BOLAJON PARVARISHI
7.46K subscribers
401 photos
149 videos
5 files
343 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
BOLANI SUTDAN CHIQARISHDA YOʻL QOʻYILADIGAN XATOLAR❗️

Bolani sutdan chiqarish har bir ona uchun muammoli jarayon boʻlib, bunda koʻpchilik onalar quyidagi xatolarga yoʻl qoʻyadilar:

1⃣ Bolani birdaniga sutdan ayirish.
Bu holat bolani sutdan ayirishda yoʻl qoʻyiladigan qoʻpol xatolardan biri boʻlib, bunda bola organizmi va ayniqsa ruhiyati yaxshigina zarar koʻrishi mumkin.

2⃣Farzanddan uzoqlashish.

Koʻpchilik onalar farzandlarini bir-ikki kunga xolasi, buvisinikiga berib, emizishdan chiqarmoqchi boʻlishadi. Ruhshunoslar bu davrda ona-bola muloqoti va bolaning ona mehri va koʻmagini his etib turishi gʻoyat muhim deya taʼkidlashadi. Demak-ki, bolani oʻzingizdan uzoqlashtirib vaziyatni nazorat qilolmaysiz. Yaxshisi uning yonida boʻlib, tinchlanishi va oʻzgarishlarni qarshi olishiga koʻmaklashing.

3⃣Boʻtqa, shirin choy yoki...

Har birida meʼyor boʻlishi lozim. Ona sutining oʻrniga hadeb shirin choy bersangiz bola bir xil taʼmli narsaga oʻrganib qoladi. Boʻtqalar ham kerakli ozuqani taʼminlamasligi mumkin. Yaxshisi bolangizning bir kunlik taomnomasini tuzing. Masalan, ertalabki nonushta uchun guruchli boʻtqa boʻlsa, birozdan soʻng mevali sharbat berish mumkin. Mahsulotlar rang-barang va bolaning diqqatini jalb qiladigan koʻrinishda boʻlsa, taʼmidan oldin koʻrinishi bilan qiziqtiradi. Oz-ozdan turli yeguliklardan tatib koʻrsa, taʼm bilish reseptorlari faollashadi.

4⃣Achchiq qalampir yoki rangli surtma....

Koʻkrakka achchiq qalampir yoki yod, zelenka kabi surtmalarni surtish orqali bolani qoʻrqitish har doim ham kutilgan natijani beravermaydi. Qolaversa, bunday usullar boshqa muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun:

Oshqozon tabiiy mikroflorasining buzilish va qorin ogʻriqlarining kelib chiqishi;
Bolaning ruhiyatiga zarba boʻlib, onasiga nisbatan ishonchi yoʻqolishi mumkin.
Baʼzi bolalar hatto qoʻrqitgangizga ham qaramay, baribir koʻkrak tutishingizni talab qilishadi. Bunday bolalarga sabr-toqat bilan “kurashish”dan boshqa ilojingiz yoʻq. Agar bosim oʻtkazishni davom ettirsangiz, keyinchalik farzandingiz tajang va qaysar xarakterini namoyish etishi mumkin. Qoʻrqitishlaringiz kor qilmadimi, unda bolangiz oʻz xohishi bilan koʻkrak sutidan voz kechishini kuting.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Forwarded from Doctor Muxtorov
Xurshid Abdurashidning dardi sari, Musofir Jin bilan yo'l oldim!

Xurshid Abdurashid qalamiga mansub "Dardisar" romani fantasmagoriya, satira, yumor, romantika, shafqatsiz realizm elementlari qorishib ketgan, ushbu asarda xolis bir kuzatuvchi bizga chetdan nazar tashlaydi, o‘zimiz sezmay qo‘ygan, odat tusiga kirgan illatlarga oyna tutadi.

Ajabtovur qahramonlar va qora yumor yordamida jamiyatdagi muammolar mohirlik bilan yoritilgan. Asarda inson o'zini yoki jamiyatdagi kimnidir ko'rishi ehtimoldan holi emas.

Kitob haqidagi adabiyotshunos fikrlarini bu yerda o'qishingiz mumkin. Kitobni eng arzon narxda bu yerdan topishingiz mumkin.

Kitobni o'qib maza qilyapman. Sizlarga ham tavsiya qilaman!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
😴Bolaga kunduzgi uyqu kerakmi?

Kunduzgi uyqu — to‘g‘ri rivojlanishi uchun bolaga zarur bo‘lgan jismoniy ehtiyoj hisoblanadi. Bola o‘rtacha olganda bir yarim yoshdan boshlab bir martalik 2,5 — 3 soatga yaqin davom etadigan kunduzi uxlash tartibiga o‘tadi.

Bunday tartib odatda asta-sekinlik bilan uyqu davomining kamayishi bilan 6-7 yoshgacha saqlanib qoladi. Ba’zan bolalar kunduzi uxlashdan ertaroq — 3−4 yoshida voz kechishadi.

Bolaning uxlashiga qanday yordam berish mumkin?

Bolaning krovatchasini qulay va shinam qilib jihozlash juda muhim. Bolaning xotirjam uxlashiga o‘yinchoqlar ham yordam berishi mumkin — masalan, krovatda bola bilan birga “uxlaydigan” qo‘g‘irchoq yoki yumshoq ayiqcha.

Kunduzgi uyquni qachon bekor qilish mumkin?

Bolaning asab tizimi doimiy og‘irliklarni boshdan kechirib endigina rivojlanayotgan bo‘ladi va faqat uyquda to‘liq dam oladi. Yoshi o‘lg‘ayishi bilan uning kunduzgi uyquga bo‘lgan ehtiyoji kamaya boshlaydi. Olti yoshdagi bolalarga bir soatlik uyqu ham yetarli bo‘ladi.

Bolalar ko‘pincha kunduzi uxlashdan bosh tortadi. Bu qiziqarli o‘yindan ajralgisi kelmaganidan yoki ertalab kech uyg‘ongani sababli yuz beradi.

Bola kunduzgi uyqudan qachon bosh torta boshlaydi?

Bolalar kunduzgi uyqudan doimiy ravishda bosh tortishni ko‘pincha uch yoshdan boshlaydilar. Bu yoshda hali kunduzgi uyqu juda zarur bo‘ladi va ota-onalar yaxshisi bolaning kunduzi uxlashni davom ettirishiga harakat qilishlari lozim.

Agar bola kunduzgi uyqudan juda erta bosh tortayotgan bo‘lsa nima qilish kerak?

Agar bola kunduzi uxlamayotgan va bundan hech qanday noqulaylik his qilmayotgan bo‘lsa, unda ota-onalar kunduzi bolaning biroz bo‘lsa ham xotirjam sharoitda dam olib yotishi uchun vaqt ajratishlari kerak. Bunday sokin hordiq kuch yig‘ilishiga va asab tizimining mustahkamlanishiga yordam beradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari

Ikki yoshga to'lgan bolaning tili chiqishi kerak. O'zining uchinchi tug'ilgan kuniga qadar bola o'rtacha 300 ta so'zni bilishi, tushunishi, gapira olishi lozim. Bolaning tili vaqtida va ravon chiqishi uchun ota-ona yordam berishi mumkin ekan, deb ta'kidlaydi mashshur Rossiyalik pediatr Komarovskiy.

Buning uchun:
1. Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.
Homiladorlikning 3 trimestrida bola tovushlarga juda ta'sirchan bo'ladi. Aynan bu davrdan boshlab ona yoki ota o'z farzandi bilan muloyim gaplashishni, klassik musiqalarni qo'yib berishni odat qilishi kerak.

2. Yangi tug'ilgan chaqaloq bilan doimo suhbatlashib yuring.
chaqaloqligidan ravon nutqni eshitgan bolani tili chiqishi oson bo'ladi.

3. Bolaning ko'zlariga qarab gapiring.
Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo'l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.

4. Bolaga ko'p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning. Savolingizga javob berish niyatida uning aqliy va nutqiy rivojlanishi kuchayadi.
Telefon va kompyuter o'yinlari bolani tili chiqishini keskin sekinlashtiradi.

5. Bolaga ko'p ertak o'qing.
Kitobdagi yangi so'z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.

6. Bola bilan birga yoki bola uchun qo'shiq ayting.
Musiqa va qo'shiq nutq apparatini rivojlantriadi.

7. Bola bilan doimiy ravishda muloqotda bo'ling.
Ovqat qilish davomida ham bolani sabzavotlarni rangini, soni aytishga undasa bo'ladi. Ko'chada atrfodagi buyum va manzaralarni bola bilan birgalikda tahlil qilsa bo'ladi.

8. Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o'tgach u bilan og'izni cho'chchaytirib "shiringina" gapirishning foydasi yo'q. Bolaning tili chiqishida bu qiyinchilik tug'diradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bola haddan tashqari sho‘x bo‘lsa, nima qilish kerak?

Bolalarning haddan tashqari sho‘x, giperfaol bo‘lishi bu kasallik emas, balki fe’l-atvor xususiyatidir. Chunki bolalar yoshligida o‘ta qiziquvchan, harakatchan va faol bo‘lishadi.

⭕️ Bunday paytda ota-onalar, tarbiyachilar va o‘qituvchilar ularning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashishlari kerak. Bunday bolalar bir vaqtning o‘zida turli mashg‘ulotlarni bajarishadi: to‘p o‘ynashadi, bajarayotgan yumushingizga xalal berishadi, u yoqdan bu yoqqa yugurishadi, lekin hech qachon bir joyda harakatsiz turishmaydi.

🔻Bunday bolalar ta’lim jarayoniga xalal berishmaydi. Shunchaki auditoriya muhitiga ta’sir o‘tkazishlari mumkin.

✔️ O‘ta harakatchanlikni xalq tabobati bilan davolab bo‘lmaydi. Bunday paytda har bir bolaning individual xususiyatidan kelib chiqib, ruhshunos maslahatlari asosida turli choralar qo‘llash mumkin.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu yoshidan onasiga yordamchi

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
📍Болаларни телефон, компьютерлардан чеклаш керакми?

🔹 Ҳозирги пайтда болаларни гаджетлардан ажратиш мушкул ишга айланмоқда. Айрим кўрсатмаларга эътибор билан амал қилинса, бунинг кераги ҳам бўлмайди.

▫️ Бола ва компьютер экрани оралиғи 70 см, планшет экрани эса 25 см масофада бўлиши керак.
▫️ 2 ёшгача бўлган болаларга бундай гаджетлар билан ишлаш тавсия этилмайди.
▫️ 2-5 ёш оралиғида кунига 1 соатдан ошмаслиги лозим.
▫️ 6 ёшдан кейин эса кунига 2 соатдан кўп фойдаланиш мумкин эмас.
▫️ Телевизор томоша қилганда ҳам бола ва телевизор экрани оралиғи 3 метрдан кам бўлмаслиги керак.
▫️ Экран қанчалик катта бўлса, орадаги масофа хам шунчалик узайиши керак.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
Muhammad Rizoni layklar bilan qo'llab-quvvatlasangiz xursand bo'lar edik. Oldindan rahmat!

https://t.me/ricomelbeverages/680
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Otalarning bola parvarishi va tarbiyasidagi ishtiroki qanchalik muhim?

Otalarga yuborib qo'yish esdan chiqmasin!

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Nima uchun chaqaloqlar uni tebratishlarini yaxshi koʻradi?

Bolani tebratish unga ona qornida boʻlgan davrini oʻsha paytdagi onaning harakatini eslatib, bolaga tinchlantiruvchi ta'sir koʻrsatadi va uni uxlatib qoʻyadi.

Uni yelkasiga asta urib uxlatish ham unga ona qornidagi vaqtlarda tanish boʻlib qolgan onaning qadam tovushlarini eslatadi. Bu ham bolani tinchlantiradi.

Alla aytish ham bolaning nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta'sir qiladi.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
Qo'l yuvish - salomatlik garovi!

Bolaga qo'lini to'g'ri yuvishni o'rgatib ota-ona avallambor uni ko'plab kasalliklardan, xususan gripp va shamollashdan saqlaydi. Statistikaga qaraganda aynan qo'lning toza bo'lishi kasalliklarni 10 barobar kamroq yuzaga kelishini ta'minlar ekan.

Qo'lni juda ko'p yuvish ham, umuman uvmay yurish ham yaxshi emas. Tez-tez yuvilgan qo'llarda mikroblarga qarshi immunitet hosil bo'lishi qiyin bo'ladi. Natijada bola organizmi oddiy mikroblarga bardoshsiz bo'lib qoladi. Shuning uchun qo'lni:

Ko'chadan kelganda;
Ovqatlanishdan oldin;
Kir bo'lganida yuvish kerak.
Bola kichikligidanoq qo'l yuvish jarayonini bilib olishi lozim. Ota-ona bolaga qo'l yuvishda namuna bo'lishi, bolada qo'l yuvish jarayoniga hurmat bilan qarashga turtki bo'ladi.

Quyida qo'l yuvish qadamlari ko'rsatilgan bo'lib, ularni har safar bajarish kerak.


Qo'l yaxshilab yuvilib bo'lgach, yaxshilab chayilishi ham muhim.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
🤰33 yoshdan keyin farzand ko‘rgan ayollar ko‘proq yashaydi

Boston universiteti qoshidagi tibbiyot maktabi olimlari 30 yoshgacha tuqqan ayollardan ko‘ra 33 yoshdan keyin tabiiy yo‘l bilan farzand dunyoga keltirgan ayollar keksalik yoshiga yetishga imkoniyatlari ko‘proq bo‘lishini aniqlashdi.

Olimlar uzoq umr ko‘rgan 551 oilani o‘rganib chiqishdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 33 yoshdan keyin ona bo‘lganlar 29 yoshgacha ona bo‘lganlardan ko‘ra ko‘proq 95 yoshga yetgan.

Katta yoshda ona bo‘lish qobiliyati ayolning reproduktiv tizimi sekin qarishidan dalolat beradi, degan xulosaga kelgan olimlar.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
❗️2024 йил 1 июндан бошлаб амал қиладиган давлат мактабгача таълим ташкилотларида болалар таъминоти учун тўлов миқдорлари 20 фоизга оширилди.

Охирги маротаба боғчалар учун тўлов миқдорлари 2021 йил 29 апрелда оширилган эди.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
👩‍🏫 Kunlarning birida matematika fani ustozim bir umr yodimizda qoladigan gaplar gapirdi, gaplarini namoyish ham qilib berdi.

🔹️Doskaga katta 1 raqamini yozdi va dedi: “Bu sizning tarbiyangiz, odamiyligingiz. Hayotda eng muhim hislatlar shular bo‘ladi”.
🔹️1 raqamidan keyin 0 yozdi va dedi: “Bu esa siz erishgan yutuqlar, tarbiya bilan sizni o‘n karraga yuksaltiradi”.
🔹️Yana 0 – bu tajriba, qarang inson “100” ga teng bo‘ldi.
🔹️Shunday qilib 0 larni yozaverdi – ta’lim, muhabbat, omad... har bitta qo‘shilgan 0 odamni har safar 10 barobar yuksaltiraverdi.

🔹️So‘ngra ustozim qator boshida turgan 1 raqamini o‘chirdi. Doskada keraksiz, ma’nosi yo‘qolgan 0 lar qoldi...

🔹️Ustozim dedi: “Ko‘rdingizmi, agar tarbiyangiz va odamiyligingiz bo‘lmasa, qolgan hislatlaringiz sariq chaqaga ham teng emas”.

🚀 Yaqinlaringizga ham ulashib qo'ying!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Tadqiqotchi olimlar bir homilador ayolga har kuni ayni bir vaqtda faqat bitta ertakni so'zlashgan. Bola tug'ilib, olti yoshga yetganda turli ertaklarni so'zlab bera boshlashgan. Ayol homiladorlik davrida tinglagan ertakka gal kelganida, dastlabki jumlalarni eshitiboq, bola "Men bu ertakni bilaman", deb so'zlab bergan. Bu rivoyat emas, ilmiy xaqiqat! Demak, bola onaning qornida ekanidayoq tashqi dunyo bilan aloqada bo'lar ekan. Shundanmikin, donishmandlar "tarbiya bola tug'ilmasidan avval boshlansa yanada yaxshi" deyishgan ekan.

©️Tohir Malik (Jinoyatning uzun yo'li) kitobidan

🚀 Yaqinlaringizga ham ulashib qo'ying!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
📚 “Bolalar kitob festivali”

“1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Beg‘ubor bolalik” shiori ostida “Bolalar kitob festivali” o‘tkaziladi. Ko‘rgazma 30-31-may hamda 1-iyun kunlari Toshkent shahridagi “Dream Park” madaniyat va istirohat bog‘ida bo'lib o'tadi.

💥 Kitoblar yarmarkasida siz “Akademnashr”ning barcha kitoblarini 10 foizli, bolalar kitoblarini esa 15 foizli chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin bo'ladi.

Manzil: Dream park (G‘afur G‘ulom bog‘i)
Sana: 30-31-may, 1-iyun

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning immunitetini ko‘tarish uchun nima qilish kerak?

▪️Uyqu rejimi. 7 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun kunduzgi uyqu sog‘lik garovi hisoblanadi. Tungi uyqu kechki soat 22:00 dan boshlanishi, ertalabki uyqu esa 9:00 dan kech bo‘lmasligi lozim.
▪️To‘g‘ri ovqatlanish: vitamin A, B guruh, C, D vitaminlari, sinkka boy bo‘lgan mahsulotlar, go‘sht va baliq mahsulotlari, sabzavot, mevalarni ko‘proq iste’mol qilish lozim.
▪️Ko‘proq suyuqlik qabul qilish lozim. Bir kunda bir marta na’matak suvi ichirish kerak.
▪️Sayr qilish. Bir kunda kamida 2 soat toza havoda sayr qilish lozim.
▪️Boladagi stress. Har qanday darajadagi stress immunitet pasayishiga olib keladi.
▪️Suvda chiniqtirish. Kichik yoshdagi bolalarni kuniga 1-2 marta cho'miltirish, katta yoshdagi bolalarni sport to'garaklariga berish.
▪️Gigiyenaga rioya qilish. Ovqatlanishdan oldin qo'llarni sovunlab yuvish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Чапақай болаларни ўнг қўлга мажбурлаш мумкинми?

◾️Ўнг қўлда ишлашга мажбурлаш мумкинми?

Ўнг қўлда ёзишга мажбурлаш боланинг стресс (руҳий зўриқиш) ҳолатга тушиб қолишига олиб келади. Бунинг натижасида унда невроз хасталиги кузатилади. Ота-оналар шуни унутмаслиги керакки, чапақайлик боланинг мия функциясининг тузилиши билан боғланган бўлади. Шунинг учун уларни ўнгда ёзишга мажбурлаш ёки жазолаш асло мумкин эмас. Бундайлар жуда таъсирчан ҳисобланади. Кўпинча улар аразчи, хавотирланувчан, тез чарчайдиган, ишчанлик қобилияти суст бўлиши мумкин. Бу каби ҳолларда уларни ўнг қўлда ёзишга мажбурлаш акс таъсир этади.

◾️Антиқа болалар билан ишлаш

Чапақайлар билан машғулотлар олиб борилганида уларнинг индивидуал хусусиятини инобатга олиш зарур. Агар устозлар чапақай ўқувчилар билан тўғри иш олиб борса, келажакда улардан иқтидорли ва қобилиятли инсонлар етишиб чиқади.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Ko'krak sutini ko'paytirish

Quyidagi maslahatlar ko'krakda sut ishlab chiqarilishini ko'paytirishga yordam beradi.

1. Emizish bo'yicha mutaxassislar bilan suhbatlashing. Chaqaloq ko'krakni to'g'ri og'ziga olayotganini, ona to'g'ri pozitsiyada emizayotganini, bola ko'krakni qanday emayotganini ko'rib baho bersin.

2. Yomon maslahatchilardan yiroqroq yuring. "Ko'krak suti bilan emizish shart emas", "Men bolamni emizmaganman", "Bola ko'krak sutiga to'ymayapti, qo'shimcha berish kerak" degan do'stlar maslahatiga quloq solmang. Ular bilan iloji boricha suhbat qurmang, chunki bu gaplar emizish uchun o'zingizda ishonch paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladi.

3. Uyingizni ko'zdan kechiring. Uyda mehmon juda ko'p emasmi? Siz bolaga qarashdan tashqari ish qilib urinib qolmadingizmi? Uy-yumush ishlari sizni qiynab yubormadimi? Bu ish va yumushlar sizdagi emizishga kerak bo'lgan kuchingizni olib qo'yadi.

4. Bolani yoningizga yotqizib emizing. Sizning tanangiz bola tanasi bilan qanchalik yaqin bo'lsa, sut ishlab chiqarilishi shunchalik kuchayadi.

5. Emizish davomida bolani yechintiring. Agar sovuq bo'lsa ustidan adyol yopib qo'yish mumkin. Lekin bolaning badani sizning badaningizga tegib tursa, uxlab qolayotgan bola uyg'onib yaxshilab emishiga yordam bo'ladi.

6. Emizish davomiyligidan ko'ra soni ko'p bo'lishi kerak.

Charchagan ayol nafaqat emizishga, balki bolaga kerakli mehr ajratishga ham holi bo'lmaydi.

7. Bola haqida, sut haqida ko'p o'ylang. Bolani ko'p silab erkalang. Bu onalik mehr onada sut ishlab chiqaruvchi gormon ko'payishiga ta'sir qiladi.

8. Bola uxlaganda uxlang. Qancha ko'p dam olsangiz, sut shuncha yaxshi keladi.

9. Emizayotganingizda chap va o'ng ko'krakni almashtirib berishni unutmang.

10. Bolani ko'tarib yuring. Bola ko'krakka yaqin bo'lsa sut ishlab chiqish jarayoni jadallashadi.

11. Emizishdan oldin va emizishdan so'ng ko'kragingizni massaj qiling.

12. Emizish davomida asabiylashmasdan, tinch va xotirjam bo'ling.

13. Sut ko'payishiga ta'sir qiluvchi maxsus o'tlik choy(pajitnik)dan iching.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi