Bilimni baholash agentligi
89.8K subscribers
3.02K photos
486 videos
123 files
3.52K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandi - 2021.pdf
236.7 KB
#Qabul2021 #Kvota #Imtiyoz
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha uch foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 875 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Agar sizda mazkur imtiyoz mavjud bo‘lsa, onlayn ro‘yxatdan o‘tishdan oldin siz topshirmoqchi bo‘lgan oliy ta’lim muassasasiga imtiyoz doirasida qancha kvota ajratilgani bilan tanishib olishingizni tavsiya qilamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021 #Kvota #Imtiyoz
Harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar xodimlarining farzandlari uchun besh foizli, Milliy gvardiya xodimlarining farzandlari uchun ikki foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining vazirlik va idoralar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 2 040 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Vazirlik va idoralar kesimida:

🔹 Milliy gvardiya – 583 ta;
🔹 Mudofaa vazirligi – 656 ta;
🔹 Ichki ishlar vazirligi – 146 ta;
🔹 Favqulodda vaziyatlar vazirligi – 189 ta;
🔹 Davlat xavfsizlik xizmati – 408 ta;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xavfsizlik xizmati – 29 ta;
🔹 Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi – 29 ta.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi - 2021.pdf
437.4 KB
#Qabul2021 #Kvota #Imtiyoz
Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 7 899 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

🔹 kunduzgi ta’lim shakli uchun – 5 687 ta;
🔹 sirtqi ta’lim shakli uchun – 1 884 ta;
🔹 kechki ta’lim shakli uchun – 328 ta.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2021 #Kvota #Imtiyoz
Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti

📌
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun davlat granti asosida respublika bo‘yicha jami 2 000 ta kvota ajratildi. Hududlar kesimida:

🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111;
🔹 Andijon viloyati – 183;
🔹 Buxoro viloyati – 112;
🔹 Jizzax viloyati – 81;
🔹 Qashqadaryo viloyati – 193;
🔹 Navoiy viloyati – 60;
🔹 Namangan viloyati – 165;
🔹 Samarqand viloyati – 227;
🔹 Surxondaryo viloyati – 155;
🔹 Sirdaryo viloyati – 50;
🔹 Toshkent viloyati – 177;
🔹 Farg‘ona viloyati – 221;
🔹 Xorazm viloyati – 110;
🔹 Toshkent shahri – 155.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kunduzgi-2022 (tillar kesimida).pdf
2.5 MB
#Qabul2022 #Kvota
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sirtqi-2022 (tillar kesimida).pdf
882.4 KB
#Qabul2022 #Kvota
Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kechki-2022 (tillar kesimida).pdf
390.4 KB
#Qabul2022 #Kvota
Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Masofaviy-2022 (tillar kesimida).pdf
303.8 KB
#Qabul2022 #Kvota
Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sog‘liqni saqlash-2022 (maqsadli).pdf
788.7 KB
#Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xalq ta’limi-2022 (maqsadli).pdf
744.7 KB
#Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Xalq ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xalq ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (olis, chekka va tog‘li hududlarda joylashgan umumta’lim maktablari uchun).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Veterinariya-2022 (maqsadli).pdf
426.7 KB
#Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Veterinariya sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida veterinariya sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi-2022 (maqsadli).pdf
420.9 KB
#Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Ijtimoiy-ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoji asosida hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Nogironligi bo‘lgan shaxslar-2022.pdf
310.5 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 617 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

🔹 kunduzgi ta’lim shakli uchun – 2 460 ta;
🔹 sirtqi ta’lim shakli uchun – 891 ta;
🔹 kechki ta’lim shakli uchun – 198 ta;
🔹 masofaviy ta’lim shakli uchun – 68 ta.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Mehribonlik uyi va bolalar shaharchasi - 2022.pdf
310 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ular uchun respublika bo‘yicha jami 1 809 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

🔹 kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 230 ta;
🔹 sirtqi ta’lim shakli uchun – 446 ta;
🔹 kechki ta’lim shakli uchun – 99 ta;
🔹 masofaviy ta’lim shakli uchun – 34 ta.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ichki ishlar vazirligi - 2022.pdf
242.1 KB
#Qabul2022 #Kvota #Imtiyoz
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

📌 Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 587 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube