BOLAJON PARVARISHI
7.44K subscribers
397 photos
149 videos
5 files
340 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
🤱Ko‘krak suti bilan ovqatlantirishning afzalliklari

1. Ovqatlantirish turining o‘ziga xosligi (Ona o‘z farzandini ona 
suti bilan boqadi).
2. Bolalar yuqumli kasalliklari va oshqozon-ichak infeksiyalarining passiv immunoprofilaktikasi (Agar ona suvchechak, qizamiq, parotit va shu kabi kasalliklarni boshdan kechirgan bo‘lsa, bolada bunday infeksiyalar rivojlanmaydi).
3. Intellektual (aqliy) rivojlanish Ko‘krak suti tarkibida mavjud 
bo‘lgan polito‘yinmagan yog‘ kislotalari 6–9 oy davomida tabiiy usulda boqiladigan bolalarda yuqori aqliy qobiliyatlar rivojlanishiga xizmat qiladi.
4. Onada sut bezi saratoni profilaktikasi (Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bolasini emizib boqayotgan onaning sut bezi saratoniga chalinishi ehtimoli 30 % ga kamayadi, mastopatiya holati yuzaga kelmaydi).
5. Tug‘ruqdan keyin bachadondan qon ketishi profilaktikasi (Bola 
ko‘krak emayotgan vaqtda ona organizmida ajralib chiqadigan oksitosin gormoni bachadonning silliq mushaklari qisqarishiga olib keladi, bu esa tug‘ruq yo‘llaridan qon ajralib chiqishini kamaytiradi).
6. Yaqinlik (tug‘ishganlik) his-tuyg‘ulari paydo bo‘lishi (Tabiiy 
usulda boqiladigan bolalar katta boʻlganda keksa ota-onalarini qariyalar uylariga tashlab ketmaydilar, emizikli onalar esa o‘z farzandlarini bolalar uylariga topshirmaydilar).
7. Kontrasepsiya (saqlanish) Laktatsiya yetarli darajada bo‘lganda, yangi hayz davri va homiladorlik boshlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Gipoallergenlik (Ona sutidagi oqsillarning 1/3 qismi oshqozonda 
parchalanmay soʻriladi, begona oqsilga nisbatan oziq-ovqat allergiyasi xavfi kamayadi).
9. Iste’mol qilish osonligi (Ona suti doimo iste’mol qilish uchun tayyor, sterillangan, isitilgan, ko‘krak uchini qaynatish, idishlarni sterilizatsiyalash va qaynatish kerak emas).
10. Bepullik (Emizikli ona to‘g‘ri ovqatlanishini tashkil qilish kifoya – ikki kishi ovqatlanadi, bolalar uchun mo‘ljallangan sun'iy aralashmalar esa – bu anchagina qimmatga tushadigan ozuqa hisoblanadi). 

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bola qanday rivojlanadi

1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi, oyoq-qo‘llarda tartibsiz harakatlar

2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi.

3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, vertikal holatda boshini ushlaydi.

4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O‘yinchoqni ushlaydi, og‘ziga olib boradi.

5-6-oylik - qo‘lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o‘tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o‘griladi, o‘yinchoqlarni kuzatadi va ko‘taradi.

7-8-oylik - mustaqil o‘tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo‘l cho‘zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi.

9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat yeydi. Dada mama so‘zlarini ayta oladi

11-12-oylik - qo‘lidan ushlasa o‘zi yuradi, lekin ko‘p yiqiladi, mustaqil ovqat yeyishga harakat qiladi, ba'zi so‘zlarni ayta oladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉
@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
Ota-onalarning haddan tashqari qattiqqoʻl boʻlishi bolalarda depressiya holatlarini ortishiga sabab boʻladi!

✍️ Ahadjon Abduxalilov, sogʻlom hayot targʻibotchisi

🔹Amerikaning webmd nashri bergan maʼlumotlarga koʻra, ota-onalar farzandlarini tarbiyalashda psixologik bosim, jismoniy jazolar qoʻllashi va ular bilan muloqotni cheklashi bolalarni keyingi hayotida depressiya xavfini orttiradi.

🔹Ayniqsa, aqliy va ruhiy jihatdan oʻsib borayotgan bolalarda har qanday jiddiy va uzoq muddatli stress oʻzini asoratini koʻrsatishi mumkin.

🔹Tadqiqotlarga koʻra, bolalarni tarbiyalashda ragʻbatlantirish va ruhiy qoʻllab-quvvatlashni asosiy mezon qilib olgan ota-onalarning farzandlarida ruhiy va aqliy salomatlik nisbatan ancha yuqori ekanligi maʼlum boʻlgan.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
🧠 Suzish bolani aqlli qiladi

✍️ Maksim Zohidjonov, sogʻlom hayot targʻibotchisi

🏊 Erta yoshda suzishni oʻrgangan bolalar ertaroq yura boshlaydi, yaxshi nutqqa ega boʻladi va murakkab vosita koʻnikmalarini egallaydi.

🧒 Suzish nafaqat sport turi, balki erta rivojlanishining eng mashhur usullaridan biridir. Haqiqatan ham, bachadonda toʻqqiz oylik “suzish”dan soʻng, chaqaloqlar suzish reflekslarini, shu jumladan mashhur “gʻavvos refleksini” saqlab qolishadi.

🧒 Ammo bu reflekslar, boshqalar kabi, yosh oʻtishi bilan yoʻqoladi. Reflekslarning barqaror koʻnikmalarga aylanishi uchun chaqaloqni muntazam suzish mashgʻulotlariga berish kerak.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
Bolalarni sport to‘garaklariga necha yoshdan bergan ma’qul?(Vrach pediatr tavsiyasi)

⚽️Futbol - 10-11 yosh

🏀Basketbol - 10-12 yosh

🏐Voleybol - 10-12 yosh

🎾Tennis - 7-9 yosh

🤼Kurash(barcha turi) - 10-12 yosh

🏃‍♂Yengil atletika - 10-12 yosh

🏒Xokkey - 10-11 yosh

🏓Stol tennis - 7-9 yosh

🤸Sport gimnastikasi
-o‘g‘il bolalar 8-9 yosh
-qiz bolalar 7-8 yosh

🚴Velosport - 12-13 yosh

🤽Suv polosi - 10-12 yosh

🥊Boks - 12-14 yosh

🏸Badminton - 10-12 yosh

Shaxmat - 9-12 yosh

🏊‍♀Suzish - 7-8 yosh

🏋Og‘ir atletika - 13 yosh

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
❗️Farzandingizga yoshligidan kitob o'qib berishga odatlaning!

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, haftasiga 3-5-marta kitob oʻqib berish 4-5 yoshli bolalar tengdoshlariga qaraganda aqlliroqdir.
Bolalar uchun kitob oʻqish, hatto ishlaydigan ota-onalar ham qila oladigan narsadir.
Farzandingizga kitob oʻqish sizga ham, farzandingizga ham doimiy taʼsir koʻrsatadi.
Shunday qilib, siz birga oʻtkazgan vaqtingiz sifatini oshirishingiz mumkin, chunki farzandingiz bu vaqtda otasi yoki onasining barcha eʼtibori faqat unga qaratilganligini biladi.
Farzandingizga kitob oʻqib berish maktabda oʻqish qobiliyatiga ham foyda keltiradi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
⚡️Bugun — Otalar kuni

Bir qator mamlakatlarda har yili nishonlanadi. Otalar kuni otalar tarbiyasining ahamiyatini eslash va minnatdorchilik so‘zlarini aytish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ushbu kunda, an’anaga ko‘ra, oilaviy kechki ovqat o‘tkaziladi va otaga sovg‘alar beriladi

YAQINLARIZGA YUBORIB ESLATIB QO‘YING!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
​​ yoki

📌 Bolangizga "Devorga chizma" demang, "rasm daftarda chizganing chiroyliroq ko'rinadi" deng.
📌 "Telefon o'ynama" demang, "Kitob o'qisang, hozirgidan ham aqlli bo'lasan" deng.
📌 "Shuniyam eplab pishira olmadingmi?" demang, "Boshqa retsept bo'yicha pishirsang aniq o'xshaydi" deb ayting.
📌 "Noshudsan, ovqat yemaysan" deya ko'rmang, "Ovqat yesang sen sog'lom bo'lasan, men xursand bo'laman, meni xursand bo'lishimni xohlamaysanmi?" deganingiz ma'qul.
📌 "Kiyimingni kir qilma" demang. "Ozoda kiyimda judayam chiroyli ko'rinasan" deb aytib ko'ring.
📌 "E, basharang qursin, qanaqa bolasan o'zi" — bu gaplarni umuman aytmang. "Qori bo'lgur bolam-a hech kimga o'xshamading sen" deganingiz yaxshi.
📌 Yuqoridagi usulni qo'llab, so'zning qudrati nimalarga qodir ekanligini ko'rishingiz mumkin.Ularga ta'qiq qo'ymang, aksincha to'g'ri yo'nalish ko'rsating.

Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
O‘zbekistonda o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilmoqdami yoki qiz bolalar?

🏢 Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar-may oylarida FHDYO organlarida 374,4 ming nafar tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Shundan:

o‘g‘il bolalar – 180,4 ming nafar;

qiz bolalar – 167 ming nafarni tashkil etgan.

2024 yilning 5 oyida O‘zbekistonda qiz bolalarga nisbatan 13,4 ming nafar o‘g‘il bolalar ko‘p tug‘ilgan.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi tug‘ilayotgan chaqaloqlar😁

Nimagadir tug‘ilishi bilan atrofdagilarga gumon bilan qarayapti.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
👶🏻 Bolalar nega kech gapiradi?

— Bolalar odatda 1-2 yoshdan gapirishni boshlaydi. Ammo, ba‘zi bolalar 3-4 yoshga yetsa ham gapirmaydilar. Bunga sabab, jismoniy yoki ruhiy zoʻriqishlar boʻlishi, bola bilan gaplashmaslik, oiladagi ba‘zi shovqinli holatlar va boshqa shu kabi e‘tiborsizlik hamda salbiy sabablar boʻlishi mumkin.

— Bolaning tili chiqmagan boʻlsa ham unga gapiring, u bilan gaplashing. Bola sizni sal boʻlsada tushunadi, albatta. Agar sizga ma‘qul kelsa, bolangiz bilan muhim mavzularda suhbat quring.

— Shuningdek, u bilan birga harakatli oʻyinlar oʻynang, aqlni charhlovchi oʻyinchoqlar bilan uni qiziqtiring. Eng kamida u bilan bir kunda 15-35 daqiqa shu kabi mashgʻulotlar oʻtkazing.

— Agar, biz bergan maslahat va tavsiyalar samara bermasa, uni iloji boricha tezroq bolalar shifokoriga koʻrsating. Iloji boʻlsa, bolalar psixoligiga ham olib borsangiz, yaxshi boʻladi

Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Plastilindan yoqimtoy "Cheburashka" yasaymiz

✂️Bolajoningiz bilan birgalikda albatta bajarib ko'ring

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
Ko‘krak suti kamayishi sabablari

Ko'krak suti yetmaganda nima qilish kerak, degan savolga ko'p maslahat bersa bo'ladi. Ba'zida esa oddiygina savolga javob muammo yechimiga aylanadi.

Bu savol: Emizishga vaqtingiz bormi?
Albatta bor, deydi ko'pchilik. Bolani ovqatlanishi uchun vaqtingiz bordur, lekin emizish deganda bolaning ovqatlanishini tushunmang.
Bola onani emishi bu nafaqat ovqatlanish, balki bolaning onasini bag'riga to'yishi, onasini mehrini olishi, onasi bilan suhbatlashishi, onasi allalashini eshitishi, onasiga qarashi va boshqa shu kabi vaziyatlarni o'z ichiga oladigan psixologik holatdir.
Qorni to'q bola injiq bo'lishini ko'rgansizku? Hozirgina emizdim, nega yana yig'layapti, deysiz. Aslida uni ovqatga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaganingiz bilan, sizga, bag'ringizga, qo'llaringizga, ko'zlaringizga bo'lgan ehtiyojini hali to'ydirishga ulgurmagan bo'lasiz. U yana emishni istagandek sizga talpinadi. Yana emizing.
Ovqat yeyishi uchun emas, sizga to'yib olishi uchun emizing. Ona suti shunday ajoyibki, bolaning ehtiyojiga qarab uning tarkibi o'zgaradi. Ya'ni qorni och bola emayotganda kuchli so'rishi natijasida yog'liq sutni olsa, shunchaki mehrga to'yishni istayotgan bo'la sekin-sekin so'rib oldi sut, ya'ni yog'siz sutni ichadi.
Olti oygacha ona emizish uchun kunining deyarli 70 foizini ajratishi lozim. Agar uy ishlari kutib turgan bo'lsa, u holda uydagilarga tushuntiring. Ularga qorni to'q, mehrga to'yib o'sayotgan bola yaxshimi, yoki bolani yetarlicha emazmay onada sut kamayib borib bola uchun qo'shimcha aralashmaga pul ketqazib injiq bolani katta qilish afzalmi?
Agar ona suti kamaymasdan, bola tiniqib katta bo'lishi muhim bo'lsa u holda emizikli onaga sharoit yaratib berish kerak.
1. Bolani hech qachon biron ish qilish oldidan shoshib emizmang. Shoshayotgan onani bola sezadi va qo'yib yuborishni istamaydi.
2. Bolani alohida tinch joyda emizishga odatlaning. Birov bilan gaplashib yoki telefonga qarab emizsangiz, bola mehringiz va e'tiboringizga yetarlicha to'yib ololmaydi va yarim soat o'tmay yana emgisi kelib qoladi.
3. Bolani vaqtga qarab emizmang. Qachon emizishni bilish uchun eng yaxshi ko'rsatkich, bolaning ehtiyoji. Ba'zi kunlar bo'ladiki, bola xuddi tinmay ko'krakni so'ragandek tuyuladi. Ana shu kunlar bolaga ko'krakni ko'p tutqazadigan vaqtdir. Bu davrda ona ko'kragida sut kamaygan bo'lib, bola uni ko'paytirish maqsadida ko'p so'radi. So'rish ko'paygan sari sut ishlab chiqarilish hajmi ham ko'paya boshlaydi.
4. Emizishni ishlar orasida emas, ishlarni emizish orasida qiling. Bolaning 6 oyiga to'lguniga qadar sizning eng muhim ishingiz bolani bag'ringizga olib o'tirish.
5. Emizish jarayoniga soat poylab yodnashmang. Emizishga o'tirdingizmi, hamma ishni unuting. Endi butun vujudingiz bilan bolaga o'zingizni qarating.
6. Emizishni muammo deb bilmang. Qo'rquv va asabiylashish sutni qochirib yuboradi.
7. Bolaning 6 oygacha bo'lgan davrida o'zingizni urintirmang. Charchov sutni kamaytirib yuboradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉@Pediatric_uz
Bolani emizish ona sogʻligʻida qanday ahamiyatga ega?

— Bu ona sogʻligʻi uchun ham katta foyda keltiradi. Avvalo, ketma-ket homiladorlikning oldi olinadi. Onaning koʻkrak va bachadon saratoni, artrit va yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimoli kamayadi, shuningdek, emizikli ona ortiqcha vaznini tez yoʻqotadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining taʼkidlashicha, koʻkrak sutining yoʻqligi yoki uning yetishmasligi shunchaki bolani koʻkrakka notoʻgʻri tutish va muntazam emizmaslik oqibati, xolos. Laktatsiyasiz, yaʼni sut kelmaydigan onalar boʻlmaydi (95 foiz ayollarda koʻkrak suti meʼyorda ishlab chiqiladi).

❗️Ayolning ruhiy ahvoli yaxshi boʻlsa, oilada sogʻlom muhit oʻrnatilsa, ona suti kelishida muammolar boʻlmaydi, aksincha, turli stress, charchoq onada sut hosil boʻlishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
6 oylik bola ovqatlanishi: qo'shimcha ovqat berish

Ko'krak suti yoki smesdan tashqari 6 oylik bolaga qo'shimcha ovqat berish mumkin va kerak.

Bolaning oshqozoni yangi taomlarga o'rganmagani uchun, bu yerda asta-sekinlik va ma'lum bir bosqichlardan o'tish talab etiladi.

6 oylik bola qanday ovqatlanishi mumkin:
Nimadan boshlaymiz:
-Banan;
-Guruchli kasha;
-Nok;
-O'zingiz tayyorlagan olma sharbati.
Taomlarning holati:
-Yaxshilab ezilgan, pyure shaklida qoshiq uchida beriladi.

Bolaga qo'shimcha ovqat berishda eng asosiy qoida bu shoshilmaslik.

Har bir yangi mahsulotni qo'shishni boshlaganingizda kuzating. Bolada unga nisbatan allergiya yoki ichi buzulish holati kuzatilmasa, sekin-sekin porsiyani oshirish mumkin.

Bir-ikki haftalardan so'ng ikkinchi mahsulotni berib ko'ring.
Bunda ham biroz kuzatib, keyin porsiya miqdorini oshirishingiz mumkin.

❗️Mahsulotlar yangi va yaxshilab yuvilgan bo'lishi lozim.

Kattalar ovqatidan hali bermay turing. Bolaga yoqib albatta iste'mol qilishi mumkin, lekin uning oshqozoniga bu katta yuk bo'lib, bola kuchi va energiyasi butunlay o'sha ovqatni hazm qilish uchun ketib qoladi. 6-oylik bolaning oshqozoni va ichaklari kattalar ovqatini hazm qilishga tayyor bo‘lmaydi!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
O'sib-ulg'ayotgan bolajonlar uchun ota-ona mehri juda muhim!

Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
Chaqaloqlarda issiqlik toshmalarini oldini olish

Chaqaloqlarda issiqlik toshmasi xavfini kamaytirish uchun quyidagilar tavsiyalarga rioya qilish lozim.

▪️Chaqaloqlarni mavsumga va ob-havoga moslab kiyintiring. Issiq kunlarda ularni adyol yoki issiq matolarga o'rash shart emas.
▪️Chaqaloqlarga kiyim tanlashda paxta matosidan tayyorlangan, keng va teri nafas oladigan kiyimlarni tanlang.
▪️Chaqaloqlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tushadigan quyosh nurlaridan uzoqroq tuting.
▪️Issiq havoda chaqaloqlarni 22-25 °C haroratli salqin joyda saqlang. Yoz oylarida oʻta issiq havo kuzatilsa, konditsionerdan foydalanib xonani salqinlatish mumkin.
▪️Chaqaloqlarni isitish moslamalari yoki boshqa issiqlik chiqadigan manbalar yaqinidan uzoqroq saqlang.
▪️Ortiqcha terlash holatlarini kuzatib boring. Agar chaqaloq terisi qizarib ketsa yoki terlayotgan boʻlsa, salqin joyga o'tqazing va terisini quruq saqlang.
▪️ Issiqlik toshmalarini oldini olishning yana bir usuli chaqaloqni kuniga 1-2 marta qoraqiz o'tli dengiz tuzi solingan suvda cho'miltirish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔰Bolani jazirama issiqdan asrang!

Issiq yoz kunlarida bolaning kuni bilan quyosh nurlari ostida o'ynab yurishi juda xavflidir. Olimlarning ta'kidlashicha, kunduzgi soat 11:00 dan soat 15:00 gacha quyosh nurlari odam teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, bolalarda esa bu ta'sir yanada kuchliroq namoyon bo'ladi. Lekin aynan yozda bolalar ko'chadan uyga kirishni istamaydilar...

Issiq yoz kunlarida bolani zararli quyosh nurlaridan asrash yo'llari

☑️1. Bolani quyosh nurlari eng zararli bo'lgan payt 11:00 dan 15:00 gacha ko'chaga o'ynagani chiqarmang. Shu vaqt oralig'ida biron joyga borishi kerak bo'lsa, soya joylardan yurishga harakat qiling.

☑️2. Issiq yoz kunlarida bolaga tez-tez suyuqlik ichirib turing. Bola suv so'ramagan holda ham unga qaynatilgan suv berib turing. Sharbat va limonadlar chanqoqni bosmaydi, gazlangan yoki mineral suv ayni muddao.

☑️3. Bolani kiyimiga ahamiyat bering. Yoz kunlarida bola tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimda yurishi kerak. Eng yaxshisi - bu paxta tolalaridan qilingan kiyim-kechaklar. Sintetik matolar issiqdan terlayotgan bola terisida yoqimsiz qo'zg'atishni yuzaga keltirishi mumkin.

☑️4. Bolaning oyoq kiyimi ham qulay va tabiiy materiallardan tayyorlangan bo'lishi kerak. Bolaga orqasi ochiq "shap-shap" olib bermang. Birinchidan, bu o'sayotgan oyoqlarni deformatsiyasiga olib keladi, ikkinchidan, bolaning yurishi palapartish bo'lib ketadi. Ko'pincha bolalar o'yin davomida bunday payafzalni tushirib yuboraveradilar. Oyoq kiyim sandal ko'rinishida bo'lishi eng yaxshi tanlov.

☑️5. Basseyn yoki dengizga cho'milishga borayotganingizda bolaga albatta quyosh nurlaridan himoyalovchi maxsus krem (SPF) surishni unutmang. Bolaning teri juda nozik bo'lgani uchun aynan yoshiga moslab krem olish kerak. Kattalarning kremi mos kelmaydi. Suvga tushib chiqqandan so'ng ham vaqti-vaqti bialn badaniga krem surib turish kerakligi haqida unutmang. Undan tashqari quyosh nurlari keng tarqalgan dengiz va basseyn atrofida bola boshiga yengil bosh kiyim kiyg'azib qo'ying.

☑️6. Ba'zi ota-onalar farzandiga quyosh nurlariga qarshi ko'zoynak olib beradilar. Aslida ko'chada sotiladigan oynalari to'q ranglik arzon ko'zoynaklar bola ko'zlarini quyosh nurlaridan himoya qilmaydi. U shunchaki o'yinchoq. Aksincha, bola to'q rangdagi oyna orqali qarash davomida qorachig'i kengayadi, natijada quyoshning nurlari ko'zga yanada kengroq darajada ziyon yetkazadi.

Agar farzandingiz haqiqatan ko'zoynak taqishni istab, uni o'yinchoq sifatida qabul qilmaydigan yoshda bo'lsa, u holda unga haqiqiy quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ko'zoynak olib berishingiz mumkin. Bunday ko'zoynaklarda UVA, UVB nurlaridan 60%-100% himoya qilish haqida ma'lumot bo'lib, ularning narxi ham ancha baland bo'ladi.

☑️7. Terlab turgan bola bilan konditsioner yoqilgan xonaga kirmaslikka harakat qiling. Bola tez shamollab qolishi mumkin.

☑️8. Istmalayotgan bolani issiq kunda terlamasligiga e'tibor bering. Tana harorati ko'tarilgan bola organizmi issiqda yanada qiynaladi.

☑️9. Yoz kunlarida bolani yeyayotgan ovqatiga nihoyatda e'tiborli bo'ling. Dizenteriya ko'pincha yozda tarqaladi. Meva va sabzavotlar muzlatgichda saqlanishi, ovqat faqat yangi bo'lishini ta'minlang. Bola eskirgan achigan narsalarni yeb qo'yishidan ehtiyot bo'ling. Ovqat yeyishdan oldin, albatta qo'l yuvish kerakligini unutmang.

☑️10. Bolaning issiqda ichi ketishiga ahamiyat bering. Ba'zida ichburug' jiddiy kasallik alomati bo'lishi mumkin.

Farzandingiz o'ziga zarar keltrimagan holda yoz kunlarida mazza qilib dam olishi uchun siz sharoit yaratib bering.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi