Azamkulov Anvar🇺🇿
124 subscribers
118 photos
35 videos
82 links
Asakabank xodimi | Sirdaryo vil. Guliston BXM

📱 Rasmiy sahifalarni yuritaman:
Instagram : asakabank_guliston
Telegram : t.me/asakabankguliston
You Tube: Asakabankguliston
📞770707720
Download Telegram
2026 йил – Маҳаллани ривожлантириш ва мамлакатни юксалтириш йили, деб эълон қилинди.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺Youtube
Prezidentimiz 2026-yilda amalga oshiriladigan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Birinchi ustuvor yo‘nalish mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirishdan iborat.

Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi. Aynan mahalladagi yo‘l, suv, elektr va transport ta’minoti, bog‘cha, maktab va oilaviy poliklinikadagi shart-sharoitlarga qarab, odamlar islohotlarimizga baho beradi”,

– dedi Prezidentimiz.

Mahalla infratuzilmasini tubdan yaxshilash orqali mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, uning qiyofasini yanada go‘zal va obod qilish ishlari davom ettiriladi.

Facebook|Instagram|X
Kelgusi yildan mahallani rivojlantirish bo‘yicha kompleks yondashuv joriy etiladi.

Har bir viloyatda 2-3 tadan tumanni tanlab, hamma mahallasidagi barcha muammolarni bir vaqtning o‘zida hal qiladigan tizim yaratiladi. Ularda bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik infratuzilmasi ham rivojlantiriladi.

Ushbu maqsadlar uchun barcha manbalar hisobidan 8,5 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.

Deputatlarga o‘z okrugidagi muammolarni hal etish uchun 500 milliard so‘m berilmoqda. Bu borada “yashil hudud”, “yashil bog‘” yaratish bo‘yicha har bir deputatning tashabbusiga qo‘shimcha 330 million so‘mdan yo‘naltirilishi belgilandi.

Bunday yondashuv orqali 2030-yilgacha sharoiti og‘ir barcha tumanlardagi mahallalarga Yangi O‘zbekiston qiyofasi olib kirilishi ta’kidlandi.

Facebook|Instagram|X
Bu ishlarni samarali tashkil qilish uchun tuman budjeti daromadini kamida 2 karra ko‘paytirishga sharoit yaratib berish zarurligi qayd etildi.

Shu maqsadda 2026-yil 1-yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘idan tushumning Toshkent shahrida 5 foizi, qolgan hududlarda 20 foizi qoldirilib, bu mablag‘ning yarmi tumanlar budjetiga o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, daromadlarning prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismining 50 foizi, ekin yerlarini ijaraga berish va bozorlardan tushumlar ham to‘liq tuman budjetiga beriladi.

Viloyat, tuman hokimlariga samarasiz va bir-birini takrorlaydigan shtat birliklarni qisqartirib, tejalgan mablag‘ni aholi o‘rtaga qo‘ygan masalalarni hal qilish uchun ajratishga ruxsat etiladi.

Bu orqali tumanlar budjetida 5 trillion so‘mlik qo‘shimcha manba shakllanadi va u mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga sarflanadi.

Facebook|Instagram|X
Kelgusi yilda ilk bor mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 trillion so‘m viloyatlarning o‘ziga beriladi.

Ushbu mablag‘larning har bir so‘mi aholi uchun qo‘shilgan qiymat yaratishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, bu pullar umuman qaysidir tuman uchun emas, balki mahallada ish o‘rinlari yaratadigan, aholini daromadli qiladigan aniq loyihalarga yo‘naltiriladi. Bu budjet mablag‘larini samarali ishlatishda loyihaviy yondashuv bo‘ladi.

Urbanizatsiya va shaharlarni barqaror rivojlantirish bo‘yicha yangi islohotlar boshlanadi.

Jumladan, shaharlar tartibsiz kengayishining oldini olishda aniq mezonlar belgilanadi va shu orqali ekin maydonlarining asossiz qisqarib ketishiga chek qo‘yiladi. Shuningdek, respublikada ilk bor 45 ta aglomeratsiya hududlari belgilanadi.

Kelgusi yilda “Barqaror shahar” platformasi ishga tushirilib, “yashash uchun qulaylik indeksi”ni yuritish yo‘lga qo‘yiladi. Bu indeks orqali shaharlardagi har bir mahallaga xos muammolar aniqlanib, ularga mos yechimlar beriladi.

Facebook|Instagram|X
⚡️"2026 йилда асосий солиқ ставкалари ўзгаришсиз қолдирилади" - Шавкат Мирзиёев
“Asosiy maqsadimiz odamlarimizni doimiy daromadli qilishdan iborat. Puli bor odam yaxshi kiyinish va ovqatlanishga, sifatli ta’lim va malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga, mazmunli dam olishga, bir so‘z bilan aytganda, farovon yashashga intiladi,

– dedi Prezidentimiz.

Bu jarayonda tadbirkorlar hal qiluvchi kuch sifatida eng oldingi safda turib, sanoat va servis obyektlarini tashkil qilib, doimiy ish o‘rni yaratishda, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni kasbga o‘rgatib, mahallalarning o‘zida ishli va daromadli qilishda alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.

Shuning uchun tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha siyosat davom ettirilib, 2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi, tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratiladi.

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun 140 trillion so‘m resurs beriladi. Shundan 43 trillion so‘mi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Facebook|Instagram|X
❗️8,5 миллиондан зиёд одам камбағалликдан чиқди

Шавкат Мирзиёев ижтимоий ҳимоянинг мутлақо янги тизими йўлга қўйилганини эътироф этди.
⚡️2026 йилда уй-жой ипотекаси кенгайтирилади: субсидиялар ошади, кредит лимити 15% кўтарилади

Уй-жой ипотекасига 2026 йилда 23 трлн сўм ресурс ажратилади.

Уй-жой сотиб олишда бошланғич тўлов ва фоиз тўловларини бир қисмини қоплаш учун 2 трлн 700 млрд сўм субсидия берилади.

Шунингдек, битта квартира учун ажратилаётган имтиёзли ипотека кредити миқдори 15 фоизга оширилади.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺Youtube
❗️Mahalliy elektromobillarga 12 foizlik, xorijiy elektromobillarga esa 16 foizlik avtokreditlar ajratiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2026-yil korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda ishlash yili bo‘ladi

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asakabank Guliston BXM da Bolajonlar uchun Yangi yil bayrami🥰🎄
2👏1
❗️Бугун қисқартирилган (короткий) иш куни эмас!

Бугун банклар учун 2025 йилнинг сўнгги иш куни. Янги йил байрами муносабати билан тижорат банклари учун кетма-кет 5 кун – 31 декабрь ҳамда 1-2-3-4 январь дам олиш кунлари ҳисобланади.

Кечга яқин дам олиш кунларида банкларнинг иш тартиби ҳақида маълумот берамиз. Юридик шахслар учун банкларда тўловлар ҳам бугун бир неча соатга узайтирилиши кутилмоқда.

👍Каналга уланиш👉🏻 @Bankxabar
1🙏1