BOLAJON PARVARISHI
7.31K subscribers
447 photos
172 videos
5 files
378 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarning nutqi qanday shakllanadi?

Kattalarning hali tili chiqib ulgurmagan, so‘zlar ma’nosini farqlolmaydigan jajjigina bolajonlarga gapirishi chetdan qaraganda biroz erish tuyulishi mumkin. Lekin aslida bu to‘g‘ri va juda muhim jarayon.

Chunki bolaning nutqi aynan kattalarning muloqotini tinglash orqali shakllanadi. Dastlab dona-dona qilib aytgan so‘zlarimiz mag‘zini chaqa olmasa-da, yuz ifodamiz, gapirish ohangimiz va xatti-harakatlarimiz orqali o‘g‘il-qizlarimiz lug‘ati shakllanadi. Ammo bu jarayonda e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan yana ko‘plab jihatlar bor.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
😋 Bug'doy yormali tayoqchalar
#3yoshdan #nonushta

Mahsulotlar:
• sut - 500 ml.
• tuxum - 2 dona.
• bug'doy yormasi - 8 osh qoshiq.
• non talqoni - 5 osh qoshiq.
• shakar - 3 osh qoshiq.
• limon sedrasi - 1 osh qoshiq.
• tuz - 1 choy qoshiq.
• vanilli shakar - ta'bga ko'ra

Tayyorlanishi:
1. Sutni qaynatib oling. Shakar, tuz va vanil qo'shing, aralashtiring, doimiy aralashtirish bilan bug'doy yormasini qo'shing.
2. Ziravor qo'shing, quyulguncha taxminan 2 daqiqa davomida pishiring.
3. Bir osh qoshiq pishirilgan massani un bilan sepilgan patnisga qo'ying. Tayoqchalar hosil qiling, tuxumga, keyin non talqoniga bulab olin.
4. O'rtacha olovda o'simlik yog'ida yengil qizarguncha qovuring, so'ngra qog'oz sochiq ustiga qo'ying.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Barcha onalar o'qishi shart bo'lgan 10 ta kitob

1. Masaru Ibuka: Uchdan keyin kech

2. Masaru Ibuka: Uchgacha ayni vaqti

3. Xadicha Kubro Tongar: Baqirmaydigan onalar

4. Sheniz Yujel: Go'daklikdan yigitlikka qadar

5. Murat Tosun: Olim yetishtirgan onalar

6. Mo‘minlarning onalari (Hazrati Xadicha va Hazrati Oisha)

7. Noila Xolmuhammad: Onalik maqomi

8. Adem Gunesh: Chinakam ota-onalik san’ati

9 Anna Bikova- "Dangasa ona"ning katta kitobi

10. Adem Gunesh: Yosh bola demang ularni...

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Beshikka belash me'yorlariga yoki qoidalarga rioya qilinmasa, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

🔹Bolaning kun bo‘yi, uzluksiz beshikda yotishi zararli. Kuz va qish oylarida bola terisiga yorug‘lik tushishi kamayadi. Oqibatda D vitamini yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
🔹Bolaning qo‘l-oyoqlarini siqib bog‘lash o‘z navbatida qon aylanishni buzilishiga olib keladi.
🔹Bolani uzoq yotishi hisobiga boshining ensa qismida deformatsiyalar yuzaga kelishi mumkin.
🔹Beshikda bolani doimiy bir tomonlama emizish qiyshiq bo‘yinlikka sabab bo‘lishi mumkin.
🔹Sumakdan foydalanishda gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, jinsiy a'zolardagi infeksion kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
🔹Beshikni qattiq va tez tebratish markaziy asab tizimidagi jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning aldayotganini qanday bilish mumkin? 🤨

1. Bola yolgʻon gapirayotganda, u hech qachon sizning koʻzingizga qaramaydi.

2. Bola oʻzini ishonchsiz va noqulay his qiladi.

3. Agar bola oʻz hikoyasi jarayonida tez-tez duduqlanib qolsa, demak, u sizga butun haqiqatni aytmayapti.

4. Uning yuz ifodasi oʻzgaradi, yonoqlari qizarib ketadi.

5. Bola barmogʻini ogʻziga yoki burniga qoʻyadi.

6. Bolaning qoʻllari doimo orqasida yoki choʻntagida boʻlsa, bu uning biror narsani yashirayotganidan dalolat beradi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Issiqda toshmalar toshsa, qanday chora ko‘rish kerak?

Yoz jaziramasida bolalar va ayrim yoshi kattalar issiqlik toshishidan aziyat chekadi. Bundan kuchli va yoqimsiz qichishish, achishish paydo bo‘ladi. Uni keltirib chiqaruvchi sabablar va davolash usullari haqida quyida to‘xtalib o‘tamiz.

Issiqlik toshishi kuchli terlash va terning sekin bug‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi. Issiq kunlarda go‘daklar va yosh bolalarda ko‘proq kuzatiladi. Bola badaniga issiqlik toshishining birinchi sababi uning haddan ortiq isib ketishidir. Ularda tana haroratini muvozanatlashtirib turuvchi markaz yaxshi rivojlanmagani bois, ter teri hujayralarida uzoq vaqt ushlanib qoladi. Oqibatda teri hujayralari ta’sirlanib, toshmalar toshadi.

Kattalarda esa o‘tkir yuqumli kasalliklarda isitmalash va qattiq terlash natijasida, semiz kishilarga isituvchi kom­press qo‘yilganda ham issiqlik toshishi mumkin.

Issiqlik badanning yopiq joylariga — bolalarda ko‘pincha orqa, bo‘yin terisiga, qo‘ltiq ostidagi teri burmalariga, bosh, yelka, qo‘l-oyoqlarning ichki sohasiga, kattalarda ko‘pincha ko‘krak bezlari tagidagi teri burmalari, chov-yorg‘oq burmalari va qo‘ltiq ostiga yoyilib yoki to‘p-to‘p bo‘lib toshadi. Toshmalar ichida tiniq suyuqligi bo‘lgan pufakchalardan iborat bo‘lib, kattaligi to‘g‘nag‘ich boshchasidek keladi. Ba’zida bir-biriga qo‘shilib ketadi. Davolamay o‘tkazib yuborilganda esa yiringlab turuvchi joylar (ayniqsa, teri burmalarida) hosil bo‘ladi.

Badanga issiqlik toshishi kasallik emas. Shu bois bolaning umumiy ahvoli o‘zgarmaydi, isitma, bezovtalik kuzatilmaydi. Toshmalar kun davomida tashqi muhit haroratiga bog‘liq holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin.

💊Davolash
Issiqlik toshishiga shifokor tavsiyasiga ko‘ra davo qilinadi. Qizib ketishga olib keladigan omillarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Ko‘proq ochiq havoda bo‘lish, xonani tez-tez shamollatib turish foydalidir. Bunday vaziyatda sintetik matodan tikilgan kiyim kiyish tavsiya etilmaydi.

❗️Oldini olish
Issiqlik toshishi oldini olish uchun terlashga qarshi kurashish maqsadida bemor terisini toza saqlab, ichki kiyimlarini tez-tez almashtirib turishi, issiq kunda tabiiy matolardan tikilgan kiyimlar kiyishi maqsadga muvofiq. Bolalarni haddan tashqari issiq kiyintirish, ortiqcha o‘rab-chirmash yaramaydi. Ularga muntazam ravishda havo va suv vannalari qabul qildirib turish foydali.

Foydali tavsiyalar:
1️⃣bolaga paxta matodan kiyim kiydiring;
2️⃣yoz oylarida bolalar tagliklaridan kamroq foydalaning;
3️⃣toshma toshgan sohalarni nam latta bilan artib oling;
4️⃣yozda iloji boricha farzandingizni har kuni cho‘miltiring;
5️⃣bolani imkon qadar ertalab va kechqurun tashqarida ko‘proq sayr qildiring;
6️⃣toshma toshgan sohalarga malhamlar va losonlar surmang;
7️⃣bolaning shaxsiy gigiyenasiga e’tibor qiling;
8️⃣bola yotadigan xonani har kuni shamollatib turing, xona harorati +25 darajadan oshmasligi kerak;
9️⃣bolaning teri burmalariga tez-tez e’tibor bering.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?

Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra ko‘krak suti balan parvarishlanayotgan bolalar 6 oylik bo‘lgunlaricha ularga suv ichirmasa ham bo‘ladi. Chunki barcha kerakli suyuqlikni go‘dak ona sutidan oladi. Sun’iy aralashmalar berib boqilayotgan bolaga ovqatlanishlar oralig‘ida 20-30 millilitr (bir oshqoshiq) suv berish mumkin.

Ko‘pchilik onalar “Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?” deb so‘rashadi. Aytish joizki, bunda go‘dak organizmining suvga ehtiyoji ham hisobga olinadi. Demak, sog‘lom go‘dakka suvni majburlab ichirish kerak emas. O‘zi qancha hohlasa shuncha ichsin, lekin me’yordan oshmasin. Ovqatlantirish o‘rniga suv berish ham noto‘g‘ri. Bola ochlik va chanqoq hissini adashtirmasligi lozim.

Issiq kunlarda bolaga suvni faqat ovqatlantirishlar oralig‘ida, ya’ni kun davomida
💧bir oylik chaqaloqlarga 60 millilitr (uch qoshiq)dan,
💧3 oylikkacha bo‘lganlariga 60-130 millilitr (3-6 oshqoshiq)dan,
💧yarim yoshgacha 130-180 millilitr (6-12 oshqoshiq)dan,
💧6 oylikdan 1 yoshgacha 260 millilitr (1 stakan)dan ko‘p suv bermaslik kerak. Bolaga beriladigan suv toza, uzoq turib qolmagan, gazsiz bo‘lishi kerak.

Bola salomatligida ayrim muammolar bo‘lganida pediatr bilan maslahatlashgan holda unga giyohli choylar ichirish ham mumkin. Bunda bolaning yoshiga bog‘liq ko‘rsatmalarga amal qilish lozim.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolalarni sport to‘garaklariga necha yoshdan bergan ma’qul?(Vrach pediatr tavsiyasi)

⚽️Futbol - 10-11 yosh

🏀Basketbol - 10-12 yosh

🏐Voleybol - 10-12 yosh

🎾Tennis - 7-9 yosh

🤼Kurash(barcha turi) - 10-12 yosh

🏃‍♂Yengil atletika - 10-12 yosh

🏒Xokkey - 10-11 yosh

🏓Stol tennis - 7-9 yosh

🤸Sport gimnastikasi
-o‘g‘il bolalar 8-9 yosh
-qiz bolalar 7-8 yosh

🚴Velosport - 12-13 yosh

🤽Suv polosi - 10-12 yosh

🥊Boks - 12-14 yosh

🏸Badminton - 10-12 yosh

Shaxmat - 9-12 yosh

🏊‍♀Suzish - 7-8 yosh

🏋Og‘ir atletika - 13 yosh

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Chizish-bola uchun juda muhim!

Pediatrlarning fikricha, sog'lom bola deb yaxshi o'ynaydigan, yaxshi gapiradigan va...yaxshi chizadigan bolaga aytilar ekan. Xuddi til va o'yin kabi rasm bolaning ichki dunyosini ochib beruvchi vosita ekan. Shuning uchun, bola o'z ichki kechinmalarini, hissiyotlarini ifoda eta olishi uchun unga chizish imkoniyatini yaratib berish lozim.

Rasm orqali bola o'z xursandchiligi va xafagarchiligini, qo'rquvlari va fantaziyalarini, atrof-muhitga munosabatini ifoda etishi mumkin. Psixologlar fikricha, chizmaydigan bola bo'lmaydi, agar bola chizishni istamasa, demak unda ma'lum bir psixologik stress mavjud.

Bolaning nima chizayotgani uning yoshiga bog'liq ekan.

Quyida bolaning yoshiga nisbatan chizish harakatlarining o'rtacha ko'rsatkichlari keltirilgan. Albatta, bundan u yoki bu tomonga chekinish mumkin.

▪️12-18 oy - har xil tushunarsiz chiziqlar, aylanaga oxshash shakl va ma'nosiz zigzaglar;
▪️2 yosh - vertikal chiziqlar;
▪️2.5 yosh - gorizontal chiziqlar, spiral;
▪️3 yosh - doira, quyosh;
▪️3.5 yosh - birinchi odamcha, krestik;
▪️4 yosh - kvadrat, bola unga tanish bo'lgan narsalarni chizishga harakat qiladi;
▪️5 yosh - geometrik shakllar, kiyim kiygan odamcha;
▪️6 yosh - harakatdagi hayvon va odamlar, uy jihozlari, bog'cha.

Mutaxassislar chizish davrini 5 asosiy bosqizchga ajratadilar:

2 yoshgacha - aji-buji xat. Bu bosqich bola qalamni ushlay olish davridan boshlanadi (1 yosh atrofida). Bolaning ko'zi chizayotganini kuzatadi, qo'llari qog'ozga yopishgan holatda bo'ladi. Keyinchalik qo'li bo'shashib erkinroq harakat qila boshlaydi.
2 yoshdan 3 yoshgacha - o'ylab topish. Bola o'zi bilmagan holda bir nimalar chizib, atrof-muhitdagi buyumlar bilan solishtiradi va o'z rasmlariga nom beradi.
3 yoshdan 4 yoshgacha - yangi harakatlar. Bola bilgan buyumini haqiqatan o'ylab to'qimasdan tasvirlay olishni boshlaydi.
4 yoshdan 10 yoshgacha - xayoliy chizish. Bola buyumni ko'rganidek emas, u haqda bilganidek chizadi. Ya'ni uy chizsa, ko'rib turgan uy binosinigina emas, balki uyni ichidagi odamlar va buyumlari bilan tasvirlaydi.
10 yoshdan keyin - haqiqat. Bu bosqichda bolaning chizishi kattalarning chizishiga tenglashadi. Unda u buyum va odamlarni rang va shakllarni haqiqatdagidek tasvirlashga, ranglarni ma'lum bir qoida asosida ishlatishni boshlaydi.

Bolada chizish qobiliyati kuchlimi, bolamdan buyuk rassom chiqadimi?

Afsuski, bolani rasmlariga qarab uning chizish qobiliyatiga baho berib bo'lmaydi, chunki, birinchidan, bolaning chizishiga kattalarning qarashlari katta ta'sir ko'rsatadi, demakki u o'z qarashlarini ifoda etmaydi; ikkinchidan, bolaning rasmlarini psixologiya nuqtai nazaridangina baholash mumkin; uchinchidan, bola chizayotganda qandaydir ajoyib narsa yaratish istagida bo'lmaydi, u shunchaki o'zini ichki tuyg'ularini ifoda etadi xolos. Lekin hayotda bu qoidadan mustasno holatlar uchraydi va farzandimiz kichik Picasso bo'lishi mumkin, ammo bu juda ham kam uchraydigan holat.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloq reflekslari

Yangi tug’ilgan sog’lom bolalarda “chaqaloq reflekslari” nomini olgan bir
guruh reflekslar kuzatiladi. Bularning asosiylari: xartum refleksi, Robinson
refleksi, Moro refleksi, Bauerning emaklash refleksi va boshqalar.

👶Xartum refleksi. Barmoqlar bilan chaqaloqning lablariga tegish natijasida uning lablari cho’chchayib, oldinga cho’ziladi.

👶Robinson refleksi . Kaftiga barmoq yoki qalam tegishiga javoban bola ularni
shunday kuch bilan ushlab oladiki, xatto ko’tarsa ham qo’yib yubormaydi. 4-
oyga borib, bu refleks yo’qolib ketadi.

👶Moro refleksi . Bola yotgan stol yoki krovat turtilsa, bola avval qo’llarini
yoyadi, so’ng ularni bukadi. Bu refleks qo’ldagi bolani tez pastga tushirganda
ham qayd etiladi. U statokinetik reflekslar turkumiga kirib, bola 4 oylik
bo’lgunicha kuzatiladi.

👶Bauer refleksi. Bola qornida yotgan holatda kaft bilan uning oyoqlari kaftiga
yengilgina bosiladi. Shunda bola kaftdan itarilib, emaklashga o’xshash harakat
qiladi. Bu refleks ham bola 4 oylik bo’lganidan keyin yo’qoladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👶🏻 Bolalar uchun noodatiy yotoqxona

Yotoqxonadan ham ko‘ra ko‘proq o‘yingoh desa ham bo‘ladi. Bu yotoqxonada bolalar uxlamasa kerak deb o‘ylayman.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarga vaqtni o'rgatish uchun ajoyib usul!

Bu usul orqali bir necha marta takrorlab vaqtni aytishni tez o'rganib olishlari mumkin.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
❗️Farzandingizga yoshligidan kitob o'qib berishga odatlaning!

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, haftasiga 3-5-marta kitob oʻqib berish 4-5 yoshli bolalar tengdoshlariga qaraganda aqlliroqdir.
Bolalar uchun kitob oʻqish, hatto ishlaydigan ota-onalar ham qila oladigan narsadir.
Farzandingizga kitob oʻqish sizga ham, farzandingizga ham doimiy taʼsir koʻrsatadi.
Shunday qilib, siz birga oʻtkazgan vaqtingiz sifatini oshirishingiz mumkin, chunki farzandingiz bu vaqtda otasi yoki onasining barcha eʼtibori faqat unga qaratilganligini biladi.
Farzandingizga kitob oʻqib berish maktabda oʻqish qobiliyatiga ham foyda keltiradi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
"Dorixona" kanali - dorilar haqidagi takrorlanmas ma'lumotlar berib boriladigan kanal

💊Yo‘talga qarshi dorilar
💊Qorin dam bo‘lishiga qarshi dorilar
💊Qabziyatda qo‘llaniladigan dorilar
💊Grippga qarshi dorilar
💊Qazg‘oqqa qarshi dorilar
💊Chekishga qarshi dorilar
💊Terlashga qarshi dorilar
💊Alkogolizmga qarshi dorilar
💊Tomoq og‘riganda qo‘llaniladigan dorilar
💊Bo‘y o‘stiruvchi dorilar
💊Gijjaga qarshi dorilar
💊Ich ketishiga qarshi dorilar
💊Anemiyaga qarshi dorilar

Bularning hammasi quyidagi manzilda👇:
https://t.me/joinchat/AAAAAEusBn87sQ9dkQQ88A
👶🏻 “Do‘mboq” bolalarni parvarishlar bo‘yicha maslahatlar.

— Yosh bola vaznining me’yordan ortishi ular sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Buning oqibatida hatto yurak qon-tomir kasalliklari paydo bo‘lishi, moddalar almashinuvi buzilishi va qonda qand miqdorining ortishi ro‘y beradi. Ilk yoshdagi bolalarda semizlik rivojlanishining bir qancha sabablari bor.

— Do‘mboqlar parvarishi uchun tavsiyalar:
- Kichkintoyga sabzavotlardan salatlar tayyorlab yediring.
- Shirinliklarni kamroq berganingiz ma’qul.
- Ziravorli taomlar bola ishtahasini ochadi, shuning uchun kichkintoy ovqatiga ziravorlar qo‘shmagan ma’qul.
- Taomlar yog‘siz qatiq, shakari kamroq kompot va meva pyurelari bilan birgalikda yedirilsa, natija ijobiy bo‘ladi.
- Har kuni ertalab bolani badantarbiya qilishga odatlantiring.

Biz bergan tavsiyalar asosan boshlangʻich holatlar uchun tavsiya boʻlib, agar natija boʻlmasa, Endokrinolog shifokor bilan maslahatlashing.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bola egoist boʻlib ulgʻaymasligi uchun nima qilish kerak?

1⃣ Farzandingizni boshqalarga e’tiborli boʻlishga va ularga gʻamxoʻrlik qilishga oʻrgating.

2⃣ Farzandingizga muloqot qilish, boshqalarni tinglash va nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilish kabi ijtimoiy koʻnikmalarni oʻrgating.

3⃣ Bolani mustaqil va mas’uliyatli boʻlishga undang, lekin u boshqa odamlarning manfaatlarini hisobga olishi kerakligini unutmang.

4⃣ Bolaning oʻzi xohlagan hamma narsani olishiga toʻsqinlik qiling va uni bor narsasini qadrlashga oʻrgating.

5⃣ Bolani empatiyaga, ya’ni boshqa odamlarning his-tuygʻularini tushunishga va ularga hamdard boʻlishga oʻrgating.

6⃣ Bolaga nafaqat olish, balki berish ham muhimligini, boshqalarga quvonch va tabassum berish juda yoqimli ekanligini koʻrsating.

7⃣ Shuni unutmangki, ota-ona farzand uchun asosiy namunadir, shuning uchun boshqalarga mehr, gʻamxoʻrlik va hurmat koʻrsatish muhimdir.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Maktab 4-sentabrdan boshlanadi

Prezident farmoniga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 3 kun dam oladi:

1 sentabr — juma (ishlanmaydigan bayram kuni);
2 sentabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
3 sentabr — yakshanba (dam olish kuni).

Demak, 4 sentabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolaga kitob o'qib berishning foydasi

Bolaning aqliy rivojlanishi haqida qayg'uradigan ota-ona unga albatta kitob o'qib berishi kerak ekan. Bu haqda Kaliforniya Universiteti tadqiqotlari so'zlamoqda.

Bolaga har kuni yotishdan oldin baland ovozda kitob o'qib berilsa, uning aqliy rivojlanishiga katta ijobiy ta'sir etilar ekan.

Psixologik tekshiruvlar shuni ko'rsatdiki, bolaga kitob o'qib berilganida unda:

so'z boyligi oshadi;
kitobga mehri paydo bo'ladi;
muomalasi chiroyli bo'ladi.
Kitobda qanchalik mukammal so'zlar mavjud bo'lsa, kelajakda bolaga bu so'zlarni o'rganishi yanada oson bo'lar ekan.

Yangi tug'ilgan chaqaloqqa 5 daqiqa davomida bo'lsa ham kitob o'qib berish, uning ham aqliy rivojlanishi uchun juda foydali ekan.

Yana bir tadqiqotning ko'rsatishicha, 3 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga ko'p kitob o'qilsa, ularning chap miya yarimshari rivojlanar ekan. Bu degani, bolada suhbat qilish, tasavvur, tilga moyillik kabi xislatlar yuksaladi. Kitobni o'qilishini ko'p eshitgan bola buyum va so'zlar orasida bog'liqlik ko'p ko'ra boshlaydi. Bu esa bolaning miyasini ilmiy, akademik yo'nalishda rivojlanishiga turtki bo'ladi.

Undan tashqari uyqudan ketishdan oldin kitob o'qilsa, bola oson uyquga ketadi va tinch uxlaydi, ota-ona va bola orasidagi ruhiy munosabat yanada mustahkamlanadi.

Bolaga qanday kitob tanlash lozim?

Eng yaxshi kitob, bu klassik ertak va hikoyalardir. Lekin undan yaxshi tanlov, bola o'zi qiziqqan kitobini o'qib berish. Bola bilan kitob do'konlariga tez-tez borib turish kerak. U yerda bola o'zi qiziqib tanlagan kitobini olib berib, unga o'qib berish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Bitta o'yinchoqning narxiga ba'zida 10 dona kichik kitob sotib olsa bo'ladi. Ota-ona pulni sifatsiz, keraksiz va ba'zida zararli plastikdan yasalgan o'yinchoqqa emas, foydasi har tomonlama katta va qiziqarli kitobni olib berib, bolaning kelajagiga katta ijobiy xissa qo'shgan bo'ladi. Keyinchalik bola ham, o'yinchoq do'koniga emas, balki kitob do'koniga borishni afzal ko'rib qoladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻta “seryozniy” odamni ham kuldiradigan video 😅

Doʻstlarga yuborib begʻubor tabassum ulashing! 😊

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bolalar kiyimlarini ushbu videodagidek yeching

Yaqinlarga ham ulashing!

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
🥕 Sabzi va gulkaram pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• sabzi - 1 dona.
• gulkaram - 150 g.
• o'simlik moyi - 1 choy qoshiq

Tayyorlanishi:
1. Sabzavotlarni yuving va tozalang. Suvni olovga qo'ying.
2. Avval tozalangan sabzi deyarli tayyor bo'lgunga qadar qaynatib oling, so'ngra gulkaramni qo'shing va yana 4-7 daqiqa qaynating.
3. Tayyorlangan sabzavotlarni stakanga oling va ozgina sabzavotli bulyon qo'shib, blender bilan pyure holatiga o'tkazing.
4. Tayyor pyurega o'simlik moyini qo'shing va yaxshilab aralashtiring.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi