini rivojlanishi uchun juda foydali.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Beshikka belash me'yorlariga yoki qoidalarga rioya qilinmasa, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

🔹Bolaning kun bo‘yi, uzluksiz beshikda yotishi zararli. Kuz va qish oylarida bola terisiga yorug‘lik tushishi kamayadi. Oqibatda D vitamini yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
🔹Bolaning qo‘l-oyoqlarini siqib bog‘lash o‘z navbatida qon aylanishni buzilishiga olib keladi.
🔹Bolani uzoq yotishi hisobiga boshining ensa qismida deformatsiyalar yuzaga kelishi mumkin.
🔹Beshikda bolani doimiy bir tomonlama emizish qiyshiq bo‘yinlikka sabab bo‘lishi mumkin.
🔹Sumakdan foydalanishda gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, jinsiy a'zolardagi infeksion kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
🔹Beshikni qattiq va tez tebratish markaziy asab tizimidagi jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
😴Farzandingiz kechasi yomon uxlaydimi? Bolalar “oltin” uyqusining qoidalarini o‘rganamiz

Go‘daklarning “oltin” uyqusi — har bir ota-onaning orzusi hisoblanadi. Bola ko‘p va qattiq uxlasa — u tez o‘sadi va rivojlanadi, kam kasal bo‘ladi. Kechalari yaxshi uxlashi uchun kunduzi bola bilan qanday shug‘ullanish kerak?

Agar bola kechasi yomon uxlasa, kunduzi nima qilish kerak?

Bola kechasi yaxshi uxlashi uchun, kunduzi uni “holdan toydirish” kerak – u kechga borib butun kuchini sarflashi va charchab qolishi kerak. Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: bolada jismoniy harakatlanishni yoki his-tuyg‘uli holatlarni oshirish.

Ertalab va kechqurun bevosita cho‘miltirish va ovqatlantirishdan oldingi jismoniy faollik – bu qattiq uyquning garovi hisoblanadi. Agar bola emaklayotgan, o‘tiradigan yoki hatto yuradigan bo‘lsa – bolaga qo‘shilib emaklang, o‘tiring, birga yuring va harakat qilishga majbur qiling.

His-tuyg‘uli holatlarga bog‘liq yuklamalar alohida yondashishni talab qiladi – qarindoshlar va boshqa bolalar bilan faol muloqot, har qanday rivojlantiruvchi o‘yinlar bolani ertalabgacha qattiq uxlaydigan holatda charchatishi yoki aksincha – uni haddan tashqari bezovta qilishi va kechasi bilan uxlamay yig‘lab chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday usulni ehtiyotlik bilan va avval tajribada sinab ko‘rib keyin qo‘llash tavsiya qilinadi.

Bolalar qattiq uyqusi qoidalari

Shunday qilib, bola kechasi yaxshi uxlashi uchun uni quyidagi sharoitlar bilan ta’minlash zarur:

Kunning ikkinchi yarmi va kechqurun jo‘shqin jismoniy faollik bilan o‘tishi kerak.
Uxlashdan 2-3 soat oldin toza havoda sayr qilishni tashkillashtiring.
Uxlashdan 1-1,5 soat oldin 30-40 daqiqa cho‘milish.
Uxlashdan yarim soat oldin — to‘yimli “kechki ovqat”.
Bolalar xonasi iqlimi salqin va nam bo‘lishi kerak: harorat 18-20 daraja, namlik esa 60-70 %.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
👶🏻 “Do‘mboq” bolalarni parvarishlar bo‘yicha maslahatlar.

— Yosh bola vaznining me’yordan ortishi ular sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Buning oqibatida hatto yurak qon-tomir kasalliklari paydo bo‘lishi, moddalar almashinuvi buzilishi va qonda qand miqdorining ortishi ro‘y beradi. Ilk yoshdagi bolalarda semizlik rivojlanishining bir qancha sabablari bor.

— Do‘mboqlar parvarishi uchun tavsiyalar:
- Kichkintoyga sabzavotlardan salatlar tayyorlab yediring.
- Shirinliklarni kamroq berganingiz ma’qul.
- Ziravorli taomlar bola ishtahasini ochadi, shuning uchun kichkintoy ovqatiga ziravorlar qo‘shmagan ma’qul.
- Taomlar yog‘siz qatiq, shakari kamroq kompot va meva pyurelari bilan birgalikda yedirilsa, natija ijobiy bo‘ladi.
- Har kuni ertalab bolani badantarbiya qilishga odatlantiring.

Biz bergan tavsiyalar asosan boshlangʻich holatlar uchun tavsiya boʻlib, agar natija boʻlmasa, Endokrinolog shifokor bilan maslahatlashing.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqning burnini tozalash

Chaqaloqning burni bilan nafas olishda qiynalishini shamollash bilan adashtirmaslik muhim!

📌Bolangizni qorniga yotqizib, boshini asta yon tomonga qarating. Bunday holatda bola yaxshiroq nafas oladil chunki bu holat bola nafas yo'llarida yig'ilib qolgan so'lakni chiqarib tashlashga yoki tili nafas yo'llariga to'sqinlik qilishidan asraydi.

📌Bola uxlaydigan xonani iloji boricha chang va pardan xoli qiling. Xonadan chang yig'adigan narsalarni olib chiqing, ya'ni yumshoq o'yinchoqlar, parli yostiqlar. Agar bola burni yaxshi nafas olsa o'yinchoqlar qolaverishi mumkin.

📌Bolani nafas yo'liga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi hidlardan yiroqda ushlang. Sigaret tutuni, kraska hidi, mashina chiqindi gazlar hidi, atir va boshqa parfyumeriya buyumlari nafas olishga to'sqinlik ko'rsatishi mumkin. Bola bor uyda chekilmasligi lozim.

📌Bolani burni bitib qolganda, bola emishga qiynalsa sho'r suvdan (1 litr qaynatib ilitilgan suvga 2 choy qoshiq tuz) foydalanib burnini tozalang. Buning uchun bolani vertikal ushlab burniga 1-2 tomchi sho'r suvdan (Natriy Clorid) quyib yoki tuzli suvlik spreydan 1 marta sepib bolani bir daqiqaga boshini tanadan pastroq bo'lgan holatda ushlab turing. Burun ichidagi suyuqlik yumshatiladi. Agar suyuqlik o'zi chiqishi uchun juda ko'p yoki quyuq bo'lsa, u holda aspirator (suyuqlikni so'rib oluvchi vosita) dan foydalaning. Sho'r suvdan yumshagan suyuqlikni burnini boshidan ichkariga tiqmay turib aspirator bilan tortib oling.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolalarni sport to‘garaklariga necha yoshdan bergan ma’qul?(Vrach pediatr tavsiyasi)

⚽️Futbol - 10-11 yosh

🏀Basketbol - 10-12 yosh

🏐Voleybol - 10-12 yosh

🎾Tennis - 7-9 yosh

🤼Kurash(barcha turi) - 10-12 yosh

🏃‍♂Yengil atletika - 10-12 yosh

🏒Xokkey - 10-11 yosh

🏓Stol tennis - 7-9 yosh

🤸Sport gimnastikasi
-o‘g‘il bolalar 8-9 yosh
-qiz bolalar 7-8 yosh

🚴Velosport - 12-13 yosh

🤽Suv polosi - 10-12 yosh

🥊Boks - 12-14 yosh

🏸Badminton - 10-12 yosh

Shaxmat - 9-12 yosh

🏊‍♀Suzish - 7-8 yosh

🏋Og‘ir atletika - 13 yosh

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolani so‘rg‘ichdan ajratishda e‘tibor berilishi zarur bo‘lgan 10 ta jihat

1⃣Birinchidan, shoshish mumkin emas. Bolani so'rg'ichdan chiqishiga yaxshilik, mehr va erkalash bilan erishish lozim.

2⃣Ikkinchidan, so'rg'ich bilan uxlash odati bo'lgan bolalarga uning o'rnini bosuvchi vosita topish kerak. Masalan, yumshoq ayiqcha, yoqimli musiqa, onaning qo'llari va hokazo.

3⃣Uchinchidan, bola gapga tushunadigan yoshda bo'lsa, unga so'rg'ich haqida ertak aytib bering. So'rg'ichni pari olib ketib o'rniga ajoyib sovg'a olib kelishini tushuntiring. So'rg'ichni bola bilan birga bir joyga bekitib qo'yib o'rniga bola uchun yoqimli sovg'a solib qo'ying. Bola so'rg'ichni izlab sovg'a topadi.

4⃣To'rtinchidan, bolani zeriktirib qo'ymang. Ko'pincha zerikkan bola so'rg'ich so'rishni qumsaydi.

5⃣Beshinchidan, bola so'rg'ichsiz yig'lab uxlolmay qattiq qiynalayotgan bo'lsa, so'rg'ichdan ajratish muddatini 1-2 haftaga suring.

6⃣Oltinchidan, bola so'rg'ichni qumsab so'rayotgan bo'lsa, uni chalg'iting, u bilan o'yin-kulgu qiling.

7⃣Yettinchidan, so'rg'ichdan ajratish o'yinlarini o'ylab toping.
Masalan, bir devorga bolani bo'yi yetadigan joyda so'rg'ichni mahkam o'rnatib-qoqib qo'ying. Bola so'rg'ichni qumsaganda o'sha devor yoniga borib so'radi. Uzoq vaqt devorni oldida turishga zerikib siz jalb qilayotgan o'yinlar tomon shoshadi va so'rg'ichdan o'zi asta bosh torta boshlaydi.

8⃣Sakkizinchidan, so'rg'ichga dori, garimdori, sarimsoq piyozi kabi achichiq narsalar surib bolaga so'rdirmang. Bu uning psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

9⃣To'qqizinchidan, "so'rg'ich so'rasan", deb bolani uyaltirmang. Bu uning jismoniy va ruhiy ehtiyoji, erkaligi emas.

🔟O'ninchidan, so'rg'ichdan ajratayotganizda bola sog'lom va yaxshi holatda bo'lishi lozim. Ya'ni, biron jismoniy rivojlanish bosqichidan o'tayotgan (yurishni, emaklashni boshlayotgan va boshqalar) kasal yoki emishdan ajratilayotgan bolani qo'shimcha stress qilib so'rg'ichdan ajratish mumkin emas.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?

Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra ko‘krak suti balan parvarishlanayotgan bolalar 6 oylik bo‘lgunlaricha ularga suv ichirmasa ham bo‘ladi. Chunki barcha kerakli suyuqlikni go‘dak ona sutidan oladi. Sun’iy aralashmalar berib boqilayotgan bolaga ovqatlanishlar oralig‘ida 20-30 millilitr (bir oshqoshiq) suv berish mumkin.

Ko‘pchilik onalar “Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?” deb so‘rashadi. Aytish joizki, bunda go‘dak organizmining suvga ehtiyoji ham hisobga olinadi. Demak, sog‘lom go‘dakka suvni majburlab ichirish kerak emas. O‘zi qancha hohlasa shuncha ichsin, lekin me’yordan oshmasin. Ovqatlantirish o‘rniga suv berish ham noto‘g‘ri. Bola ochlik va chanqoq hissini adashtirmasligi lozim.

Issiq kunlarda bolaga suvni faqat ovqatlantirishlar oralig‘ida, ya’ni kun davomida
💧bir oylik chaqaloqlarga 60 millilitr (uch qoshiq)dan,
💧3 oylikkacha bo‘lganlariga 60-130 millilitr (3-6 oshqoshiq)dan,
💧yarim yoshgacha 130-180 millilitr (6-12 oshqoshiq)dan,
💧6 oylikdan 1 yoshgacha 260 millilitr (1 stakan)dan ko‘p suv bermaslik kerak. Bolaga beriladigan suv toza, uzoq turib qolmagan, gazsiz bo‘lishi kerak.

Bola salomatligida ayrim muammolar bo‘lganida pediatr bilan maslahatlashgan holda unga giyohli choylar ichirish ham mumkin. Bunda bolaning yoshiga bog‘liq ko‘rsatmalarga amal qilish lozim.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar tana vaznini formulalar yordamida aniqlash

6 oylikgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)

M=m+(nx800)

M – bolaning hozirgi massasi
m – bolaning tug’ulgandagi massasi
n – bolaning yoshi(oyligi)

Masalan: 4 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3300g

M=3300+4x800, M=6500g

Demak bolaning vazni taxminan 6500 g bo’lishi kerak!

7 oylikdan 1 yoshgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)

M=m+(6x800)+400x(n-6)

M – bolaning hozirgi massasi
m – bolaning tug’ulgandagi massasi
n – bolaning yoshi(oyligi)

Masalan: 11 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3600g

M=3600+(6x800)+400x(11-6), M=10400g

Demak bolaning vazni taxminan 10400 g bo’lishi kerak!

Eslatma! Agar yuqoridagi hisoblash va bola vazni orasidagi farq 1 kg dan ko’p bo’lsa, bolani vrach Pediatr ko’rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Chizish-bola uchun juda muhim!

Pediatrlarning fikricha, sog'lom bola deb yaxshi o'ynaydigan, yaxshi gapiradigan va...yaxshi chizadigan bolaga aytilar ekan. Xuddi til va o'yin kabi rasm bolaning ichki dunyosini ochib beruvchi vosita ekan. Shuning uchun, bola o'z ichki kechinmalarini, hissiyotlarini ifoda eta olishi uchun unga chizish imkoniyatini yaratib berish lozim.

Rasm orqali bola o'z xursandchiligi va xafagarchiligini, qo'rquvlari va fantaziyalarini, atrof-muhitga munosabatini ifoda etishi mumkin. Psixologlar fikricha, chizmaydigan bola bo'lmaydi, agar bola chizishni istamasa, demak unda ma'lum bir psixologik stress mavjud.

Bolaning nima chizayotgani uning yoshiga bog'liq ekan.

Quyida bolaning yoshiga nisbatan chizish harakatlarining o'rtacha ko'rsatkichlari keltirilgan. Albatta, bundan u yoki bu tomonga chekinish mumkin.

▪️12-18 oy - har xil tushunarsiz chiziqlar, aylanaga oxshash shakl va ma'nosiz zigzaglar;
▪️2 yosh - vertikal chiziqlar;
▪️2.5 yosh - gorizontal chiziqlar, spiral;
▪️3 yosh - doira, quyosh;
▪️3.5 yosh - birinchi odamcha, krestik;
▪️4 yosh - kvadrat, bola unga tanish bo'lgan narsalarni chizishga harakat qiladi;
▪️5 yosh - geometrik shakllar, kiyim kiygan odamcha;
▪️6 yosh - harakatdagi hayvon va odamlar, uy jihozlari, bog'cha.

Mutaxassislar chizish davrini 5 asosiy bosqizchga ajratadilar:

2 yoshgacha - aji-buji xat. Bu bosqich bola qalamni ushlay olish davridan boshlanadi (1 yosh atrofida). Bolaning ko'zi chizayotganini kuzatadi, qo'llari qog'ozga yopishgan holatda bo'ladi. Keyinchalik qo'li bo'shashib erkinroq harakat qila boshlaydi.
2 yoshdan 3 yoshgacha - o'ylab topish. Bola o'zi bilmagan holda bir nimalar chizib, atrof-muhitdagi buyumlar bilan solishtiradi va o'z rasmlariga nom beradi.
3 yoshdan 4 yoshgacha - yangi harakatlar. Bola bilgan buyumini haqiqatan o'ylab to'qimasdan tasvirlay olishni boshlaydi.
4 yoshdan 10 yoshgacha - xayoliy chizish. Bola buyumni ko'rganidek emas, u haqda bilganidek chizadi. Ya'ni uy chizsa, ko'rib turgan uy binosinigina emas, balki uyni ichidagi odamlar va buyumlari bilan tasvirlaydi.
10 yoshdan keyin - haqiqat. Bu bosqichda bolaning chizishi kattalarning chizishiga tenglashadi. Unda u buyum va odamlarni rang va shakllarni haqiqatdagidek tasvirlashga, ranglarni ma'lum bir qoida asosida ishlatishni boshlaydi.

Bolada chizish qobiliyati kuchlimi, bolamdan buyuk rassom chiqadimi?

Afsuski, bolani rasmlariga qarab uning chizish qobiliyatiga baho berib bo'lmaydi, chunki, birinchidan, bolaning chizishiga kattalarning qarashlari katta ta'sir ko'rsatadi, demakki u o'z qarashlarini ifoda etmaydi; ikkinchidan, bolaning rasmlarini psixologiya nuqtai nazaridangina baholash mumkin; uchinchidan, bola chizayotganda qandaydir ajoyib narsa yaratish istagida bo'lmaydi, u shunchaki o'zini ichki tuyg'ularini ifoda etadi xolos. Lekin hayotda bu qoidadan mustasno holatlar uchraydi va farzandimiz kichik Picasso bo'lishi mumkin, ammo bu juda ham kam uchraydigan holat.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Haddan tashqari himoyaning bolaga ta’siri

▫️ Erkinlik va mustaqillikni cheklash.
Haddan tashqari himoya bolaning mustaqil ravishda qaror qabul qila olmasligi va atrofidagi dunyoni oʻrgana olmasligiga olib kelishi mumkin. Bu bolaning ota-onasiga qaram boʻlib qolishiga va kelajakda mustaqil faoliyat yurita olmasligiga olib kelishi mumkin.

▫️ Xavotir va qoʻrquv darajasining oshishi.
Farzandlari haqida haddan tashqari tashvishlanadigan ota-onalar oʻzlarining tashvish va qoʻrquvlarini ularga yetkazishlari mumkin. Bu bolaning qoʻrquvi va oʻz qobiliyatiga ishonchsiz boʻlishiga olib keladi.

▫️ Oʻzini past baholash va oʻziga ishonchsizlik.
Ota-onalar farzandlarining harakatlarini doimiy ravishda kuzatib, tanqid qilsalar, bu oʻzini past baholab, oʻziga ishonchsizlikka olib keladi. Bola oʻzi toʻgʻri qaror qabul qila olmasligiga va vazifalarni mustaqil ravishda yengishga qodir emasligiga ishonishni boshlashi mumkin.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarning nutqi qanday shakllanadi?

Kattalarning hali tili chiqib ulgurmagan, so‘zlar ma’nosini farqlolmaydigan jajjigina bolajonlarga gapirishi chetdan qaraganda biroz erish tuyulishi mumkin. Lekin aslida bu to‘g‘ri va juda muhim jarayon.

Chunki bolaning nutqi aynan kattalarning muloqotini tinglash orqali shakllanadi. Dastlab dona-dona qilib aytgan so‘zlarimiz mag‘zini chaqa olmasa-da, yuz ifodamiz, gapirish ohangimiz va xatti-harakatlarimiz orqali o‘g‘il-qizlarimiz lug‘ati shakllanadi. Ammo bu jarayonda e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan yana ko‘plab jihatlar bor.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi