BOLAJON PARVARISHI
7.19K subscribers
424 photos
164 videos
5 files
378 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat savol

Bolakay qo'rqqanidan yig'layaptimi yoki uzumini tovuqlar yeb qo'ygani uchunmi?

Siz nima deb o'ylaysiz?

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu qizaloqdan kelajakda mashhur dizayner chiqishi mumkin. Qarang ukasini kiyimidan qanday chiroyli san'at asari yaratgan.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi qizaloqlar hattoki mushuklarga ham dars o'tyapti.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
🥛Tvorog
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• sut - 1 stakan.
• kefir - 1 stakan.

Tayyorlanishi:
1. Sutni qaynoq bo'lgancha qizdiring. U ko'tarila boshlagach, ichiga kefir quyib, gaz plitasini o'chiring va aralashmani sovushga qoldiring.
2. Sovugandan so'ng, aralashmani doka orqali o'tqazing.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
​​Nega doimiy tishlar qiyshiq chiqadi?

Bolalarning tishlari 6 yoshdan tushib, o'rniga asta doimiy tishlar chiqa boshlaydi. Xuddi shu paytda bolaning tishlarini tish shifokoriga ko'rsatib turish ketak.

Chunki bir necha omillar tishning qiyshayishiga olib keladi.

1. Ovqatni chaynashdagi muammolar. Bolalarga oz-ozdan luqmani bir tomonda va ikkinchi tomonda navbat bilan uzoq muddat chaynashni o'rgatilishi kerak.

2. Xuddi shu vaqtda bolada o'sish intensivligi tufayli mineral moddalar kamayadi va tishlarning tekis chiqishiga to'sqinlik qiladi.

3. Bola qimirlab turgan tishlarini olib tashlamaslik yoki hali to'liq qimirlamagan tishni doim ushlash va sug'urishga urinish ham sabab bo'ladi.

4. Bola qo'lini so'rishi yoki so'rg'ich so'rishi.

5. Ota-onasining tishlari qiyshiq bo'lishi.

6. Bolaning jag' tuzilishi genetik noto'g'ri bo'lishi.

Qadri ota-onalar, bolaning tishlarini o'zboshimchalik bilan sug'urish mumkin emas, albatta tish shifokoriga olib borish kerak bo'ladi.

Tish chiqishidagi qiyshayishlar bo'lsa, uni korreksiya qilish yo'llarini topish uchun albatta tish shifokoriga murojaat qiling.

Darvoqe, bolalarga muntazam tish yuvish kerakligini, nega yuvish kerakligini o'rgating. Ularni tish yuvish jarayonlarini qiziq qiling yoki barchangiz birgalikda yuving.

Manba: Pediatr Nur Olimovna

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar tana vaznini formulalar yordamida aniqlash

6 oylikgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)

M=m+(nx800)

M – bolaning hozirgi massasi
m – bolaning tug’ulgandagi massasi
n – bolaning yoshi(oyligi)

Masalan: 4 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3300g

M=3300+4x800, M=6500g

Demak bolaning vazni taxminan 6500 g bo’lishi kerak!

7 oylikdan 1 yoshgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)

M=m+(6x800)+400x(n-6)

M – bolaning hozirgi massasi
m – bolaning tug’ulgandagi massasi
n – bolaning yoshi(oyligi)

Masalan: 11 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3600g

M=3600+(6x800)+400x(11-6), M=10400g

Demak bolaning vazni taxminan 10400 g bo’lishi kerak!

Eslatma! Agar yuqoridagi hisoblash va bola vazni orasidagi farq 1 kg dan ko’p bo’lsa, bolani vrach Pediatr ko’rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nafas gimnastikasi o'yin tarzida! Bolajonlar uchun foydali mashg'ulot!

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolani so‘rg‘ichdan ajratishda e‘tibor berilishi zarur bo‘lgan 10 ta jihat

1⃣Birinchidan, shoshish mumkin emas. Bolani so'rg'ichdan chiqishiga yaxshilik, mehr va erkalash bilan erishish lozim.

2⃣Ikkinchidan, so'rg'ich bilan uxlash odati bo'lgan bolalarga uning o'rnini bosuvchi vosita topish kerak. Masalan, yumshoq ayiqcha, yoqimli musiqa, onaning qo'llari va hokazo.

3⃣Uchinchidan, bola gapga tushunadigan yoshda bo'lsa, unga so'rg'ich haqida ertak aytib bering. So'rg'ichni pari olib ketib o'rniga ajoyib sovg'a olib kelishini tushuntiring. So'rg'ichni bola bilan birga bir joyga bekitib qo'yib o'rniga bola uchun yoqimli sovg'a solib qo'ying. Bola so'rg'ichni izlab sovg'a topadi.

4⃣To'rtinchidan, bolani zeriktirib qo'ymang. Ko'pincha zerikkan bola so'rg'ich so'rishni qumsaydi.

5⃣Beshinchidan, bola so'rg'ichsiz yig'lab uxlolmay qattiq qiynalayotgan bo'lsa, so'rg'ichdan ajratish muddatini 1-2 haftaga suring.

6⃣Oltinchidan, bola so'rg'ichni qumsab so'rayotgan bo'lsa, uni chalg'iting, u bilan o'yin-kulgu qiling.

7⃣Yettinchidan, so'rg'ichdan ajratish o'yinlarini o'ylab toping.
Masalan, bir devorga bolani bo'yi yetadigan joyda so'rg'ichni mahkam o'rnatib-qoqib qo'ying. Bola so'rg'ichni qumsaganda o'sha devor yoniga borib so'radi. Uzoq vaqt devorni oldida turishga zerikib siz jalb qilayotgan o'yinlar tomon shoshadi va so'rg'ichdan o'zi asta bosh torta boshlaydi.

8⃣Sakkizinchidan, so'rg'ichga dori, garimdori, sarimsoq piyozi kabi achichiq narsalar surib bolaga so'rdirmang. Bu uning psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

9⃣To'qqizinchidan, "so'rg'ich so'rasan", deb bolani uyaltirmang. Bu uning jismoniy va ruhiy ehtiyoji, erkaligi emas.

🔟O'ninchidan, so'rg'ichdan ajratayotganizda bola sog'lom va yaxshi holatda bo'lishi lozim. Ya'ni, biron jismoniy rivojlanish bosqichidan o'tayotgan (yurishni, emaklashni boshlayotgan va boshqalar) kasal yoki emishdan ajratilayotgan bolani qo'shimcha stress qilib so'rg'ichdan ajratish mumkin emas.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?

Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra ko‘krak suti balan parvarishlanayotgan bolalar 6 oylik bo‘lgunlaricha ularga suv ichirmasa ham bo‘ladi. Chunki barcha kerakli suyuqlikni go‘dak ona sutidan oladi. Sun’iy aralashmalar berib boqilayotgan bolaga ovqatlanishlar oralig‘ida 20-30 millilitr (bir oshqoshiq) suv berish mumkin.

Ko‘pchilik onalar “Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?” deb so‘rashadi. Aytish joizki, bunda go‘dak organizmining suvga ehtiyoji ham hisobga olinadi. Demak, sog‘lom go‘dakka suvni majburlab ichirish kerak emas. O‘zi qancha hohlasa shuncha ichsin, lekin me’yordan oshmasin. Ovqatlantirish o‘rniga suv berish ham noto‘g‘ri. Bola ochlik va chanqoq hissini adashtirmasligi lozim.

Issiq kunlarda bolaga suvni faqat ovqatlantirishlar oralig‘ida, ya’ni kun davomida
💧bir oylik chaqaloqlarga 60 millilitr (uch qoshiq)dan,
💧3 oylikkacha bo‘lganlariga 60-130 millilitr (3-6 oshqoshiq)dan,
💧yarim yoshgacha 130-180 millilitr (6-12 oshqoshiq)dan,
💧6 oylikdan 1 yoshgacha 260 millilitr (1 stakan)dan ko‘p suv bermaslik kerak. Bolaga beriladigan suv toza, uzoq turib qolmagan, gazsiz bo‘lishi kerak.

Bola salomatligida ayrim muammolar bo‘lganida pediatr bilan maslahatlashgan holda unga giyohli choylar ichirish ham mumkin. Bunda bolaning yoshiga bog‘liq ko‘rsatmalarga amal qilish lozim.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
🥔 Gulkaramli kartoshka pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• kartoshka - 1 dona.
• gulkaram - 2 dona
• ona suti yoki sunʼiy aralashma - 80 ml.

Tayyorlanishi:
1. Kartoshkani tozalang, kub shaklida kesib oling va qaynatishga qo'ying. 15 daqiqadan so'ng, qozonga gulkaram qo'shing va tayyor bo'lguncha qaynating.
2. Tayyor sabzavotlarni blenderda aylantiring.
3. Sut yoki sun'iy aralashmani qo'shing va yana aralashtiring.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
15 yoshgacha bolalar va homilador ayollarga 7 turdagi vitaminlar bepul tarqatiladi

Vazirlar Mahkamasining “Respublikada onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi eьlon qilindi.

Shuningdek, respublikada onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlash borasida quyidagi tartib o‘rnatiladi:

6 — 23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;

6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar «A» vitamini bilan;

2 — 10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlanishi;

homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 3 — 15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan;

35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollar temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlanishi;

ayollar va bolalarni yod, temir, foliy kislotasi, vitaminlar va parazitlarga qarshi dorilar bilan bepul ta’minlash orqali aholi o‘rtasida kamqonlik 25 foizga kamaytiriladi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning tezroq ravon gapirishi uchun  - pediatr maslahatlari

Buning uchun: Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.

Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o‘tgach u bilan  og‘izni cho‘chchaytirib "shiringina" gapirishning foydasi yo‘q.

Bolaning ko‘zlariga qarab gapiring. Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo‘l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.

Bolaga ko‘p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning.

Bolaga ko‘p ertak o‘qing.
Kitobdagi yangi so‘z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarning nutqi qanday shakllanadi?

Kattalarning hali tili chiqib ulgurmagan, so‘zlar ma’nosini farqlolmaydigan jajjigina bolajonlarga gapirishi chetdan qaraganda biroz erish tuyulishi mumkin. Lekin aslida bu to‘g‘ri va juda muhim jarayon.

Chunki bolaning nutqi aynan kattalarning muloqotini tinglash orqali shakllanadi. Dastlab dona-dona qilib aytgan so‘zlarimiz mag‘zini chaqa olmasa-da, yuz ifodamiz, gapirish ohangimiz va xatti-harakatlarimiz orqali o‘g‘il-qizlarimiz lug‘ati shakllanadi. Ammo bu jarayonda e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan yana ko‘plab jihatlar bor.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolalar sog‘ligi uchun bananning foydalari

🍌Suyaklarni mustahkamlaydi. Banan o‘zida Ca(kalsiy) saqlaydi va u ichaklardan yaxshi so‘riladi. Suyaklarda yig‘iladi, raxitni oldini oladi va ularni tezroq o‘sishini ta’minlaydi.

🍌Qabziyat. Banan klechatkaga boy bo‘lganligi sababli ich kelishini yaxshilaydi.

🍌Oshqozon himoyasi. Oshqozon devorini o‘rab oladi va uni har xil mexanik(qattiq ovqat) va kimyoviy(xlorid kislota) ta’sirlardan himoya qiladi.

🍌Hazm faoliyatini yaxshilaydi. Banan tarkibidagi fermentlar iste’mol qilingan ovqatni tezroq hazm bo‘lishiga yordam beradi.

🍌Stressga qarshi ta’siri. Banan ko‘p miqdorda magniy(Mg) saqlaydi va u nerv tizimi faoliyatini normallashtiradi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Baqirish bolalarning miya rivojlanishiga ta’sir qiladi

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ta’lim maqsadida bolaga baqirish mutlaqo samarasizdir.

Ota-onalar oʻzlarining his-tuygʻularini nazorat qila olmaydigan vaziyatlar har xil, ammo aslida charchoq va asabiylik bunday buzilishlarning asosiy sabablari hisoblanadi.

Pittsburg universitetida oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, kundalik janjallar bolalarning aqliy rivojlanishiga juda salbiy ta’sir qiladi va tajovuzkor xatti-harakatlarning rivojlanishiga, ularning haddan tashqari qattiqlashishiga va oʻzini past baholashiga olib kelishi mumkin.

Psixologlar ikki yil davomida 976 ta oilani tahlil qilib, ota-ona tarbiyasining bir qismi boʻlgan baqirish oʻsmirlarda xulq-atvorda muammolarga, kichkintoylarda depressiyaga olib kelishini aniqladilar.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning aldayotganini qanday bilish mumkin? 🤨

1. Bola yolgʻon gapirayotganda, u hech qachon sizning koʻzingizga qaramaydi.

2. Bola oʻzini ishonchsiz va noqulay his qiladi.

3. Agar bola oʻz hikoyasi jarayonida tez-tez duduqlanib qolsa, demak, u sizga butun haqiqatni aytmayapti.

4. Uning yuz ifodasi oʻzgaradi, yonoqlari qizarib ketadi.

5. Bola barmogʻini ogʻziga yoki burniga qoʻyadi.

6. Bolaning qoʻllari doimo orqasida yoki choʻntagida boʻlsa, bu uning biror narsani yashirayotganidan dalolat beradi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Telegramda yopiq kanal tashkil qilib, unda:
Retseplar
Ertaklar O'yinlar Tarbiya bo'yicha tavsiyalar Bola parvarishi tavsiyalar Kasalliklar Emlashlar Yana ko'plab ma'lumotlar berilsa, farzandingiz uchun quyidagi qaysi summaga sotib olgan bo'lar edingiz?
Anonymous Poll
63%
40 ming so'm
10%
60 ming so'm
4%
80 ming so'm
23%
100 ming so'm
Barcha onalar o'qishi shart bo'lgan 10 ta kitob

1. Masaru Ibuka: Uchdan keyin kech

2. Masaru Ibuka: Uchgacha ayni vaqti

3. Xadicha Kubro Tongar: Baqirmaydigan onalar

4. Sheniz Yujel: Go'daklikdan yigitlikka qadar

5. Murat Tosun: Olim yetishtirgan onalar

6. Mo‘minlarning onalari (Hazrati Xadicha va Hazrati Oisha)

7. Noila Xolmuhammad: Onalik maqomi

8. Adem Gunesh: Chinakam ota-onalik san’ati

9 Anna Bikova- "Dangasa ona"ning katta kitobi

10. Adem Gunesh: Yosh bola demang ularni...

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolalarning dangasaligi bilan qanday kurashish mumkin?

Farzandingiz dangasa boʻlsa, vaziyatni qanday bartaraf qilish haqida oʻylashingiz kerak.

• Yodingizda boʻlsin, bolalar ota-onalari qilayotgan va aytayotgan hamma narsani oʻzlashtiradilar, shuning uchun birinchi navbatda oʻz xatti-harakatlaringizga eʼtibor bering.

• Farzandingizni mustaqil boʻlishga undang va haddan tashqari himoyalanish unga faqat zarar yetkazishini unutmang.

• Farzandingizga kichik topshiriqlarni tez-tez bering, lekin buni tartibli ohangda emas, iltimos shaklida bajaring.

• Barcha oila a’zolari uchun uy yumushlari jadvalini tuzing va bolangizga bir nechta mashgʻulotlarni tayinlang.

• Farzandingizni doimo sizga yordam berishga undang.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi