Bokhodirov | Blog
38 subscribers
26 photos
5 videos
141 links
https://t.me/+n7r3ry4PnVEwMDUy

O'y-hayollarimni fikrga aylantiruvchi maskanim!

Grafik dizayner va bookbloger.)

Bu gidiş nereye?! (فَاَيۡنَ تَذۡهَبُوۡنَؕ) (81:26).

@Bokhodirov_Blog
Download Telegram
Sizlarga yerni beshik qilib qo‘ygan va unda sizlar uchun yo‘llar ochgan hamda osmondan suv tushirgan Zot Udir. Biz u (suv) bilan turli o‘simliklar navlarini chiqardik.
32
Onaning sevgisi dunyodagi yagona shart qoʻymaydigan, taʼmasiz tuygʻudir. Butun dunyo sendan yuz oʻgirib, seni rad etganida ham, u seni shunchaki borligingcha qabul qiladi va ardoqlaydi.
421
Vaqt kelmaydi, faqat ketadi. :(
4💯1
:)
4
Xayollar va illyuziyalar yoʻqolgan joyda inson oʻzini kutilmaganda begona his qila boshlaydi. Chunki u kechagacha mutlaq haqiqat deb bilgan dunyo bugun mutlaqo begona, sovuq va tushunarsiz boʻlib chiqadi.
4💯31
Insonni kelajakda buzilib ketishdan, qalbi qotib ketishidan asrab qoladigan eng buyuk kuch uning bolaligidan, oʻz uyi va oilasidan saqlab qolgan goʻzal, pokiza xotiralaridir. Agar inson oʻz oilasidan shunday ezgu xotiralar olib chiqa olgan boʻlsa, u hayotning eng qiyin damlarida ham qutulib qola oladi.
💯52111
Inson hayotida shunday hayajonli soniyalar boʻladiki, unda butun bir umrning jamiki goʻzalligi, bor maʼnosi va shiddati bir joyga siqib joylangandek tuyuladi. Bunday lahzalarni bir marta his qilish uchun butun boshli yillarni fido qilishga ham tayyor boʻlasan.
💯321
Hayot shunchaki taqvimda oʻtib borayotgan kunlar emas, balki xotirada muhrlanib qolgan, yurakni tezroq urishga majbur qilgan oʻsha eng hayajonli lahzalardir. Inson oʻzini aynan oʻsha lahzalardagina chinakamiga uygʻoq va tirik his qiladi.
💯4💔221
Tabiatning tub-tubiga chuqurroq razm soling, shunda siz bu hayotdagi hamma narsani, borliq qonuniyatlarini ancha yaxshiroq va tiniqroq tushuna boshlaysiz.
💯4
Bizning baxtimiz yoki baxtsizligimiz hayotimizda sodir boʻlayotgan tashqi voqealarga emas, balki oʻsha voqealarni qaysi ichki kayfiyat va ruhiy holat bilan kutib olishimizga bogʻliq. Ichki dunyosi yorugʻ inson uchun eng zerikarli muhit ham qiziqarli tuyulishi mumkin; ichi zulmatga toʻla odamga esa dunyoning bor goʻzalligi ham tatimaydi.
💯222
Koʻzangni dengizga botirganing bilan, unga dengiz sigʻmaydi, faqat bir kunlik nasibangcha suv oladi, xolos. Dunyo tashvishlari va ishlari tugamaydi, sening quvvating esa hisobli. Shunday ekan, hamma narsani qamrab olishga urinma, nasibangdagi bor goʻzallik va xotirjamlik bilan kifoyalan.
321
Men oʻzimni qorongʻulik gʻori deb bilsam, seni qanday qilib yorugʻlikka olib chiqa olaman? Oʻz vujudida tinchlik topa olmagan, oʻz soya-sharpa va qoʻrquvlari bilan olishayotgan odamning boshqa bir qalbga boshpana boʻlishga urinishi shunchaki fojiali bir illyuziyadir. Men oʻz eshigimni qulflab qoʻygan boʻlsam, senga qaysi darchani ocha olaman?


F.Kafka
💯4
Odamlar samimiylik va soddalikni koʻpincha aqlsizlik deb qabul qilishadi. Ammo aslida ichida hech qanday qabihlik va hiyla-nayrang yashirinmagan sodda qalb dunyodagi eng yengib boʻlmas kuchdir. Ular oʻzlarining ochiqligi va soddaligi bilan eng murakkab hiylalarni ham qadrsizlantirib, makkorlarni qurolsizlantirib qoʻyadilar.
411
Oʻzgalarning yutugʻiga, ilmi va baxtiga oqkoʻngillik bilan havas qilish qalbning tozaligidan va nuri borligidan darak beradi. Ammo havas oʻz meʼyorini yoʻqotib, quruq taqlidga yoki oʻz hayotidan nolib, oʻzganing qismatini nusxalashga aylansa, u insonni oʻzligidan yulib oladi.
💯411
Dunyoning barcha boyligi senga omonat qilib berilsa-yu, uni yoʻqotsang bu moddiy zarardir, oʻrnini toʻldirish mumkin. Ammo kimningdir senga bogʻlagan ishonchini, senga omonat qilingan koʻnglini sotsang buning toʻlovi faqat vijdonsizlik tamgʻasi bilan oʻlchanadi. Ishonch qalb ehsonidir, uni xor qilgan inson aslini xor qiladi!
4💯22👀1
Kema qirgʻoqda, bandargohda tursa doim xavfsiz va sokin boʻladi. Ammo kemalar shunchaki langar tashlab turish uchun qurilmagan. Oʻzining ichki, asl kuchini ishlatishdan qochgan inson ham xuddi oʻzini xavfsiz bandargohga kishanlab qoʻygan kemaga oʻxshaydi sirtidan omon qolishi mumkin, lekin hech qachon oʻzining asl mohiyatiga erishmaydi.
💯411
Koʻpchilik insonlarning hayoti shunchaki jismoniy mavjudlikni saqlab qolish uchun qilinadigan zerikarli va maʼnosiz urinishlardan iborat. Ular bugun ertangi kun uchun yashaydilar, ertaga esa indingi kun uchun. Oʻlim kelganda esa, ortda qolgan yillarga nazar tashlab, aslida hech qachon chinakamiga yashashmaganini, shunchaki oʻlim navbatida yillar davomida mudrab turishganini koʻradilar. Bir oʻlimga butun boshli avlodlarning maʼnosiz umrlari sigʻib ketishi mumkin.
💯4
Agar sening ichingda olov boʻlmasa, oʻz maqsading sari shiddatli intilish boʻlmasa, qadamlaringda hayot sezilmaydi. Shiddat qalbning mudroqlik va sustkashlik botqogʻidan uygʻonishi, haqiqat sari esgan shafqatsiz, ammo shifobaxsh boʻrondir. Yo tamoman yonib kul boʻl, ya umuman yoʻlga chiqma!
💯4
Soxtaliklarga toʻla bu hayotda sening samimiy tabassumingga doim ehtiyoj bor!)
💯33
Sizni chin dildan yaqin olgan odam yoningizda aqlli yoki mukammal koʻrinishga urinmaydi. U oʻzining eng bolalarcha, sodda va baʼzan mantiqsiz tuygʻulari bilan boʻlishadi. U sizdan aqliy maslahat yoki yechim kutmaydi, shunchaki oʻz borligʻini, oʻsha lahzadagi nafasini siz bilan boʻlishgisi keladi. Inson qalbining oʻzga bir qalbga yaqin masofada ekanligini his qilishni xohlaydi.
💯521
Soʻzlaringni yuksaltir, ovozingni emas. Gullarni yomgʻir oʻstiradi, momaqaldiroq emas!
3💯221