BioKimyo
93 subscribers
41 photos
29 videos
23 files
11 links
"NEYRON" biz bilan - orzularingizga erishing!
📗Biologiya
📘Kimyo
📚Ona tili
📚 Tarix
📚Matematika

Siz uchun barcha kerakli kitoblar
Qiziqarli ma'lumotlar
Mativatsion hamda ibratli hikoyalar
Tibbiyotga oid barcha yangiliklar
#Bizning kanalda
Download Telegram
Biz bu natijani qancha kutdik. Maxmudov Asror ADTI pediatriya tabriklaymiz!!! Bundan keyingi o'qishlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

Neyron ATM
3❤‍🔥2🔥1
Men 1ta fan bilan ADTI ga kirmiman lekin aniq grandga kiraman deb faqat biologiyani o'qigan qizimiz Zahroni ham tabriklaymiz!!!

Neyron ATM
3🔥1🎉1
Mana Zahroxonni sheriklari ham topildi. Biz barchamiz 1ta Institutda va 1ta guruhda o'qiymiz deb niyyat qilishganoov yana bilmadim. Nima bo'lsa ham Moxira va Muhlisa qizlarimizni ham tabriklaymiz.

Neyron ATM
3🔥1🎉1
Hamma narsa niyyatga qarab beriladi degan maqolimizi yana bir isbotini ko'rib turibmiz. Men ADU biologiyadan boshqasida o'qimayman degan qizimiz Valijonova Maxsumani ham chin dildan tabriklaymiz!!! Yutuqlariz bardavom bo'lsin!

Neyron ATM
3🎉1
2oy tayyorlanib institutga kirsa bo'ladimi? Degan savolga ha Mohiraga o'xshab kuchli qiziqish va ishtiyoq bilan o'qigan o'quvchigina kira oldi degan javob bo'libdi. Tabriklaymiz biologiya fanidan 20ta topibdi.

Neyron ATM
3🎉1
Biz o'quvchilarni faqatgina Instituga emas litseyga ham tayyorlaymiz. Shu o'rinda Nodiraqizni ham tabriklaymiz!!! Kelajakda ADTI talabasi bo'lish nasib qilsin.
2🎉1💘1
Doimo xushchaqchaq va kulib turadigon o'quvchimiz Madinaxonni ham o'qishga kirgani bilan tabriklaymiz. O'qishlarizga omadlar tilaymiz.
3🎉1💘1
Triptofan

❗️Eng muhim aminokislota
❗️Serotonin hosil bo'lishida muhim
❗️Uyqu va ishatahani tartibga soladi

Dietaviy manbalari: suli, qurutilgan xurmo, sut va sut mahsulotlari, qizil go'sht, tuxum, baliq, parranda go'shti va boshqalar

Uyqusi buzilganlarga ulashing😁
Kanalimiz:@Bio_kimy_o
2🔥1😁1
ФАРЗАНД ТАРБИЯЛАШДАГИ ХАТОЛАР

Ота-онанинг болага: “Лапашанг", “Аҳмоқ", "Одобсиз” каби ёқимсиз сўзлар билан мурожаат қилиши энг катта хатодир. Аслида камчилик фарзанднинг ўзида эмас, ишида;
– уриб-сўкиб тарбиялаш. Фарзанд нотўғри иш қилганида танбеҳ бериш, уриш-сўкишдан кўра яхши кўрган нарсаларидан маҳрум қилиш, гапирмаслик ёки қовоқ уйиш самарали бўлади;
– нотўғри рағбатлантириш. Ота-она болалаларининг яхши ишларини мукофотлашда ширинлик ёки пул бериш билан бирга савоб бўлишини, эвазига жаннатга эришишини ҳам уқтирсин;
– болаларни бир-бирига қарама-қарши ўстириш. Бир оилада туғилиб ўсган болаларнинг ҳам шахсияти турлича бўлади. Уларни зеҳни, қобилияти паст-баландига қараб йўналтириш лозим. Акс ҳолда бир-бирига солиштириш билан оралари бузилиши мумкин;
– ёмон дуо қилиш. Фарзанди жаҳлини чиқарса, айрим оналар дарров қaрғaшга тушади. Бунинг оқибати жуда ёмон;
– ваъда бериб бажармаслик. Ота-она ваъдасида турмаса, ишончини йўқотади.
Масалан, “Кел, урмайман”, дейди. Аммо келганида уради. “Бундай қилсанг, уни олиб бераман”, дейди, лекин сўзида турмайди. фарзандини ёмон ҳолатларга гувоҳ қилиши. Шаънини юксалтириш, ботирликка ўргатиш ўрнига таҳқирлайдиган манзараларни кўрсатиш бола қалбини синдиради;
– ёқтирмаган нарсасини совға қилиш;
— ёлғон гапириш. Одатларнинг энг ёмони ёлғон сўзлашдир. Бола ўрнак оладиган кишилар ёлғон гапириб турса, уям шунга одатланади.

"Бахтли ҳаёт сари" китобидан.
🔥3💯32
ENG ZO'R MOTIVATSIYA!
ALBATTA O'QING!

Hamma o'yin kulgi qilayotganda siz o'z ustingizda ishlaysiz, hamma telefon o'ynayotgan paytda siz kitob o'qiysiz, hamma treninglarni bu yolg'on deyotganda siz bu uchun pul sarflab treninglarda qatnashasiz, hamma uxlayotgan paytda, siz o'zingizni rivojlantirayotgan bo'lasiz.

Keyin esa, hamma ishi yurishmay siqilgan paytda siz muammolarni osongina xal qilasiz, hamma ish qidirayotgan paytida siz o'zingizga ishchi qidiriasiz, hamma hayotdan, qiyinchiliklardan zerikgan paytda, siz hayotning ne'matlaridan bahramand bo'layotgan bo'lasiz.

Bizni kuzatib boring: 👇
Kanalimiz:@Bio_Kimy_o
👏41❤‍🔥1🕊1💯1
Нима учун дарахтнинг мияси йўқ? Бу саволга ирланд нейробиологи Шейн Омара чунки у ҳаракатланмайди деб жавоб беради. Денгизда умуртқасиз асцидия деган кичик жонзот бор. У жой излаб бир тошга бориб ёпишади ва бутун умр ўша ерда қолади. У тошга ёпишиши билан қиладиган биринчи иши ўз миясини еб тугатади. Шунингдек, туғилганда ҳаракатсиз полип шаклида бўладиган, вақт ўтиб ҳаракатланадиган медузалар бор. Бу медузаларда ҳаракатни бошлагандан сўнг мия шаклланади. Бундан хулоса шунақа: агар сиз ҳаракат қилмасангиз, сизга миянинг кераги йўқ.

Мия табиатан ҳаракатланиш яъни қидириш, мўлжал олиш, масофани ўлчаш, хавфсизликни ўйлаш, йўлни эслаб қолиш учун яратилган органдир.

Ҳаракатдан тўхтаманг. Бизга мия ҳаракатсизлик учун берилмаган!
🔥2👏21❤‍🔥1🕊1💯1
Jismning agregat holati
🔥31❤‍🔥11👍1🤯1🕊1
​​• HAMKASBLAR
• UCHUN
• MAXSUS


Baʼzan dimogʻimga toʻladi xlor,
Koʻzdagi tomchida pH ijobiy...
Yurak etenoldek uradi bazor,
Orzular sis-trans, bari fazoviy...

Toriy'ningdek atrof "f"lar bilan band,
Lekin uns izlanar "d" hislarga xos...
Beqaror yadrolar berganida pand,
Yer-la bir boʻlinar misli ammofos...

Gʻamlar nihoyada turar kritik,
Ularga gidroliz taʼsir etmaydi...
Teskari spindek bosh baʼzan egik,
Azeatrop holda vijdon qaynaydi...

Nigohlar muhtojdir en-ikki-o ga,
Amfoter vaʼdalar baxt ingibirlar...
Ruh diffuziya ichra qochsa samoga,
Ozonga yetmasdan poyi qirqilar...

Muvozanat qaror topmas tuygʻuda,
Endotermik yashab, titroqda vujud...
Tindaldan zavq olib loyqa koʻzguda,
Yarim yemirilar har lahza umid...

Termik krekingga uchragan bardosh,
Sabr otashlardan ionlangan gaz...
Yorilgan qosh ichra zanglar temirtosh,
Yostiq - qurib bitgan bir ortoklaz...

Gunohlar eN-A dan eN-A marta koʻp,
Toʻyinmagan hirsdan toʻyingan shayton...
Shuncha yashab yoʻq bir chin allatrop,
Bu gidrat olovin bosmas xladon...

Olisdan koʻrinar fosfor shuʼlasi,
Ketolmam, vulkanlab olgandir qismat...
Chekimdagi oltin - nol probasi,
Qonimdan anqigan atsetilsalitsilat...

...Aytsam, saslarimdan polimer unar,
Karbinolsizhamki, zotan soʻqirman...
Majoziy baytlari kun kelib soʻnar,
Bir oddiy kimyogar - Ibn Zokirman...

Tunda uyqu qochib, qalam tutdi qoʻl,
Bu kecha havo ham aynigan chogʻi...
Taqdir yakunida tugaganda yoʻl,
Jamlasin siz ila kavsar bulogʻi...

© Abdulloh Bahodir (Ibn Zokir)

Milodiy 2025, 24-avgust
Shanba kechasi, 00:41
Andijon, Buloqboshi


P.s.: faqat fandoshlar tushunadilar !
🔥2😁211🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧪 Yorqin va xavfli kimyoviy tajriba

Oltingugurt kislotasi, azot kislotasi va kaliy yodid aralashtirilganda, kuchli oksidlovchi xossalarga ega azot kislotasi kaliy yodid bilan reaksiya natijasida erkin yod ajralib chiqishiga olib keladi.

Reaksiyaning ko‘zga ko‘rinadigan belgisi — havoga ko‘tariladigan binafsha rangli bug‘lar bo‘lib, bu yod bug‘lari hisoblanadi. Ular zaharli bo‘lishi mumkin, shu sababli tajriba faqat maxsus laboratoriya sharoitida va himoya vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshirilishi kerak.

Mazkur jarayon kimyoda oksidlanish-qaytarilish (redoks) reaksiyalarining amaliy ifodasi sifatida xizmat qiladi va o‘quvchilarga kimyoviy reaksiyalarning dinamikasini tushunishda katta yordam beradi.
👏1
Ассаламу алайкум!

🇸🇱 Мустақиллик байрамингиз муборак бўлсин!

🌹 Ватанимизнинг истиқлол айёми муносабати билан азиз халқимизни чин дилдан муборакбод этаман.  Аллоҳ таолонинг жаннатмакон юртимизга Ўз фазли ила берган тинчлик-осойишталик каби неъматларининг шукрини адо этишимиз вожибдир.

🌷Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васаллам: "Аллоҳ таоло бандага каттами, кичикми бир неъмат берса ва банда унинг шукронаси учун "Аллоҳга ҳамд бўлсин" деса, шунда у ўша неъматдан ҳам афзалроқ нарсага эришган бўлади", деганлар.

🤲 Аллоҳ таоло мустақиллигимизни абадий қилсин, юртимизни тинч ва фаровон, халқимизни хотиржам ва бахтиёр айласин!
5🔥1👏1🕊1
➡️ Organik kimyodan reaksiyalar.

1️⃣.  Eterifikatsiya reaksiyasi – spirtlar bilan karbon kislotalar o’zaro reaksiyaga kirishib murakkab efirlar hosil qilish reaksiyasi.  
R-OH  +  RCOOH → R-COOR’  +  H2O

2️⃣.  Bertole raksiyasi – 1856 yil CS2 va H2S aralashmasini qizdirilgan mis ustidan o’tkazib metan sintez qilish.  
CS2 + 2H2S + 8Cu → CH4 + 4Cu2S

3️⃣.  Fisher tropish usuli – suv gazidan alkanlarni sintez qilishni topgan.
nCO + 2n+1H2  → CnH2n+2  +  nH2O

4️⃣. Vyurs reaksiyasi (1855-yil) – monogalogenli hosilalarni aktiv metallar bilan qizdirib alkanlar olish.   2CnH2n+1Gal  +  2Na  →  CnH2n+2  + nH2O

5️⃣. Semyonov reaksiyasi – zanjirli reaksiya mexanizmini o’rgangan va zanjirli reaksiyaga asos solgan.
  CH4 + Cl2  → CH3Cl + HCl
  CH3Cl + Cl2 → CH2Cl2 + HCl
  CH2Cl2 + Cl2  → CHCl3 + HCl
  CHCl3 + Cl2 → CCl4 + HCl

6️⃣.  Konovalov reaksiyasi – alkanlarni nitrolanishini o’rgangan.
CnH2n+2 + HONO2  → CnH2n+1NO2 + H2O

7️⃣. Zinin reaksiyasi – aromatik nitrobirikmalarni H2 yoki (NH4)2S yordamida qaytarib anilin olgan.  
C6H5NO2 + NH4)2S → C6H5NH2 + 3S + 6NH3 + 2H2O
C6H5NO2 + 3H2 → C6H5NH2 + 2H2O

8️⃣. Vyoller reaksiyasi – ditsiandan oksalat kislota sintez qilgan.(CN)2+4H2O=(COOH)2+2NH3
Ammoniy sianatda mochevina sintez qilgan.  
NH4OCN  → (NH2)2CO

9️⃣. Vagner reaksiyasi – alkenlarga KMnO4 ning suvli eritmalarni tasir ettirib ikki atomli spirtlar olgan.  
CnH2n + KMnO4 H2O → CnH2n(OH)2 + MnO2↓ + KOH

🔟.  Kucherov reaksiyasi – atsetilenga simob tuzlar ishtirokida (HgSO4) H2O ni birikishi aldegid, atsetilen gomologlaridan esa ketonlar hosil bo’lish reaksiyasini o’rgangan.
C2H2 + H2O → CH3CHO
C3H4 + H2O → CH3-CO-CH3

1️⃣1️⃣.  Zelenskiy va Kazanskiy usuli – atsetilen va uning gomologlarini trimerlab benzol va uning gomologlarini sintez qilish usulini ishlab chiqqan.
1) 3C2H2 → C6H6   
2) 3C3H4 → C6H3(CH3)3

1️⃣2️⃣.  Aldol kondensatlanish reaksiyasi – aldegidlar ishqoriy muhitda (masalan Ca(OH)2 ishtirokida) aldol kondensatsiyalanishga uchraydi.Aldol degani ham aldegid ham gidroksid guruh saqlagan moddalar.
  CH2O + CH2O → CH2OH-CHO   (oksialdegid)
  CH2OH-CHOH-CHO + 3CH2O → CH2OH-(CHOH)4-CHO  (geksoza)

1️⃣3️⃣.  Sovunlanish reaksiyasi – murakkab efirning suv bilan reaksiyaga kirishib spirt va kislota hosil qilish reaksiyasi.

1️⃣4️⃣.  Butlerov reaksiyasi – 1861-yil oddiy uglevdorodlarni Ca(OH)2 ishtirokida farmalindan sintez qilgan.
6СH2O  → C6H12O6

1️⃣5️⃣.  Shakarlanish reaksiyasi – glukozaning gidrolizlanishidan glukoza hosil bo’lishi.
  (C6H10O5)n + nH2O → nC6H12O6
🔥1