BOLAJON PARVARISHI
7.53K subscribers
389 photos
145 videos
5 files
333 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
Bola nega aldaydi?

Biz bilamizki, bolalarimiz juda ham xayolparast bo'ladilar. Lekin bu xayollar xavfli bo'lishi ham mumkin ekan.

Taxminan 3-4 yoshgacha bolalar yolg'on gapirishni umuman bilmaydi, bunda ularda ehtiyoj ham bo'lmaydi.

Ota-onadan nimanidir sir saqlash ularning xayollariga ham kelmaydi. Aynan 4 yoshdan keyin bola u bilan sodir bo'layotgan hodisa va voqealarni tahlil qilib o'ziga savol bera boshlaydi: "Nega meni jazolashdi?, "Nima qilib shunday holdan qochib qutulish mumkin?", "Nima qilsam oyimni mehrini ynada ko'proq olaman?", "Adamning rag'batlantirishiga sazovor bo'laman?" Ota - onasining barcha "yo'q" va "mumkin emas" larini chetlab o'tish maqsadida u har xil ayorliklarga boradi.

Bir eslab ko'ring-che, ko'chadan bolangiz cho'ntagini turli xil toshlar bilan to'ldirib kelgan bo'lsa, siz o'ylab o'tirmay bolangizning ko'z yoshi bilan "menga ular juda kerak" degan nolalariga ahamiyat bermay, barchasini olib axlatga tashlab yuborasiz, chunki uy toza bo'lishi kerak. Yoki boshqa bir misol: bolangiz qiziqib multfilm ko'rayotgan payti siz sevgan serial boshlangani uchun uni xonasiga rasm chizish uchun haydab yuborasiz.
Albatta bolalarimiz biz qo'ygan talablarni bajarmoqlari lozim, lekin bu talablar uning ham qarashlarini, uning xohishlarini inobatga olishi zarur. Aks holda bolangiz o'z xohish va istaklarini amalga oshirish uchun teskari yo'llar izlay boshlaydi, ya'ni aldashni boshlaydi.
O'zingiz aybdor bo'lib qolasiz.

Psixologlarning ta'kidlashicha, bolaning birinchi yolg'onining paydo bo'lishiga ota-onalarning o'zlari sababchi bo'larmish.

To'g'ri, hozir xayolingizdan "faqat men emas" degan fikr o'tishi mumkin. Axir siz emasmi, bolangiz buzib qo'ygan o'yinchog'ini sizdan qo'rqib divan tagiga bekitib qo'yganini bilib turib, unga "Adajoning sovg'a qilgan mashina qani?" deb so'roq qilganingiz. Shu savol bilan siz bolangizni aynan aldash yo'liga tushishga turkti bergan bo'lasiz. Undan ko'ra: "Bolajonim, men divan tagidan buzilgan mashinangni topib oldim. Unday qilish mumkin emas. Mashinalarni ehtiyotkorlik bilan o'ynash kerak. Kechqurun Adang tuzatib beradilar. Keyingi safar bekitmay menga ayt" deganingiz ma'qul bo'ladi. O'shanda bolangiz qalbida uyg'ongan ishonch va minnatdorchilik kelajakda to'g'riso'z, odobli inson voyaga yetishiga turtki bo'ladi.

Bilasizmi, ko'pincha qanday bolalar aldoqchi bo'ladilar? Olimpik sovrindorlarni, juda ham aqlli insonlarni, yuqori marralarga erishgan kasb egalarini yaratmoqchi bo'lgan ota-onalarning farzandlaridir. Bunday ota-onalar o'z farzandlaridan juda ko'p narsa kutadilar, bolalar esa ularning ishonchlarini yetarlicha oqlay olmaydilar. Shunda bola ota-onasini xursand qilish maqsadida "Sinfda bugun eng zo'r javob berdim", yoki "Musiqa maktabida meni maqtashdi" degan yolg'onlarni to'qiydi. Kichik yutuqlarga erishganda ham bu yutuqlarni katta qilib ko'rsatishga harakat qiladi.
Shuning uchun bolangizga marra o'rnatayotganingizda bir o'ylab ko'ring, marra juda ham baland emasmi?
Balki ko'proq bolangiz istaklarini inobatga olib, uni ko'proq maqtaganingiz lozimdir? Shunda bola sizning mehringizni qozonish uchun yolg'onlarni to'qimaydi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqni kechki uyquga to'g'ri kiyintirish

Chaqaloqning tinch uyqusi uning kiygan kiyimiga ham bog'liq ekan. Chaqalog'ingizni kechasiga kiyintirayotganingizda asosiy bir qoidaga rioya qilishingiz lozim: siz qanday kiyingan bo'lsangiz, chaqaloqni ham shunday kiyintirasiz va qo'shimcha bir qavat kiyim yoki yengil adyol qo'shasiz.
Bolangizning tana haroratini qo'lingiz bilan his etishga o'rganing. Qo'l va oyog'i muzdek bo'lib qolgani bola sovuqqotganidan dalolat beradi. Demak, bolani yaxshilabroq yopish kerak. Agar bola tanasi issiq bo'lib terlagan ham bo'lsa, u holda bola isib ketmoqda, uning kiyimini yengillashtirish yoki xona haroratini pasaytirish lozim.
Agar chaqalog'ingiz muddatidan oldin tug'ilgan yoki 3.5 kg dan kam tug'ilgan bo'lsa, u holda bola qo'shimcha isinishga ehtiyoji bor, uni issiqroq kiyintirish lozim.
Ko'pchilik chaqaloqlar o'ralgan holatni xush ko'radilar. Albatta qattiq o'ralgan emas, balki biroz qo'l oyoqchalari birlashgan holda, asta o'ralgan bo'lmog'i qulay. Bolaning harakatlari siqilmagan bo'lishi kerak.
Eng asosiysi, chaqaloqning kiyimi 100% paxta tolasidan tayyorlangan bo'lishi shart. Bunday matolarda havo yaxshi aylanadi va bola tanasiga nafas olishga yordam beradi.
Bolaning kiyimida har xil boylagichlar bo'lmagani qulay, bola g'imirlab iplarga bo'g'ilib qolishi oson.
Agar bola yotog'i sovuq bo'lsa, birinchi bir necha oy bolaga yengil bosh kiyim kiydirishingiz mumkin.
Agar chaqalog'ingiz kechasi yaxshi uxlamasa, ko'p yig'lasa, uning kiyimlarini bir ko'zdan kechirib chiqing. Ko'pincha bolalar tinch uxla olmasligiga isib ketishi, sovuqqotishi yoki noqulay kiyimi sabab bo'lishi mumkin.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
❗️BOLALAR UCHUN GADJETLARDAN FOYDALANISH MEʼYORI

🕘 Bir yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar kompyuter bilan shug’ullanishlari umuman tavsiya etilmaydi.

🕘 5 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar kompyuter va planshet bilan 10 minut, maksimum 20 minut (24 soat ichida) shug’ullanishlari tavsiya etiladi.

🕘 1-sinfdan 5- sinfgacha bo’lgan bolalar kun davomida 10 − 15 minut foydalanishi tavsiya etiladi. 10 yoshdan boshlab bir kunda 3 mahal 20 minutdan shug’ullanishi mumkin.

🕘 Uyqudan 30 minut oldin televizor ko’rmaslik, gadjetlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

Yaqinlaringizga ulashing!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
❗️ Farzandingizga dori olayotganda e’tiborli bo‘ling!

Bolangizni biror shifokorga ko‘rsatganingizda, dori yozsa, joyining o‘zida o‘sha dorining boshqa analoglari ham bormi deb albatta so‘rang. Odatda keng tarqalgan kasallar uchun dorilarning analoglari albatta bo‘ladi. Vrachlar baʼzida shunday dorini yozadiki, uni bir nechta dorixonadan qidirib zo‘rg‘a topasiz. Qanday qilib nisbatan kengroq tarqalgan kasallik uchun dori faqat sanoqli dorixonada bo‘lishi mumkin? Aqlni ishlating.

Ikkinchidan, har bir analogni internetdan qidiring, qaysi davlatlar ishlatishga ruxsat berganiga qarang. Baʼzida shunday dorini aytishadiki, uni faqat O‘zbekistonda foydalanishga ruxsat berishgan bo‘ladi. Rivojlanganroq, korrupsiya kamroq davlatlarda ruxsat berilgan bo‘lsa, o‘sha analogni olishga harakat qiling. Nomi faqat O‘zbekiston saytlarida chiqqan, faqat O‘zbekistonda ruxsat berilgan dorilardan ehtiyot bo‘ling, ayniqsa, u dorini avval hech qachon olmagan bo‘lsangiz.

Yana bir yo‘li. Agar vrach shu doridan boshqasi yo‘q deb turgan bo‘lsa, boshqa vrachga ham ko‘rsating. Katta ehtimol bilan bunaqa vrachlar yoki ular ishlaydigan klinika va farmatsevtika kompaniyasi o‘rtasida kelishuv bor bo‘lishi mumkin.

Dorixona sotuvchisidan dori tavsiya qilishini so‘rash o‘ta ketgan ahmoqlik. Sotuvchi hech qachon siz uchun masʼuliyatni bo‘yniga olmaydi. Qaysi dorini ko‘proq o‘tkazish kerak bo‘lsa, o‘shani tavsiya qilib yuborishi mumkin.

Davlat fuqarolarning sifatli doriga bo‘lgan huquqini yetarlicha himoya qila olmayotgan ekan, ehtiyot bo‘lavergan yaxshi. Odamlarning vijdoniga ishonish kerak emas, pul uchun har narsadan qaytilmaydigan zamon va makonda yashayapmiz.

Xurshid Yo'ldoshev

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
⁠Alisher va Gripp (virusi) suhbati

Alisher o‘z xonasi devorida o‘rmalab yurgan g‘aroyib maxluqchani ko‘rib qoldi. Yaqinlashib qarasa, gripp ekan. Chaqqon bola emasmi, oshxonadan tezda shisha idish olib kelib, grippni qamab qo‘ydi.
– Ushlab oldimmi?! Ana endi, singlim Nargizani kasal qilganing uchun ta’ziringni beraman!
– U men emas, boshqa gripp edi. Men yaqinda ish boshladim, hali ko‘p narsani bilmayman, – dedi qo‘rqib ketgan maxluqcha.
– Unda bu yerda nima qilyapsan? – so‘radi Alisher qovog‘ini uyib.
– Haligi... Seni kasal qilgani keluvdim, – dedi gripp uyalib.
– Hali shunaqami?! – Alisherning jahli chiqib ketdi.
U idishga qaynoq suv quyib grippni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi.
– To‘xta, meni jazolama. Balki, kelisharmiz?.. – ko‘zlari yoshlanib iltimos qildi u.
– Kelishamiz, gripp bilan-a?!
– Nima qipti? Meni qo‘yib yuborsang, kasallikdan saqlanishning hech kim bilmaydigan sirlarini aytib beraman.
– Mayli, roziman, lekin shunda ham boshqalarni kasal qilmaslik sharti bilan, – dedi Alisher.
– Unda, eshit. Biz, asosan, havo orqali yuqamiz. Gripp bo‘lmaslik uchun quyidagi maslahatlarimga amal qil.
💊 Maktabda va avtobusda, albatta, dokali niqob taqib yur. Chunki bunday joylarda biz judayam ko‘p bo‘lamiz.
💊 Qo‘ling bilan burning va og‘zingni ko‘pam ushlayverma. Biz ko‘proq bolalarning qo‘llariga yopishib olamiz. Shu uchun ham qo‘lingni tez-tez sovunlab yuv.
💊 Kasal bo‘lib qolgan o‘rtoqlaring bilan masofa saqla. Chunki ular aksa urganda menga o‘xshagan grippchalar senga ham yopishib oladi.
💊 Xonangni tez-tez shamollatib tur. O‘shanda devor va buyumlarga joylashib olgan viruslar uzoqlarga uchib ketadi.
💊 Vaqtida ovqatlanib, vaqtida uxlashni unutma. Charchagan va qorni och bolalarni biz osongina kasal qilib qo‘yamiz.
– Agarda shu qoidalarga amal qilsang, hech qachon gripp bo‘lmaysan!
– Tushunarli. Albatta, bularga amal qilaman. Sen-chi, endi nima qilasan? – so‘radi Alisher.
– Ishdan bo‘shayman. Bolalarni kasal qilish o‘zimga ham yoqmaydi. Keyin esa sayohatga chiqaman. Kichkinaligimdan asalariga o‘xshab guldan gulga qo‘nib yurishni orzu qilardim. Sen esa, hech qachon kasal bo‘lma! Xayr, do‘stim.
Alisher bilan xayrlashgan gripp oyna orqali tashqariga chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.

Qadrli onalar! Ushbu hikoyani bolalaringizga o‘qib bering! Va ularni grippdan asrang!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Ko'krak sutini ko'paytirish

Quyidagi maslahatlar ko'krakda sut ishlab chiqarilishini ko'paytirishga yordam beradi.

1. Emizish bo'yicha mutaxassislar bilan suhbatlashing. Chaqaloq ko'krakni to'g'ri og'ziga olayotganini, ona to'g'ri pozitsiyada emizayotganini, bola ko'krakni qanday emayotganini ko'rib baho bersin.

2. Yomon maslahatchilardan yiroqroq yuring. "Ko'krak suti bilan emizish shart emas", "Men bolamni emizmaganman", "Bola ko'krak sutiga to'ymayapti, qo'shimcha berish kerak" degan do'stlar maslahatiga quloq solmang. Ular bilan iloji boricha suhbat qurmang, chunki bu gaplar emizish uchun o'zingizda ishonch paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladi.

3. Uyingizni ko'zdan kechiring. Uyda mehmon juda ko'p emasmi? Siz bolaga qarashdan tashqari ish qilib urinib qolmadingizmi? Uy-yumush ishlari sizni qiynab yubormadimi? Bu ish va yumushlar sizdagi emizishga kerak bo'lgan kuchingizni olib qo'yadi.

4. Bolani yoningizga yotqizib emizing. Sizning tanangiz bola tanasi bilan qanchalik yaqin bo'lsa, sut ishlab chiqarilishi shunchalik kuchayadi.

5. Emizish davomida bolani yechintiring. Agar sovuq bo'lsa ustidan adyol yopib qo'yish mumkin. Lekin bolaning badani sizning badaningizga tegib tursa, uxlab qolayotgan bola uyg'onib yaxshilab emishiga yordam bo'ladi.

6. Emizish davomiyligidan ko'ra soni ko'p bo'lishi kerak.

Charchagan ayol nafaqat emizishga, balki bolaga kerakli mehr ajratishga ham holi bo'lmaydi.

7. Bola haqida, sut haqida ko'p o'ylang. Bolani ko'p silab erkalang. Bu onalik mehr onada sut ishlab chiqaruvchi gormon ko'payishiga ta'sir qiladi.

8. Bola uxlaganda uxlang. Qancha ko'p dam olsangiz, sut shuncha yaxshi keladi.

9. Emizayotganingizda chap va o'ng ko'krakni almashtirib berishni unutmang.

10. Bolani ko'tarib yuring. Bola ko'krakka yaqin bo'lsa sut ishlab chiqish jarayoni jadallashadi.

11. Emizishdan oldin va emizishdan so'ng ko'kragingizni massaj qiling.

12. Emizish davomida asabiylashmasdan, tinch va xotirjam bo'ling.

13. Sut ko'payishiga ta'sir qiluvchi maxsus o'tlik choy(pajitnik)dan iching.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqlarni qorni bilan yotqizishning muhim 3 ta sababi

Harakatlanish qobiliyatlari yaxshilanadi

Avstraliya universitetidagi olimlarning aniqlashicha, bolani qorin bilan yotqizish uning rivojlanishiga ta’sir qiladi. Tajribada 4237 bola ishtirok etgan va ularning rivojlanishi bir qancha parametrlar bilan baholangan.

Ma’lum bo‘lishicha, kun davomida yarim soatdan ko‘p qorni bilan yotadigan bolalar harakatlarini yaxshi nazorat qila oladi, faol bo‘ladi. Shuningdek, qorni bilan yotgan bolalar, osmonga qarab yotgan bolalardan ko‘ra tezroq emaklashni o‘rgangan. Psixodiagnostika va psixokorreksiya markazi boshqaruvchisi Tatyana Goryachevaning ta’kidlashiga qaraganda, emaklash uchun qo‘l va oyoq mushaklari ushbu jarayonga tayyor bo‘lishi kerak. Osmonga qarab yotgan bola esa harakatlanmaydi va mushaklari ham harakatlarga tayyor bo‘lmaydi. Shu sabab bola qornidan orqasiga o‘girib olib, o‘tirgan holda sudralishni boshlaydi.

Bosh suyagi to‘g‘ri rivojlanadi

Bolalarda to‘satdan o‘lim sindromini oldini olish uchun ham bolani osmonga qaratib yotqiziladi va bola shu holatda uxlashi kerak bo‘ladi. Ba’zi onalar bu sindromdan shunchalik qo‘rqqanidan, boshqa vaqtda ham bolani qorni bilan yotqizishdan qo‘rqadi. Ammo bola faqat yotadigan bo‘lsa, bosh suyagi yaxshi yoki to‘g‘ri rivojlanmasligi mumkin. Agar ko‘pincha yon boshi bilan yotqiziladigan bo‘lsa, yotgan taraf yassi bo‘lib qolishi mumkin.

Yuragi mustahkam bo‘ladi

Avstraliyalik olimlar tomonidan aniqlangan yana bir ma’lumot: qornida ko‘p yotgan bola yaxshiroq vazn to‘playdi va yurak qon-tomir tizimi mustahkam bo‘ladi. Chunki ushbu holat bola uchun eng yaxshi kardiozo‘riqish hisoblanadi va bu yurak rivojlanishiga yaxshi ta’sir qiladi. Agar har kuni shug‘ullanadigan bo‘lsa, bolada harakatlar koordinatsiyasi yaxshilanadi, qo‘l-oyoqlari yaxshi harakatlanib, umurtqasi mustahkamlanadi. Bu esa nafaqat jismoniy bali aqliy rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, jarayonda press mushaklari ham mustahkamlangani hisobiga qorin churra paydo bo‘lish xavfi oldi olinadi. Bolani ovqat berishdan avval qorni bilan yotqizilsa, bu qorinni sanchib og‘rishini kamaytiradi.

Manba. Daryo.uz

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
Dorisi yo‘q jannatlarga ketgan bolam

Munchoq ko‘zi shiftga boqib yotgan bolam,
Nigohida achchiq savol qotgan bolam,
Murg‘ak joni o‘lim ta’min totgan bolam,
Keng dunyoni ko‘zimga tor etgan bolam,
Dorisi yo‘q jannatlarga ketgan bolam.

To tomirda shayton qoni oqar ekan,
Dori deya ichganing naq zahar ekan,
Tili chiqmay, arshga ohi yetgan bolam,
Dorisi yo‘q jannatlarga ketgan bolam.

Kechagina yurgan eding o‘ynab-kulib,
Bir lahzada gulday yuzing qoldi so‘lib,
Ayt, qo‘limdan nima keldi otang bo‘lib?
To qiyomat bag‘rimni chok etgan bolam,
Dorisi yo‘q jannatlarga ketgan bolam.

Kimdir yordam berarmi deb giryonasan,
“Qanday ayb ish qildim”, deya hayronasan,
Ajalningmas, sen biznesning qurbonisan,
Sovuq kunda sovuq qabr yutgan bolam,
Dorisi yo‘q jannatlarga ketgan bolam.

Yo‘q, kechirma dorifurush qalloblarni,
Vijdonini pulga sotgan jalloblarni,
Ochko‘zlarni, sullohlarni, kazzoblarni,
Butun yurtning yoqasidan tutgan bolam,
Dorisi yo‘q jannatlarga ketgan bolam.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Ko'krak sutini ko'paytirish

Quyidagi maslahatlar ko'krakda sut ishlab chiqarilishini ko'paytirishga yordam beradi.

1. Emizish bo'yicha mutaxassislar bilan suhbatlashing. Chaqaloq ko'krakni to'g'ri og'ziga olayotganini, ona to'g'ri pozitsiyada emizayotganini, bola ko'krakni qanday emayotganini ko'rib baho bersin.

2. Yomon maslahatchilardan yiroqroq yuring. "Ko'krak suti bilan emizish shart emas", "Men bolamni emizmaganman", "Bola ko'krak sutiga to'ymayapti, qo'shimcha berish kerak" degan do'stlar maslahatiga quloq solmang. Ular bilan iloji boricha suhbat qurmang, chunki bu gaplar emizish uchun o'zingizda ishonch paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladi.

3. Uyingizni ko'zdan kechiring. Uyda mehmon juda ko'p emasmi? Siz bolaga qarashdan tashqari ish qilib urinib qolmadingizmi? Uy-yumush ishlari sizni qiynab yubormadimi? Bu ish va yumushlar sizdagi emizishga kerak bo'lgan kuchingizni olib qo'yadi.

4. Bolani yoningizga yotqizib emizing. Sizning tanangiz bola tanasi bilan qanchalik yaqin bo'lsa, sut ishlab chiqarilishi shunchalik kuchayadi.

5. Emizish davomida bolani yechintiring. Agar sovuq bo'lsa ustidan adyol yopib qo'yish mumkin. Lekin bolaning badani sizning badaningizga tegib tursa, uxlab qolayotgan bola uyg'onib yaxshilab emishiga yordam bo'ladi.

6. Emizish davomiyligidan ko'ra soni ko'p bo'lishi kerak.

Charchagan ayol nafaqat emizishga, balki bolaga kerakli mehr ajratishga ham holi bo'lmaydi.

7. Bola haqida, sut haqida ko'p o'ylang. Bolani ko'p silab erkalang. Bu onalik mehr onada sut ishlab chiqaruvchi gormon ko'payishiga ta'sir qiladi.

8. Bola uxlaganda uxlang. Qancha ko'p dam olsangiz, sut shuncha yaxshi keladi.

9. Emizayotganingizda chap va o'ng ko'krakni almashtirib berishni unutmang.

10. Bolani ko'tarib yuring. Bola ko'krakka yaqin bo'lsa sut ishlab chiqish jarayoni jadallashadi.

11. Emizishdan oldin va emizishdan so'ng ko'kragingizni massaj qiling.

12. Emizish davomida asabiylashmasdan, tinch va xotirjam bo'ling.

13. Sut ko'payishiga ta'sir qiluvchi maxsus o'tlik choy(pajitnik)dan iching.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning sut tishlari qachon tushadi?

Bolaning sut tishlari
Bolaning sut tishlari chiqishidan ko'ra, ularning tushishi og'riqsiz va odatda muammosiz kechadigan jarayondir.

Sut tishlari qachon tushishni boshlaydi?

Ko'pincha sut tishlari bolaning 5-6 yoshiga kelib tushishni boshlaydi.

Tajribali onalarning aytishicha, sut tushlari necha oyda chiqishni boshlagan bo'lsa, o'sha yoshda tushishni boshlaydi. Ya'ni ilk sut tishlari 7 oyda chiqqan bo'lsa, ularning tushishi bolaning 7 yoshiga to'g'ri keladi.

Sut tishlari qanday tushadi?

Vaqti kelib bolaning yangi tishlari chiqa boshlaganda sut tishlari sekin-asta qimirlay boshlaydi va bir kuni tushib ketadi. Ular o'rnida milklar orasidan oqish rangdagi yangi tish chiqayotgani ko'rinib turadi.

Yangi tish chiqayotgan davrda nimaga ahamiyat bermoq lozim?

Bu davrda bolaga kamroq shirinlik yeyish, kalsiy va minerallarga boy ozuqalardan oziqlanish, antibiotiklarni kamroq qabul qilish tavsiya etiladi.

Yangi tishlar chiqayotgan davrda bolaning sut tishlari orasi biroz kengayib ochilib qolishi kerak. Bu degani iyak yangi tishlarni to'g'ri chiqishiga tayyorgarlik ko'rayotgan bo'ladi. Agar chiqayotgan yangi tishlarga bo'shliq joy yetmayotgan bo'lsa, u holda bolani stomatologga ko'rsatish lozim. Bunda kerakli muolajalarsiz yangi tishlar qiyshiq bo'lib chiqishi mumkin.

Ildiz tishlari chiqishi qachongacha davom etadi?

Odatda 14 yoshga qadar ildiz tishlari chiqib bo'ladi.

Ildiz tishlari qanday tartibda almashadi?

Sut tishlari qanday tartibda chiqqan bo'lsa, ildiz tishlari huddi shunday tartibda ular bilan o'rin almashadi.

Qaysi hollarda stomatologga ko'rinish lozim?

Tishlar ustma-ust qiyshiq bo'lib chiqayotgan bo'lsa;
Bolaning daxani deformasiyalanayotgan bo'lsa;
Bolaning gapirishi g'alati bo'lib o'zgarib qolgan bo'lsa.
Ildiz tishlari chiqayotgan davrda ora-orada jarayonning sekinlashuvi ham kuzatiladi. Bunda organizm yangi tishlar uchun muhit va joy tayyorlayapti desak bo'ladi.

Ba'zida sut tishlari tushmay turib yangi tish chiqa boshlaydi. Bunda ba'zida stomatolog yordamida joyni bo'shatmayotgan sut tishini olib tashlash lozim, aks holda ildiz tishlari chiqa olmay qiyshiq o'sa boshlaydi.

Muhim tavsiya! Sut tishlari karies bo'lib og'riyotgan bo'lsa, ular tushib ketadi deb davolamasdan olib tashlash mumkin emas. Stomatologlarning ta'kidlashicha, sut tishlari vaqtli olib tashlanishi noto'g'ri. Shuning uchun ularni ham oddiy tish singari davolash kerak va ular o'z vaqtida ildiz tishlari tayyor bo'lganida tushgani ma'qul.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning terisi

Bolaning terisi kattalarnikidan farq qiladi, shuning uchun bolaning terisiga alohida ahamiyat berish lozim.

Birinchidan, bolada ter chiqaruvchi bezlar rivojlanmagan bo'ladi. Shuning uchun bola badanidan issiqlikni ter orqali emas, o'pkasi orqali chiqaradi. Quruq yoki issiq havo o'pka orqali badan issiqligini chiqarishga to'sqinlik qiladi va bolaning hali yaxshi rivojlanmagan ter bezlariga og'irilik tushib, bola terisiga ziyon yetadi.

Ikkinchidan, bola terisining eng yuqori qismi kattalarnikiga nisbatan ingichka bo'ladi. Shuning uchun arzimagan kimyoviy yoki mexanik ziyon bola terisiga qattiq ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Uchinchidan, bola terisi yog'lar (lipidlar)ga boy bo'ladi. Bu yog'lar kattalar uchun zararsiz bo'lgan moddalarni (kimyoviy poroshok, siydik, kal) bola terisida tez parchalab yallig'lanish oson hosil bo'lishiga olib keladi.

Bola terisining do'stlari:

1. Harorati 20 gradus atrofida, va namlik darajasi 50-70% bo'lgan xona;
2. Sifatli paxta tolasidan qilingan kiyim;
3. Yalong'och bo'lish - bola terisini toza havo bilan kontakt qildirish lozim;
4. Nam gigienik salfetkalar;

Bola terisining dushmanlari:

1. Quruq va issiq havo;
2. Siydik va najas;
3. Teri bilan munosabatda bo'lgan kimyoviy moddalar (kir yuvish vositalari, xlorli suv, sintetik kiyim, sifatsiz parvarish anjomlari);
4. Bola terisi uchun mo'ljallanmagan sovun;
5. Mexanik ziyon keltiruvchi omillar: kiyimga ishqalanish, gilamda emaklash, gigiyenaga rioya qilmaslik.

Krem, losyon, yog'larga kelsak, bu moddalarni ehtiyoj bo'lsagina ishlatish lozim, ya'ni qish kuni ko'chaga chiqmoqchi bo'lsangiz, albatta quruqdan saqlovchi maxsus kremni bola terisi ochiq qolgan joylariga surtib qo'ygan ma'qul. Bolaning terisi siydik va najas bilan doimiy kontaktda bo'lgan joylarni ham maxsus vositalar bilan parvarish qilish lozim.
Lekin ehtiyoj bo'lmaganda turli xil krem va losyonlardan foydalanish kerak emas. Yangi tug'ilgan chaqaloqni cho'miltirib bo'lgach oddiy sterillangan o'simlik(zaytun) yog'i bilan parvarish qilsa, yetarli bo'ladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning muloqot qila olmasligi - AUTIZM

Bola nutqi va tili rivojlanishida bolaning to'g'ri emotsional rivojlanishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Bola muloqot qilishni hoxlashi kerak. Lekin muloqotdan o'zini olib qochadigan bolalar uchrab turadi. Buning sababi ko'p va turlicha bo'lishi mumkin.

Masalan, yomon oila va atrof-muhit tarbiyasi, cho'chib ketish bilan bog'liq psixik shikast, bolaning oiladan birdan ajralishi, yoki kasalxonaga tushib yolg'izlanib qolishi, duduqlanish va boshqalar.

Bolaning muloqot qila olmasligi AUTIZM deb ataladi - bunda bola umuman "o'ziga kirib ketib", atrofdagilar bilan aloqa qilmaslikni istaydi. Bu holat bolada psixologik kasallik mavjudligidan dalolat beradi. Bunday bolalar muomala qilmaydilar, atrof-muhitga hech qanday qiziqish bildirmaydilar, qo'rquv ko'rsatkichlari bolada namoyon bo'lib turadi.

Autizm bolalari jismonan bitta harakatni qaytarib yurishni ma'qul ko'radilar. Ayrimlarida agressiya kuzatilsa, boshqalar esa aksincha judayam passivligi, befarqiligi bilan ajralib turadi.

Bolada kichikligidanoq autizm alomatlarini aniqlash mumkin:

1. Bunday bolalar kattalar bilan har qanday aloqadan o'zlarini olib qochadi, masalan, boshqa bolalar singari onasiga yopishmaydi.
2. Ko'zga tik qaray olmaydi.
3. Ko'z uchi bilan qarash odati ko'p kuzatiladi.
4. Tovushlarga reaksiya qilmaydi (buni ko'pincha bolada eshitish qobiliyati pasayishi bilan adashtirish mumkin).
5. Bola muloqot qilsa ham tabassum, kulgi, mimika kabi emotsiya qilolmaydi.
6. Bola uyqusi buzulgan bo'ladi.
7. Bola suhbat qilsa ham, boshqa tomonga qarab hech kim bilan gaplashmayotgandek o'zini tutadi.
8. Bola doim nimadandir qo'rqib turadi (oddiy chiroq ham qattiq qo'rquv sabachisi bo'lishi mumkin).
9. Xatar nima ekanligini ham bilmasligi mumkin. Masalan, mashina yo'liga chopib ketadi, baland joylarda sarkab o'zini otadi.
10.Bolada atrof bilan muloqot qilishga ichidagi kuchli qarshilik yo'l qo'ymaydi. Bola doim iltimos, talab va harakatlarga qarshilik ko'rsatgisi keladi.

Ko'pincha ota-onalar autizm alomatlarini anglay olmay bola erkalik qilyapti, shoxlik qilyapti, quloq solmayapti deb bolani kuch bilan tinchlantirmoqchi bo'ladi yoki bolaga qo'yilgan talablarni bajarish uchun jazolash usullarini ham qo'llaydi. Bunday muomala bola psixikasiga battar ta'sir ko'rsatib, bolaning psixologik holatini yanada og'irlashtirib yuboradi.

Bolada autizm alomatlarini sezsangiz, uni psixiatrga ko'rsating.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
👞👟Bola uchun birinchi poyabzalni qanday tanlash kerak?

Bolaning birinchi poyabzali chiroyli va ko‘rkam bo‘lishi bilan birga sifatli va qulay ham bo‘lishi kerak.

Bolaga birinchi poyabzalni qachon olish kerak?
Ba’zi mutaxassislar fikricha, bola o‘zining birinchi qadamlarini tashlamasdan turib unga oyoq kiyim kiydirishning hech qanday zarurati yo‘q. Shuning uchun bolaga birinchi oyoq kiyimni u bir-ikki qadam tashlay boshlagandan keyin sotib olishingiz mumkin.
Birinchi poyabzal qanday bo‘lishi kerak?
Oyoq kiyimning shakli qanday bo‘lishiga o‘zingiz qaror qiling. Lekin sifatiga kelganda, poyabzallarning biroz (5-15 mm) poshnasi bo‘lishi kerak. Bu poshnalar bolaning orqa tomonga yiqilish ehtimoliga yo‘l qo‘ymaslik uchun kerak. Bolalar poyabzalining tovonni mahkam ushlab turadigan va bolani tasodifiy shikastlanish xavflaridan saqlaydigan qattiq dastagi bo‘lishi kerak. Poyabzal ichida olinadigan yumshoq patak bo‘lishi kerak. Kerak bo‘lganda bu odatdagi patakni supinatorli maxsus patakka almashtirish mumkin. Tag charmi egiluvchan va juda yupqa bo‘lishi lozim. Poyabzal aniq o‘lchamda olinishi, ya’ni bolaning oyog‘i uning ichida “o‘ynab” turmasligi kerak.
Bolaga ortopedik poyabzal kerakmi?
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ortopedik poyabzal faqat kasal odamlar uchun mo‘ljallangan.
Onalarga “ortopedik poyabzal” deb sotiladigan oyoq kiyimlar ko‘pchilik hollarda hamma talablarga (tabiiy charm, tumshug‘i keng, tovoni qattiq va h.k.) javob beradigan va haqiqatan ham ichiga bolalar yassioyoqligida yordam beruvchi maxsus supinator-pataklar qo‘yilgan bo‘ladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Go‘dakda qabziyat yoxud ich qotishi

Ich qotishi (qabziyat) chaqaloq hayotining ilk oylarida ko‘p uchraydi. Ba’zan go‘dakning ikki-uch kunlab ichi kelmasligi mumkin. Qabziyatda bolaning ichi qattiq va quruq bo‘ladi. Shunda go‘dak juda bezovtalanadi, kuchanib-tirishib yig‘laydi, terlab holsizlanadi. Agar ich qotishi muntazam davom etsa, ahvoli yomonlashadi. Ya’ni axlatning qattiqligi tufayli to‘g‘ri ichakning shilliq qavati jarohatlanadi.

Go‘dakda qabziyat kuzatilishiga sabab nima?

Chaqaloqlarda ich qotishining bir necha xil sabablari bor:

🍀Bolani noto‘g‘ri ovqatlantirish (masalan, noto‘g‘ri emizish) ko‘pincha qabziyatni keltirib chiqaradi. Chunki go‘dakka ko‘krak uchi to‘g‘ri tutilmasa u emish jarayonida tez charchab qoladi va o‘ziga yetarli bo‘lgan ozuqani ololmaydi.

🍀Aksariyat onalar bolani emizish bilan birgalikda qo‘shimcha ovqatlarni so‘rg‘ichlar yordamida berishadi. Bu vaqtda so‘rg‘ich orqali o‘tgan infeksiya ichaklar mikroflorasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada mikroflora buzilgani uchun me’dadagi oziq moddalar parchalanmaydi va yetarlicha so‘rilmaydi. Shundan so‘ng bolada ich qotadi.

🍀 Go‘dak organizmiga turli yo‘llar (masalan, toza bo‘lmagan so‘rg‘ich, emizishdan oldin ko‘krak uchini yuvmaslik, qo‘shimcha ovqat beriladigan idishning iflosligi) bilan kiradigan infeksiya rivojlanib, ichaklarni yallig‘lantiradi. Bu esa chaqaloqlarda surunkali ich qotishini keltirib chiqaradi.

🍀Ba’zan ichaklardagi infeksiya asorat qoldirib, ichak atoniyasi kelib chiqadi va natijada surunkali qabziyat rivojlanadi.

🍀Chaqaloqning old qorin mushaklari yaxshi rivojlanmaganligi tufayli u kuchanishga qiynaladi. Natijada tabiiy ravishda bolaning ichaklarida gaz yig‘iladi va ich yurishishi qiyinlashadi.

🍀Bundan tashqari bolaning qorni to‘ymasa ham ichi qotadi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️BOLALAR MUROJAATI!

Qabrlarni ko‘paytirmang, iltimos!

Sizdan bir iltimos shoshmang akalar,
Sekinroq miningiz temir ulovni.
Oh, bevaqt ayriliq og‘ir qanchalar,
Qabri do‘ppaymasin hech bitta jonni.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu mulohazani ko'proq ayollarimiz eshitsin, yoshu-qari barcha millatimiz ayollariga taalluqli.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Stafilokokk mavjud bo‘lganda bolani emizish mumkinmi?

Agar ona tekshiruvdan o‘tganida ko‘p miqdorda stafilokokk mavjudligi aniqlansa va bu paytda bolada kasallikning klinik belgilari yuzaga kelgan bo‘lsa, vaqtinchalik emizmay turgan ma’qul. Lekin buni malakali mutaxassis tegishli tekshiruvlardan o‘tgachgina aniq belgilashi mumkin.
Lekin ba’zida shunday vaziyatlar ham uchraydiki, onada stafilokokk bor, ko‘krak uchida yorilishlar ham mavjud, bola esa o‘zini yaxshi his qiladi. Ya’ni ayolda stafilokokk infeksiya bo‘lsa va bola o‘zini noxush his qilsa, birinchi galda go‘dakni pediatr-shifokor ko‘rigiga olib borish lozim. Agar uning ahvoliga boshqa omillar turtk bergan bo‘lsa, shifokor ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilab, davo usul va vositalarini tavsiya etadi.
Ona suti orqali bolaga yuqadimi?
Agar ona ko‘kragida yallig‘lanish jarayonlari bo‘lsa, bu ko‘krakda yoriqlar paydo bo‘lganda bolani sun’iy oziqlantirishga o‘tish kerak degani emas. Stafilokokk ona organizmidan sut orqali bolaga o‘tmaydi. U ko‘krakning yallig‘langan yoriqlaridan go‘dak organizmiga tushadi. Shuning uchun birinchi galda shu sababni davolash kerak. U esa odatda bolani noto‘g‘ri emizish tufayli yuzaga keladi. Davolanishni bolaga ko‘krakni to‘g‘ri tutishni o‘rganishdan boshlang!
Ona sutida stafilokokk bo‘lsa…
Amaliyotda shu paytgacha emizganlik uchun bolaga ona suti orqali stafilokokk o‘tib, unda qandaydir jiddiy kasallik boshlangani kuzatilmagan. Bolaning betoblanishiga mazkur infeksiyaning boshqa qo‘shimcha manbaasi va go‘dak organizmining umumiy holsizligi sabab bo‘ladi. Ona sutida kam miqdorda stafilokokk bo‘lsa, bu bolani emishdan mahrum etish kerak, degani emas.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
Ijtimoiy so'rovnoma

Farzandingizni nima orqali katta qilgansiz?
Anonymous Poll
70%
Beshik
30%
Belanchak
Turli xil chiroyli usullarda tayyorlangan buterbrod.

Bolajonlarga yoqishi aniq. Onajonlar erinmasdan bolangizga shunday usulda tayyorlab bering!

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi