BUSOQQA
201 subscribers
22 photos
14 videos
30 links
Kimdir soqqa qivotti! Siz-chi?
Download Telegram
Barchasi qanday boshlangan…
Rasmda Google serveri.

AQSh, 1996-yil

Instagram | Telegram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qobil Karimberdiyev “Qarsillama somsa”ning nechta filliali borligini aniq bilmas ekan)

To‘liq videoni Youtube kanalimizda ko‘ring:

https://youtu.be/vim9L2k4pfM?si=ZQwPFcoPxPImv0RP

Obuna bo‘lish va layk bosish ham esdan chiqmasin)

Instagram | Telegram | Youtube
Ba’zi mehmonxonalarda ajoyib xizmat mavjud ekan — “Oltin baliq ijarasi”

O'zingizni yolg'iz his qilmaslik uchun ayrim mehmonxonalarda kichik tilla baliqchani ijaraga olishingiz mumkin ekan.

Misol uchun, rasmdagi mehmonxonada shunaqa tungi hamroh 3,50 yevro turadi.

Ma’lumotni tekshirish uchun sayohat paytida tunab qoladigan mehmonxonangizdan so‘rab ko‘ring)

Instagram | Telegram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Magistrsiz, lekin uyingiz yoʻqligi uchun odamlar qizini bermaydi” — Elmurod Haqnazarov

To‘liq videoni Youtube kanalimizda ko‘ring: “Kulgu qancha turadi?”

Aytgancha, qolganlarni ham xabardor qiling)

Instagram | Telegram | Youtube
Taksi bozori soyadan chiqmoqda 

Birinchi to‘rt oy yakunlariga ko‘ra, taksi agregatorlari (Yandex Go, Uklon, MyTaxi va boshqalar) aylanmasi 1 trillion so‘mdan oshibdi.

Bu vaqt ichida deyarli 20 million qatnov amalga oshirilgan. (kuniga o‘rtacha 166 666).

Taqqoslash uchun, 2017-yilda O‘zbekistonda kuniga 15 mingga yaqin rasmiy qatnov amalga oshirilardi.

Umumiy aylanmada naqd pulsiz to‘lovning ulushi 31 foiz yoki 322 milliard so‘mni tashkil etmoqda.

Bularning barchasi yo‘lovchi tashish sohasi asta-sekin soyadan chiqayotganidan dalolat beradi.

Asosiy sabab — raqamlashtirish

Soliq qo‘mitasi taksilar bilan integratsiya qilgandan beri barchasini ro‘yxatga olish imkoni bor (qancha yo‘lovchi, qancha qatnov, qanday to‘landi — kartada, naqd pulda).

Hozirda 124 ta kompaniyadan faqat 6 tasi Soliq qo‘mitasi bilan integratsiyalashgan.

Ha, texnologiyalarda gap ko‘p)

Instagram | Telegram | Youtube
O‘zbekiston tarixida ilk marta xususiy korxona ish beruvchilar ro‘yxatida o‘ntalikka kiribdi

Eng ko‘p ish beruvchi TOP-10 korxonalar
:
(29.04.2024-yil holatiga)

1. "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ – 48 308 nafar;
2. "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ – 36 629 nafar;
3. "Temiryo‘linfratuzilma" AJ – 34 816 nafar;
4. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ – 20 873 nafar;
5. "Romstar" MChJ qo‘shma korxonasi – 18 800 nafar;
6. "O‘zbektelekom" AJ – 17 641 nafar;
7. "UzAuto Motors" AJ – 16 628 nafar;
8. "Hududgazta'minot" AJ – 16 309 nafar;
9. "O‘zbekneftgaz" AJ – 13 926 nafar;
10. "Anglesey food" MChJ – 12 726 nafar.

Instagram
| Telegram | Youtube
Jobsning o‘zi istamagan dastxati

Stiv Jobsning muxlislaridan biri 1983-yilda Apple asoschisiga xat yozib, dastxat so‘raydi. Baxtga qarshi, Stiv Jobs umuman dastxat qo‘yib bermaydiganlar toifasidan edi. U o‘sha muxlisga bu haqida ma’lum qilib, maktub yo‘llaydi.

Albatta, xatni shaxsiy imzosiz yuborib bo‘lmaydi va Jobs o‘zi ahamiyat bermagan holda dastxatga nisbatan rad javobini aynan dastxat orqali ifodalashga majbur bo‘ladi)

Rahmatlining imzosi tushirilgan o‘sha xat auksionda 400 ming dollarga sotilgan ekan!

Instagram
| Telegram | Youtube
🍩 Krispy Kreme endi O'zbekistonga ham kirib kelar ekan

Amerikaning Krispy Kreme qahvaxonalar tarmog‘i va qandolatchilik mahsulotlari tez orada Toshkentda o‘z faoliyatini boshlaydi.

Yaqinda 90 yoshga to'ladigan ushbu mashhur brend endigina Markaziy Osiyoga kirib kelmoqda. Jumladan, ular o‘tgan yili Qozog‘iston bozoriga kirishgandi, bu yilda esa bizga.

Instagram | Telegram | Youtube
Inqiroz

1997-yilgi Osiyo inqirozi Janubiy Koreyaga qattiq ta’sir qilgan.

Mamlakat bankrotlik yoqasiga kelib qoladi. Milliy valyuta qadrini yo‘qotgan, ko'plab bank va kompaniyalar bankrot bo‘lgan, millionlab odamlar ishsiz qolgandi.

1998-yil yanvar oyida hukumat aholiga yordam so‘rab murojaat qiladi. O‘z navbatida, odamlar ham bunga javob qaytarishadi: ayollar o‘zlarining tilla taqinchoqlarini hukumatga topshirishni boshlaydilar, sportchilar esa oltin medallarini berishadi va hokazo.

Natijada, bir necha oy davomida 227 tonna oltin yig‘iladi va bu davlatga tashqi kreditlarni muddatidan oldin qaytarishga yordam beradi.

Instagram | Telegram | Youtube
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli oshdi

Joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari $918 mlnga oshib, $35,1 mlrdni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Zaxiradagi oltinning fizik hajmi esa bir oy oldingi darajada qoldi — 11,5 mln troy unsiya (356,45 tonna).

Aprel oyida oltinning narxi $2207dan $2314,8gacha ko‘tarilib, buning ta’siri +$1,2 mlrdni tashkil etdi.

O‘zbekiston mart oyida oltin sotish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi (11 tonna).

Instagram | Telegram | Youtube
SOQQA: Biz davom etamiz!

Ushbu sondagi mehmonlarimiz sal kam 40 yillik gul biznesining davomchilari hisoblanadi. Ular bilan suhbat uyushtirdik va barchasi biz oʻylaganimizdan qiziqarliroq boʻlib chiqdi!

Toʻliq koʻrsatuvni Youtube kanalimizda tomosha qiling:

👉🏻 https://youtu.be/69VrEnMA9R4?si=3RQo7NhLx8eZKu4l

Instagram | Telegram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hamma yoqqa archa ekish kerak emas” — mutaxassis fikri.

To‘liq videoni SOQQA Youtube kanalida tomosha qiling!

👉🏻 https://youtu.be/69VrEnMA9R4?si=3RQo7NhLx8eZKu4l

Instagram | Telegram | Youtube
Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etmoqda

Aprel oyida poytaxtning ijara bozori yana pasayish dinamikasini ko‘rsatdi. Xarid qilish faolligi 4,6%ga kamaydi va 1 kvadrat metr uy-joy narxi $8,3ni tashkil etdi.

Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara haqi hali ham yuqoriligicha qolmoqda. Mazkur tumanlarda har kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara haqi — $10,4.

Nisbatan arzon ijara uy-joylar Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlariga to‘g‘ri keladi. Bu hududlarda o‘rtacha ijara narxi har kvadrat metr uchun $6,3ni tashkil etadi.

Shu bilan birga, o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan Toshkentda ijara bozori 6,9%ga qisqardi. Narxlar eng ko‘p pasaygan hududlar Yashnobod 11,6%, Yakkasaroy 11,1% va Shayxontohur 10,5% bo‘ldi.

Instagram | Telegram | Youtube
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi mamlakatlarga sayohat qilishmoqda?

Joriy yilning dastlabki uch oyida qariyb 1,3 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40,7%ga oshganini bildiradi.

Vatandoshlarimiz eng ko‘p safar qilgan davlatlar:

1. Qirg‘iziston — 559,1 ming nafar
2. Tojikiston — 260,8 ming
3. Qozog‘iston — 184,1 ming
4. Saudiya Arabistoni — 70,6 ming
5. Rossiya — 50,3 ming
6. BAA — 38,5 ming
7.Turkiya — 34,4 ming
8. Quvayt — 13,8 ming
9. Misr — 8,2 ming
10. Tailand — 6,2 ming
11. Boshqalarga — 37,1 ming

Uch oyda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 1,5 mlndan oshdi. Eng ko‘p sayyohlar oqimi 536,5 ming nafar bilan Tojikistonga to‘g‘ri keladi.

Fuqarolar vizasiz kirishlari mumkin bo‘lgan davlatlar soni 31taga yetdi. Ular orasida BAA, Eron, Gruziya, Ozarbayjon hamda Qatar kabi mamlakatlar bor.

Bundan tashqari, 28ta davlatga kirgach, 15ta davlatga esa elektron viza olish mumkin.

Instagram | Telegram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
25 ming dollarlik daraxt

Oʻzbekistondagi eng qimmat koʻchatxona haqidagi koʻrsatuvimizni koʻrdingizmi? Agar ulgurmagan boʻlsangiz, hozir ayni vaqti)

Toʻliq koʻrsatuv:
https://youtu.be/69VrEnMA9R4?si=

Instagram | Telegram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi men trillionerman yoxud Zimbabvedagi giperinflyatsiya

1990-yillar oxirida Zimbabveda noto‘g‘ri yer islohoti amalga oshiriladi. Mamlakatning ikkinchi Kongo urushidagi ishtiroki paytida yer egalaridan shaxsiy fermer xo'jaliklari musodara qilinadi. Shu tufayli valyuta beqarorligi va giperinflyatsiya davri boshlanadi.

Inflyatsiyaning eng cho‘qqisi 2008-yil noyabriga to‘g‘ri keladi: yiligi 79,6 milliard foiz!!!

2009-yilda Zimbabve valyuta chiqarishni to‘xtatadi. 2015-yilda hukumat AQSh dollarini rasmiy valyuta sifatida e’lon qilidi. Zimbabve dollarining 100 trillionlik kupyurasi esa bu vaqtda sayyohlar uchun esdalik sovg'asi sifatida xizmat qilardi.

2020-yilda muomalaga yangi Zimbabve dollari chiqarildi, u dastlab deyarli qadrsizlanmay turdi. Ammo vaqt o'tishi bilan yillik inflyatsiya yiliga 400% dan oshdi va buni ham yangi giperinflyatsiya deb atash mumkin.

P.S. Yuqoridagi videoda bloger Zimbabve dollarining barcha kupyuralarini ko‘rsatib, o‘zini trillioner deb atagan)

Instagram | Telegram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Repda pul bormi?

Yangi sonimizni Youtube kanalimizda tomosha qiling:

👉🏻 https://youtu.be/6I6w_tW2yLk?si=5t7KNTNl2ZIk8Vh9

Instagram | Telegram | Youtube
Hammaga salom. Bu - SOQQA!

Bugun biz siz bilan biznesmen va qiziqarli inson, O‘zbekistonda IT sohasida qariyb 20 yillik tajribaga ega - Akmal Paiziev haqida gaplashamiz.

Akmal Paiziev kim? Investor, xayriya-chi, kovorking tarmoqlarining asoschisi? Uning tadbirkorlikda yo‘li nimalardan tashkil topgan, aynan nima qiyinchiliklarga duch kelgan va kimlar ushbu insonni ilhomlantirib kelgan?

Barcha savollarga bugungi sonimizda javob olasiz.

👉 YANGI SONIMIZNI TEZROQ TOMOSHA QILING

Instagram | Telegram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Olimpiada chempion va sovrindorlariga mukofotlar topshirilmoqda

🥇Oltin medal sohiblariga:

— 200 ming АQSh dollari;
— Tahoe avtomobili;
— 2 qavatli kottedj.

🥈Kumush medal sohiblariga:

— 100 ming АQSh dollari;
— BYD Song Plus EV Champion avtomobili;
— kvartira.

🥉Bronza medali sohiblariga:

— 50 ming АQSh dollari;
— BYD Song Plus DM-i Champion avtomobili;
— kvartira.

Instagram | Telegram | Youtube