Bilimni baholash agentligi
128K subscribers
3.06K photos
503 videos
124 files
3.64K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Kusherbayevga murojaat nomli telegram kanalda e’lon qilingan post yuzasidan

🔰 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq o‘tkaziladi.

Mazkur reglamentning 12- va 18-bandlarida quyidagilar belgilangan:

Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va to‘langan to‘lov summasi qaytarilmaydi.

Talabgor uzrli sabablarga ko‘ra (kasalligi, xizmat safarida bo‘lganligi yoki oila a’zolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) malaka imtihonida ishtirok eta olmaydigan bo‘lsa yoki ishtirok etmasa, malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan 3 kundan kechikmay YIDXP orqali vakolatli organga murojaat etishi lozim. Bunda, faqat Davlat test markazi hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori talabgorga qaytariladi (to‘lov amaldagi elektron tizim orqali amalga oshirilganda, ko‘rsatilgan xizmat uchun undirilgan yig‘imdan tashqari). Talabgorga xizmat ko‘rsatilishi uchun Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga kelib tushgan pul miqdori qaytarilmaydi.

Talabgor belgilangan malaka imtihoniga kechikkan yoki uzrsiz sababga ko‘ra kelmagan hamda malaka imtihoni qoidalarini buzganlik uchun auditoriyadan chiqarib yuborilgan taqdirda amalga oshirilgan to‘lov talabgorga qaytarilmaydi.

❗️ Kusherbayevga murojaat nomli telegram kanalda e’lon qilingan postdagi ma’lumotlar esa qonunchilik hujjatlari o‘rganilmagan holda yozilgan.
#MatbuotAnjumani #Qabul2023 #Abituriyent2023
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha matbuot anjumani

📆 2023-yil 21-iyun kuni soat 10:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

📣 Mavzu: 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul

Ishtirokchilar:

🎙 A.Xoliqov – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i;
🎙 F.Mirzayev – Bilimni baholash agentligi direktori maslahatchisi;
🎙 J.Odilov – Bilimni baholash agentligi bosh mutaxassisi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni AOKAning @Rasmiy_aloqabot telegram botiga yuborish mumkin.

📹 Matbuot anjumani «UzReport TV» va «O‘zbekiston 24» telekanallari hamda AOKAning facebookdagi sahifasida onlayn translyatsiya qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga qabul

🔰 Quyidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlaridan oldin dastlabki imtihon mavjud bo‘lib, abituriyentlar mazkur OTMlar tomonidan o‘tkaziladigan dastlabki imtihondan o‘tishlari lozim:

👉 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

👉 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 358-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari.

Dastlabki imtihon uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish quyidagi saytlar orqali amalga oshirilmoqda va 5-iyul kuni yakunlanadi:

🔹 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti admission.uwed.uz

🔹 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi — admission.iiau.uz

👨🏻‍💻 Dastlabki imtihondan o‘tmagan abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali mazkur OTMlarni (tegishli yo‘nalishlarni) tanlay olmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#MatbuotAnjumani   #Live
2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali va AOKAning “facebook”dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Tanlov ustuvorligini belgilash

👨🏻‍💻 Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

1️⃣ “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

2️⃣ “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

👆 Yuqoridagi rasmda ularning aniq mexanizmi ko‘rsatilgan.

📌 Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklardan olinadi

🏫
my.uzbmb.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda ta’lim muassasasini tugatgan yili sifatida 2022-yilgacha bo‘lgan yillarni tanlash mumkin. Bunda 2023-yil chiqmaydi.

📌 Chunki joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.

❗️ Lekin ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq shakllantirilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.

Shunday holatda abituriyentlardan tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan, o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

👨‍💻 Ta’lim muassasasi tomonidan tegishli ma’lumotlar bazaga kiritilganidan so‘ng abituriyentlar “Tugatgan ta’lim muassasasi” bo‘limidan “Yangilash” tugmasini bosish orqali tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini yangilab olishlari mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga kirish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

🖥 Talabgorlarni ro‘yxatga olish Bilim va malakalarni baholash agentligining litsey.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

📆 Ro‘yxatga olish jarayoni “Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi” nizomga muvofiq 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish

📆
Bugun “Yoshlar” telekanalida har hafta payshanba kuni jonli efirga uzatilayotgan “Abituriyent-2023“ loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tadi.

📋 Bugungi ko‘rastuv mavzusi: Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish.

📲 Abituriyentlar mavzu doirasidagi savollarini @abituriyent2023bot telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

Savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan to‘liq javob beriladi.

📺 Bugun soat 15:00 da — “Yoshlar” telekanalida — jonli efirda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi #Qabul2023 #Abituriyent2023
IELTS sertifikati seriyasi va raqami qaysi ekanini bilasizmi?

🔰 Ma’lumki, chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

👨‍💻 Bunda abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida mazkur sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari lozim.

Hozirda ayrim abituriyentlar tomonidan IELTS sertifikati ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga nima kiritiladi degan mazmunda savollar kelib tushmoqda.

IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tilidan B1 darajadagi sertifikat uchun ball berilmaydi!

📣 Bir oz oldin Hudud24.uz nashri va huquqiy axborot telegram kanalida oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun beriladigan imtiyozlar boʻyicha maqola e’lon qilindi.

▶️ Unda chet tilidan B1 darajadagi sertifikat uchun maksimal ball berilishi qayd etilgan.

Ushbu ma’lumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. B1 darajadagi sertifikat uchun hech qanday ball berilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 395-son qaroriga muvofiq chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat uchun ushbu fandan maksimal ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
​​#Ovozli_chat
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat

📆
2023-yil 23-iyun kuni (bugun) 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da navbatdagi ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Puchon universitetiga kirish imtihonlari o‘tkazildi

📆 2023
-yil 23-iyun kuni Toshkent shahridagi Puchon universitetiga o‘qishga kirish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovi Bilimni baholash agentligida tashkil etilib, talabgorlarning ingliz va koreys tillarini bilish darajasi aniqlandi.

Buning uchun talabgorlarning o‘qish hamda leksik va grammatik kompetensiyalar bo‘limlari bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi.

Test sinovida talabgorlarga har bir bo‘lim bo‘yicha 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt berildi.

🏫 Test natijalari 3 ish kuni ichida hisoblanib, Puchon universitetiga taqdim etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Live stream scheduled for
Bilimni baholash agentligi pinned «​​#Ovozli_chat Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat 📆 2023-yil 23-iyun kuni (bugun) 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da navbatdagi ovozli chat o‘tkaziladi. Ovozli chat oliy ta’lim…»
Live stream started