BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal
3.25K subscribers
13.5K photos
2.57K videos
405 files
4.97K links
BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali.

Matbuot kotibi: @Bekzod_bioximik
Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot
Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi
You tube: @buxduyoshlarittifoqi
Instagram: @buxdu_yoshlar_ittifoqi
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#sayyor_qabul

Ayni paytda Buxoro davlat universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Unda oliy taʼlim muassasalari talabalari, abituriyentlar, professional taʼlim muassasalari bitiruvchilari, ota-onalar oʻzlarini qiziqtirgan savollari, muammo va takliflari, shuningdek, oʻz tashabbuslari bilan ishtirok etishmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bugun aholi bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqotni kengaytirish, dolzarb muammolarga yechim berish hamda ularni bartaraf etish maqsadida Buxoroda bo‘ldi. Safar davomida jumladan:

🔹Buxoro davlat universitetida sayyor qabul oʻtkazdi;

🔸universitet hududida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyi, 2 700 o‘rinli o‘quv binosi, quyosh energiyasi va fizika ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari binosi, zamonaviy axborot-resurs markazida amalga oshirilayotgan qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi;

🔹Buxoro viloyatida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolardagi tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

💾 Sayyor qabul jarayonidan fotogaleriya

Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#sayyor_qabul
#BuxDU_rektori

⚡️BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI OBIDJON XAMIDOV G'IJDUVON TUMANI SOKTARE MFYDA NAVBATDAGI
SAYYOR QABULINI OʻTKAZDI

Buxoro davlat universiteti rektorining sayyor qabuli bugun G'ijduvon tumani Soktare mahallasida bo`lib o`tdi. Sirtqi ta`lim shakli talabalari va ularning ota-onalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan uyushtirilgan sayyor qabul Buxoro davlat universiteti o'quv binosida tashkil etildi.

👉Batafsil

@buxdu_uz
@buxdurektori
#sayyor_qabul

Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov G'ijduvon tumani Soktare MFYda sayyor qabul oʻtkazadi.

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash ularni bartaraf etish yuzasidan joriy yilning 18 may kuni soat 14:00da Buxoro viloyati G'ijduvon tumani Soktare MFYda joylashgan BuxDU o'quv binosida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidovning sayyor qabuli tashkil etiladi.

☎️Bog‘lanish uchun +998 90 745 04 96