Bekobod tumani hokimligi Axborot xizmati
2.79K subscribers
23.2K photos
2.63K videos
125 files
7.14K links
Бекобод тумани хокимлигининг расмий Телеграм канали
Расмий сахифаларимиз:👇🏻

Telegram: https://t.me/Bekobodtumanihokimligi
Facebook: https://www.facebook.com/Bekobodtumanhokimligi/
Instagram: http://Instagram.com/Bekobodtumanhokimligi
Download Telegram
Forwarded from U.G.Дусматов
#Bekobod_tumani

"Uch avlod" uchrashuvi

Bugun Bekobod tumani Mustakillik mahallasi hududida joylashgan 50-sonli umumta’lim maktabining faollar zalida "Uch avlod" uchrashuvi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda "Nuroniy" jamg‘armasi
Bekobod tumani bo‘linmasi raisi J.Bo‘rixo‘jayev, tuman Madaniyat va marifat markazi rahbari N.Jalilov, tuman Nuroniylar Kengashi a’zosi F.Dexkonov va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod" uchrashuvi kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida go‘zal an’anaga aylandi. "Keksalar maslahati guruhi" rahbari, a’zolari, yakka yolgiz, kamta’minlangan, nogironligi bor shuningdek, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga bermasligi uchun ularning ota-onalari bilan ayniqsa qarindoshlar quda bulmasligi tug‘risida hamda gender tenglik asosida xotin-qizlarga yordam kilish, har qanday zurovonlik va taqiqlarga barham berish to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani
Bugungi dorilamon kunlarga yetib kelishimiz oson bo’lmaganini shonli tariximiz isbotlab turibdi. Xalqimiz ko’rsatgan qahramonliklar qalbimizda abadiy yashaydi.
🔷Shu ma’noda bugun erta tongdan "Nuroniy" jamg’armasi
Bekobod tumani bo’linmasi raisi J.Bo’rixo’jayev va tuman nuroniylar Kengash a’zosi F.Dehkonovlar 9-may Xotira va qadrlash kuni oldidan tuman front orti qatnashchilarini bayram bilan manzilli yo’qlashib ozik-ovqat mahsulotlari berishdi. Bog’ishamol mahallasida istiqomat qiluvchi 100 yoshli Ma’murov Murot ota, Savrak mahallasida yashovchi Bolbuvi Tursunova hamda 94 yoshli Vaxobova Sharofat onalar holidan xabar olindi.

Zero, Vatan ozodligi, kelgusi avlodlarning baxtu-saodatini o’ylab jon fido qilib sharafli hayot kechirganlarni qancha yillar, asrlar o’tmasin, xalqimiz hyech qachon unutmaydi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani

Farzandimga kitob sovgʻa qilaman


📚 Bekobod tumani 1-maktabgacha ta’lim tashkilotida Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev tashabbusi bilan "Farzandimga kitob sovg'a qilaman" shiori ostida Kitob yarmarkasi bo'lib o'tdi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani

Bekobod tumani Oltin vodiy mahallasi hududidan oʻtgan 4k788 avtomobil yoʻlining 18-19 km oraligʻiga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari bilan tanishish maqsadida tuman hokimining o’rinbosari U.Xaqqulov borib, mas’ullar bilan ish jarayonida texnika havfsizlik qoidalariga rioya qilishlari asfalt qoplamasining eni va qalinligiga e’tiborli bo’lishlari yuzasidan suxbatlashib, kerakli tavsiyalar berdi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani

#Tavallud_tabrik

🎗 Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Bekobod tumani bo’limi boshlig’i P.Egamberdiyevning tavallud ayyomi bilan samimiy qutlaymiz.

Hurmatli Primqul Qo’shboqovich!
Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilaymiz.
Bekobod tumanining ravnaqi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ijobiy yutuqlarni qo’lga kiritishi yo’lidagi xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamroh bo’lsin!

👏👏👏
Bekobod tuman hokimligi jamoasi xodimlari nomidan tavallud kuningiz bilan chin qalbimizdan muborakbot etamiz!

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-martdagi PQ-92-son qarorining 3-ilovasiga muvofiq Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar rejasiga asosan Mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda mahallalar hamda ta’lim muassasalaridagi faol yoshlar, shuningdek, uyushmagan, tarbiyasi og’ir yoshlar hamda kam ta’minlangan oilalardagi yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularda vatanparvarlik va shukronalik tuyg’ularini kuchaytirish maqsadida milliy kinofilmlar namoyishini imtiyozli ravishda tashkillashtirish rejalashtirilgan.

Bugun Bekobod tumani Guliston MFY hududida joylashgan Nuroniylar maskanida "Nuroniy" jamg’armasi raisi J.Bo’rixo’jayev tashabbusi bilan nuroniylar va yoshlar ishtirokida "QO’RQMA" o’zbek film namoyishi taqdim etildi. Nuroniylar ushbu film moxiyati to’g’risida yoshlarga tushunchalar berdi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani
#tumam_Kengash_yigʻilishi

Bekobod tumanida ijtimoiy-ma'naviy muhit holati va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan navbatdagi Ma'naviyat va ma'rifat Kengash yig'ilishi o'tkazildi.

Bekobod tuman hokimi, Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi raisi Sh.Do'sbekov boshchiligida oʻtgan yigʻilishda kengash aʼzolari, tegishli boʼlim va korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Yig'ilishda yil davomida olib borilgan ishlar tanqidiy tahlili ko'rib chiqildi.

Shu o'rinda kelgusidagi reja va topshiriqlar yuzasidan qaror qabul qilindi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tumani.
#Mahalla_yetakchilari
#Tarģibot_amalda

Mamalakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, loyihalar asosida Yoshlar ishlari agentligi va bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda
📒.Mutola.
📚.Ibrat.
.Uz Chess.
🎬.Ustoz AI.
Loyihalari boʻyicha mahalla yetakchilari tomonidan tarģibot ishlari olib borildi, aholining har qanday qatlami shuningdak kasbi, faoliyatidan qat'iy nazar barcha fuqarolarga loyihalar haqida tarģibot tadbirlari òtkazildi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
#Bekobod_tumani

"QO’ShA-QARISh SAODATI"

Bekobod tumani nuroniylar Kengashi a’zosi T.Yangiboyevni tavvalud ayyomi munosabati bilan "Nuroniy" jamg’armasi raisi J.Bo’rixo’jayev va tuman ma’naviyat markazi raxbari N.Jalilovlar birgalikda faol nuroniy xonadoniga borishib "Qo’sha-qarish saodati" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazdi.

T.Yangiboyev turmush o’rtogi bilan 50 yildan oriq vaqtdan beri yashab kelayotgani, ibratli va namunali hayot yo’llarini yoshlarga ibrat maktabi bo’lib xizmat qilishini ta’kidlab o’tdi.
Qaxramonimiz o’z hayot yo’llari va xayotiy kechinmalari to’g’risida yoshlarga so’zlab berdilar va keksa-nuroniylarga davlatimiz tomonidan ko’rsatib kelinayotgan cheksiz e’tibor, e’tirof va e’zoz uchun o’z minnatdorchiliklarini izhor etdi.

⚡️ Tadbir so’ngida "Nuroniy" jamg’armasi
Bekobod tuman bo’limi tomonidan "Tashakkurnoma" va esdalik sovg’alar topshirildi.

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bekobod_tumani

"YANGI O'ZBEKISTON  - MA'RIFATLI JAMIYAT"

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Bekobod tuman bo'linmasi tomonidan "YANGI O'ZBEKISTON  - MA'RIFATLI JAMIYAT" konsepsiyasi doirasida insonparvarlik g'oyalarini targ'ib qiluvchi, yurtimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha millat va elat vakillari uchun bir xil sharoit hamda imkoniyatlar yaratilib berilayotganligi aks etgan viderolik tayyorlandi.

O'ZBEKISTON BARCHAMIZNING VATANIMIZ!

Kanalga ulanish👇
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook