Bilimni baholash agentligi
128K subscribers
3.06K photos
503 videos
124 files
3.64K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#Ovozli_chat #Live
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat boshlandi

🎙
Ovozli chatda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Unda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.me/BaholashUz?livestream

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish
Bilimni baholash agentligi
#Ovozli_chat #Qabul2023 #Abituriyent2023
2023-yil 23-iyun kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi

Ovozli chat davomida:

🔹 maqsadli qabul;
🔹 tanlov ustuvorligi;
🔹 chet tili sertifikati uchun beriladigan imtiyoz;
🔹 imtiyozlar;
🔹 xotin-qizlarga beriladigan imtiyozlar;
🔹 ta’lim yo‘nalishlarini tanlash;
va ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq ko‘plab savollarga mutaxassislar tomonidan javob berilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi (rus tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

- - -

Порядок проведения творческих экзаменов по иностранному языку (на русском языке)

Просмотр на YouTube (в формате HD)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ona tili va adabiyot fanidan apellatsiya natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi

📣 2023-yil 14-may kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 12-iyun kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.

📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.

🖥 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori bugun talabgorning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi #Qabul2023 #Abituriyent2023
Kimlar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmasligini bilasizmi?

🔰 Ma’lumki, abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.

📌 Bunda quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq:

🔸 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);
🔸 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔸 to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).

Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq:

🔹 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
🔹 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

❇️ To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Chet tilidan ijodiy imtihon va abituriyentlarni ro‘yxatga olish

📆
Bugun “Yoshlar” telekanalida har hafta jonli efirga uzatilayotgan “Abituriyent-2023“ loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tadi.

📋 Mavzu: Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi va abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish.

📲 Abituriyentlar mavzu doirasidagi savollarini @abituriyent2023bot telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

Savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan to‘liq javob beriladi.

📺 26-iyun soat 15:00 da — “Yoshlar” telekanalida — jonli efirda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

🔰 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun abituriyentlardan faqatgina 2 ta hujjat talab etiladi:

🔹 biometrik pasport yoki ID-karta (shaxsini tasdiqlovchi hujjat);
🔹 umumiy o‘rta ta’lim olganini (maktab, akademik litsey yoki kasb-hunar maktabini tamomlaganini) tasdiqlovchi hujjat.

📌 Abituriyentlarda albatta ID-karta bo‘lishi kerak degan talab mavjud emas. Biometrik pasport bilan ham onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 4-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/Vc5EtQkm9EQ

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from sharoitplus.uz
#podkast

👩🏻‍🦽📚 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA KIRISHLARIDA QANDAY IMTIYOZ VA IMKONIYATLAR BOR?

27-iyun (seshanba) soat 15:00 da Sharoit+ podkast loyihasining navbatdagi mehmoni: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bosh mutaxassisi — Jamishidbek Odilov

🎙Boshlovchi: Ulug'bek Mamatxanov

🔔 Ovozli chatni o‘tkazib yubormaslik uchun shu havolaga kirib: https://t.me/sharoitplus?livestream
qo‘ng‘iroqchani bosib qo'ying!

Kanalimizga obuna bo‘ling:
👉@sharoitplus
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

To‘lovni amalga oshirgandan so‘ng ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirsa bo‘ladimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

📆 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlarida 10-iyulga qadar, qolgan ta’lim yo‘nalishlarida esa 20-iyulga qadar davom etadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar ro‘yxatga olish yakunlangunga qadar ta’lim yo‘nalishlarini istalgancha o‘zgartirishlari mumkin (test sinovi uchun to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa ham).

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 4-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/Vc5EtQkm9EQ

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Nima uchun ro‘yxatdan o‘tishda diplomatiya va islom akademiyasi chiqmayapti?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

🔰 Abituriyentlar quyidagi OTMlarga o‘qishga kirish uchun mazkur OTMlar tomonidan o‘tkaziladigan dastlabki imtihondan o‘tishlari lozim:

👉 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

👉 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari.

Dastlabki imtihon uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish quyidagi saytlar orqali amalga oshirilmoqda va 5-iyul kuni yakunlanadi:

🔹 JIDU admission.uwed.uz

🔹 O‘zXIAadmission.iiau.uz

👨🏻‍💻 Dastlabki imtihondan o‘tmagan abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali mazkur OTMlarni (tegishli yo‘nalishlarni) tanlay olmaydi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 4-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/Vc5EtQkm9EQ

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Qurbon hayitingiz muborak boʻlsin!

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Jismoniy tarbiya universitetida yangi tartib joriy qilinibdi. Bu qanday tartib?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

🔰 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son qarorga muvofiq O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida yangi tartib joriy etildi.

🏀 Unga ko‘ra, 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab «Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadi.

📌 Ushbu tartib boshqa OTMlarga yoki O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining boshqa ta’lim yo‘nalishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 4-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/Vc5EtQkm9EQ

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Tarix fanidan milliy sertifikat oldim. Shuni majburiy uchun foydalanib, mutaxassislik fanidan test sinoviga kirsam bo‘ladimi?

📋
Javob: Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga milliy sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fanidan quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — proporsional ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

👨🏻‍💻 Bunda abituriyent sertifikatdan mutaxassislik fani uchun foydalanish yoki foydalanmaslikni o‘zi tanlaydi.

❇️ Majburiy fanlarda esa ushbu fandan maksimal ball beriladi.

Test sinovida abituriyentlarga test topshiriqlari sonidan kelib chiqqan holda vaqt ajratiladi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 5-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/HMxckvuYcZ0

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Test sinovi uchun to‘lovni 24 soat ichida amalga oshirish kerak deyishyapti. Shu to‘g‘rimi?

Test sinovi uchun to‘lovni onlayn ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng 24 soat ichida amalga oshirish kerak degan talab mavjud emas.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar to‘lovni ro‘yxatga olish yakunlanganga qadar elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirishlari mumkin.

📆 Izoh: ro‘yxatga olish chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlarda 10-iyulga qadar, qolgan yo‘nalishlarda 20-iyulga qadar davom etadi.

🔗 Elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: t.me/BaholashUz/5837

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 5-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/HMxckvuYcZ0

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Ta’lim shaklini faqat bir marta o‘zgartirsa bo‘ladimi?

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan 5️⃣ tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqiga ega (kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar bundan mustasno).

📌 Bunda ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash mumkin. Ta’lim shakllari va ta’lim yo‘nalishlarini qanday ketma-ketlikda tanlash abituriyentning ixtiyorida.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar ro‘yxatga olish yakunlangunga qadar ta’lim shakllarini, OTMlarni va ta’lim yo‘nalishlarini istalgancha o‘zgartirishlari mumkin. Bunda hech qanday cheklov mavjud emas.

📆 Izoh: ro‘yxatga olish chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlarda 10-iyulga qadar, qolgan yo‘nalishlarda 20-iyulga qadar davom etadi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 5-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/HMxckvuYcZ0

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Ingliz tilidan ijodiy imtihonga oid test namunalarini qayerdan topsak bo‘ladi?

Bilimni baholash agentligining rasmiy veb saytida chet tilidan ijodiy imtihonga oid namunaviy test topshiriqlari e’lon qilingan.

👨🏻‍💻 Quyidagi havoladan tegishli chet tilini tanlagan holda namunaviy test topshiriqlari bilan tanishish mumkin:

👉 uzbmb.uz/page/test_namunalari_kasbiy

Izoh: chet tilidan ijodiy imtihonlar B1 darajadagi test topshiriqlari asosida o‘tkaziladi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 5-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/HMxckvuYcZ0

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

OTMlarga kirish uchun texnikumning qizil diplomiga ball qo‘shiladimi?

Oliy ta’lim muassasalariga kirishda abituriyentga texnikumni qizil diplom bilan bitirgani uchun hech qanday ball qo‘shilmaydi.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlariga texnikum tomonidan berilgan diplom ma’lumotlari kiritilmaydi.

📋 Abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishda umumiy o‘rta ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjat bilan ro‘yxatdan o‘tadilar.

❗️ Qo‘shimcha ma’lumot: maktabni oltin, kumush yoki bronza medal bilan bitirganlarga ham qo‘shimcha ball berilmaydi.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 5-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/HMxckvuYcZ0

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube