BOLAJON PARVARISHI
7.6K subscribers
416 photos
163 videos
5 files
373 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
Mana bolani qanday qilib ovqat yeyishga qiziqtirish mumkin.

Onajonlardan ozroq ijodkorlik talab qilinadi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
🍼Bolani sutdan ajratish (Pediatr tavsiyasi)

Bolani ko‘krakdan ajratishda ham ona, ham bolaning fiziologik xususiyatlari inobatga olinishi darkor.

Onaga buning uchun involyutsiya davri boshlangandan keyingi vaqt muvofiq. Involyutsiya davrida sut bilan birgalikda kam miqdorda og‘iz suti (molozivo) ishlab chiqariladi. Ko‘krak hajmi esa kichrayadi va ona go‘dagini bir necha kun emizmasa ham qattiqlashmay, yumshoq bo‘lib turadi.

Bolani ikkidan uch yoshgacha bo‘lgan vaqtda ko‘krakdan ajratish oson kechadi. Agar farzandingizni ko‘krakdan ajratmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi bir necha muhim qoidalarni bilib olishingiz kerak.

Bolani sutdan ajratish uchun muhim tavsiyalar

Emizishni keskin to‘xtatib bo‘lmaydi. Bu bola uchun ortiqcha stress bo‘ladi. Avvaliga kunduzi bolani emizishlar sonini kamaytiring. Emizishlar sonini bittaga kamaytirish uchun eng kamida 1 hafta vaqt kerak bo‘ladi. Uni emizish o‘rniga shishacha yoki piyolada sut bering. Kunduzgi emizishlar sonini kundan-kunga kamaytirib boring. Bola umuman emmay qo‘ygach, kechki emizishlar sonini kamaytirishni boshlang.
Kichkintoyga e’tiborli bo‘ling. Agar kunduzi kamroq emizsangiz-u, kechki paytda ko‘proq ema boshlasa, bilingki, uni ko‘krakdan ajratishga hali erta. Ba’zi hollarda bolani sutdan ajratish asnosida u barmog‘ini yoki ko‘rpachasini surishni odat qilishi ham mumkin.
Kunduzi bola emizishingizni talab qilsa, uning e’tiborini boshqa narsaga qaratishga harakat qiling. Masalan, sayr qilgani ko‘chaga, xiyobonga olib chiqing. Kichkintoy sayr asnosida emizishingizni talab qilmay uxlab qolishi mumkin.
Iloji boricha yopiq kiyim kiying, ya’ni bolaning nazari ko‘ksingizga tushmasin. Uning yonida yotmang, emishni yodiga solishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qoching.
Bolaga kechqurun hamma, shu jumladan, «so‘rg‘ichi» ham uxlashini ayting.

Shoshilmang, bola yangi qoida va kun tartibiga sekin-asta o‘rganadi.
Emizish soni sutkasiga bir yoki ikki martaga kamaygach, uni onadan uzoqlashtirish, masalan, buvisinikiga olib borish mumkin. Bu vaqt mobaynida bola ko‘krakni unutadi, tuni bilan uyg‘onmasdan uxlashga ko‘nikadi. Onasining yoniga qaytganda esa emishni yoddan chiqargan bo‘ladi.

Mumkin emas!

Bolani birdan ko‘krakdan ajratish mumkin emas! Bu bola uchun juda katta psixologik travma bo‘lishi mumkin. O‘zingizda esa sut yig‘ilib qolishi hisobiga mastopatiya rivojlanishi mumkin!

Bola biror kasallikka chalingan yoki yaqinda sog‘ayib, organizmi zaif bo‘lib turganida hamda yoz paytida ko‘krakdan ajratmang!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Egizaklarni katta qilish sirlari

Tabiiy tug'ilgan bolalar orasida egizaklar juda kam bo'ladi. Egizaklar tug'ilishi ajoyib bir mo'jiza bo'lishi bilan bir qatorda ota-onadan katta kuch va sabrni talab etadi.

Quyidagi maslahatlar egizaklarni katta qilishda yordam bera oladi:

1. Reja va tartib. Oilada bitta chaqaloq tug'ilsa juda qiyin. Ikkita va undan ko'p bo'lsa-chi? U holda ota-ona egizaklarni ovqatlantirish va uxlash davrlarini birlashtirishga harakat qilishi lozim. Asta sekinlik bilan egizaklar bunga o'rganadi. Chaqaloqlar tartibga tez odatlanadilar. Muhimi, ota-onaning bunga yondashuvi. Tartib va rejani astalik va mehr bilan o'tkazish lozim.

2. Ikkala chaqaloqni bir vaqtda emizish mumkin. Albatta ikki chaqaloqni ko'krak sutiga tutqazish juda katta mahoratni talab etadi. Shuning uchun birini ko'krakka qo'yib, ikkinchisini esa ko'krakdan sog'ilgan sut bilan butilkadan emizsa bo'ladi. Ikkala chaqaloq shunda onaning yonida bo'lishi muhim. Lekin keyingi emizishda chaqaloqlar o'rin almashadi, ya'ni biri butilkadan, biri esa ko'krakdan emadi.

3. Bir joyda uxlatish. Egizaklar chaqaloqligidan bir joyda uxlasa, yaxshiroq uxlaydilar. Birini uyqusi ikkinchisiga ham "yuqadi". Undan tashqari egizaklarni albatta egizaklar aravasida olib yurish lozim. Alohida aravada emas.

4. Egizaklar ko'pincha muddatidan oldin tug'ilgani sabab ularning nafas olish(o'pka) tizimida muammolar bo'lishi mumkin. Bunga e'tiborliroq bo'lish kerak.

5. Egizaklar kasalliklari bir-biriga oson yuqadi. Bir chaqaloq kasal bo'lib qolsa, imkon qadar ikkinchisini undan uzoqlashtirish lozim. Bu bilan kasallikni 100% foiz oldini olib bo'lmasa ham, lekin xavfni kamaytirsa bo'ladi.

6. Egizaklar bir xil bo'lgani bilan, ular juda har xildir! Hech qachon egizaklarni solishtirmang. "Akasi bunday, ukasi esa bunday emas," deyish noto'g'ri. Kelajakda ham ularning qiziqish va dunyoqarashi turlicha bo'lishini rag'batlantiring. Ikkisini bir maromga keltirmang. Ular hech qachon bir xil bo'la olishmaydi, ularning go'zalligi ham shunda!

7. Egizaklarni katta qilish yildan yilga osonlashaveradi. Agar boshida egizaklar bilan ota-ona juda qiynalsa, yillar o'tgan sari bir farzandi bor ota-onadan ko'ra egizagi bor ota-onaga oson bo'ladi. Bu davr ularning 2 yoshidan so'ng keladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Uy sharoitida kindik yarasini qanday parvarish qilish lozim! (Onalar bilishi zarur)

Kindik yarasi chaqaloqning zaif joyidir, unga infeksiya tushib qolish ehtimoli yuqori, shuning uchun chaqaloqqa malakali parvarish zarur.

Biz Pediatrlar kindikni quyidagi vositalar bilan parvarishlashni tavsiya etamiz:

☑️Vodorod peroksid (3% eritma);
☑️Spirtli suv eritmasi (1% li brilliant yashili);
☑️Moychechak eritmasi.

Muolaja o’tkazish uchun steril paxtali diskchalar, paxtali tayoqchalar, pipetka va salfetka kerak bo’ladi. Tug’ruqxonadan javob berilganda keyin birinchi haftada kindikka kuniga 2 marta(ertalab va kechqurun) ishlov berish tavsiya etiladi. Juda tez-tez parvarish choralari chaqaloqning nozik va sezgir terisida ta’sirlanish keltirib chiqarishi mumkin.

Muolaja chaqaloqni cho’miltirishdan so’ng amalga oshirilishi kerak, cho’miltirish vaqtida esa kindikni moychechak eritmasi bilan yengil yuvish mumkin.
Vodorod peroksid eritmasiga botirilgan paxtali tayoqcha bilan yara joyi yengillik va muloyimlik bilan artib chiqiladi. Agar peroksid ko’pirib, shivillagan ovoz chiqarsa, vahima tushmang, bu infeksiya borgini anglatmaydi, shunchaki kindikda qon qoldiqlari borligidan dalolat beradi, buning xavfli joyi yo’q.

Artib bo‘lingandan keyin, yara joyi paxtali diskcha yoki quruq mato yordamida yaxshilab quruq qilib artib olinishi zarur. So’ng yaraga brilliant yashili eritmasi surtiladi, u yarani quritadi va infeksiyalanish xavfini kamaytiradi. Eritmani surtganda yaraning holati ko’rinadigan bo’lib qolishi kerak. Bundan tashqari, uni haddan tashqari ko’p surtish bolaning terisini kuydirishi mumkin, shuning uchun bu masalada juda ehtiyot bo’lish kerak.

Qachon pediatrga murojaat qilish kerak?

Quyidagi holatlarda Pediatr ko‘rigi juda zarur:

☑️Kindik doimo nam bo’lsa;
☑️Ajralayotgan suyuqlikdan yoqimsiz hid kelsa;
☑️Yara atrofidagi teri qizarib ketsa;
☑️Bola kuchangan paytda kindik kattalashsa;
☑️Kindikdan qon aralash ajralmalar kelsa.

Agar biron bir muammo aniqlansa, darhol bolani pediatr ko‘rigiga olib boring, pediatr yangi tug’ilgan chaqaloqning kindigini qanday parvarish qilish kerakligini batafsil ko’rsatib tushuntirib beradi.

Yosh onalar yuqoridagi muammolarni mustaqil hal qilishlari, internetdan javob topishlari yoki tibbiy mutaxassisligi bo’lmagan dono buvijonlarning maslahatlarini tinglashlari tavsiya etilmaydi.

❗️Esda tuting! Kindik yarasiga infeksiya tushishi sepsisga va boshqa og‘ir asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Sabzi va olmadan salat - 1 yoshdan oshgan bolalar uchun
#taomnoma

Mahsulotlar:
• sabzi
• olma
• shakar qiyomi

Tayyorlanishi:
1. Sabzi va olma yuviladi, tozalanadi, ustidan qaynoq suv quyiladi, mayda qirg‘ichdan o‘tqaziladi va shakar qiyomi qo‘shib aralashtiriladi.

2. Shakar qiyomi - 1:1 nisbatda suv va shakar aralashtiriladi, maromiga yetguncha qaynatiladi va sovitiladi.

Bolaga tushlik vaqtiga tayyorlab berilsa, juda foydali bo‘ladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bola qachon o'giriladi (dumalaydi)?

Chaqaloqning rivojlanishini ota-onalar jiddiy kuzatadi. Bola qachon ag'darilishi kerak? Qachon boshini ushlashi kerak? Bola qachon dumalashi kerak? Shu kabi savollar ota-onani qiziqtirishi tabiiy holat.

Bola 3 oyida kelib ilk bora boshini biron tovushga o'girishni boshlaydi. Lekin butun badani bilan dumalashni yoki o'girilishni 4-5 oyiga kelib o'rganadi.

Bu davrda uning oyoq-qo'l va badan mushaklari ancha kuchaygan bo'ladi.

Birinchi bo'lib, odatda chaqaloqlar belida yotgan holda yon tomonga o'girila oladilar. Bundan so'ng belida yotgan holda qoringa dumalab olishni bilib oladilar. Oxirida qorinda bo'la turib belga ag'darilishni o'rganadilar.

Bola 4-5 oyga kelib dumalay olmasligiga yordam berish mumkin. Muhimi, bu davrda bola boshini ushlay olgan yoki ko'tarishga urinayotgan bo'lishi kerak. Buning uchun:

Bola yotgan holida uni badanini kunda bir necha bor 10 daqiqa davomida silash lozim. Bu massaj samarasini beradi. Bolaning mushaklari kuchayadi.
Bola belida yotgan holida uni jalb qiluvchi tovushlar va yorqin ranglik o'yinchoqlar bilan yonga qarashiga undash kerak. Kerak bo'lsa, sekin yordam berib yuborish ham mumkin.
Bola 5 oyga kelib ham dumalamayotgan, o'girilmayotgan bo'lishiga sabab nima?

Bolaning xarakteri. Ba'zi bolajonlar tug'ilganidan sho'xligi, harakatchanligi bilan ajralib turadi. Ba'zida esa bola biroz yumshoq xarakterga ega bo'lib, rivojlanishda tengdoshlaridan ozroq ortda qoladi. Bu muammo emas, balki bolaning temperamenti natijasidir.

Temperamenti past bolalar ham barcha rivojlanish bosqichlaridan(emaklash, o'tirish, turish, yurish va hokazolar) o'tadilar. Faqat o'tish muddatlari sho'x bolalarnikidan ko'ra ortda qolishi mumkin.

Nevrologik muammolar. Agar bola 5 oyiga kelib dumalamayotgan, o'girilmayotgan bo'lib, qo'shimcha ravishda injiq, asabiy, kam uxlaydigan va yaxshi emmaydigan bo'lsa, uni nevrapotolog ko'rigiga oborish tavsiya etiladi.

Jarohat. Ba'zida tug'ish jarayonida bolaga shikkast yetkazilishi mumkin. Ana shuning natijasi keyinchalik uning rivojlanishida namoyon bo'lishi mumkin.

Ba'zi infeksiya va kasalliklar. Bu holat kelib chiqishini faqat pediatr bilan maslahatlashgan holda aniqlash mumkin.

Bolaning jismoniy rivojlanishi hamma chaqaloqlarda har xil tezlikda bo'ladi, kimdur tezroq kimdur sekinroq rivojlanishi tabiiy holat. Farq normadan yiroq bo'lmasligi muhim. Normada muammosiz tug'ilib, sog'lom rivojlanib kelayotgan chaqaloq 4-5 oyiga kelib joyidan qimirlaydi, o'giriladi va dumalaydi. Shuning uchun uni bu davrda ayniqsa beqarov qoldirish mumkin emas. Qaysi zahoti qanchalik masofaga holatini o'zgartira olishini bilib bo'lmaydi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari

Ikki yoshga to'lgan bolaning tili chiqishi kerak. O'zining uchinchi tug'ilgan kuniga qadar bola o'rtacha 300 ta so'zni bilishi, tushunishi, gapira olishi lozim. Bolaning tili vaqtida va ravon chiqishi uchun ota-ona yordam berishi mumkin ekan, deb ta'kidlaydi mashshur Rossiyalik pediatr Komarovskiy.

Buning uchun:
1. Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.
Homiladorlikning 3 trimestrida bola tovushlarga juda ta'sirchan bo'ladi. Aynan bu davrdan boshlab ona yoki ota o'z farzandi bilan muloyim gaplashishni, klassik musiqalarni qo'yib berishni odat qilishi kerak.

2. Yangi tug'ilgan chaqaloq bilan doimo suhbatlashib yuring.
chaqaloqligidan ravon nutqni eshitgan bolani tili chiqishi oson bo'ladi.

3. Bolaning ko'zlariga qarab gapiring.
Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo'l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.

4. Bolaga ko'p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning. Savolingizga javob berish niyatida uning aqliy va nutqiy rivojlanishi kuchayadi.
Telefon va kompyuter o'yinlari bolani tili chiqishini keskin sekinlashtiradi.

5. Bolaga ko'p ertak o'qing.
Kitobdagi yangi so'z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.

6. Bola bilan birga yoki bola uchun qo'shiq ayting.
Musiqa va qo'shiq nutq apparatini rivojlantriadi.

7. Bola bilan doimiy ravishda muloqotda bo'ling.
Ovqat qilish davomida ham bolani sabzavotlarni rangini, soni aytishga undasa bo'ladi. Ko'chada atrfodagi buyum va manzaralarni bola bilan birgalikda tahlil qilsa bo'ladi.

8. Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o'tgach u bilan og'izni cho'chchaytirib "shiringina" gapirishning foydasi yo'q. Bolaning tili chiqishida bu qiyinchilik tug'diradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Tish chiqishi alomatlari

Bolaning tishi chiqayotganda quyidagi alomatlar yuzaga kelishi mumkin, lekin shart emas:
1 Bolaning milki shishib qoladi;

2. Bolaning milki oqsih rangga bo'yaladi;

3. Ko'p so'lak oqadi;

4. Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni istaydi;

5. Tana harorati oshadi ( ko'pi bilan 37-38 gradusgacha);

6. Bola injiqroq bo'lib qoladi;

7. Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi;

8. Bola ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi;

9. Bolaning ishtahasi yo'qoladi;

10. Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi.
Yuqoridagi alomatlarni ayrim kasalliklar alomatlari bilan adashtirib yubormang. Masalan, bolaning tana harorati oshib, bola yo'talib, burni oqayotgan bo'lsa, u holda bola shamollagan bo'lishi mumkin. Yoki bolaning ichi ketishi kuchayib borib, unga qusish ham qo'shilib ketsa, demak bola infeksion kasallikka uchragan, uni darhol davolash lozim.

Onaning o'zi bolasi uchun birinchi shifokor. Shuning uchun yuqoridagi alomatlarni bolada kuzatsangiz va ular kasallik emasligiga shubhalanayotgan bo'lsangiz, u holda vrachga murojaat qilganingiz ma'qul. Bolada tishi chiqishi jadvali va tish chiqishi bilan bog'liq muammolar bilan ham tanishing.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqning qorni og'rishi (gazlar, meteorizm)

O'sayotgan bola uchun havo yutib olib, chiqarish oddiy holdir. Lekin qorni ichida gazlarning ortib ketishi kichik bolada qiyinchiliklar keltirishi mumkin. Bola organizmida gazlar yig'ilib qolsa, ularni chiqarish yo'llari mavjud.

Bola organizmda havo kamroq kirishini ta'minlash uchun quyidagi qoidalarga amal qilaylik:

- Ko'krak suti bilan emizayotgan bo'lsangiz, bola ko'kragingizni lablari bilan yaxshilab qisib olganligiga amin bo'ling. Bola og'ziga ko'krak uchigina emas, balki butun areolasi kirishi kerak.

- Agar butilkadan emizayotgan bo'lsangiz bolaning lablari butilka so'rg'ichining uchida emas, yo'g'on qismida bo'lishini nazorat qilib turing.

- Butilkadan emizish davomida havo butilkani tagiga (asosiga) ketib qolishi uchun butilkani 30-45 gradusga ko'targan holda ushlang.

- Ko'krak suti bilan emizayotgan bo'lsangiz, siz yeydigan mahsulotlar tarkibidan bolada meteorizm holatini keltiruvchi mahsulotlarni olib tashlang. Ko'pincha bolalarda meteorizm holatini karam, nok, ayrim sharbatlar keltirib chiqaradi, qo'shimcha ovqat berishni boshlagan bo'lsangiz ehtiyot bo'lib bering.

- Bitta o'tirganda ko'p bergandan ko'ra, bolani kamroq miqdorda tez-tez ovqatlantiring.

- Emizish davomida va emib bo'lgandan so'ng 30 daqiqa bolani 45 gradusda, vertikal holda ushlang.

- Bo'shab qolgan butilkani emib yotishiga yo'l qo'ymang.

- Bola yig'laganda tezda ovuting.

Organizmdan havoni ko'proq chiqarib yuborish uchun nima qilish kerak?

- Birinchi navbatda bolani emizish davomida va undan keyin kekirtiring.

- Bola qornini soat strelkasi bo'yicha asta silang.

- Bolani o'tqazib ushlang.

- Glitserin shamlaridan foydalaning.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolani so‘rg‘ichdan ajratishda e‘tibor berilishi zarur bo‘lgan 10 ta jihat

1⃣Birinchidan, shoshish mumkin emas. Bolani so'rg'ichdan chiqishiga yaxshilik, mehr va erkalash bilan erishish lozim.

2⃣Ikkinchidan, so'rg'ich bilan uxlash odati bo'lgan bolalarga uning o'rnini bosuvchi vosita topish kerak. Masalan, yumshoq ayiqcha, yoqimli musiqa, onaning qo'llari va hokazo.

3⃣Uchinchidan, bola gapga tushunadigan yoshda bo'lsa, unga so'rg'ich haqida ertak aytib bering. So'rg'ichni pari olib ketib o'rniga ajoyib sovg'a olib kelishini tushuntiring. So'rg'ichni bola bilan birga bir joyga bekitib qo'yib o'rniga bola uchun yoqimli sovg'a solib qo'ying. Bola so'rg'ichni izlab sovg'a topadi.

4⃣To'rtinchidan, bolani zeriktirib qo'ymang. Ko'pincha zerikkan bola so'rg'ich so'rishni qumsaydi.

5⃣Beshinchidan, bola so'rg'ichsiz yig'lab uxlolmay qattiq qiynalayotgan bo'lsa, so'rg'ichdan ajratish muddatini 1-2 haftaga suring.

6⃣Oltinchidan, bola so'rg'ichni qumsab so'rayotgan bo'lsa, uni chalg'iting, u bilan o'yin-kulgu qiling.

7⃣Yettinchidan, so'rg'ichdan ajratish o'yinlarini o'ylab toping.
Masalan, bir devorga bolani bo'yi yetadigan joyda so'rg'ichni mahkam o'rnatib-qoqib qo'ying. Bola so'rg'ichni qumsaganda o'sha devor yoniga borib so'radi. Uzoq vaqt devorni oldida turishga zerikib siz jalb qilayotgan o'yinlar tomon shoshadi va so'rg'ichdan o'zi asta bosh torta boshlaydi.

8⃣Sakkizinchidan, so'rg'ichga dori, garimdori, sarimsoq piyozi kabi achichiq narsalar surib bolaga so'rdirmang. Bu uning psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

9⃣To'qqizinchidan, "so'rg'ich so'rasan", deb bolani uyaltirmang. Bu uning jismoniy va ruhiy ehtiyoji, erkaligi emas.

🔟O'ninchidan, so'rg'ichdan ajratayotganizda bola sog'lom va yaxshi holatda bo'lishi lozim. Ya'ni, biron jismoniy rivojlanish bosqichidan o'tayotgan (yurishni, emaklashni boshlayotgan va boshqalar) kasal yoki emishdan ajratilayotgan bolani qo'shimcha stress qilib so'rg'ichdan ajratish mumkin emas.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqlarni qorni bilan yotqizishning muhim 3 ta sababi

Harakatlanish qobiliyatlari yaxshilanadi

Avstraliya universitetidagi olimlarning aniqlashicha, bolani qorin bilan yotqizish uning rivojlanishiga ta’sir qiladi. Tajribada 4237 bola ishtirok etgan va ularning rivojlanishi bir qancha parametrlar bilan baholangan.

Ma’lum bo‘lishicha, kun davomida yarim soatdan ko‘p qorni bilan yotadigan bolalar harakatlarini yaxshi nazorat qila oladi, faol bo‘ladi. Shuningdek, qorni bilan yotgan bolalar, osmonga qarab yotgan bolalardan ko‘ra tezroq emaklashni o‘rgangan. Psixodiagnostika va psixokorreksiya markazi boshqaruvchisi Tatyana Goryachevaning ta’kidlashiga qaraganda, emaklash uchun qo‘l va oyoq mushaklari ushbu jarayonga tayyor bo‘lishi kerak. Osmonga qarab yotgan bola esa harakatlanmaydi va mushaklari ham harakatlarga tayyor bo‘lmaydi. Shu sabab bola qornidan orqasiga o‘girib olib, o‘tirgan holda sudralishni boshlaydi.

Bosh suyagi to‘g‘ri rivojlanadi

Bolalarda to‘satdan o‘lim sindromini oldini olish uchun ham bolani osmonga qaratib yotqiziladi va bola shu holatda uxlashi kerak bo‘ladi. Ba’zi onalar bu sindromdan shunchalik qo‘rqqanidan, boshqa vaqtda ham bolani qorni bilan yotqizishdan qo‘rqadi. Ammo bola faqat yotadigan bo‘lsa, bosh suyagi yaxshi yoki to‘g‘ri rivojlanmasligi mumkin. Agar ko‘pincha yon boshi bilan yotqiziladigan bo‘lsa, yotgan taraf yassi bo‘lib qolishi mumkin.

Yuragi mustahkam bo‘ladi

Avstraliyalik olimlar tomonidan aniqlangan yana bir ma’lumot: qornida ko‘p yotgan bola yaxshiroq vazn to‘playdi va yurak qon-tomir tizimi mustahkam bo‘ladi. Chunki ushbu holat bola uchun eng yaxshi kardiozo‘riqish hisoblanadi va bu yurak rivojlanishiga yaxshi ta’sir qiladi. Agar har kuni shug‘ullanadigan bo‘lsa, bolada harakatlar koordinatsiyasi yaxshilanadi, qo‘l-oyoqlari yaxshi harakatlanib, umurtqasi mustahkamlanadi. Bu esa nafaqat jismoniy bali aqliy rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, jarayonda press mushaklari ham mustahkamlangani hisobiga qorin churra paydo bo‘lish xavfi oldi olinadi. Bolani ovqat berishdan avval qorni bilan yotqizilsa, bu qorinni sanchib og‘rishini kamaytiradi.

Manba. Daryo.uz

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Endi tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani shifoxonaning o‘zidan olish mumkin

2023 yilning 1 yanvaridan boshlab Toshkent shahrida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani tibbiyot muassasalari orqali elektron usulda FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi joriy etildi. Mazkur tartib 2023 yil 1 iyundan butun respublika bo‘ylab tadbiq etilishi belgilangan. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, endilikda bola tug‘ilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi ma’lumotlarni, jumladan, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYO bo‘limiga axborot tizimi orqali yuboradi.

Shundan so‘ng FHDYO bo‘limi tug‘ilganlikni qayd etib, QR-kod qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi. Tibbiyot muassasalari ma’lumotnomani bolaning ota-onasiga taqdim etadi.

Ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi. Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan uni qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi. Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYOga borish shart emas.

Shuningdek, tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma esa fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYO bo‘limlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.

Ta’kidlanishicha, otalikni belgilash va yolg‘iz ona arizasiga asosan tug‘ilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilishini qayd etishda bevosita FHDYO bo‘limiga murojaat qilish lozim.

Manba: qalampir.uz

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bu kun ko‘pchilik onalar bola tinchligini o‘ylab pampersdan foydalanishadi…

Bolalarga uy sharoitida pampers taqishda me’yorga amal qilish shart. Ayniqsa o‘g‘il bolalarga pampersni uzoq muddat taqish kelajakda o‘z salbiy asoratlarini berishi (bepushtlikka olib kelishi) mumkin.

Bolalar qisqa muddatga, (ya’ni uni poliklinikaga olib chiqqanda yoki mehmonga borganda) ortiqcha noqulayliklarning oldini olish maqsadida pampersdan foydalanish mumkin. Ayrim onalar kun davomida bolalarni pampersda qoldirishadi, bu mutlaqo noto‘g‘ri.

Pampers tanlaganda albatta uning havo o‘tkazuvchanligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Uzoq muddat pampersda yuradigan bolalarda hojatga chiqish ko‘nikmalari shakllanmay qoladi, natijada bunday bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga borganda qiynalishadi.

Onalar o‘z farzandlarini uy sharoitida pamperssiz parvarish qilishlari hamda ularda zarur ko‘nikmalar shakllanishida yordam berishlari kerak.

Bolani qanday kiyintirgan ma’qul?

Yil fasllari almashadigan paytda bolalar salomatligiga alohida e’tibor talab etiladi, chunki iqlim, ob-havo salomatlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Faslga qarab ovqatlantirish kabi, faslga mos qilib kiyintirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Bolalarga paxtali matodan tikilgan, tana uchun qulay (tor yoki juda ham keng bo‘lmagan) kiyimlar kiydirish ular organizmi uchun foydali. Kiyim bola tanasiga havo o‘tkazadigan bo‘lsa, u organizmda moddalar almashinuvi me’yorida kechishiga yordam beradi.

Bolaning boshiga oq matodan tikilgan soyabonli qalpoqcha kiydirish lozim (sababi, u quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bola yuziga tushishidan saqlaydi).

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolani ovqatlantirishda nimalarga e’tibor qaratilishi lozim?

Birinchidan, onalar bolani to‘g‘ri ovqatlantirishlari kerak. Ikkinchidan, ayniqsa iliq-issiq kunlarda bolaga ko‘proq suv berish lozim, bu terlash tufayli organizm yo‘qotgan suyuqlik o‘rnini to‘ldiradi. Uchinchidan esa o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida shaxsiy gigena qoidalariga rioya etish alohida o‘rin egallaydi. Chunki o‘tkir me’da-ichak infeksiyalari bilan kasallanish 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida 65-70 foizni tashkil qiladi.

Kasallik ko‘pincha iste’mol qilingan suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishini inobatga olib issiq kunlarda bolalarning ochiq suv havzalarida cho‘milishlarini nazorat qilish, ayniqsa mevalarni qaynagan suvda yuvib berish muhim hisoblanadi.

Vitaminga boy ko‘katlarni to‘g‘rab, bola ovqatiga qo‘shib yedirish lozim. Umuman, vitaminli yeguliklar kundalik dasturxonda doimo bo‘lishi shart. Oddiygina misol. Bola organizmida vitamin C yetishmasa, uning aqliy va jismoniy qobiliyati pasayib ketadi, me’da-ichak faoliyati buziladi, bola tez-tez shamollaydigan bo‘lib qoladi. Shunday ekan, askorbin kislotasiga boy petrushka, karam, na’matak, limon, pomidor va sabzi iste’mol qilishni yo‘lga qo‘ygan ma’qul.

Vitaminlarning B guruhi yetishmasa, bolada ishtaha yo‘qolishi, asab tizimi faoliyati buzilishi, lanjlik, ozib ketish kabi belgilar kuzatiladi, shu sababli bolalarga go‘sht, jigar, dukkakli donlar, sut mahsulotlari, tuxum va turli sabazavotlarni ko‘proq berish tavsiya etiladi.

Vitamin A tanqisligi yosh bolalarning ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, moddalar almashinuvining bir me’yorda bo‘lmasligiga olib keladi. Bolalarga go‘sht, baliq, sut, tuxum, sariyog‘ va ko‘k no‘xatli taomlarni ko‘proq berish lozim.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi