Bilimni baholash agentligi
655K subscribers
160 photos
86 videos
47 files
402 links
🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari

🌐 Manba: www.uzbmb.uz
Download Telegram
​​#Qabul2023   #Abituriyent2023   #Statistika

2023-2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 12-iyul 18:00 holatiga)

🖥 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 465 393 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili  — 402 742 nafar;
🇷🇺 Rus tili  — 50 336 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili  — 10 844 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 1 471 nafar.

👨🏻‍💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 311 097 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 11 848 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 139 154 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 3 294 nafar.

🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

👉 O‘zbekiston milliy universiteti — 18 023 nafar;
👉 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 14 220 nafar;
👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 14 217 nafar;
👉 Farg‘ona davlat universiteti — 14 199 nafar;
👉 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 13 808 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

1️⃣ Samarqand viloyati — 55 169 nafar;
2️⃣ Qashqadaryo viloyati — 51 167 nafar;
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 43 916 nafar;
4️⃣ Toshkent viloyati — 42 152 nafar;
5️⃣ Andijon viloyati — 40 523 nafar.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023

Test sinovlarini o‘tkazish tartibi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan kirish imtihonlari qanday tartibda o'tkazilishi bo'yicha video yo'riqnoma e'lon qilindi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇

https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023
⚡️ Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi

📆 Ma’lumki, 2023-yil 1-avgust kuni 2023-2024-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.

Bugun, 13-avgust kuni barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi. Bunda jarayonlar:

👉 4-avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida;
👉 11-avgust kuni — Sirdaryo viloyatida;
👉 12-avgust kuni — Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlarida;
👉 13-avgust kuni — qolgan hududlarda o‘z yakuniga yetdi.

❇️ Bilimni baholash agentligi test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga va xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇

https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
#Qabul2023 #Imtiyoz
Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi

🖥 Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.

📌 Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl
https://t.me/+9ElzpnxTm5owZmJl