siz qaysi soha bo'yicha faoliyat yuritasiz?
Anonymous Poll
14%
Marketing
8%
Digital marketing
4%
SEO/CEO
28%
SMM xizmatlari
11%
Targeting
26%
Grafik dizayn
20%
Kopirayting
13%
Mobilografiya
10%
Operator/Manager
25%
Boshqa sohalar 👇
🔥6⚡2💯2
qaysi hududdan bizni kuzatmoqdasiz?
Anonymous Poll
44%
Toshkent
9%
Buxoro
3%
Jizzax
2%
Navoiy
5%
Qashqadaryo
6%
Samarqand
3%
Sirdaryo
3%
Surxondaryo
18%
Vodiy (Andijon, Farg'ona, Namangan)
6%
Xorazm, Qoraqalpog'iston
⚡5🔥3💯2👍1
Hech kim siz haqingizda o‘ylayotgani yo‘q.
Aslida hech kim hech qachon siz haqingizda o‘ylamagan. Hozir ham o‘ylamayapti. Ilgari ham o‘ylamagan. Umuman o‘ylamagan. Odamlar asosan faqat o‘zlari haqida o‘ylaydi. Ularning siz nima qilayotganingiz yoki ishingizni qanchalik yaxshi bajarayotganingiz bilan qiziqishga vaqti yo‘q, chunki har kim o‘z tashvishlari bilan ovora.

Ko'pchilik hard skill ishga kirishga yordam beradi, deb o'ylaydi. Aslida esa uzoq muddatli muvaffaqiyatda soft skill ko'pincha muhimroq bo'ladi.
Hard skill — bu o'rganiladigan kasbiy ko'nikma.
Masalan: Photoshop, Excel, dasturlash, ingliz tili.
Soft skill esa — odamlar bilan ishlash va o'zingni boshqarish qobiliyati.
Masalan: muloqot, mas'uliyat, muammoni hal qilish, vaqtni boshqarish va jamoada ishlash.
Tasavvur qiling, ikkita dizaynerning bilimlari bir xil. Lekin bittasi mijoz bilan yaxshi gaplasha oladi, vaqtida ish topshiradi va muammolarni xotirjam hal qiladi. Ish beruvchi aynan shunday xodimni tanlaydi.
Shuning uchun:
— Hard skill sizni ishga olib kiradi.
— Soft skill esa sizni o'stiradi, ishonch qozontiradi va yuqori natijalarga olib chiqadi.
Eng yaxshi mutaxassis bo'lish uchun ikkalasi ham kerak. Lekin ko'p hollarda odamlarni boshqalardan ajratib turadigan narsa aynan soft skill bo'ladi.

⚡1🔥1💯1
Loctop — Logo brending keysimizni e'tiboringizga havola etamiz, marhamat 👉 Behanceda tomosha qiling.
⚡1🔥1💯1
Insonning iste'dodi va salohiyati ham xuddi investitsiyadagi kabi murakkab (kompaund) o'sish tamoyiliga bo'ysunadi. Ya'ni, o'zingizni muntazam rivojlantirib borsangiz, vaqt o'tishi bilan natijalar geometrik tarzda oshib boradi.
Faraz qilaylik, bir insonning unumdorligi (mahsuldorligi) yiliga atigi 1% ga oshadi. Bunday sur'atda uning unumdorligi ikki baravar bo'lishi uchun taxminan 70 yil kerak bo'ladi.
Albatta, bunchalik uzoq kutishga hech kimning sabri yetmaydi. Qolaversa, 70 yildan keyin atigi ikki baravar yaxshilanish ham unchalik katta natija emas. Bunday odam haqida deyarli: "Qanday bo'lsa, shundayligicha qoladi", deyish mumkin.
Endi boshqa holatni tasavvur qiling. Agar inson o'zini yiliga 35% ga rivojlantira olsa-chi?
Bu ko'pchilik uchun qiyin vazifa, ammo umuman imkonsiz emas. Ayniqsa, yosh va fikrlashi moslashuvchan, yangi bilimlarni tez o'zlashtira oladigan insonlar bunga erishishlari mumkin.
Bunday odamlarning unumdorligi har ikki yilda ikki baravar ortib boradi.
Agar mahsuldorlik har ikki yilda ikki baravar oshsa, unda 8 yil o'tgach, u inson dastlabkiga qaraganda 16 baravar samaraliroq bo'ladi.
Mana shunday murakkab (kompaund) o'sish ishlaydi.
Dastlab uning ta'siri juda kichikdek tuyuladi. Ammo vaqt o'tgani sari bu kichik o'sishlar bir-biriga qo'shilib, nihoyatda katta natijalarni beradi. Shuning uchun ham murakkab o'sishning kuchi vaqt o'tishi bilan juda katta ahamiyat kasb etadi.

O'rganib qolish (habituatsiya) tuzog'idan qoching
Har qanday narsaga inson vaqt o'tishi bilan o'rganib qoladi.
Hayot katta-kichik noqulayliklarga to'la. Ammo vaqt o'tishi bilan siz ularni deyarli sezmay qo'yasiz. Chunki miyangiz ularni "o'zgartirib bo'lmaydigan hayotning bir qismi" deb qabul qiladi va ularga e'tibor bermay qo'yadi.
Masalan, supermarketlarda meva va sabzavotlarga yopishtiriladigan kichkina stikerlarni olaylik.
Ilgari olmani shunchaki olib yeyishingiz mumkin edi. Endi esa avval stikerni topishingiz, uni ehtiyotkorlik bilan yechishingiz, keyin esa qolib ketgan yopishqoq izlarni tirnog'ingiz bilan qirib tozalashingiz kerak bo'ladi.
Birinchi marta bunday holatga duch kelganingizda, ehtimol bu sizni jahlingizni chiqargan. Lekin bugunga kelib, bunga shu qadar o'rganib qolgansizki, hatto uning mavjudligini ham deyarli payqamaysiz.
Ammo agar siz dizayner kabi fikrlasangiz, unda ish va kundalik hayotingizdagi yaxshilash mumkin bo'lgan barcha narsalarga doimo e'tibor berasiz.
Siz odamlar allaqachon "buni o'zgartirib bo'lmaydi" yoki "har doim shunday bo'lgan" deb qabul qilib yuborgan noqulayliklarni ko'ra boshlaysiz va ularni yaxshilash uchun imkoniyatlarni topasiz.

Mavjud mijozlarni ushlab qolish, yangi mijozlarni jalb qilishdan ko'ra ancha arzonroq. Lekin mavjud mijozlarni yo'qotish ancha qimmatga tushadi.
mutolaa.com sayti ishga tushgani yaxshigina qulay bo'ldida, oldinlari planshetdan eshitardim kitoblarni. web versiya ancha qulay ✅