Bilimni baholash agentligi
110K subscribers
3.17K photos
515 videos
142 files
3.79K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Qizimning IELTS 5,5 sertifikati bor. Ingliz tilidan ijodiy imtihondan ozod etiladimi?

IELTSdan 5,5 ball B2 daraja hisoblanadi. Sertifikati tasdiqlansa, ingliz tili fani bo‘yicha imtihondan ozod etiladi va maksimal ball beriladi.

🔗 Batafsil: t.me/BaholashUz/5859

— — —

Ona tili fanidan milliy testda 82,8 ball to‘pladi. OTMlarga kirishda 2-fan uchun necha ball beriladi?

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida 82,8 ball to‘plagan abituriyentga majburiy fandan maksimal, mutaxassislik fanidan proporsional ball beriladi.

🔢 Mutaxassislik fanidan beriladigan ballni aniqlash uchun ushbu fandan maksimal ballning sertifikatdagi foizini hisoblash lozim.

▶️ Ushbu abituriyentda ona tili va adabiyot ikkinchi fan bo‘lgani uchun 63 ballning 82,8 foizi hisoblanadi: 63 x 0.828 = 52.164 ball.

🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 5-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/HMxckvuYcZ0

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Abituriyentlarning savollariga jonli efirda javob berilmoqda

🎓 “Yoshlar
” telekanali bilan hamkorlikda “Abituriyent-2023“ loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirga qadar ko‘rsatuvning 5 ta soni bo‘lib o‘tdi.

📺 Ko‘rsatuv har hafta jonli efirda o‘tkazilmoqda va abituriyentlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berilmoqda.

Ko‘rsatuv mavzulashtirilgan holda tashkil etilayotgan bo‘lib, quyidagi havolalar orqali ko‘rsatuvning 5 ta sonini tomosha qilishingiz va o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin:

1️⃣ 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarga qabulga oid umumiy savollar — https://youtu.be/2wDbC7jJEFU;

2️⃣ Abituriyentlarga yaratilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlar — https://youtu.be/7F4ELBrokXo;

3️⃣ Test topshiriqlari mazmuni, ularning qiyinlik darajasi va baholash mezoni — https://youtu.be/o1v_lOPkrXk

4️⃣ Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish — https://youtu.be/Vc5EtQkm9EQ;

5️⃣ Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi va onlayn ro‘yxatdan o‘tish — https://youtu.be/HMxckvuYcZ0.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Tanlov ustuvorligini belgilash

👨🏻‍💻 Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi.

Bunda 2 ta tanlov ustuvorligi mavjud bo‘lib, abituriyent ustuvorlik sifatida:

1️⃣ “Davlat granti”ni tanlasa — tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

2️⃣ “Ta’lim yo‘nalishi”ni tanlasa — har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

👆 Yuqoridagi rasmda ularning aniq mexanizmi ko‘rsatilgan.

📌 Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2023-yil 10-11- va 17-18-iyun kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovining gapirish ko‘nikmasini baholash qismi 2023-yil 12-iyun kuni boshlanib, barcha hududlarda tashkil etildi va 1-iyul kuni yakunlandi.

👨🏻‍💻 Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlarida 37 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (8-iyul kuni) e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi #Qabul2023 #Abituriyent2023

Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?

Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.

📌 Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi, lekin maqsadli tanlovda ishtirok etmaydi.

👆 Yuqoridagi rasm orqali maqsadli qabul qanday amalga oshirilishi bo‘yicha to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

❗️ Izoh: rasmda keltirilgan raqamlar misol sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasiga ajratilgan kvotalar bundan farq qiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ 2024-2025-oʻquv yilidan test natijasidan kelib chiqib, ta’lim yo‘nalishlarini tanlash mumkin bo‘ladi

🔰 2023-yil 3-iyul kuni Prezidentning “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–200-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga ko‘ra 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:

1️⃣ OTMlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

2️⃣ Umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

📌 Bunda tan olingan xalqaro sertifikatlar ro‘yxati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi

🔰 2023-yil 3-iyul kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF–107-son farmoni qabul qilindi.

📋 Mazkur farmon bilan Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son farmoniga o‘zgartirish kiritildi.

📆 Unga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

📌 Demak, joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Davlat komissiyasining bayoni qabul qilindi

🔰 Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni qabul qilindi.

📌 Mazkur bayon bilan 2023-2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha bir qator tartiblar belgilandi.

Unga ko‘ra quyidagilarga istisno tariqasida ruxsat berildi:

🔹 abituriyentlarga tugatgan ta’lim muassasasidan qat’i nazar ta’lim tili qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) tillardan birida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishga;

🔹 “Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan abituriyentlar ham ro‘yxatdan o‘tishiga.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Imtiyoz
⚡️ IELTS sertifikatini inobatga olishda yozish ko‘nikmasiga alohida talab qo‘yilmaydi

🔰 Vazirlar Mahkamasining 395-son qaroriga muvofiq OTMlarga kirishda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.

▶️ Bunda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriatiga o‘qishga kirishda IELTS (International English Language Testing System) sertifkatiga ega abituriyentlar writing modulidan kamida 5,5 ballga ega bo‘lishi lozimligi qayd etilgan.

📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan B2 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga istisno tariqasida yozish ko‘nikmasi bo‘yicha balidan qat’i nazar ingliz tili fanidan maksimal ball berilishi belgilandi.

Demak, IELTS 5,5 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga yozish ko‘nikmasi bo‘yicha balidan qat’i nazar ingliz tili fanidan maksimal ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Imtiyoz
⚡️ Linguaskill sertifikati rasmiy imtihon markazlarida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi

🔰 Vazirlar Mahkamasining 395-son qaroriga muvofiq OTMlarga kirishda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.

📋 Bunda ingliz tilidan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxatida Cambridge Assessment English Linguaskill sertifikati ham mavjud va mazkur sertifikat OTMlarning bakalavriatiga kirishda inobatga olinadi.

📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan quyidagi tartib belgilandi:

▶️ 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishda Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro sertifikati faqatgina Cambridge Assessment English tashkilotining rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan imtihon markazlarida tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi.

Demak, Linguaskill sertifikatini rasmiy imtihon markazlarida bevosita ishtirok etgan holda imtihon topshirib olgan abituriyentlarga maksimal ball beriladi. Imtihon markazlariga bormasdan onlayn tarzda olingan sertifikatlar esa inobatga olinmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023 #Imtiyoz
⚡️ Qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladigan imtiyozlar faqat 1-ta’lim yo‘nalishi uchun amal qiladi

📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan OTMlarga o‘qishga kirish uchun qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladigan imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz doirasida faqat o‘zlari tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi belgilandi.

Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun beriladigan imtiyoz bundan mustasno. Ya’ni mazkur imtiyozlar beshta ta’lim yo‘nalishi uchun ham o‘rinli.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Sirtqi ta’lim shaklida pedagogik staj faqat 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun talab etiladi

🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

Bunda ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi belgilandi.

👨🏻‍💻 Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga qabul

🔰 Quyidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlaridan oldin dastlabki imtihon mavjud bo‘lib, abituriyentlar mazkur OTMlar tomonidan o‘tkaziladigan dastlabki imtihondan o‘tishlari lozim:

👉 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi 594-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti;

👉 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-iyundagi 358-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari.

Dastlabki imtihon uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish quyidagi saytlar orqali amalga oshirilmoqda va 5-iyul kuni yakunlanadi:

🔹 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti admission.uwed.uz

🔹 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi — admission.iiau.uz

👨🏻‍💻 Dastlabki imtihondan o‘tmagan abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali mazkur OTMlarni (tegishli yo‘nalishlarni) tanlay olmaydi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ iTest.uz sayti orqali o‘z bilimingizni sinovdan o‘tkazishingiz mumkin

🖥
Ko‘plab abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlashdan oldin bir yil oldingi o‘tish ballari bilan tanishib, so‘ngra o‘z tanlovini amalga oshiradi.

📋 Bunda bir yil oldingi o‘tish ballarini bilish yetarli emas. Chunki abituriyent o‘zining bilim darajasini, ya’ni, test sinovida taxminan necha ball to‘play olishini ham bilishi lozim.

Buning uchun eng yaxshi vositalardan biri bu diagnostik test sinovlari bo‘lib, Bilimni baholash agentligi tomonidan OTMlarga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yilgan.

👨🏻‍💻 Ushbu xizmatdan iTest.uz sayti orqali onlayn foydalanish mumkin. Bu orqali abituriyentlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazish va test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishi imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Pedagogik faoliyatga oid ish staji qanday aniqlanadi?

📌
Sirtqi ta’lim shaklidagi quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish staji talab etiladi:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

👨🏻‍💻 Ushbu ta’lim yo‘nalishlariga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

🖥 Abituriyentlarning mazkur toifaga kirish yoki kirmasligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli axborot tizimi orqali aniqlanadi.

Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda vazirlikning axborot tizimiga real vaqt rejimida so‘rov yuborilib, 5 yillik pedagogik stajga ega ekanligi tasdiqlangan abituriyentlarga ushbu yo‘nalishlarni tanlashga ruxsat beriladi.

❗️ Agar abituriyent 5 yillik pedagogik stajga ega bo‘lsa-yu, lekin tizimda bu tasdiqlanmasa o‘zi faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasiga (maktabga) murojaat qilishi lozim.

❇️ Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ona tili va adabiyot fanidan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati

📆 Ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi navbatdagi test sinovlarini 2023-yilning 4-choragida o‘tkazish rejalashtirilgan.

📋 Talabgorlar ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qish tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1️⃣ “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
2️⃣ “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
3️⃣ “Oltin zanglamas” romani (Shuhrat).
4️⃣ “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
5️⃣ “Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).

👨🏻‍💻 Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. Ular bilan test spetsifikatsiyada tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi

📆
Bugun “Yoshlar” telekanalida har hafta jonli efirga uzatilayotgan “Abituriyent-2023“ loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tadi.

📋 Mavzu: Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi.

📲 Abituriyentlar mavzu doirasidagi savollarini @abituriyent2023bot telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

Savollarga vazirlik, agentlik va tegishli oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari tomonidan javob beriladi.

📺 6-iyul soat 15:00 da — “Yoshlar” telekanalida — jonli efirda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi

2023-yil 6-iyul kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

👨🏻‍🎓 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etildi.

📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

📌 Test natijalariga ko‘ra 55 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube