Baxtim daftari🩵📘
39 photos
3 videos
📍BukSPI
📍Bukhara
*Student
*Future English teacher
*Cooker
*Book lover
*The laziest girl



Manfaat ulasha olaman deb va'da bermayman. Yozganlarim tushunganga manfaat boʻlishi mumkin🤍
Download Telegram
🫧🫧🫧


#bir_yil_oldingi_özim

Oʻtgan yili xuddi shu kuni bobomning tugʻilgan kuni edi. Albatta, oʻqishga kirish uchun oʻquv kurslariga qatnar edik. Sahar ( ertalabki 5.00) da boshlanar edi. Darslarimni tayyorlab, juda ham kech uxladim, ertalab ona tili kursiga bordik, chiqqanimdan keyin majburiy blok kursiga bordim. Ustozimiz majburiy blok boʻlsa ham bizdan yaxshi oʻqishimiz kerakligini talab qildi. Matematika faniga uncha qiziqmaganim sababli oʻqishni ham istamasdim, vazifalarimni oʻz vaqtida qilmaganim uchun mani urishdi, koʻz yoshimni koʻrsatmaslikka harakat qilar ekanman, u yanayam qattiq gapiraverardi. Dars tugadi, charchaganimdan bobomni tabriklash yodimdan koʻtarilibdi, telefon qilib tabrikladim, xursand boʻlib gapini oxirida manga ishonishini aytdi. Oʻsha paytlarda har tomonlama charchagan ekanman, bobomning gapi, nasihatlari yaxshi ta'sir qildi.
Orzularim roʻyobini chin dildan istadim, Ollohim oson qildi, talaba boʻldim🩵, budjet uchun harakat qilganman( ustozlarim budjet boʻlishing tayin derdi), lekin shartnoma asosida oʻqishga kirdim. Natijamni koʻrib, yigʻlab, siqtab, "oʻqishni istamayman" deb aytganimni ham eslayman🥲. Chunki, oʻylagan narsam istaganimday boʻlmaganini qabul qilish qiyin edi. Lekin oʻshanda "koshki", "koshki" deb noshukurlik qilganimni oʻylab, hozir ozgina boʻlsa-da, ulgʻayganimni his qildim. Oson yoʻl bilan boʻladimi, qiyin yoʻl bilanmi, eng muhimi, orzularning amalga oshishi ekan🌷 Bugun shaharning koʻchalarida bir yil oldingi oʻzimni xotirlab yurgan men shularni oʻyladim🥹.
Ollohimga hamdlar boʻlsin🩵🫧