BOLAJON PARVARISHI
7.42K subscribers
396 photos
148 videos
5 files
338 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi tug‘ilayotgan chaqaloqlar😁

Nimagadir tug‘ilishi bilan atrofdagilarga gumon bilan qarayapti.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
👶🏻 Bolalar nega kech gapiradi?

— Bolalar odatda 1-2 yoshdan gapirishni boshlaydi. Ammo, ba‘zi bolalar 3-4 yoshga yetsa ham gapirmaydilar. Bunga sabab, jismoniy yoki ruhiy zoʻriqishlar boʻlishi, bola bilan gaplashmaslik, oiladagi ba‘zi shovqinli holatlar va boshqa shu kabi e‘tiborsizlik hamda salbiy sabablar boʻlishi mumkin.

— Bolaning tili chiqmagan boʻlsa ham unga gapiring, u bilan gaplashing. Bola sizni sal boʻlsada tushunadi, albatta. Agar sizga ma‘qul kelsa, bolangiz bilan muhim mavzularda suhbat quring.

— Shuningdek, u bilan birga harakatli oʻyinlar oʻynang, aqlni charhlovchi oʻyinchoqlar bilan uni qiziqtiring. Eng kamida u bilan bir kunda 15-35 daqiqa shu kabi mashgʻulotlar oʻtkazing.

— Agar, biz bergan maslahat va tavsiyalar samara bermasa, uni iloji boricha tezroq bolalar shifokoriga koʻrsating. Iloji boʻlsa, bolalar psixoligiga ham olib borsangiz, yaxshi boʻladi

Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Plastilindan yoqimtoy "Cheburashka" yasaymiz

✂️Bolajoningiz bilan birgalikda albatta bajarib ko'ring

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
Ko‘krak suti kamayishi sabablari

Ko'krak suti yetmaganda nima qilish kerak, degan savolga ko'p maslahat bersa bo'ladi. Ba'zida esa oddiygina savolga javob muammo yechimiga aylanadi.

Bu savol: Emizishga vaqtingiz bormi?
Albatta bor, deydi ko'pchilik. Bolani ovqatlanishi uchun vaqtingiz bordur, lekin emizish deganda bolaning ovqatlanishini tushunmang.
Bola onani emishi bu nafaqat ovqatlanish, balki bolaning onasini bag'riga to'yishi, onasini mehrini olishi, onasi bilan suhbatlashishi, onasi allalashini eshitishi, onasiga qarashi va boshqa shu kabi vaziyatlarni o'z ichiga oladigan psixologik holatdir.
Qorni to'q bola injiq bo'lishini ko'rgansizku? Hozirgina emizdim, nega yana yig'layapti, deysiz. Aslida uni ovqatga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaganingiz bilan, sizga, bag'ringizga, qo'llaringizga, ko'zlaringizga bo'lgan ehtiyojini hali to'ydirishga ulgurmagan bo'lasiz. U yana emishni istagandek sizga talpinadi. Yana emizing.
Ovqat yeyishi uchun emas, sizga to'yib olishi uchun emizing. Ona suti shunday ajoyibki, bolaning ehtiyojiga qarab uning tarkibi o'zgaradi. Ya'ni qorni och bola emayotganda kuchli so'rishi natijasida yog'liq sutni olsa, shunchaki mehrga to'yishni istayotgan bo'la sekin-sekin so'rib oldi sut, ya'ni yog'siz sutni ichadi.
Olti oygacha ona emizish uchun kunining deyarli 70 foizini ajratishi lozim. Agar uy ishlari kutib turgan bo'lsa, u holda uydagilarga tushuntiring. Ularga qorni to'q, mehrga to'yib o'sayotgan bola yaxshimi, yoki bolani yetarlicha emazmay onada sut kamayib borib bola uchun qo'shimcha aralashmaga pul ketqazib injiq bolani katta qilish afzalmi?
Agar ona suti kamaymasdan, bola tiniqib katta bo'lishi muhim bo'lsa u holda emizikli onaga sharoit yaratib berish kerak.
1. Bolani hech qachon biron ish qilish oldidan shoshib emizmang. Shoshayotgan onani bola sezadi va qo'yib yuborishni istamaydi.
2. Bolani alohida tinch joyda emizishga odatlaning. Birov bilan gaplashib yoki telefonga qarab emizsangiz, bola mehringiz va e'tiboringizga yetarlicha to'yib ololmaydi va yarim soat o'tmay yana emgisi kelib qoladi.
3. Bolani vaqtga qarab emizmang. Qachon emizishni bilish uchun eng yaxshi ko'rsatkich, bolaning ehtiyoji. Ba'zi kunlar bo'ladiki, bola xuddi tinmay ko'krakni so'ragandek tuyuladi. Ana shu kunlar bolaga ko'krakni ko'p tutqazadigan vaqtdir. Bu davrda ona ko'kragida sut kamaygan bo'lib, bola uni ko'paytirish maqsadida ko'p so'radi. So'rish ko'paygan sari sut ishlab chiqarilish hajmi ham ko'paya boshlaydi.
4. Emizishni ishlar orasida emas, ishlarni emizish orasida qiling. Bolaning 6 oyiga to'lguniga qadar sizning eng muhim ishingiz bolani bag'ringizga olib o'tirish.
5. Emizish jarayoniga soat poylab yodnashmang. Emizishga o'tirdingizmi, hamma ishni unuting. Endi butun vujudingiz bilan bolaga o'zingizni qarating.
6. Emizishni muammo deb bilmang. Qo'rquv va asabiylashish sutni qochirib yuboradi.
7. Bolaning 6 oygacha bo'lgan davrida o'zingizni urintirmang. Charchov sutni kamaytirib yuboradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉@Pediatric_uz
Bolani emizish ona sogʻligʻida qanday ahamiyatga ega?

— Bu ona sogʻligʻi uchun ham katta foyda keltiradi. Avvalo, ketma-ket homiladorlikning oldi olinadi. Onaning koʻkrak va bachadon saratoni, artrit va yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimoli kamayadi, shuningdek, emizikli ona ortiqcha vaznini tez yoʻqotadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining taʼkidlashicha, koʻkrak sutining yoʻqligi yoki uning yetishmasligi shunchaki bolani koʻkrakka notoʻgʻri tutish va muntazam emizmaslik oqibati, xolos. Laktatsiyasiz, yaʼni sut kelmaydigan onalar boʻlmaydi (95 foiz ayollarda koʻkrak suti meʼyorda ishlab chiqiladi).

❗️Ayolning ruhiy ahvoli yaxshi boʻlsa, oilada sogʻlom muhit oʻrnatilsa, ona suti kelishida muammolar boʻlmaydi, aksincha, turli stress, charchoq onada sut hosil boʻlishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
6 oylik bola ovqatlanishi: qo'shimcha ovqat berish

Ko'krak suti yoki smesdan tashqari 6 oylik bolaga qo'shimcha ovqat berish mumkin va kerak.

Bolaning oshqozoni yangi taomlarga o'rganmagani uchun, bu yerda asta-sekinlik va ma'lum bir bosqichlardan o'tish talab etiladi.

6 oylik bola qanday ovqatlanishi mumkin:
Nimadan boshlaymiz:
-Banan;
-Guruchli kasha;
-Nok;
-O'zingiz tayyorlagan olma sharbati.
Taomlarning holati:
-Yaxshilab ezilgan, pyure shaklida qoshiq uchida beriladi.

Bolaga qo'shimcha ovqat berishda eng asosiy qoida bu shoshilmaslik.

Har bir yangi mahsulotni qo'shishni boshlaganingizda kuzating. Bolada unga nisbatan allergiya yoki ichi buzulish holati kuzatilmasa, sekin-sekin porsiyani oshirish mumkin.

Bir-ikki haftalardan so'ng ikkinchi mahsulotni berib ko'ring.
Bunda ham biroz kuzatib, keyin porsiya miqdorini oshirishingiz mumkin.

❗️Mahsulotlar yangi va yaxshilab yuvilgan bo'lishi lozim.

Kattalar ovqatidan hali bermay turing. Bolaga yoqib albatta iste'mol qilishi mumkin, lekin uning oshqozoniga bu katta yuk bo'lib, bola kuchi va energiyasi butunlay o'sha ovqatni hazm qilish uchun ketib qoladi. 6-oylik bolaning oshqozoni va ichaklari kattalar ovqatini hazm qilishga tayyor bo‘lmaydi!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
O'sib-ulg'ayotgan bolajonlar uchun ota-ona mehri juda muhim!

Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
Chaqaloqlarda issiqlik toshmalarini oldini olish

Chaqaloqlarda issiqlik toshmasi xavfini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiyalarga rioya qilish lozim.

▪️Chaqaloqlarni mavsumga va ob-havoga moslab kiyintiring. Issiq kunlarda ularni adyol yoki issiq matolarga o'rash shart emas.
▪️Chaqaloqlarga kiyim tanlashda paxta matosidan tayyorlangan, keng va teri nafas oladigan kiyimlarni tanlang.
▪️Chaqaloqlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tushadigan quyosh nurlaridan uzoqroq tuting.
▪️Issiq havoda chaqaloqlarni 22-25 °C haroratli salqin joyda saqlang. Yoz oylarida oʻta issiq havo kuzatilsa, konditsionerdan foydalanib xonani salqinlatish mumkin.
▪️Chaqaloqlarni isitish moslamalari yoki boshqa issiqlik chiqadigan manbalar yaqinidan uzoqroq saqlang.
▪️Ortiqcha terlash holatlarini kuzatib boring. Agar chaqaloq terisi qizarib ketsa yoki terlayotgan boʻlsa, salqin joyga o'tqazing va terisini quruq saqlang.
▪️ Issiqlik toshmalarini oldini olishning yana bir usuli chaqaloqni kuniga 1-2 marta qoraqiz o'tli dengiz tuzi solingan suvda cho'miltirish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔰Bolani jazirama issiqdan asrang!

Issiq yoz kunlarida bolaning kuni bilan quyosh nurlari ostida o'ynab yurishi juda xavflidir. Olimlarning ta'kidlashicha, kunduzgi soat 11:00 dan soat 15:00 gacha quyosh nurlari odam teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, bolalarda esa bu ta'sir yanada kuchliroq namoyon bo'ladi. Lekin aynan yozda bolalar ko'chadan uyga kirishni istamaydilar...

Issiq yoz kunlarida bolani zararli quyosh nurlaridan asrash yo'llari

☑️1. Bolani quyosh nurlari eng zararli bo'lgan payt 11:00 dan 15:00 gacha ko'chaga o'ynagani chiqarmang. Shu vaqt oralig'ida biron joyga borishi kerak bo'lsa, soya joylardan yurishga harakat qiling.

☑️2. Issiq yoz kunlarida bolaga tez-tez suyuqlik ichirib turing. Bola suv so'ramagan holda ham unga qaynatilgan suv berib turing. Sharbat va limonadlar chanqoqni bosmaydi, gazlangan yoki mineral suv ayni muddao.

☑️3. Bolani kiyimiga ahamiyat bering. Yoz kunlarida bola tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimda yurishi kerak. Eng yaxshisi - bu paxta tolalaridan qilingan kiyim-kechaklar. Sintetik matolar issiqdan terlayotgan bola terisida yoqimsiz qo'zg'atishni yuzaga keltirishi mumkin.

☑️4. Bolaning oyoq kiyimi ham qulay va tabiiy materiallardan tayyorlangan bo'lishi kerak. Bolaga orqasi ochiq "shap-shap" olib bermang. Birinchidan, bu o'sayotgan oyoqlarni deformatsiyasiga olib keladi, ikkinchidan, bolaning yurishi palapartish bo'lib ketadi. Ko'pincha bolalar o'yin davomida bunday payafzalni tushirib yuboraveradilar. Oyoq kiyim sandal ko'rinishida bo'lishi eng yaxshi tanlov.

☑️5. Basseyn yoki dengizga cho'milishga borayotganingizda bolaga albatta quyosh nurlaridan himoyalovchi maxsus krem (SPF) surishni unutmang. Bolaning teri juda nozik bo'lgani uchun aynan yoshiga moslab krem olish kerak. Kattalarning kremi mos kelmaydi. Suvga tushib chiqqandan so'ng ham vaqti-vaqti bialn badaniga krem surib turish kerakligi haqida unutmang. Undan tashqari quyosh nurlari keng tarqalgan dengiz va basseyn atrofida bola boshiga yengil bosh kiyim kiyg'azib qo'ying.

☑️6. Ba'zi ota-onalar farzandiga quyosh nurlariga qarshi ko'zoynak olib beradilar. Aslida ko'chada sotiladigan oynalari to'q ranglik arzon ko'zoynaklar bola ko'zlarini quyosh nurlaridan himoya qilmaydi. U shunchaki o'yinchoq. Aksincha, bola to'q rangdagi oyna orqali qarash davomida qorachig'i kengayadi, natijada quyoshning nurlari ko'zga yanada kengroq darajada ziyon yetkazadi.

Agar farzandingiz haqiqatan ko'zoynak taqishni istab, uni o'yinchoq sifatida qabul qilmaydigan yoshda bo'lsa, u holda unga haqiqiy quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ko'zoynak olib berishingiz mumkin. Bunday ko'zoynaklarda UVA, UVB nurlaridan 60%-100% himoya qilish haqida ma'lumot bo'lib, ularning narxi ham ancha baland bo'ladi.

☑️7. Terlab turgan bola bilan konditsioner yoqilgan xonaga kirmaslikka harakat qiling. Bola tez shamollab qolishi mumkin.

☑️8. Istmalayotgan bolani issiq kunda terlamasligiga e'tibor bering. Tana harorati ko'tarilgan bola organizmi issiqda yanada qiynaladi.

☑️9. Yoz kunlarida bolani yeyayotgan ovqatiga nihoyatda e'tiborli bo'ling. Dizenteriya ko'pincha yozda tarqaladi. Meva va sabzavotlar muzlatgichda saqlanishi, ovqat faqat yangi bo'lishini ta'minlang. Bola eskirgan achigan narsalarni yeb qo'yishidan ehtiyot bo'ling. Ovqat yeyishdan oldin, albatta qo'l yuvish kerakligini unutmang.

☑️10. Bolaning issiqda ichi ketishiga ahamiyat bering. Ba'zida ichburug' jiddiy kasallik alomati bo'lishi mumkin.

Farzandingiz o'ziga zarar keltrimagan holda yoz kunlarida mazza qilib dam olishi uchun siz sharoit yaratib bering.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Qanday mavzularda postlar bo'lishini xohlaysiz? Kommentda yozib qoldiring.
Liqildoq bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javoblar!

Normada katta liqildoq qachon bitishi kerak?
☑️Katta liqildoq normada 1 yoshgacha bitishi kerak!

Katta liqildoq o‘lchami qancha bo‘ladi?
☑️Katta liqildoq romb shaklida bo‘lib, o‘lchami 2x2sm dan 3x3 smgacha bo‘ladi.

Chaqaloq katta liqildoqni bitib tug‘ulishiga sabab nima?
☑️Homiladorlik paytida ona organizmida Ca ni ko‘p bo‘lishi hisobiga.

Nima uchun katta liqildoq 1 yoshdan keyin ham bitmasligi mumkin?
☑️Bunga asosiy sabab bola organizmidagi Ca yetishmovchiligi.

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda katta liqildoqning kichik bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat mikrosefaliya yoki kraniostenozdan dalolat berishi mumkin.(Nevropatolog ko‘rigi zarur)

Katta liqildoqning shishib chiqishi yoki unda pulsatsiya(tomir urishi)ning bo‘lishi nimadan dalolat beradi?
☑️Yuqoridagi holat gidrosefaliya, gematoma va intrakranial gipertenziya(cherepnoy davleniya)dan dalolat berishi mumkin.

Katta liqildoqning ichiga botib kirishi nimadan dalolat beradi?
☑️Ko‘pincha ich ketishidan keyin rivojlanadigan degidratatsiya(suvsizlanish) borligidan dalolat berishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
Bolalarda kamqonlik

Hozirgi kunga kelib ekologik muhitning yomonlashuvi, kundalik iste’mol qilinayotgan mahsulotlarda kerakli darmondorilarning yetishmasligi natijasida bir qancha kasalliklaryuzaga kelmoqda.

Bugun ana shunday kasalliklardan biri bo‘lgan kamqonlik ya’ni, anemiya haqida to‘xtalmoqchimiz. Qon tarkibidagi gemoglobin miqdorining pasayib ketishi kamqonlik kasalligiga sababbo‘ladi. Miyaga kislorod yetkazib berish esa aynan qondagi gemoglobinning asosiy vazifasidir. Bu kasallik bilan og‘rigan bemorlarda turli infeksion xastaliklarga chalinish xavfi yuqoribo‘lib, uni tezda bartaraf etish qobiliyati past bo‘ladi. Qon tarkibida organizmning hayotiy o‘sib rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan oziq moddalar mavjud.

Kamqonlik (anemiya)ga chalinmaslik uchun qondagi gemoglobin miqdorining me’yorda bo‘lishiga ahamiyat bering hamda kundalik taomnomangizni temir moddasiga boy bo‘lgan mahsulotlar bilan boyiting.

Ushbu kasallik bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bemor bolalar o‘z tengdoshlaridan aqliy qobiliyati past­ligi sababli ortda qola boshlaydi. Kamqonlik bolaning dars jarayonida vazifalarni yaxshi o‘zlashtira olmasligi, uyquchanlik, xotiraning pasayishi, tez kasallikka chalinishi, bosh og‘rig‘i va boshqa shu kabi ko‘rinishlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Bolalarda kamqonlik kasalligini tezda aniqlash va uni vaqtida davolash zarur. Ularning o‘z vaqtida ovqatlanishi, vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilishi kelajakda sog‘lom bo‘lib voyaga yetishini ta’minlaydi.

Shuningdek, kamqonlik kasalligi ayollarda homilaning normal yetilishiga va sog‘lom rivojlanishiga ta’sir etib, tug‘ish paytida kuzatiladigan asoratlarning ko‘payishiga olib keladi. Bundan tashqari, temir tanqisligi, ya’ni kamqonlik aniqlangan ona tug‘ilajak farzandiga yetarli miqdorda temir zahirasini bera olmaydi. Oqibatda chaqaloq ruhiy va jismoniy rivojlanishdan ortda qoladi.

Kamqonlikning belgilari quyidagilar:

Terining quruqlashishi, og‘iz burchagining va tovonning yorilishi, sochning tez sinishi va to‘kilishi, tishlarning mo‘rt bo‘lib yemirilishi, tirnoqlarning yup­qalashishi, ko‘chishi va sinishi, tirnoq shaklining o‘zgarishi, hid sezishda (quruq yerdan suv sepilganda chiqadigin hid, shuningdek, kerosin, benzin, tamaki, mashina motoridan chiqadigan hidlarni yoqtirish) va ta’m bilishda (kesak, gilvata, choy shamasi, xom go‘sht, makaron, guruch yeyishga moyillik) kabi o‘zgarishlar kuzatiladi.

Temir moddasi tabiiy holda oziq-ovqatlar tarkibida yetarlicha mavjud. Faqat temir moddasini ko‘p tutadigan va insonga zarur bo‘ladigan oziq-ovqatlardan yetarli miqdorda yoshlikdan boshlab, uzluksiz iste’mol qilinsa bo‘lgani.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaga qo'shimcha ovqat berish bilan bog'liq muammolar

Ba'zi bolalar qo'shimcha ovqatga tez o'rganishsa, ba'zilari ko'krak suti yoki smesdan boshqa hech narsani yeyishni istamaydilar. Qo'shimcha ovqat odatda bolaning 6 oyidan boshlab beriladi, lekin bola buni istamasa-chi?
U holda shoshilmaslik ayni muddao. Aslida 1 yoshgacha bola o'ziga kerakli barcha vitamin va mikroelementlarni ko'krak sutidan yoki smesdan kerakligicha oladi.
Shuning uchun bola yaxshi rivojlanib, vazni kerakligicha oshib, o'zini yaxshi his qilayotgan bo'lib, qo'shimcha ovqatdan bosh tortsa, bundan havotir olmang. Demak hali erta. Vaqti kelib, albatta qo'shimcha ovqat yeyish istagi paydo bo'ladi.
Lekin kuch bilan bola istamagan holda unga qo'shimcha ovqat yedirish jismonan ham, ruhan ham bolaga hech qanday foyda keltirmaydi.
Olti oyda yeyishni istamayotgan bo'lsa, ozgina vaqt kutib keyin yana harakat qilib ko'ring. Ba'zi bolalar meva yeyishni hush ko'rsalar, ba'zilari sabzi va kartoshka kabi sabzavotlarni hush ko'radilar.

❗️Qo'shimcha ovqat berishda eng muhim tamoyil - bu shoshmaslik.

Siz tayyorlagan taom bolaga yoqmagan bo'lsa, demak uni didini topa olmadingiz. Boshqa mahsulotdan harakat qilib ko'ring.
Eng asosiysi, qo'shimcha ovqat asta-sekinlik bilan bola ratsioniga kiritilib, har bir yangi mahsulot berilish intervali 1-2 haftani tashkil etishi lozim.

Olti oylarda kuniga bir-ikki qoshiq yeyilgan sabzavot yoki mevali pyure bola uchun yetarli bo'lishi ham mumkin. Zo'rlamang. Vaqti kelib o'zi sizni qo'ymay meva berishingizni talab qilib yuradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
😴 🌙 Uyqu va uning bolalar salomatligi va rivojlanishidagi ahamiyati

1️⃣ Oʻsish va rivojlanish. Uxlash vaqtida bolaning tanasi faol oʻsadi va tiklanadi. Oʻsish gormonlari koʻp miqdorda ishlab chiqariladi va bu tananing va miyaning rivojlanishiga yordam beradi.

2️⃣ Immunitet tizimini mustahkamlaydi. Uyqu paytida immunitet kuchayadi va infeksiyalarga qarshi kurashadi. Muntazam uxlayotgan bolalar kamroq kasal boʻlib, kasallikdan tezroq tuzalib ketadi.

3️⃣ Emotsional holatni qoʻllab-quvvatlash. Kutish sizning kayfiyatingizni yaxshilashga va hissiy stressni yengishga yordam beradi. Yetarlicha uxlagan bolalar tinchroq, diqqatini jamlaydi va his-tuygʻularini boshqarishga qodir.

Farzandlaringizga muntazam uyqu jadvalini tuzishga, qulay uyqu muhitini yaratishga yordam bering va ularning yoshiga qarab yetarli soat uxlashlariga ishonch hosil qiling. Sogʻlom uyqu — salomatlik va muvaffaqiyatli rivojlanishning kalitidir!

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning tezroq ravon gapirishi uchun  - pediatr maslahatlari

Buning uchun: Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.

Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o‘tgach u bilan  og‘izni cho‘chchaytirib "shiringina" gapirishning foydasi yo‘q.

Bolaning ko‘zlariga qarab gapiring. Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo‘l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.

Bolaga ko‘p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning.

Bolaga ko‘p ertak o‘qing.
Kitobdagi yangi so‘z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Uch oygacha bo'lgan chaqaloqlarga mos o'yinchoqlar

Bu davrda bola ko'radi va eshitadi. Shu qobiliyatlarga yarasha o'yinchoq tanlaymiz.

1. Yoqimli klassik musiqa. Bu yoshda bolaning eng sevimli o'yinchoqlaridan biri bo'la oladi.

2. Shiqildoq o'yinchoqlar. Ochiq bozorlada sotiladiganlari to'g'ri kelmaydi, ularda zaharli moddalar bo'lishi mumkin. Bola esa uni og'ziga soladi. O'yinchoqlarni bolalar uchun maxsus do'konlarda olish lozim.

3. Osma o'yinchoq. Karavotning yoki beshikning bosh qismida rangi oq-qora bo'lgan osma o'yinchoq bolaning diqqatini oladi. Uch oyga qadar o'yinchoq qora-oq rangda bo'lib, uch oydan so'ng rang-barang bo'lgani ma'qul.

4. Sinmas ko'zgu. Bola bu davrda hali ko'zguda o'zi ekanligini anglay olmasa-da, uch oyga yetguniga qadar u ko'zgudagi aksi bilan "muloqot" qilib, unga tabassum qilishini sezishingiz mumkin bo'ladi.

5. Yorqin naqshga ega bo'lgan yumshoq matodan yasalgan kitobchalar. Bola qornida yotgan holida ularni tomosha qilishga odatlanib qoladi.

6. O'yinchoqlik-shiqildoqlik bilaguzuklar. Bola qo'lini harakatlantirganida bilagidagi rangbarang o'yinchoqlar tovush chiqarib uni xursand qiladi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
#audio_ertaklar

🎶Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering

Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi