BOLAJON PARVARISHI
7.16K subscribers
431 photos
167 videos
5 files
378 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolajonlar bilan oilaviy o'ynash uchun ajoyib o'yin!

Yaqinlarga ham ulashing!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolalar uchun vitaminlar manbalari

🥕 A — sabzi, sitrus mevalari, sariyog‘, pishloq, tuxum.
🥛 D —sut, tuxum, baliq jigari, yog‘li baliq turlari.
🌻 E — makkajo‘xori, kungaboqar, zaytun moyi; no‘xat.
🥗 K — yashil bargli sabzavotlar, ismaloq, bryussel gullari, oq karam va gulkaram, donlar.
🥩 Β1 — mol go‘shti, jo‘xori, yong‘oq.
🌾 B2 — bug‘doy kepagi, soya, brokkoli, jigar, tuhum sarig‘i, pishloq.
🥒 PP — yashil sabzavotlar, yong‘oqlar, donlar, xamirturush, go‘sht, tovuq, jigar, baliq, sut, pishloq.
🍖 B5 — xamirturush, dukkaklilar, qo‘ziqorinlar, guruch, jigar, go‘shtlar.
🥚 B6 — yashil bargli sabzavotlar, go‘sht, jigar, baliq, sut, tuhum.
🍌 Β9 — yong‘oq, yashil bargli sabzavotlar, loviya, banan, apelsin, tuxum, go‘sht.
🧀 B12 — xamirturush, dengiz o‘tlari, jigar, ikra, tuxum, pishloq, sut, tvorog, go‘sht, baliq.
🥚 H — tuxum sarig‘i, jigar.
🥕 Beta-karotin — sabzi, ismaloq, ko‘katlar, qovun, pomidor, karam, brokkoli, o‘rik

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olti oylikdan oshgan bolalarga birinchi qo‘shimcha ovqat sifatida qanday taomlarni berish tavsiya etiladi?

Qaysi ovqatlar ko‘proq foydali, qaysi taomlarni berishga esa shoshilmagan ma’qul?


Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
Farzand tarbiyasida yo'l qo'yiladigan yetti xato!

1. Bir biriga solishtirish. Bolani bir biriga solishtirib, ajratish uning hayotini barbod qiladi;

2. Jismoniy qo‘pollik, urish yoki qo‘pol, uyat so‘z ishlatish. Bular bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini barbod qiladi;

3. Masxaralash. Doim masxara qilingan bola o‘zini hurmat qilmaydigan bo‘lib qoladi;

4. Ortiqcha erkalatish. Ko‘p erkalatilgan, taltayib ketgan bola mas’uliyatsiz bo‘lib qoladi;

5. Ortiqcha tergash. Doimiy nazorat va ortiqcha izoh talab qilish boshqalar fikrini qabul qilish xususiyatidan mahrum qiladi;

6. Beparvolik. Bolaning dardiga quloq solmaslik, u bilan muloqotga vaqt ajratmaslik undagi xotirjamlik his tuyg‘usini barbod qiladi;

7. Shijoatlantirmaslik. Rag‘batlantirilmagan bola yangilik yaratishdan, ijod qilishdan mahrum bo‘lib qoladi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BOLALARNI ONA SUTI BILAN PARVARISHLASHDA NIMALARGA E’TIBOR QILISH ZARAR?

Ona suti — chaqaloq uchun mukammal ozuqa. Tarkibida yuzdan ziyod shifobaxsh mikroelementlar mavjud. Qolaversa, immunoglobulinga boy. Chaqaloqni turli infeksiyalardan himoyalaydi, immunitetni mustahkamlaydi.

Qisqacha aytganda, emizishning foydasi bisyor. Lekin bolani qay paytda, qanday holatda, necha mahal, necha yoshgacha ko‘krak suti bilan parvarishlagan ma’qul? Bu jarayonda qanday qoida va talablarga rioya qilish qilish zarur?

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
🍌🍐 Banan va nok pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• nok - 1 dona.
• banan - 1/2 dona.
• suv - 30 ml.

Tayyorlanishi:
1. Nokni 15 daqiqa davomida bug'da pishiring.
2. Kesilgan banan bo'laklarini qo'shing va pyure holiga keltiring.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Uch oygacha bo'lgan chaqaloqlarga mos o'yinchoqlar

Bu davrda bola ko'radi va eshitadi. Shu qobiliyatlarga yarasha o'yinchoq tanlaymiz.

1. Yoqimli klassik musiqa. Bu yoshda bolaning eng sevimli o'yinchoqlaridan biri bo'la oladi.

2. Shiqildoq o'yinchoqlar. Ochiq bozorlada sotiladiganlari to'g'ri kelmaydi, ularda zaharli moddalar bo'lishi mumkin. Bola esa uni og'ziga soladi. O'yinchoqlarni bolalar uchun maxsus do'konlarda olish lozim.

3. Osma o'yinchoq. Karavotning yoki beshikning bosh qismida rangi oq-qora bo'lgan osma o'yinchoq bolaning diqqatini oladi. Uch oyga qadar o'yinchoq qora-oq rangda bo'lib, uch oydan so'ng rang-barang bo'lgani ma'qul.

4. Sinmas ko'zgu. Bola bu davrda hali ko'zguda o'zi ekanligini anglay olmasa-da, uch oyga yetguniga qadar u ko'zgudagi aksi bilan "muloqot" qilib, unga tabassum qilishini sezishingiz mumkin bo'ladi.

5. Yorqin naqshga ega bo'lgan yumshoq matodan yasalgan kitobchalar. Bola qornida yotgan holida ularni tomosha qilishga odatlanib qoladi.

6. O'yinchoqlik-shiqildoqlik bilaguzuklar. Bola qo'lini harakatlantirganida bilagidagi rangbarang o'yinchoqlar tovush chiqarib uni xursand qiladi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqlar sochini kal qilib olish foydalimi?

Chaqaloqlarning sochini kal qilib olish, sochning o’sishini tezlashtirmaydi va qalin bo’lishini ham ta’minlamaydi, chunki sochlarni almashinishi va yangilanishi uchun vaqt kerak. Bu jarayonni organizmning o’zi genetik ma’lumotlarga asoslangan holda, ma’lum algoritmlar asosida amalga oshiradi. Ba’zan ota-onalar orasida sochini kal qilib olsa jingalak sochi tekis bo’ladi degan noto’gri xulosalar uchrab turadi. Agar bolaning irsiyatida sochning jingalak bo’lishi yozilgan (ota-onadan o’tgan) bo’lsa, siz bu holatni bolaning sochini kal qilib olib o’zgartira olmaysiz, bolangizni boricha qabul qiling.

Soha mutaxasislari ham chaqaloqning sochini kal qilib olishni tavsiya qilishmaydi. Chunki ustaraning o’tkir tig’i bolaning nozik, ta’sirchan terisini va hali to’liq rivojlanmagan soch ildizini zararlashi mumkin. Bu holat keyinchalik bolaning sochini siyraklashib qolishiga olib kelishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
😴 🌙 Uyqu va uning bolalar salomatligi va rivojlanishidagi ahamiyati

1️⃣ Oʻsish va rivojlanish. Uxlash vaqtida bolaning tanasi faol oʻsadi va tiklanadi. Oʻsish gormonlari koʻp miqdorda ishlab chiqariladi va bu tananing va miyaning rivojlanishiga yordam beradi.

2️⃣ Immunitet tizimini mustahkamlaydi. Uyqu paytida immunitet kuchayadi va infeksiyalarga qarshi kurashadi. Muntazam uxlayotgan bolalar kamroq kasal boʻlib, kasallikdan tezroq tuzalib ketadi.

3️⃣ Emotsional holatni qoʻllab-quvvatlash. Kutish sizning kayfiyatingizni yaxshilashga va hissiy stressni yengishga yordam beradi. Yetarlicha uxlagan bolalar tinchroq, diqqatini jamlaydi va his-tuygʻularini boshqarishga qodir.

Farzandlaringizga muntazam uyqu jadvalini tuzishga, qulay uyqu muhitini yaratishga yordam bering va ularning yoshiga qarab yetarli soat uxlashlariga ishonch hosil qiling. Sogʻlom uyqu — salomatlik va muvaffaqiyatli rivojlanishning kalitidir!

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bola egoist boʻlib ulgʻaymasligi uchun nima qilish kerak?

1⃣ Farzandingizni boshqalarga e’tiborli boʻlishga va ularga gʻamxoʻrlik qilishga oʻrgating.

2⃣ Farzandingizga muloqot qilish, boshqalarni tinglash va nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilish kabi ijtimoiy koʻnikmalarni oʻrgating.

3⃣ Bolani mustaqil va mas’uliyatli boʻlishga undang, lekin u boshqa odamlarning manfaatlarini hisobga olishi kerakligini unutmang.

4⃣ Bolaning oʻzi xohlagan hamma narsani olishiga toʻsqinlik qiling va uni bor narsasini qadrlashga oʻrgating.

5⃣ Bolani empatiyaga, ya’ni boshqa odamlarning his-tuygʻularini tushunishga va ularga hamdard boʻlishga oʻrgating.

6⃣ Bolaga nafaqat olish, balki berish ham muhimligini, boshqalarga quvonch va tabassum berish juda yoqimli ekanligini koʻrsating.

7⃣ Shuni unutmangki, ota-ona farzand uchun asosiy namunadir, shuning uchun boshqalarga mehr, gʻamxoʻrlik va hurmat koʻrsatish muhimdir.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
😴 FARZANDIM AQLLI BO'LSIN DESANGIZ UNI VAQTIDA UXLATING!

😴 Uyqu vaqtida neyromediatorlar - maxsus kimyoviy moddalar ishlab chiqilib, immunitetni mustahkamlashga va organizmni soat kabi tartibli ishlashiga ko'mak beradi.

Uyquning ijobiy ta'siri erta chaqaloqlik davrida yaqqol namoyon bo’ladi.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, rejimli uyqu bolada hushyorlik va e’tibor, qilgan ishi sifatli bo’lishi, yaxshi kayfiyat va chidamlilik, so’z boyligi oshishi, o’qib-o’rganish va xotira rivojlanishiga ta’sir qiladi. Rejimga amal qiladigan bolalar xotirasi mustahkam bo’ladi.

Bolalarning uxlashi uchun me’yoriy soatlar mavjud va ular yoshga qarab o‘zgarib boradi:

💤 Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (3 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlar) – 14-17 soat har kuni;
💤 Chaqaloqlar (4-11 oylik) − kuniga 12-15 soat;
💤 Kichkintoylar (1-2 yosh) − 11-14 soat;
💤 Bolalar (3-5 yosh) − 13 soat;
💤 Kattaroq bolalar (6-13 yosh) – 9-11 soat;
💤 O‘smirlar (14-17 yosh) – 8-10 soat.

Kanalga ulanish:👉

@Bolajon_parvarishi
Yosh bolalar ko‘p savol berishadi. Bu savollarga javob berish shartmi?

🔹4-6 yoshdagi bolalar juda ko‘p savol beradilar. Ba’zida haddan ortiq savol berganidan be’zor bo‘lib ketamiz. Ammo bu xato! Farzand qachon savol bersa ham, unga doimo javob berishingiz shartdir!

🔹Bolakay o‘z savollariga bir necha marotaba javob olmasa, u savol berishni to‘xtatdi. U sizdan zerikadi. U siz bilan muloqot qilishni xohlamay qolishi ham mumkin.

🔹Savol berishni to‘xtatgan bola o‘zicha ish qilishga o‘tadi ya’ni u o‘z bilganicha ish qiladi. Tabiiy-ki yosh bolaning aqli ko‘p narsaga yetmaydi. Bu bilan u xato ish qilishi mumkin.

🔹Shuning uchun bola bilan doimiy, iloji boricha har qanday vaziyatda aloqada bo‘lishga harakat qiling.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
Forwarded from BOOK.UZ
🥳 Yana sotuvda!

💥 Bolalar uchun rangli, suratli ilmiy-ommabop ensiklopediyalar.

1. «Tanklar haqida»
2. «Suvosti dunyosi»
3. «Bilimga intiluvchilar uchun»
4. «Koinot»
5. «Odam tanasining tuzilishi»
6. «Dinozavrlar»
7. «Aviatsiya»
8. «Yuqori texnologiyalar: G'aroyibotdan amaliyotga»

📌 Kitoblar soni cheklangan.

Muqova: Qattiq, 96 bet
Nashriyot: «O'zbekiston»
Narxi: 25 000 so'mdan

📍 Manzil: Chilonzor tumani 8, Qatortol ko'chasi 60. Mo'ljal «Parus» ko'ngilochar markazi yonida.

🚚 Yetkazib berish xizmati mavjud

Buyurtma berish: @bookuzbek yoki +99871 2300050

📚 @bookuzbekistan — yangi kitoblar