Boburmirzo Iminjanov
36 subscribers
101 photos
4 videos
8 files
4 links
Download Telegram
Samarqand safari yakunlandi.
Bu shahar uch xususiyati bilan yodda qoldi:

1. Haqiqiy tarixiy atmosfera! Bu taraflama Istanbuldan aslo kam emas!
2. Samarqand shahrining o'zida daraxtlar shu qadar ko'p ekanki, soya-salqin izlashga hojat yo'q. Har taraf bog'. Mashhur insonlarning deyarli barchasining nomi bilan atalgan bog' bor ekan: Jomiydan tortib Klavixogacha...
3. Shahar juda ham gavjum. Agar xaritadan foydalanmasangiz adashishingiz tayin.

Aytganlaricha bor ekan: Samarqand - sayqali ro'yi zamin!

@BIminjanov
👍4
Piskent
Bobog'ozi Turktog'on buva ziyoratgohidagi qadimiy tepalik

@BIminjanov
Humo.pdf
481.3 KB
#kitob

Abduvali Qutbiddinning 1989-yilda nashrdan chiqqan "Humo" nomli kitobi

@BIminjanov
#notugal_bitiklar

Bir qahva, Sen bo'lsang yetardi asli,
G'amlar-u dardlar ham ketardi asli.
Agar sen baridan voz kechib ketsang,
Ishq eshigim qoqib netardi asli...

@BIminjanov
2
#nazmiy

Hol so'rmoq

Dunyo sahro, sen yantoqsan
Yashab qolmoq osonmi do'st?
Hamma yashnar, sen chanqoqsan
Qadring asli xazonmi do'st?

Hayot deysan, taqdir deysan
Har nokasni haqdir deysan
Ko'zing namli, nedur deysan
Kulishlaring yolg'onmi do'st?

Aro yo'lda alamdasan,
Mungli nigoh, motamdasan
Ayt, sen qaysi olamdasan?
Baxtlar mudom armonmi do'st?

Besh kun emas, bir kun dunyo
Har taraf tun, chirkin dunyo
G'am tog'larin oshdingmi yo?
Yo'qsa darding ummonmi do'st?

Nechun ko'ngling yashnamaydi?
Alaflarni xushlamaydi?
Shu botqoqda yashna mayli,
Yo bu dunyo yomonmi do'st?

Ofiyatlar xarom senga,
Shayton izdosh mudom senga
Ne bitmishdir Xudom senga?
Yo'l jahannam tomonmi do'st?

Dunyo ko'lmak, sen nilufar
Qalay, boshing omonmi do'st?
Sen sukutda, jim har safar
Aytar so'zing tamommi do'st?


@BIminjanov
🔥41
Audio
Sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan...
👍1
Ilk bor tarjimon sifatida ismimiz tilga olindi. Lev Nikolayevich Tolstoy hamda o'zbek o'qirmanlari orasida vositachi bo'lganimdan behad xursandman.

Tarjima o'ta mukammal deyishdan ancha yiroqdaman. Zotan, buning imkoni ham yo'q aslida. Tolstoy va Dostoyevskiy "og'ir tilli" yozuvchilar sifatida bilinadi. Tarjima asnosida imkon qadar sodda tilli bo'lishga intildim.

"Shayton" men haqimda! "Shayton" aynan siz haqingizda! Tolstoyning axloqiy buzuqlik masalasidagi qarashlarini ko'rsatib bergan qissa. Kitobdan "Polikushka" qissasi ham o'rin olgan.

Kitobni reklama qilmoqchi emasman. Sotib olishga undash niyatim ham yo'q. Men qo'limdan keladigan yo'llar bilan adabiyotga xizmat qilishga urinyapman. Tanqidlar, qarshi fikrlar (hatto, haqoratlar) ham bo'lishi mumkin. Lekin to'xtamayman, chunki men tarjimonlik ishini yaxshi ko'raman!

Kun kelib "Shayton" qo'lingizga tushib qolsa bizni ham bir yodga olib qo'yarsiz...


@BIminjanov
🔥73👍3
#nazmiy

TEMUR BILAN SUHBAT

- Men Temur!
Jahongir, yovqur.
Xushomadga oshiq
(Har podsho kabi!)
Dushmanga omon yo'q,
Yiqit, o'ldir, ur!
O'chgani xo'p ma'qul
G'animning shami...

Men Temur!
Sarlochin, ko'kdagi burgut.
Yerda tiklasinlar
Boshlardan minor.
Avlodlar ne bo'lsa o'zlari bilar,
Ular oddiy yaproq
Men esa chinor!

- Bobo, salom senga,
Ruhingga ta'zim!
Yo yanglish keldimmi,
Mozorlar aro?
Seni yod etmoqlik
Umrlik qarzim!
Moziy - yuzqarolik
Tarixlar - qaro.

Seni sharaflagay
Har qanday nokas.
(Men ham ul qatori,
Majburman balki!)
Sen esa har taraf
O'limlar sochding,
O'zgardi bu ochun,
Bu olam rangi!

Jangda yengilmagan
Bahodir, alpsan!
(Bog'larni qon ila
sug'ormoq nechun?)
Sen ham axir inson,
Yongan bir qalbsan!
(Dillarni tish ila
sug'urmoq nechun?)

- Ey o'g'il, (Tilni tiy!)
Xom sutga bo'kkan!
Isyonkor ruhing bor,
Qo'lida qilich.
Qo'yib bersa meni
chopmoqqa ham shay!
Qoningdagi nima?
O'kinchmi? O'tinch?

Agar men Jahongir
Bo'lmasam edi,
Boshqalar bo'lardi
Jahonfath albat!
Menga hech bir foyda
bermadi balki,
Gar qo'lingdan kelsa
Gulbog'lar yarat!

Barchaga hech birday
bo'lmaysan manzur.
Olis-yaqinlarda qabring qazarlar,
Ming yil yolvorsam ham
so'rasam uzur,
Yana kimdir "Qonxo'r" (!)
deya yozarlar.

Chingizning bobosi
Mening ham bobom,
Avlodlari topdi qo'limdan o'lim!
Balki naslim oti qondan yozilgan,
Balki bolam topar bolamdan o'lim!

Sen esa Sohibqiron
atayver meni,
(Garchi har bir podsho
Sohibi qirg'in!)
Gar barcha haqiqat
kun yuzin ko'rsa,
Qiyomat qo'pgaydir,
Falokat, yong'in!

Boyazidni qanday sevsa farzandi,
Sen ham meni shunday
sevgin! Va tamom!
Avvalgiday meni bobo deb chorla!
Atagin: Saroymulk - eng ulug' momom!

Mozorimga kelsang, alik olarman
Saloming hech yerda qolmagay o'g'il!
Mudom "mo'min" shohlar unutilgusi,
"Qonxo'rlar" hech zamon o'lmagay o'g'il!

- Bobo, senga xayr,
ruhingga vido!
(Nahot zirqiramas
o'lganlar xoki?)
Sokin yot, orom ol!
Yor bo'lsin Xudo!
(Men sening avloding
emasman balki!)

Farzandim!
Ibrat ol, axir shul tarix -
Eng yomon muallim, har yeri qaro!
Ko'rmaysanmi, hatto
Temur yotibdi,
Tuproqni taxt etib go'riston aro!
Tuproqni taxt etib shabiston aro!
Tuproqni taxt etib zimiston aro!


@BIminjanov
👍3
O'zimdan havotir olmoqqa kuch yo'q,
Axir so'nmoqdaman, o'zim bexabar...
🔥4👍1
6👍2
Nega yomg'ir yog'mas kuz pallasida,
Osmonning diydasi qotdimi yoki...
🔥41
4🔥3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazmiyqator

Pushkinga she'r yozgan deya eslanglar,
Shuning-chun ayblang roziman, mayli...

@BIminjanov
👍4🔥3
"Ummatimning ichida halol va xaromni eng yaxshi biluvchi Muoz ibn Jabaldir".
Muhammad alayhissalom

"Ey Muoz, Allohga qasamki, men seni yaxshi ko'raman..."
Muhammad alayhissalom

"Agar Muoz ibn Jabal bo'lmaganida, Umar shak-shubhasiz halok bo'lardi".
Umar ibn Hattob

"Rasulullohning "Qiyomatda olimlarning boshlig'i Muoz ibn Jabal bo'ladi" deganlarini eshitganman".
Umar ibn Hattob

"Albatta, Muoz ibn Jabal Allohga itoat qiluvchi, haq yo'ldan toyilmagan peshvo imom edi".
Abdulloh ibn Mas'ud

"Rasulullohning sahobalari to'planib suhbatlashib qolsa, agar ularning orasida Muoz ibn Jabal bo'lsa hamma unga haybatlanib qarab qo'yardi".
Shahr ibn Havshab
4🔥1