BOLAJON PARVARISHI
7.46K subscribers
401 photos
149 videos
5 files
343 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolajonlar uchun qiziqarli jamoaviy o'yin!

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi
#Ertak

Kunlardan bir kun Xorazm yurtining podshohi mamlakatda eng chiroyli so‘z aytish bahsini o‘tkazmoqchi bo‘libdi. O‘sha kundan boshlab chiroyli so‘z, go‘zal so‘z degan gaplar odamlarning og‘zidan tushmay qolibdi. Ana shu gaplar bahsga aylanib, katta bir kengash o‘tkazilibdi. Kengash butun mamlakatga e’lon qilingan ekan. Bir dehqon yigit men ham qatnashay, sovringa ega bo‘lsam, bir qo‘shho‘kiz olardim, deya niyat qilibdi. Shohona darvoza oldiga kelib, qo‘lidagi o‘roq, yelkasidagi ketmonni yerga qo‘yib, „Bismilloh“, deb ichkari kirib, safga qo‘shilibdi. Bahs avjiga chiqqan ekan.
O‘z taxtida bahslarni kuzatib, tantana bilan o‘tirgan shohga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, ta’zim qilib salom yo‘llabdi. Bahsni saroy a’yonlari baholab o‘tirishar ekan. Shunda bahsda qatnashayotgan bir kishi o‘rnidan turib:
– Yomonlik qilma! Yomonlik ketidan yomonlik keladi, – degan gaplarni aytibdi. Qilni qirq yoradigan hakamlar qarsak chalib olqishlashibdi. Shoh ham qarsak chalibdi.
Navbat dehqon yigitga kelibdi.
– Yaxshilik qil! Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi, – deb qo‘lini ko‘ksiga qo‘yibdi. Atrofdagilar qarsak chalishibdi. Shoh esa o‘rnidan turib qarsak chalibdi.
– Shohanshohim, – deb so‘rabdi hakamlardan biri. – Birinchi ishtirokchi o‘z so‘zini aytganida yengilgina qarsak chaldingiz, ikkinchi qatnashchi so‘zini aytganida esa o‘rningizdan turib ketdingiz. Sabab ne? Buni biz – ha-kamlarga ayting, – debdi.
– Aslida ikkovlari ham foydali so‘zni aytishdi, lekin birinchisi „yomonlik“ deyishi bilan negadir qalbim muzlab ketgandek bo‘ldi. Ikkinchisi yaxshilik degan so‘zni aytishi bilan qalbimdagi muz erib ketgandek bo‘ldi. Shuning uchun o‘rnimdan turib qarsak chaldim. To‘g‘ri so‘zni, chiroyli so‘zni yoqimli qilib aytgani uchun birinchi sovrin shu dehqon yigitga berilsin, –deb farmon beribdi.

© Xudoyberdi To‘xtaboyev

📚 Hamkor kanal👉@Bolajonbooks
Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
🍎 Olma pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• olma - 3 dona.
• suv - 250 ml.

Tayyorlanishi:
1. Olmalarni yuving, so'ng qobig'ini tozalang, oʻzakni olib tashlang va kub shaklida kesing.
2. Tug'ralgan olma boʻlaklarini qaynoq suvga soling, yumshoq bo'lgunga qadar taxminan 20 daqiqa davomida past olovda qaynating.
3. Tayyor olma boʻlaklarini suzgichdan o'tkazing, blender bilan pyure qilishingiz ham mumkin.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Faqat bolajonlar qilishi mumkin bo'lgan ajabtovur ishlar😁

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Emizish davrining muvaffaqiyatli oʻtishi uchun qanday qoidalarga amal qilish kerak?

▪️Birinchidan, bola tugʻilishi bilan ilk yarim soat ichida bolani emizish kerak. Tugʻruq majmualarida bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratiladi. Ona-bola uyiga qaytgach, bolani koʻkrak suti bilan oziqlantirish jarayonini kuzatish, bu borada onaga maslahat va tavsiyalar berib borish patronaj hamshiralar zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklaydi. Buning uchun siz, patronaj hamshiralar quyidagi muhim qoidalarni bilishingiz shart:

▪️chaqaloqni soatga qarab emas, chaqaloq talab qilganda (tez-tez) emizish kerak;

▪️yangi tugʻilgan chaqaloqlarni 3-3,5 soat oraliqda oziqlantirishni amalga oshirish murakkab. Chaqaloqning oshqozon hajmi tez-tez va kam miqdorda ozuqa qabul qilishga moslashgan, bir vaqtning oʻzida 150-200 ml. sutni qabul qilishi fiziologik toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun yangi tugʻilgan chaqaloq birinchi oylarda koʻkrakni tez-tez, kecha-kunduz davomida 10-15-martagacha talab qiladi;

▪️ona va bola doimo birga boʻlishini tavsiya qiling. Ona taftini his qilib uxlash bola ruhiyati uchun juda foydali. Bu ona suti yaxshi ishlab chiqilishiga ham katta yordam boʻladi. Emizish paytida, bir-biriga yaqin ikkita inson oʻrtasida emotsional aloqa oʻrnatiladi, bu goʻdakka himoyalanganlik, qulaylik va xotirjamlik hissini baxsh etadi. Agar bola haftasiga taxminan 150 gramm vazn yigʻayotgan boʻlsa, bu uning koʻkrakni meʼyorida emayotgani belgisi deyish mumkin.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Audio
#audio_ertaklar

Donishmand qozi

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
🥕 Sabzi-o'rik pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• sabzi - 1 dona.
• o'rik - 4 dona.
• o'simlik moyi - 1 choy qoshiq.

Tayyorlanishi:
1. Tozalangan sabzini bo'laklarga bo'ling va qaynoq suv solingan idishga soling va yumshoq bo'lgunga qadar 10 daqiqa davomida past olovda qaynating.
2. Suvni to'kib tashlang va to'g'ralgan o'riklarni ham qo'shing (agar siz quritilgan o'rikdan foydalansangiz, sabzi qaynatilgandan keyin 5 daqiqadan so'ng qo'shing).
3. Bir choy qoshiq o'simlik yog'ini qo'shing va blender yordamida masalliqlarni pyure holatiga keltiring.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Kichkina bolangiz bo‘lsa, "yo‘q" so‘zini kundalik hayotingizda ishlatadigan so‘zlar qatoridan chiqarib tashlang!

▪️ Bolalar juda tinmas. Ularga “yo‘q” desang, darrov xafa bo‘lishadi.
▪️ Shunday ekan, "yo‘q" demang!
▪️ “Ha, lekin...” deyishga odatlaning.
▪️ Farzandingiz sizdan qilishni xohlamagan narsani qilishni so‘rasa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad qilmang.
▪️ Shunchaki ayting: "Yaxshi, lekin siz avval uy vazifasini bajarishi kerak" ligini tushuntirishingiz lozim.
▪️ Bu ota-ona tarbiyasining ijobiy usuli bo‘lib, bolangiz nima deyayotganingizni tushunishga harakat qiladi.

Farzandlaringiz siz xohlagan tarzda tug‘ilishi uchun qattiqqo‘lligingiz va odatlaringizni o‘zgartirishingiz kerak.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Onadan so‘rashdi:

«Qaysi farzandingizni yaxshi ko‘rasiz?»

Ona: «Tuzalgunicha bemorini, qaytib kelgunicha safardagisini, katta bo‘lgunicha kichigini, o‘lgunimcha barchasini yaxshi ko‘raman», deya javob berdi. 🕊

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Audio
#audio_ertaklar

QAYIQ VA KEKSA DENGIZCHI HAQIDA ERTAK

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
🍑 Shaftoli pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• shaftoli - 3 dona.
• qaynatilgan suv - kerakli miqdorda

Tayyorlanishi:
1. Yangi shaftolilarni yaxshilab yuvib tashlang. Kastryulkaga bir necha santimetr suv quying va qaynatib oling. U yerga shaftoli bo'laklarini taxminan 45 soniyaga joylashtiring.
2. Shaftolilarni kastryulkadan oling va darhol muz yoki sovuq suv solingan idishga soling. Sovutilgan shaftolidan po'stini olib tashlang.
3. Shaftolilarni bo'laklarga bo'ling va danaklarni olib tashlang. Keyin, shaftolilarni blender bilan pyurega aylantiring. Pyureni yumshoq va suyuq qilish uchun kerakli miqdorda suv qo'shing.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
PEDIATRIYA KANALI(O‘zbekistonda bolalar salomatligi bo‘yicha O‘zbek tilida yuritiladigan yagona kanal)

🔰Bolalarda diareya(ich ketishi)
🔰Bolalarda qabziyat(ich qotishi)
🔰Bolalarda raxit (Ca yetishmovchiligi)
🔰Bolalarda anemiya(kamqonlik)
🔰Bolalarda laringit
🔰Bolalarda angina
🔰Bolalarda gelmintoz(gijja kasalligi)
🔰Bolalarda ko‘p terlash
🔰Bolalarning tishi chiqishi
🔰Chaqaloqlarda sariqlik
🔰Chaqaloqlarda disbakterioz
🔰Chaqaloqlarda kindik parvarishi
🔰Chaqaloqlar terisi (mongol dog‘i,gemangioma,akne)

💉Shu va boshqa kasalliklarni sabablari, belgilari, diagnostikasi va davolash.
💊Bolalar amaliyotida eng ko‘p qo‘llaniladigan
dorilarning dozalari
👨‍⚕Eng asosiysi “
Pediatr maslahati” guruhi orqali malakali pediatrlardan maslahat olish imkoniyati.

KANALIMIZ MANZILI👉@PEDIATRIC_UZ

BULARNING HAMMASI QUYIDAGI MANZILDA👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE6w5fcyTL4jJVvDKQ
«Tegirmontosh va ochko‘z boy»

Ertakda baxillik hech kimga yaxshi nom olib kelmasligi, saxiylik tufayli esa insonlar mehrini qozonish mumkinligi to‘gʼrisida so‘z yuritiladi. Baxil va ochko‘z aka huzuriga nochor, lekin juda mehribon ukasi qarzga don so‘rab keladi. Aka bir siqimgina bug‘doy berib ukani uyidan chiqarib yuboradi. Akasidan ranjigan uka yo‘lda ketayotganida sehrgarni uchratadi. Ertak qiziq voqealarga va teran xulosalarga boy.

📚 Kanalga ulanish:👉@Bolajonbooks
Baqirish bolalarning miya rivojlanishiga ta’sir qiladi

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ta’lim maqsadida bolaga baqirish mutlaqo samarasizdir.

Ota-onalar oʻzlarining his-tuygʻularini nazorat qila olmaydigan vaziyatlar har xil, ammo aslida charchoq va asabiylik bunday buzilishlarning asosiy sabablari hisoblanadi.

Pittsburg universitetida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, kundalik janjallar bolalarning aqliy rivojlanishiga juda salbiy ta’sir qiladi va tajovuzkor xatti-harakatlarning rivojlanishiga, ularning haddan tashqari qattiqlashishiga va oʻzini past baholashiga olib kelishi mumkin.

Psixologlar ikki yil davomida 976 ta oilani tahlil qilib, ota-ona tarbiyasining bir qismi boʻlgan baqirish oʻsmirlarda xulq-atvorda muammolarga, kichkintoylarda depressiyaga olib kelishini aniqladilar.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
😋 Bug'doy yormali tayoqchalar
#3yoshdan #nonushta

Mahsulotlar:
• sut - 500 ml.
• tuxum - 2 dona.
• bug'doy yormasi - 8 osh qoshiq.
• non talqoni - 5 osh qoshiq.
• shakar - 3 osh qoshiq.
• limon sedrasi - 1 osh qoshiq.
• tuz - 1 choy qoshiq.
• vanilli shakar - ta'bga ko'ra

Tayyorlanishi:
1. Sutni qaynatib oling. Shakar, tuz va vanil qo'shing, aralashtiring, doimiy aralashtirish bilan bug'doy yormasini qo'shing.
2. Ziravor qo'shing, quyulguncha taxminan 2 daqiqa davomida pishiring.
3. Bir osh qoshiq pishirilgan massani un bilan sepilgan patnisga qo'ying. Tayoqchalar hosil qiling, tuxumga, keyin non talqoniga bulab olin.
4. O'rtacha olovda o'simlik yog'ida yengil qizarguncha qovuring, so'ngra qog'oz sochiq ustiga qo'ying.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Farzand tarbiyasida yo'l qo'yiladigan yetti xato!

1. Bir biriga solishtirish. Bolani bir biriga solishtirib, ajratish uning hayotini barbod qiladi;

2. Jismoniy qo‘pollik, urish yoki qo‘pol, uyat so‘z ishlatish. Bular bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini barbod qiladi;

3. Masxaralash. Doim masxara qilingan bola o‘zini hurmat qilmaydigan bo‘lib qoladi;

4. Ortiqcha erkalatish. Ko‘p erkalatilgan, taltayib ketgan bola mas’uliyatsiz bo‘lib qoladi;

5. Ortiqcha tergash. Doimiy nazorat va ortiqcha izoh talab qilish boshqalar fikrini qabul qilish xususiyatidan mahrum qiladi;

6. Beparvolik. Bolaning dardiga quloq solmaslik, u bilan muloqotga vaqt ajratmaslik undagi xotirjamlik his tuyg‘usini barbod qiladi;

7. Shijoatlantirmaslik. Rag‘batlantirilmagan bola yangilik yaratishdan, ijod qilishdan mahrum bo‘lib qoladi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
📱Yig‘layotgan bolani telefon berib ko‘ndirish qanchalik to‘g‘ri?

💻Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bolani tinchlantirish uchun gadjetlardan muntazam foydalanish kayfiyatning tez-tez o‘zgarishiga va impulsivlikning kuchayishiga olib keladi. Bu, ayniqsa, ilgari impulsivlik va giperaktivlikni namoyish etgan o‘g‘il bolalarda seziladi.

Ekranlar bilan doimiy ravishda chalg‘itish natijasida ular his-tuyg‘ularni o‘zlari hal qilish usullarini rivojlantira olmaydi.

Smartfon yoki planshetlardan o‘rtacha darajada foydalanish, agar oila ularni bolani tinchlantirishning asosiy usuli deb hisoblamasa, zarar qilmaydi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
🍼So‘rg‘ichlar

Lateksli so‘rg‘ichlarni tanlashda yuqori sifatli taniqli brendlarga mansub bo‘lganini tanlash zarur. Sifatsiz lateks o‘zidan kanserogen moddalarni chiqarish xususiyatiga ega.
Silikonli so‘rg‘ichlar sun’iy materialdan tayyorlanadi. Silikonli sorg‘ichning asosiy xususiyati bolada unga allergiya bo‘lmaydi, chunki silikon lateksdan farqli ravishda sun’iy moddadir. Silikonli so‘rg‘ich lateksli so‘rg‘ichdan ko‘ra uzoqroq muddatga yaroqlidir.

So‘rg‘ichni shakliga qarab farqlash:

🍼Oddiy so‘rg‘ich — asosan lateksdan tayyorlangan bo‘lib, ona ko‘kragi shaklida bo‘ladi. Uning uchi kattaroq va dumaloq shaklga ega bo‘ladi.

🍼Anotomik so‘rg‘ich — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan. Uning uchi biroz ezilgan shaklga ega bo‘lib, chaqaloq tanglayiga taqalib turadi.

🍼Ortopedik so‘rg‘ich — tomchi shaklini eslatadi. Bu shakldagi so‘rg‘ichlar bolaning og‘iz bo‘shlig‘ini butunlay qoplamaydi, natijada tish va jag‘ deformasiyalanmaydi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
😴Farzandingiz kechasi yomon uxlaydimi? Bolalar “oltin” uyqusining qoidalarini o‘rganamiz

Go‘daklarning “oltin” uyqusi — har bir ota-onaning orzusi hisoblanadi. Bola ko‘p va qattiq uxlasa — u tez o‘sadi va rivojlanadi, kam kasal bo‘ladi. Kechalari yaxshi uxlashi uchun kunduzi bola bilan qanday shug‘ullanish kerak?

Agar bola kechasi yomon uxlasa, kunduzi nima qilish kerak?

Bola kechasi yaxshi uxlashi uchun, kunduzi uni “holdan toydirish” kerak – u kechga borib butun kuchini sarflashi va charchab qolishi kerak. Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: bolada jismoniy harakatlanishni yoki his-tuyg‘uli holatlarni oshirish.

Ertalab va kechqurun bevosita cho‘miltirish va ovqatlantirishdan oldingi jismoniy faollik – bu qattiq uyquning garovi hisoblanadi. Agar bola emaklayotgan, o‘tiradigan yoki hatto yuradigan bo‘lsa – bolaga qo‘shilib emaklang, o‘tiring, birga yuring va harakat qilishga majbur qiling.

His-tuyg‘uli holatlarga bog‘liq yuklamalar alohida yondashishni talab qiladi – qarindoshlar va boshqa bolalar bilan faol muloqot, har qanday rivojlantiruvchi o‘yinlar bolani ertalabgacha qattiq uxlaydigan holatda charchatishi yoki aksincha – uni haddan tashqari bezovta qilishi va kechasi bilan uxlamay yig‘lab chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday usulni ehtiyotlik bilan va avval tajribada sinab ko‘rib keyin qo‘llash tavsiya qilinadi.

Bolalar qattiq uyqusi qoidalari

Shunday qilib, bola kechasi yaxshi uxlashi uchun uni quyidagi sharoitlar bilan ta’minlash zarur:

Kunning ikkinchi yarmi va kechqurun jo‘shqin jismoniy faollik bilan o‘tishi kerak.
Uxlashdan 2-3 soat oldin toza havoda sayr qilishni tashkillashtiring.
Uxlashdan 1-1,5 soat oldin 30-40 daqiqa cho‘milish.
Uxlashdan yarim soat oldin — to‘yimli “kechki ovqat”.
Bolalar xonasi iqlimi salqin va nam bo‘lishi kerak: harorat 18-20 daraja, namlik esa 60-70 %.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqlarga massaj qilish

Tadqiqodlarning ko'rsatishicha, massaj bolani rivojlanishiga, hulq-atvoriga juda ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Bola massaji bu avallo terini teri bilan munosabatni ta'minlaydi, bu munosabat esa ona va bolaning o'zaro aloqalsini takomillashtiradi, bir birlarini yanada osonroq tushuna olishga yordam beradi.
Albatta ayrim hollarda massaj tibbiy tavsiya etilgan bo'lishi mumkin. U holda bolangizga maxsus vrach tomonidan massaj qilinadi. Lekin agar chaqaloq sog'lom bo'lib, vazni yaxshi bo'lsa unga ham massaj juda foydali. Bunday bolalarga massajni onaning o'zi qilishi mumkin.
Massaj shunchaki bolaga yoqimli bo'lishidan qat'iy nazar, u bolani yaxshiroq rivojlanishini va o'sishini ta'minlaydi. Ayrim mamalakatlarda bolaga ona massaj qilmasa, bu katta xato deb ta'kidlanadi. Massajning qiziqarli tomoni shundaki, massaj olgan bola tezroq o'sib, yaxshi rivojlanadi. Nega?
1. Bolani silaganda bola organizmida o'sish uchun kerak bo'lgan maxsus moddalar ishlab chiqariladi. Masalan, vaqtidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarga massaj qilganda ularning vazni 47%ga ko'proq o'sayotgani kuzatilgan. Hayvonlar ham bolasini tili bilan yalab massajga o'xshash harakatlarni amalga oshiradilar. Yangi tug'ilgan kuchuk bolalarini onasidan ajratib, yalashdan cheklab qo'yganda, bu kuchuk bolalarining o'sish darajasi pasayib ketgan.
Aynan mehr bilan bola silanganda uning o'sishi ta'minlanadi.
2. Yana bir tadqiqodning natijasi ko'rsatishicha, masaj nafaqat tanani o'sishiga yordam beradi, balki miya rivojlanishiga ham katta ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Tadqiqodchilar aytishicha, chaqaloqni silab massaj qilganda, unda mielin moddasi ajralib chiqar ekan. Bu modda esa miya rivojlanishi uchun foydali ekan.
3. Bolaga massaj qilish uning hazm qilish tizimini rivojlanishiga ham foydali. Bolani silab, massaj qilib tursa uning hazm qilish tizimi yanada yaxshiroq faoliyat ko'rsatar ekan, qorin og'rish kabi muammolar yo'q bo'lar ekan.
4. Massaj bolaning xulqini yaxshilaydi, bolani silab, mehr bilan massaj qilsa u o'zini suyukli deb his qilib xulqi yaxshilanar ekan. Uyquga qiyin ketadigan bola esa massaj yordamida yaxshi uxlar ekan.
5. Massaj bolani o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi. Bolani sevib, mehr bilan massaj qilsangiz bola o'z kerakliligini his etar ekan.
6. Massaj qilayotgan ota-ona massaj orqali bolasini yanada yaxshiroq o'rgana oladi.
Massaj qilishda bolangizga quloq soling. Qilayotgan harakatlaringiz juda mayin va mehrga to'la bo'lmog'i lozim. Boshida oyoqlaridan boshlab sekin-sekin qorin, qo'l va beliga o'tishingiz mumkin. Chaqaloqlarda asosan silash va asta-asta ezib qo'yish qo'llaniladi. Agar bolangiz tipirchilab, oyoq qo'llarini tortayotgan bo'lsa, demak siz qilayotgan harakat unga yoqmayapti. Bir oz dam berib boshidan mehr bilan, iligan qo'llaringiz bilan massajni qaytaring. Kunda kamida bir marta massaj bola uchun zarur. Borib-borib barmoqlar bilan asta bosish, asta-asta chimchilash, mayin urib qo'yish kabi harakatlarni qo'shib borishingiz mumkin. Yangi tug'ilgan chaqaloqning tizzalarini massaj qilish mumkin emas.
Eng asosiysi, bolaga massaj qilayotganda bolani ko'zlariga qarab, u bilan gaplashib mehringizni ayamang.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi