Bilimni baholash agentligi
90.6K subscribers
2.99K photos
481 videos
123 files
3.49K links
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi

📞 1195
📧 info@uzbmb.uz
🌐 www.uzbmb.uz
📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
facebook.com/dtmuzb
instagram.com/dtmuzb
youtube.com/@BaholashUz
Download Telegram
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 28-iyun 18:30 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 132 783 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 26 638 nafar (20 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 106 145 nafar (80 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 50 340 nafar. Shundan:

🔸 23 139 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 27 201 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Toshkent viloyati — 3 337 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 2 817 nafar.
3️⃣ Toshkent shahri — 2 782 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 2 527 nafar.
5️⃣ Andijon viloyati — 2 473 nafar.
6️⃣ Qashqadaryo viloyati — 2 381 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 1 838 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 1 606 nafar.
9️⃣ Buxoro viloyati — 1 476 nafar.
🔟 Navoiy viloyati — 1 243 nafar.
1️⃣1️⃣ Jizzax viloyati — 1 225 nafar.
1️⃣2️⃣ Sirdaryo viloyati — 1 087 nafar.
1️⃣3️⃣ Xorazm viloyati — 972 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 874 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 16-17-18-iyun kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

👨🏻‍💻 Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

👨🏻‍🎓 Unda ingliz, nemis, fransuz va arab tillari bo‘yicha 10 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

👩‍🏫 Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul 10-iyul kuni yakunlanadi

🔰 Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
👉 Samarqand davlat chet tillar instituti;
👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
👉 Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
👉 Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

📆 Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga topshirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2022
Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2022
Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish (rus tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

- - -

Произведение оплаты за участие в тестовых испытаниях (на русском языке)

Просмотр на YouTube (в формате HD)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: Menda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan tavsiyanoma berilgan. Lekin my.dtm.uz saytida tavsiyanoma chiqmayapti. Nima uchun imtiyozim chiqmayapti?

Javob: Abituriyentda qandaydir imtiyoz mavjud bo‘lsa, bu imtiyoz tegishli vazirlik va idoralardan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik to‘ldiriladi.

Joriy yilda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan ayollarga 2 turdagi tavsiyanomalar berilmoqda. Lekin tavsiyanomalarni berish jarayoni hali yakunlanmaganligi sababli hozirga qadar qo‘mita tomonidan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilmagan.

Mazkur ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilganidan so‘ng, “Mening imtiyozlarim” bo‘limida sizga tegishli tavsiyanoma ma’lumotlari aks etadi.

Umumiy holda shuni aytish kerakki, agar “Imtiyozlar” bo‘limida abituriyentning imtiyozi chiqmasa, abituriyent imtiyozni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga murojaat qilishi lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi
Kimlar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmasligini bilasizmi?

🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qaroriga muvofiq test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda quyidagi toifadagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

🔹 test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar;
🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslar;
🔹 to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);
🔹 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
🔹 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;
🔹 Imtihonlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozga ega abituriyentlar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kunduzgi-2022 (tillar kesimida).pdf
2.5 MB
#Qabul2022 #Kvota
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Sirtqi-2022 (tillar kesimida).pdf
882.4 KB
#Qabul2022 #Kvota
Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kechki-2022 (tillar kesimida).pdf
390.4 KB
#Qabul2022 #Kvota
Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Masofaviy-2022 (tillar kesimida).pdf
303.8 KB
#Qabul2022 #Kvota
Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022 #Kvota2022
2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

👉 Kunduzgi ta’lim shakli — yuklab olish;
👉 Sirtqi ta’lim shakli — yuklab olish;
👉 Kechki ta’lim shakli — yuklab olish;
👉 Masofaviy ta’lim shakli — yuklab olish.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bilimni baholash agentligi pinned «#Qabul2022 #Kvota2022 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti 2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha…»
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 29-iyun 18:00 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 163 986 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 53 343 nafar (33 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 110 643 nafar (67 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 71 882 nafar. Shundan:

🔸 36 501 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 35 381 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Toshkent viloyati — 6 995 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 5 654 nafar.
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 5 176 nafar.
4️⃣ Andijon viloyati — 5 159 nafar.
5️⃣ Toshkent shahri — 4 976 nafar.
6️⃣ Qashqadaryo viloyati — 4 747 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 3 955 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 3 297 nafar.
9️⃣ Jizzax viloyati — 2 602 nafar.
🔟 Buxoro viloyati — 2 549 nafar.
1️⃣1️⃣ Navoiy viloyati — 2 365 nafar.
1️⃣2️⃣ Sirdaryo viloyati — 2 277 nafar.
1️⃣3️⃣ Xorazm viloyati — 2 063 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 528 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul 10-iyul kuni yakunlanadi

🔰 Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
👉 Samarqand davlat chet tillar instituti;
👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
👉 Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
👉 Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

📆 Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga topshirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022
Tanlov ustuvorligini belgilash

Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi bilan birga tanlov ustuvorligini ham tanlash imkoniyati yaratilgan.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti asosida, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2022
Tanlov usutvorligini belgilash

Yuqoridagi postda tanlov ustuvorligini belgilash bo‘yicha ma’lumot va uning ishlash sxemasi berilgan edi. Mazkur jarayonni misol asosida ko‘rib chiqsak, quyidagi holat yuzaga keladi.

Misol uchun, abituriyent test sinovida 163,5 ball to‘plasa, quyidagi ikki holatdan biri bo‘lishi mumkin:

🔹 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti” tanlansa, abituriyent Toshkent davlat agrar universitetining “5630102 - Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)” ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi.

🔹 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti va to‘lov-kontrakt” tanlansa, abituriyent Toshkent farmatsevtika institutining “5510500 - Farmatsiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: my.dtm.uz saytiga kirish uchun parolimni eslay olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi?

Javob: my.dtm.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, saytga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar mazkur imkoniyatdan foydalangan holda o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

👨‍💻 Buning uchun “Parolni tiklash” bo‘limiga telefon raqami va arifmetik ifoda qiymati kiritilib, “Parolni tiklash” tugmasi bosilganda, abituriyentning telefon raqamiga maxsus kod yuboriladi. Maxsus kodni tizimga kiritgandan so‘ng, abituriyent o‘zi uchun yangi parol yaratadi.

🖥 Shundan so‘ng, yangi parol bilan my.dtm.uz saytiga kirib, undan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube