AzuuuπŸͺ (Focus)
52 subscribers
512 photos
122 videos
22 files
99 links
Since 03.05.2022
Way to succes
@Olimjonov_Azimjon

Bu shaharga yana bitta blog ortiqchalik qilmaydi :)


Kichkina miyamdan chiqqan katta fikrlarni yozib boraman.
Download Telegram
23 yoshda doktor bo'lish qanday?

Avgust oyi to'liq 23ga to'ldim va oradan 2hafta o'tib Asaka 14-Oilaviy Poliklinikada Oilaviy Shifokor (vrach) sifatida ishlashni boshladim.

6 yil ichida o'tgan soatlab o'qib o'rganganlarim, oylar davomida shogird bo'lib yurganlarim, oylab shifoxonalarda yashaganlarim, tungi navbatchiliklar, zerikarli leksiyalar, samara berdi degan bo'lardim ammo unday emas.

Hattoki shifoxonada navbatchi bo'lib qolganimda ham mas'uliyat menda bo'lmagani uchun unchalik muhim yondashmasdim.

Introvert odamga vrach bo'lishni tavsiya qilmayman, o'zim esa bu tavsiyaga amal qilmaganman, shunga haligacha qiynalaman.

Birdaniga ishni boshladim, uje qo'l ostimda hamshiralar atrofimda odamlar vrach deb murojaat qilishyapti. Boshida o'rganish qiyin bo'ldi.

Odamlar xonamga kiradida siz vrachmisiz? Ham yoshimga nisbatan ham yosh ko'rinaman, oq halat kiymasam gapimga ishonishmasdi ham. Bir necha bor ko'rigimdan chiqib, boshqa vrachni oldiga kirishganlarini ko'rdim.

davomi bor.
πŸ‘7
AzuuuπŸͺ (Focus)
23 yoshda doktor bo'lish qanday? Avgust oyi to'liq 23ga to'ldim va oradan 2hafta o'tib Asaka 14-Oilaviy Poliklinikada Oilaviy Shifokor (vrach) sifatida ishlashni boshladim. 6 yil ichida o'tgan soatlab o'qib o'rganganlarim, oylar davomida shogird bo'lib yurganlarim…
2-qism

Yosh katta ko'rinish juda ahamiyatli, agar qariroroq bo'lsangiz bilimli deb o'ylashadi.

Men esa no'vcha, ozg'in hatto soqol chiqmagan yigitman)

Ingliz tilida tibbiyotni o'rganib, eng yangi tavsiyalar asosida ishlaydigan yoshlar esa hozircha qadrsiz. (Lekin rostdan tajriba kam)

Agar vaqt ortga qaytsa, Yana Doktor bo'larmidim?
Hayotimni romatnizatsiya qilib zo'r deb maqtanmoqchi emasman, Yo'q tanlamagan bo'lardim.

Qandaydir scientific soha bo'yicha yoki startuplar bo'yicha o'zimni sinab ko'rardim.

Chunki introvert, uyatchang odam sifatida vrach bo'lish 2x qiyinroq.

Lekin vaqt o'tgan sari suhbatlashishim o'sib boryapti.

Lekin hali ham kech emas, tibbiyot bo'yicha ilm fan yoki biror startup tuzishim mumkin, balki shunda hammasi yaxshi bo'lib ketar.

Buyog'ini endi vaqt ko'rsatadi.
⚑4πŸ‘2
Uchburchak oldim va 15-20minutda terishni o'rganib oldim.😁
Rubik's Cube terganlar uchun haqiqatdan oson ekan.

Men tengilar uy mashina quryapti, men bo'lsa haliyam o'yinchoq o'ynab yuribman)
⚑3
Nihoyat bakalimni (chashka) ham uylantirib qo'ydim😁

Endi navbat o'zimga)
⚑5πŸ‘1
Forwarded from Placenta | Blog (Azimjon)
Umumiy Farmakolologiya bo'yicha kirish suhbatimiz bo'lib o'tdi.

70da ortiq o'quvchilar jonli qatnashishdi.

50kishi qabul qilamiz deb boshlagan edik 140ga yaqin o'quvchilar qo'shilishdi.

Barchasi uchun hammangizga rahmat, biz ham ishonchingizni oqlash uchun maksimal darajada harakat qilamiz.))

@placentauz
πŸ‘6
0 bilan 0 farqi?

Oldin 0 odam deganda mablag'i yo'q kambag'al odamni tushunardim, keyin esa tushundimki, butun umr buyerda qoladiganlar va shunchaki boshlang'ich nuqtasi shundaylar bo'larkan.

Mike Black barcha biznes va boyliklaridan vos kechib, 0dan uysiz ko'chada yashashni boshladi va 1 yil ichida salkam 1mln$ ga yaqin mablag'ga erishgan.

Kommentda o'qib qolsam, bizdanda kengroq fikrlilar yozishgandi.

"Ha, u uddaladi, chunki boshlash uchun u ajoyib nuqtada edi, sog'lig'i yaxshi bo'lgan, qarz va muammolarsiz ayniqsa oldin topilgan millionlar tajribasi bilan"

Bu gaplar meni ancha o'ylantirdi. Ha Mike Black ko'chada 0$ bilan boshlagan bo'lsada unchalik ham 0 bo'lmagan, soft skillari bilan, muammolarsiz, faqat bir maqsadda ishni boshladi, keyin oxiriga yeta olmagan bo'lsada bir yil ichida zo'r mablag' 900k$ dan ortiq topganini ko'rgandim.

Men ham 5-10yil oldin ham 0 bo'lganman, hozir ham 0 bo'p qolaman, lekin oldingi holat bilan hozirgi 0 holatimni farqi yer bilan osmoncha farqi bor.

Demak, soft skillar va bizning jihatlarimiz (ko'nikmalar + sog'lik + moliyaviy muvozanat + oila) hozirgi bizdagi moddiy mulkimizdan ustunroq ekan.

Endi nimani ustida ko'proq ishlashni bilasiz, faqat to'g'ri niholni sug'orish qoldi xolos.)

@azimjons_diary
⚑4πŸ‘3
Gocha hammaga!

Bekorchilikda yangi til o'ylab topyapman😁

yangi yaratayotgan tilimda erkin gaplashishni boshlasam sizlarga ham o'rgataman

Chat GPT yangi tilimni mendan tez o'rganyapti.

Faqat tilni nomini nima deb nomlash haqida o'ylayapman, qanday fikrlar bor?
⚑3
Dadanga o'xshaysan!

Kim uchundir maqtov, kim uchundir so'kish.

Agar farzadningizga shunday deyishganda faxrlanishni istasangiz harakatni hozirdan boshlang.
⚑8
Shunchaki canvaga pdf tayyorlash uchun kirsam, uni ilhomlantiruvchi gaplari...

Muvaffaqiyat yechilgan muammolar jamlanmasi.
I.M. Pei

Boshlanish har doim bugundan.
Marry Shelley

Qiyin kunlar sizni kuchliroq qiladi.
Alexandra Rose Raisman

Boringizcha bajaring, shunda hech kim bundan oshira olmaydi.
John Wooden
πŸ‘6
Jazolash va yechim berish?

Davlatlar fuqarolarga nisbatan 2 xil muomalada bo'lishi mumkin.

Ular qoidani buzishsa ularni jazolash yoki qoidani buzish sababini o'rganib unga yechim berish.

Masalan, hozir daraxt barglarini yoqish ko'p uchrayapti, meni hayolimdagi Yangistonda esa BHM 5-8 barobari jarima belgilandi.

Lekin kuzda barglar to'kilishi va hammayoqqa to'lib ketishi, axlatni tizimli tashib ketilishi hali yo'lga qo'yilmagan.

Agar tizimli ravishda axlat tashilsa, fuqarolar uni yoqishga majbur bo'lishmaydi.

Odamlar nima qilishadi, baribir yoqishadi, shunchaki jarimaga chap berishadi. Chekkaroq hududlarda hatto bu sezilmaydi ham.

Nega chang bosyapti? Yangiston rasmiylari yechim emas, faqat jazo choralarini tuzishyapti.

Qishda har yili havo buziladi, chunki isitish kerak, isitish uchun o'tin, ko'mir va boshqa narsalarni yoqishadi. Yechim esa muntazam elektr yoki umumiy isitish tizimlaridan foydalanish, yangistonda esa elektrni ko'p ishlatsangiz u ta'minlab bera olmay qoladi, natijada svet o'chadi, o'chmaslik uchun esa tejash kerak, demak narxni oshirishsa xalq ko'proq tejaydi.

O'rtacha daromad 3-4mln lekin mashinada 1 soat qoidalarni yaxshilab qasdan buzsangiz 30-40mlnlik qilsa bo'ladi.


Faqat jazo tizimini eslatmayaptimi?

Bu yechimlar cho'kayotgan kemani loy bilan to'sishga o'xshaydi.

Siz berkitasiz lekin baribir loyli to'siq qulaydi.

Unday bo'lsa yechim nimada? Bilmasam, ko'proq alternativ yo'llarni sinash o'zimizga mosini tatbiq qilishdir balki.

Lekin tan olish kerak, men yoki siz prezident bo'lsangiz ham buni o'zgartira olmaymiz.

Davlat tizimini boshqarish biz o'ylagandan qiyin narsa biz ham qila olmagan bo'lardik, lekin shu sohani haqiqiy o'z sohasini o'rgangan odamlar qilishganda balki boshqacharoq bo'lardi, boshqa sohani bitirganlar emas, (2ta yangiston boshlig'i ham umuman boshqa sohani bitirgan) chetda haqiqiy raqobatda o'qib omon qolganlar balki o'zgartirisha olarmidi?

Yana bilmadim.

Uinston Yechim sifatida faqat ketishni biladi xolos.
πŸ‘2
Kechagina bizga ham kelib u bu narsalar haqida gapirib ketishardi.

Suratga xira olgani eng yaxshi chiqqan surat bo'pti))

P.S: Menimcha bollar nimani gapirganimni umuman tushunishmadi.
⚑4
Yangi blog boshladik
:))
πŸ‘4⚑1
Buyerda birinchi qor haqida post bo'lishi mumkin edi.

Lekin bu haqida telegramda aytilmasa ham bilib bo'ldingiz😁
πŸ‘4⚑1
Channel photo updated
Oqimga qo'shilish

Butun umr orzu hayollar og'ushida yashadimda lekin oxirgi 2-3 oy ichida "oddiy poliklinikaga" ishga kirib, shunchaki boshqalar kabi oqimga qo'shilib ketdim.

7-8 soatli ishdan so'ng + uyga kelib ham yana qolgan ishlarni davom ettirib, ochig'i orzularimni ham unutib qo'yibman.

Endi nega ko'pchilik o'rtacha bo'lib qolib ketishini tushunyapman.

Menga yangi chelenjlar kerak. Yangi skillar shakllantirishimiz kerak.

Albatta yangi o'rganayotgan ko'nikmalarni sizga ham ulashib boraman. Xudo xohlasa Blogimni tiriltiraman.

Boshlanishiga xarizmani oshirish va discipline ni mustahkamlash uchun o'rganganlarimni ulashaman.

Keyingi postlar yaqin orada yoziladi.

@azimjons_diary
⚑5πŸ‘1
PC moro bo'lsinmi?

#kunfotosi

CS ni men o'rnatmadim.
⚑6
Har bir Yangiston haqida boshlangan suhbat #surish kerak bilan tugayapti))